Tursunboy adashboyev she’riyatida vatanparvarlik



Download 49,5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi49,5 Kb.
#885645
Bog'liq
TURSUNBOY ADASHBOYEV SHE’RIYATIDA VATANPARVARLIK


TURSUNBOY ADASHBOYEV SHE’RIYATIDA VATANPARVARLIK
Deyarli barcha shoirlar ijodida an`anaviylik ,avvalo, xalq og`zaki ijodining o`lmas an`analariga chambarchas bog`liqdir. Chunki har bir ijodkor o`z milliy xalq ijodidan baxra oladi, bolalik chog`ida onasi yoki buvisidaneshitgan tez aytish, topishmoq, masal, ertak, rivoyat, doston va xalq og`zaki ijodining boshqa janrlariga mansub asarlar uning qon-qoniga singib ketgan bo`ladi.Chunki “yozuvchi ongi va tushunchasi,xotirasiga faqat bevosita o`zlashtiradigan badiiy materialgina bo`lib qolmay, ayni chog`da yozuvchining tasavvurini qo`zg`opvchi, unga turtki beruvchi boy xaqiqiy assotsiatsiyalar tug`diruvchi, tasvirlanuvchi voqeliknito`la va o`z bo`yog`ida bera oluvchi murakkab taassurotlar yaratuvchi kuchli badiiy xazina ” bo`lgan xalq og`zaki ijodidan ijodkor o`z asarlarida, kamida, maqollar, hikmatli qanotli so`zlar, frazeologik iboralarniko`plab qo`llashi tabiiy.
T.Аdashboyevning “Tol va terak” she`ri ham majoziylik va xalq maqolini qo`llashning ana shunday namunasidir.
Tol terakning o`sishini
Ko`rolmasdan dedi:-do`stim
Bo`y-bastiga ishonmagil,
Bo`lolmaysan ko`kka ustun.
-Ta`na qilma, og`aynijon,
Novchalikning nafï bor.
“Mirzaterak- uyga kerak”
Degan elning naqli bor (“Olatog`- lolatog`”, 32).

Shoir xalq naqlidan foydalanib, to`g`rilikning foydasi haqida qiyosiylikka asoslangan ibratli, o`ziga xos she`ryaratishga erishgan. Chunki, terak to`g`ri o`sganligi sababli uyning to`ri (tomi)dan joy oladi, to`sin bo`lib xizmat qiladi, egri o`sgan tol esa hatto o`tinlikka ham yaramaydi. Bu hayotiy misol. Aslida, xalq og`zaki ijodida egrilik va to`g`rilik qiyosi, egrilikning yomon oqibatlari-yu fazilatiga bag`ishlangan asarlar juda ko`p. Yozma adabiyotda ham xalq og`zaki ijodidagi maqol, hikmat, naql, rivoyatlardan foydalanib, egrilik va to`g`rilik qiyosiga bag`ishlangan ko`plab asarlar yaratilgan. Ular orasida hayotiy misolga asoslangan, jonlantirish va naql o`rinli qo`llangan ushbu she`r ham bolalarni to`g`rilikka halollikka chorlovchi ibratli asar sifatida o`z o`rnini topa oladi.


Maqol qo`llash orqali ibratli xulosa chiqarish “Turnalar” she`rida ham ko`zga tashlanadi:
Uch burchakli xat misol
Parvoz etar turnalar.
-Arg`imchog`in ne uchun
Uzmay ketar turnalar?
-“Arg`amchiga qil quvvat”-
Eldan qolgan naqldir.
Uka, bilsang, turnalar
Ana shunday ahildir
(“Jo`nataman quyoshni”,21).
Mumtoz adabiyotimizda “Irsoli masal” deb nomlanadigan badiiy san`atda asarda maqol qo`llash san`ati ijodkor fikrini tasdiqlashga, fikrning ta`sir kuchini yanada oshirishga xizmat qiladi. “Turnalar” she`rida ham turnalaarning arg`amchisini uzmasdan, ahillik bilan uchishlari sababi “Arg`amchiga qil quvvat” maqolini qo`llash orqali yanada oydinlashtiriladi, fikrning ta`sir kuchi
oshiriladi, she`r yosh kitobxonni do`stlik , ahillik, inoqlik ruhida tarbiyalash manfaatlariga xizmat qiladi.
Arg`imchoq esa, odatda, arg`amchi (arqon)dan yasaladi: “Arg`amchiga qil quvvat” deganda minglab uzun qisqa tolalarning to`qish jarayonida birlascib, mustahkam arg`amchiga aylanishi ko`zda tutiladi. She`rda turnalarning arg`imchog`ini uzmasdan, barchasi bir ipga bog`lanmay, bir- biriga hamdam bo`lib, bir- birini quvvatlab uchishlari ham qillar birlashib arg`amchini mustahkam qilganiga qiyoslanayapdi. Shoirning sinnkchovligi, kuzatuvchanligi turnalar birdamlik bilan arg`imchog`ini solib uchishi tasvirining “Arg`amchiga qil quvvat” maqolini qo`llash vositasida asoslanishida aks etib, she`r badiiyatini taminlaydi, ma`rifiy- tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytiradi. Binobarin, ushbu she`rda xalq maqoli to`g`gri qo`llangan, folklor materiali shoir fikri va asar g`oyasi ta`sirchanligini oshirishda samarali xizmat qila olgan deyish mumkin.
“Bobo, qancha yoshdasiz?”she`riy topishmog`i Javlon ismli bolakay bilan Ro`zmat bobo savol- javobi asosida qurilgan (“Arslonbobo afsonasi”, 133). Bu she`r xalq og`zaki adabiyotidagi topishmoq yoki mumtoz adabiyotdagi chiston janrini eslatadi.
Zero, “topishmoq yoki chistonda ma`lum bir hodisa yoki narsaning belgisi, sifati va xususiyati atayin ochiq emas, balki ramz va ishora asosida topishmoqda yashiringan hodisa va predmetni topadi…
Topishmoq, odatda, bolalarga atalgan bo`ladi. “Topishmoq va chistonda muayyan narsa yoki nom tasvir orasiga yashiringan bo`lsa, T.Adashboyev ushbu she`rida topishmoq janrining shakily jihatlaridan o`rinli foydalangan holda (Kenja Nosir, /Men qanchaga chiqqan bo`lsam Nabiramiz ikkovlon; Kim topadi Ro`zmat bobo / Qancha yoshda to`lganligin?/ Nabirasi Nosir esa,/ Necha oylik bo`lganligin?) yosh kitobxonni ta`rif va tavsif ob`yektini boboning yoshi nevarasining necha oylik bo`lganligini matematik amal - tenglama yordamida topishga undaydi va bu usulni qo`llash bilan she`rning yanada qiziqarliroq bo`lishiga erishadi. Binobarin, shartli ravishda “matematik topishmoq” deb atash mumkin bo`lgan ushbu she`r mazmunan qiziqarliligi va go`zal badiiy shakli bilan yosh kitobxon fikr doirasini kengaytirish hamda badiiyat tuyg`usini shakllantirishga xizmat qiladi.




Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish