8.2. Alisher Navoiy g’azaliyotining shakliy, g’oyaviy xususiyatlari, yetakchi qahramonlari va badiiyati
Alisher Navoiyning o’zbek tilidagt qomusiy devoni «Xazoyin ul-maoniy» mumtoz adabiyotimiz xazinasidagi jozibali she'riyatning eng yuksak cho’qqisi sanaladi. Ulug’ shoirning kichik she'riy janrlar taraqqiyoti
arixidagi muhim xizmatlaridan biri shuki, u o’zi yashagan daviga qadar turkiy badiiy so’z san'atida mavjud bo’lgan g’azal, masnaviy, qasida, tuyuq, qit'a, ruboiy, fard, soqiynomani yuksak ravnaq pog’onasiga ko’tardi. Shuningdek, yig’ma devonlarini rang-baiang mavzularda bitiJgan, turkiy sheMyat uchun nisbatan taqchil bo’lgan muxamnias va musaddas, musamman va mustazod, tarje'band va tarkibband, muammo va lug’z-
histon singari adabiy shakllar bilan bezadi.
Alisher Navoiy ma'naviy merosi tarkibidagi 16 janr orasida g’azal alohida mavqega ega. Ulug’ shoir o’ziga xos uslubda ijod etgan bunday ^adiiy yaratmalarida, awalo, mavzuni batafsil yoritish uchun matlada aytilgan fikrni mantiqiy rivojlantirib borish, she'r qahramoni hissiy-
ruhiy kechinmalarini badiiy san'atlar yordamida haqqoniy va samimiy tasvirlashga erishdi. Oshiqona g’azaliari tarkibida mav'iza—pand-nasihat mazmunidagi baytlarga keng o’rin berdi. Ayni mayl g’azal janrini tor oshiqona qoliplardan ma'no-mavzu ko’lamdorligiga olib chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda ulug’ shoir yuksak san'atkorlik namunalarini namoyish qildi. o’zidan keyingi ijodkorlar uchun ilhom manbai, adabiy maktab vazifasini o’tagan navoiyona bunday uslubning shakllanishida, shubhasiz, XV asrga qadar musulmon mintaqa adabiyotida vujudga kelgan adabiy an'analarni teran o’rganish muhim ahamiyat kasb etgan. iyosuddin Xondamirning ma'lumotiga ko’ra, Alisher Navoiyning bolalik chog’laridanoq ulug’ turkigo’y shoir malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning nazariga tushib, uiiing yuksak bahosiga loyiq ko’rilishi yosh shoirning ijod maydonida zavq bilan javlon urishi uchun o’ziga xos adabiy maktab vazifasini o’tagan. «Xazoyin ul-maoniy» tarkibidan o’rin olgan besh musammat (3 muxammas, 2 musaddas) barchasining faqatgina Mavlono Lutfiy g’azalriga bog’langan taxmislar ekaniigi fikrimizni to’Ia quwatlaydi. Ulardan birining maqtaida quyidagi satrlar mavjud: Har gado egnida bo’lsa eski to*n yo choki jayb, Rilmay asli niyatin qilmoq g’alatdur shakku rayb, ; Ey Navoiy, chun sanga maMum emastur sirri g’ayb, Lutfini mayxonada oshufta ko’rsang, qilma ayb, Kim, bu majnun ixfiyori zulfi qullobindadur. (5. 457.) Mavlono Lutfiy g’azaliyoti ravon, o’ynoqi ohangda bitilganligi, baytlarda xalq maqollari va iboralaridan foydalanib yetakchi g’oyani o’quvchiga teran yetkazish hamda insonning murakkab ruhiy holatlari tasvirini she'rxon ko’z o’ngida o’sha vositalar yordamida ta'sirchan bo’yoqdor gavdalantirish fazilatiga egaligi bilan ahamiyatlidir. Alisher Navoiy g’azaliyotida ham hitfiyona bunday uslubning ijodiy rivojlantirilganligini kuzatish mumkin. Ulug’ shoir shimdan bo’lsa kerak, «Badoyi' ul-bidoya» devoni "Debochasi"da turkigo’y ijodkorlardan Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiyga juda yuksak baho berib, yozadi: «...Va uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidiri Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahum ollohkim (Alloh ularga marhamatli bo’Isin) birining shirin ab'yoti ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyoti intishori Iroq~u Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud bo'lg'ay.» (MAT. 1-tom, 14-bet). Alisher Navoiyning Mavlono Sakkokiy ijodi bilan yaqindan tanishligi
g’azallaridan birining maqtaida kelgan va faxriyaga murojaat asosida yaratilgan quyidagi baytda yorqin namoyon bo’ladi: Navoiy nazm aro tig’i zabonni uyla surdikim, Pichoq topmas uyatdin o’zni o’lturmakka Sakkokiy. (4. 423.) Keltirilgan iqtibosda Alisher Navoiyning turkiy adabiyotning bu ustoz qalamkashi ijodiga bo’lgan mehr-muhahbati, hurmati, ayni choqda bu ulug’ shoir bilan o’zaro adabiy musobaqa—mushoira uyushtiigani sezilib turadi. Baytdagi yana bir nozikjihatga e'tibor qilmaslikning iloji yo’q. Alisher Navoiy ikkinchi misrada badiiy san'at qo’llashda nafis mahorat ko'rsatgan. lyhom tasviriy vositasiga murojaat qilgan ulug’ shoir «pichoq»-«pichoqchi» so’zlarini «o’ynatadi». Buning uchun «Sakkokiy»ning «pichoqchi» ma'nosiga ega ekanligi unga qo'1 kelgan. Shunday qilib, baytni quyidagicha talqin qilish mumkin: Navoiy nazm bobida mahorat ko’rsatib, shunday go’zal misralar yaratdikim («tig’i zabonni uyla surdikim»-bu o’rinda ham «tig’» orqali pichoq nazarda tutiladi va bu bilan misralararo tanosub hosil qilinadi), ularni o’qigan «Pichoqchi» (Sakkokiy) uyalib, o’zini so’yish uchun pichoq topolmay dqg’dadir. Fikrimizcha, so'zsan'atibobidabundan-dayuksaknazokatbo*lmas... Tabiat Msher Navoiydan o’z ehsonlarini darig’ tutmagan. Jumladan, kuchli hofiza quwati va bir necha tilni puxta bilish iste'dodini unga ravo ko’igan. Arab va fors tillarini puxta bilgan shoirga o’ziga qadar bo’lgan fore-tojik va arab adabiyotlarini o’ta sinchkovlik bilan o’iiganish imkoniyatini berdi. Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Xoja Hofiz, Shayx Sa'diy, Kamol Xo’jandiy, Salmon Sovajiy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, singari ustoz ijodkorlar merosini o’ta zavq bilan mutolaa qiidi. o’sha ta'b sohiblarining ma'naviy meroslari uning ijodkor sifatida shakllanishida malum darajada ta'sir ko’rsatgan bo’lsa, ajab emas. Ulug’ shoir zikri o’tgan adabiy gulshandan ilk bor tuygan va diqqatini tortgan, dimog’ini qitiqlagan muattar gullar tarovatini bir umrga unutmaydi. Shundan bo’lsa kerak, g’azalchilik bobida o’z she'riyatida Amir Xusrav, Xoja Hofiz, Abdurahmon Jomiy o’rnini alohida ta'kidlaydi va ularni ustoz deyishdan faxrlanadi. «Xazoyin ul-maoniy» va «Devoni Foniy»dagi o’nlab ishoralar shundan dalolat beradi. «Favoyid ul-kibaj> devonidagi quyidagi qifa bu jihatdan, ayniqsa, ahamiyatlidir: azalda uch kishi tavridur ul nav' Kim, andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli. Biri mo"jaz bayonlig’ sohiri hind < J' Ki, ishq ahlini o’rtar so*z-u holi. • 'i:«tK -,& Biri Iso nafaslik rindi Sheroz, „
Do'stlaringiz bilan baham: |