Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Yorlardin qilibon ram go’yo



Download 3,81 Mb.
bet85/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Yorlardin qilibon ram go’yo,
Bo’Idung ag’yorga hamdam go*yo.
Xayli ushshoqki mardud yetting,
Bormen ul xaylda men ham go*yo.
Dudi oh ichra qora kiymishlar, . Bo’ldi ishq ahlig’a motam go’yo. , Buki, devona ko’ngul sevdl pari,
Bevafodur bani odam go’yo.
Girdi bolish anga xurshid o’ldi, , Ul erur Isoi Maryam go’yo.
Olam asbobi uchun g’am emagil,
Arzimas bungacha olam go’yo.
Ey Navoiy, buki, aylandi habib,
Yo’qtur ul zahmga malham go’yo. (6, 25).
azal y yetti bayt, o’n to’rt misradan iborat. Taxallusli, mazmuniga ko’ra oshiqona-orifona. Chunki unda har ikkala ishqqa ham moyillik seziladi. Butun she'r davomida «go'yo» radif bo’lib kelgan. Radifni she'riyatning shunchaki zohiriy unsuri sifatida qabul qilish yaramaydi. Salohiyati bor ijodkor qo’Uda she'rga olib kirilgan har bir belgi yoxud so’z o’z muayyan vazifasini bajaradi. Bunday g’azallarda muallaq yoxud betaraf turuvchi ishorani topish noimkon bo’lib qoladi. Ko’chirganimiz g’azalda radif zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilgan. U g’azal ohangini belgilashi shart. «Go’yo» zamirida gumon maylidan tashqari, muayyan bir holatni ko*ra turib, ko’rmaslikka olish va uni tusmoilab so’rash tuyg’usi ham yashiringan. Mumtoz she'riyatda shoir tomonidan tutilgan bunday yo'l tajohuli-orif san'ati deyiladi. Ko’rinadiki, ulug’ shoirning sohir qalami g’azal matlaidayoq mazmunni bolliq yuzaga chiqamvchi she'riy san'atlar lashkarini safga tizib qo’yadi:
Yorlardin qiiibon ram go*yo,
Bo’Idung ag’yorga hamdam go’yo.
Matladagi «ram» va «ag’yor» izoh talabdir. Birinchisining «hurkish», «cho'chish», «qo'rqish» singari ma'nolari bor. Ag’yor esa (g’ayri, o’zga, raqib) mumtoz she'riyatdagi yetakchi obrazlar — oshiq-u ma'shuqalar borjoyda hozir-u nozir, ularsuvini loyqalatuvchi, rashk qo’zg’atuvchi, oshiq qalbida shubha tug’diruvchi timsoldir. Ijod ahli esa ayni urinishlar bilan muhabbat otashini shu'lalantirishga harakat qilishgan. Ishq yonida jindak rashkning bo’Iishi oshiqlik darajasini belgilashda mahaki imtihon (tamal toshi) vazifasini o’taydi. Oshiq iltijolariga parvo qiimagan ma'shuqa go’yo ag’yorga «qiyo boqadi». Bunday urinish ravshanki, oshiqqa ham yoqmaydi va u yor payidagi seigak harakatini davom ettiradi. Ba'zan ginaxonlik ham qilib qo’yadi. Shunday manzara tahlil qiiayotganimizg’azal matlaida ko’zga tashlanadi. Oshiqning kelayotganini ko’rgan ma'shuqa o’zini atayin uni ko’rmaslikka oladi va qasddan ag’yorlar tomon yura boshlaydi. Mahbubaning bunday raftori oshiq nigohida qo’rqoqlik, aniqrog’i, va'daxiloflik bahosini oladi. Ulug’ shoir shu o’rinda tazod (qarshilantirish) san'atiga tayanadi. Ma'shuqaning oshiqdan «yuz o'girishi» va ag’yorga qarab yuz burishi lavhalari ifodasida bu (tazod) badiiy tasviriy vositasining o’rni yorqin nazarga tashlanadi. Shu o’rinda yana bir hodisani aytish joiz ko’rinadi. Mumtoz g’azallarimizda deyarli hamisha ma'shuqa jafokor, oshiq jafokash
qiyofasida namoyon bo’Iadi. Mushohadalarimizga asos bo’lgan baytda ham xuddi shu manzara mavjuddir. Yana an'anaviy mumtoz g’azallarda mahbubaning o’zi shaxsan ko’rinmaydi. Uning yaxshi-yomon jihatlari haqidagi xabar oshiq tilidan keltiriladi. Tahlil qilinayotgan g’azalda ham shunday holat nazarga tashlanadi.
Ma'shuqaning jafokorligi esa o’z izohlariga ega. U ishqday ulug’ insoniy tuyg’uga yengil-elpi qaramaydi. o’'ziga munosib yor tanlash ilinjida ruhiy qiynoqlarga dosh beradi. Hijronning shunday murakkab azoblarini oshiqning ham boshiga soladi. Ana shu jarayonlar ishq ahlini ikkiga — bardoshli, bosiq hamda qo’nimsiz, bulhavas oshiqlarga ajratadi. AJisher Navoiy talqinidagi aksariyat oshiqlar o’sha tasnifning birinchi guruhiga mansubdir. azalning keyingi satrlarida ma'shuqasidan shikoyat qilayotgan oshiqning ruhiy holati o’z ifodasini topgan:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish