Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Rasid on parichehra mastona imshab



Download 3,81 Mb.
bet97/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Rasid on parichehra mastona imshab,
Zi masti maro soxt devona imshab.
Maro kulbai bexudi-yu junun shud
Az on partavi ro* parixona imshab.
Zi shanTe tajalli namud on, ki megasht,
Maloyik ba davrash chu parvona imshab.
Zi ganji visolash imorat paziruft,
Maro kunji toriki vayrona imshab.
Zi sbavqi mai vasli oc bud nazdik.
Ki pur sozadam charx paymona imshab.
Ba bomu daram az pai in tamosho
Furo* rexta xeshu begona imshab.
Ba in nash'ai ishq-u may gasht Foni,
Hama umr devona, tanho na imshab. Mazmuni:
U parichehra bu kecha mast bo’lib keldi,
Mastlikdan meni bu kecha devona qildi.
Bu kecha mening bexudlik va jununiy kulbam
Ul parining chehrasi sochgan nurdan parixonaga aylandi.
Bu kecha qandaydir bir sham' nur sochdiki,
Malaklar uning atrofida parvonadek aylanar edi.
Bu kecha u (mahbuba)ning vasl xazinasidan
Qorong’u, xaroba kulbam obod bo’ldi.
Bu kecha uning vasli mayining shavqidan
Falak paymonamni to’ldirayozdi.
Bu kecha shu tomosha uchun tom-u eshiklardan
Qarindosh-u begonalar yopirilib tomosha qilgani kelishdi.
Foniy bu ishq va may nash'asi bilan
(faqat) bu kechagina emas, bir umr devonadir.
(Navoiy. Asariar. 5-tom, 1-kitob. 102-103-b) Ko’rinadiki, ushbu g’azalning matlaidan maqtaigacha ishqiy kechiomalar qalamga olinadi. Matlada mahbubaning mastona yurib kelishi, buni ko’rgan oshiqning telbalarcha raftori ustida gap boradi. Ikkinchi baytda o’sha ruhiy holat tasviri davom ettiriladi. Oshiqning xaroba kulbasi yor jamolidan charog’onlashib, parixona tusini oladi. Uchinchi baytda oshiq kayiiyati haqida so’zlanadi. Sham' bor joyda parvona bo’Iadi. Shuningdek, yorug’likka maloikalar ham talpinadi. Mahbubaning jamoli yorug’idan sarmast oshiq parvoiia-yu maloikalar vazifasini ado etadi, yor atrofida kapalakday aylanadi. To’rtinchi baytda oshiqning xaroba kulbasi xususida gap boradi. Mahbubaning tashrif buyurishi bilan oshiq kulbasi o’z qiyofasini o’zgartiradi, ko’rkamlashadi. Beshinchi baytda she'r qahramoni—oshiq ruhiy-ma'naviy kayfiyatining tasviri chiziladi. Oltinchi baytda oshiq va ma'shuqa visol onlatining qo’ni-qo’shnilarga ta'siri borasida gapiriladi. Odatda, xonadonda xursandcliilik bo’lsa, qo’ni-qo’shnilar unga sherik. Qulay joy topib tomosha qilishadi: kim eshtkdan, kim tomdan o’ziga qulay joy topib qaraydi. Mahbuba qadamidan obod bo’lgan oshiqning xarobasi ham bu oqshom ana
shunday tomoshagoh tusini olgan. azalning maqtaida oldingi baytlarda tasvirlangan voqealaiga yakun yasaladi. Shu ma'noda maqta' g’azalning xulosasi bo’lib xizmat qiladi. Yor vasli va boda kayfiyatidan sarxush bo’lish oshiq uchun mavsumiy, tasodifiy narsa emas, balki doimiy holdir. U umri bo’yi o’zini ana shu yo’lga baxshida etgan. Ko’rinadiki, AJisher Navoiy talqinidagi oshiq uchun bulhavaslik, qo’nimsizlik tamoman begona. Zotan, bunday holat ulug* o’zbek shoirining tabiati va tub orzulari uchun mutlaqo yotdir. Buning aksi o’laroq buyuk mutafakkir g’azallarida tasvirlangan oshiq irodasi, o’z e'tiqodiga sodiq barcha qiynoq va imtihonlarga bardosh berish uchun tayyor turgan kishi sifatida namoyon bo’ladi.
Alisher Navoiyning aksariyat tatabbu' she'rlari Xoja Hofiz Sheroziy g’azallaridan ijodiy ta'sirlanish samarasi o’laroq vujudga kelgan. «Devoni Foniy»da «Dar tavri Xoja Hofiz», «Tatabbui Xoja» sarlavhalari ostida Ealaygina javobiya-g’azallar jamg’arilgan. Ularning miqdori haqida turlicha fikrlar bor. Akademik A.Mirzoyevning yozishicha, devonning Tehron nashrida Navoiy-Foniyning Xoja Hofizga tatabbulari soni 232 tadir. Prof. H.Sulaymon «Devoni Foniy»ning Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi asosida bu raqamni 237 taga yetkazadi. (Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tiUdagi merosi tadqiqotidan. «O'zbek tili va adabiyoti», 1965.5-son). Devonning Toshkent nashrida esa hammasi bo’lib 156 ta tatabbu'-g’azallar uchraydi. Agar yuqorida eslatilgan ikki olimning ma'lumotlari ishonchli bo’lsa, unda «Devoni Foniy»ning Toshkent nashri ham mukammal emas ekan.
Xoja Hofiz-dilbar she'riyat meros qoldirgan ijodkor. Uning o’ynoqi, yuksak mahorat bilan yoziigan mazmundor she'riyati Sharq-u arbda dovrug’ taratdi. Unga ergashish, undan o’rganish, mag’zli g’azallariga javob aytish, tatabbu' qilish, muxammasbog’lash, hofizxonlik bazmlari o’tkazish badiiy so’z mulkida qutlug’ an'ana tusini oldi. Shu ro’yxat boshida Alisher Navoiyning tabarruk nomi bor. Aytilganlarga qanoat hosil qilish uchun Alisher Navoiy va Xoja Hofizning bittadan g’azallarini qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: Xoja Hoflz:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish