Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Dston, dar hama fan nodirai olam ku? Afzal-u afsahi ajnosi bani odam ku? Dar biyoboni tamannosh xaloiq murdand, Ba davoi hama on Xizri Masiho dam ku?



Download 3,81 Mb.
bet147/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

...Dston, dar hama fan nodirai olam ku? Afzal-u afsahi ajnosi bani odam ku? Dar biyoboni tamannosh xaloiq murdand, Ba davoi hama on Xizri Masiho dam ku?.. Mazmuni:
Dstlar, hamma fanda olam yagonasi qani?
Odam bolalari jinsini afzali va eng fosihi qani?
Orzusi biyobonida xaloyiq halok bldi,
Hammaning daVosi bIgan Isinafas Xizr qani?
(P. Shamsiyev tarjimasi. Asarlar, 15 jildlik, 14-tom, 257-bet)
11.3. Tarix, tasawuf va din tarixiga oid asarlar
«Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Nasoyim ul-muhabbat», «Vaqfiya».
«Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»). 1488-yilda yozib tugatilgan bu asar «Muhokamat ul-lug'atayn»da «Zubdat ul-tavorix» («Tarixlar qaymoi») tarzida tilga olinadi hamda uning podshohlar tarixiga baishlanganligi ta'kidlanadi: «... «Xamsa» shulidin chun faroat topibmen, taxayyulim geti navardin salotin tarixi dashtia chopibmen, chun noma savodi zulmatidin «Zubdat ul-tavorix» adosin tuzupmen, salotin lgan otin bu hayvon suyi bila tirguzupmen» (16. 26). Ajam shohlari tarixiga baishlangan tarixiy va badiiy asarlar Alisher Navoiyga qadar ham juda kplab yaratUgan edi. Ulu shoirning z
asarlari, jumladan, «Xamsa» tarkibidagi dostonlarida ham Anushirvoni odil, Xusrav Parvez, Bahrom, Iskandar singari shu silsilaga mansub blgan hukmdorlar obrazi mavjud. Bu holat shoirning Ajam shohlari tarixidan juda yaxshi xabardor ekanligi, ular bilan aloqador tarixiy dalillar hamda afsona-yu rivoyatlarni mukammal bilganligidan dalolat beradi.
«Tarixi muluki Ajam»ni yozishda muallif Firdavsiyning «Shohnoma», Jaloliyning «Jome' ut-tavorix», azzoliyning «Nasihat ul mulk», Hamidulloh al-Mustavfiyning «Guzida» asarlari, shuningdek, «Tarixi Tabariy», «Tarixi Banokatiy», «Qozi Baydoziy» kabi tarixiy manbalaiga tayanadi. Jumladan, asarda Bahrom binni Shopur nomli zolim podshoh haqida: «Banokatiy debturkim, aning zulmidin el anga avo qildilar va ul avoda halok bo'ldi»,-deya qayd etiladi (16. 233). Shuningdek, «Tarixi muluki Ajam»da «derlarkim», «debdurlarkim» szlarining tez-tez uchrashi yuqoridagi fikrni quwatlantiradi.
Alisher Navoiy Ajam shohlarining peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar singari trt sulolasiga mansub hukmdorlari tarixini muxtasar bayon etish bilan zamonasi uchun juda muhim blgan bir necha ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, adabiy maqsadlari, orzu-istaklarini amalga oshirishini kzda tutadi. Asarda trt sulolaga mansub podshohlarning deyarli hammasi afsonaviy hukmdor Kayumarsdan boshlab, sosoniylarning snggi vakili, Eronning arablar tomonidan istilo qilinishi qurboni blgan Yazdi Jurdi Shahriyorgacha tavsif beriladi va ularning bashariyat tarixi uchun podshoh sifatida qilgan yaxshi-yomon ishlari muxtasar bayon etiladi. Bu bilan Alisher Navoiy Ajam slichlari hukmronligi silsilasini ma'lum tartibiga asos soladi, shuningdek, Sharq adabiyotida keng qllangan sha hukmdorlar obrazining mifik xususiyatlariga oid ma'lumotlarni umumlashtiradi. Ulu mutafakkirning bu xizmati turkiy va fors-tojik adabiy aloqalari rivojining yuksak chqqisi sanalgan XV asr uchun nihoyatda muhim edi.
«Tarixi muluki Ajam» an'anaviy tarixnavislik uslubida yaratilgan bIib, unga turli afsona va rivoyatlarga rin berish bilan uning badiiy qimmatini oshirishga, qiziqarli bIishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. Hukmdorlar hayotidan keltirilgan bu adabiy lavhalar ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy mohiyat kasb etib, zaro urush-taloshlarning sababkori blgan temuriyzodalarni ogohlikka da'vat etishi bilan ahamiyatlidir. «Tarixi muluki Ajam»da podshohlarning yurttalablik daVosi

bilan chiqishlaridan kra kproq mulk ma'murligi-yu yurt osoyishtaligi ylida krsatgan jonbozliklariga e'tibor qaratilishi, zolim podshohlarning ayanchli qismatining bayoni zamirida muallifning temuriylarning siyosiy vaziyatni tri baholashlaridan umidvorligi mujassamlashgan krinadi. Alisher Navoiy Xshang, Jamshid, Faridun, Manuchehr, Tahmosb singari peshdodiy, Bahrom Gr, Feruz, Nshiravon, Turon Duxt kabi sosoniy hukmdorlarni adolatli shoh sifatida tasvirlaydi. Jumladan, Firuz binni Yazdijird haqida quyidagilarni yozadi: «Firuz binni Yazdijird musulmon va oqil va kordon va odil podshoh erdi. Adolat bilan mamolikni obod qildi va rioyat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning saltanati zamonida yeti yil qaxat voqe' bldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yeti yil hech kishidin hech nima tilamadi»(l6.238 ).


Alisher Navoiy Xshangni «odil va xiradmand podshoh erdi», Jamshidni esa «jamol-u husnga beshubha va benazir va kamol-u fazlda beadil erdi»,-deya ta'riflaydi. Xshangni mamlakatni ilm va qonun bilan boshqarishga urungani, tarixda birinchi blib kitob bitgani, toshdan temir chiqargani, yoochdan uylarga eshik yasagani, konlar topgani, otga egar yasagani va boshqa obodonchilik ishlarini e'tirof etadi. Asarda Jamshid haqidagi ma'lumotlar ham shu tariqa bayon qilinadi. Uning juda kp binolar qurdirgani, bu inshootlar qurilishi nihoyasiga yetgach, katta bazm uyushtirgani, sha qutlu kun «Navro'z»-, deya atalgani asarda z ifodasini topgan. Alisher Navoiy: «Jamshid saltanatining zamoni y yetti yuz yilga etishdi»,-deganda kproq uning mifologik qahramon ekanligini nazarda tutgan blishi mumkin.
«Tarixi muluki Ajam»da aharnoniylar sulolasining snggi vakili Doro III zolim podshoh sifatida tasvirlanadi. Iskandarning Doro taxtini tortib olishi ijobiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shuningdek, asar muallifi Iskandar haqidagi juda kp ma'lumotlardan xabardor blgani holda, uni vali deya ta'riflaydi. Biroq «ba'zilar unga nubuwat isnodi qilibdurlar» taradagi ayrim tarixchilarning Iskandarga payambarlik nisbatini be^ganliklariga e'tiroz bildiradi. Asarda Bahrom Gr adolatli shoh blsa-da, uning ururga, kayf-safoga berilishi, shaxsiy manfaatlar qurboniga aylangani bois mamlakat va xalqini yomon ahvolga solib qyishiga e'tibor qaratiladi. Podshohning ana shu illatlari uning saltanatini xavf ostida qoldiradi, faqat u qattiq kurashlar olib borgani uchun taxtini egallaydi.
Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Sulton Husayn Boyqaro tarixini ham yozish niyatida ekanligini e'tirof etadi. Ushbu istak asar
xotimasida keltirilgan masnaviyda z ifodasini topgan. Unda ulu shoirning odil shoh haqidagi falsafiy qarashlari Husayn Boyqaro timsolida badiiylashtiriladi (16. 255-257.). Biroq muallifning bu orzusi amalga oshmagan krinadi.
«Tarixi muluki Ajam» teran ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy mazmunga ega blgan asar blib, u bilan muallif turkiy tilda tarixiy asar yozishning ziga xos uslubini namoyon etdi. Asar tilining soddaligi, uslubining ravonligi bilan keyingi davrlardagi tarixnavislik ravnaqiga muhim hissa blib qshildi. Asardagi she'riy parchalar, hikoyat-u rivoyatlar tmishda tarixnavislik badiiy ijod bilan uyun uslubda olib borilganligini dalillaydi. Shuningdek, «Tarixi muluki Ajam» ulu zbek shoiri dostonlarini rganish, Eron mifologiyasi bilan yaqindan tanishish hamda Alisher Navoiyning ziga xos nasriy uslubini ilmiy tadqiq etishda muhim manba blib xizmat qiladi.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish