Iroq-u forsga gar etsa sening bu she'ring, ey Bobur, Oni liifz etkusi Hofi/, niusallani tutqusi Salmon.
Bobur Mirzoning manzum asarlari lirik turning turli janrlarida ijod etilgan devoni, shuningdek, «Mubayyin», «Volidiya» singari masnaviylaridan iboratdir. Manbalarda qayd etilishicha, shoirning she'riy merosijamlanib, ikki devon holida tartib berilgan. Ularning biri 1519-yiIda Kobulda tuzilib, sha vaqtning zida Samarqandga yuborilgan Kobul devoni, ikkinchisi esa 1528-1529-yillarda tartib berilgan Hindiston devonidir, Bu ikki devon keyinchalik bir devon holiga keltirilgan blishi mumkin. «Boburnoma»ga ilova yozgan noma'lum kotibning quyidagi qaydlari shunday xulosaga kelishga imkon hosil qiladi: «... nazm va nasr va turkiy va forsiyni bebadal aytur erdi. Alalxusus turkiy devoni bordurkim, anda toza mazmunlar
topib aytibtur..> (460-bet). Bobur Mirzo devonlarining qlyozma nusxalari Parij Milliy kutubxonasida, Hindistonning Rampur shahridagi «Rizo» kutubxonasida, Haydaroboddagi «Salarjang» muzeyi xazinasida, Erondagi «Saltanat» kutubxonasida va Turkiyada mavjud. Mazkur qlyozma nusxalar asosida ingliz olimi Renison Ros (1910 yil), turk olimi Fuot Kpruluzoda (1912-1913-yillar), rus sharqshunosi A.N.Samoylovich (1917-yil), zbek olimlari SAzimjonova va A.Qayumov (1958, 1965-yil), Saidbek Hasanov (1982-yil) A.Abduaftirov(1994-yil)lar shoirning she'riy merosini nashr etishdi. 1993-yilda S.Hasanov Bobur Mirzoning Parij devoni nusxasini «Mahrami asror topmadim...» nomi bilan chop etdi. Olimning ta'kidlashicha, ushbu devon nusxasida shoir hayotining rta Osiyo davrida ijod etilgan she'rlari rin olgan. Shuningdek, 1983-yilda afonistonlik olima Shafiqa Yorqin tashabbusi bilan ulu shoirning she'rJari Kobulda «Devoni Zahiriddin Muhammad Bobui* nomi bilan ham nashr etildi. Keyinchalik adabiyotshunos AAbduafurov ana shu nashr asosida «Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon» (Toshkent: «Fan», 1994) asarini e'lon qildi.
Bobur Mirzo devonida Sharq she'riyatining azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qifa, fard, muammo kabi janrlarida ijod etilgan she'rlar jamlangan. Ular orasida azal, ruboiy, tuyuq janrida ijod etilgan she'rlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shoirning nazmiy asarlari, jumladan, azallarida an'araviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkorning ma'shuqa ta'rif-tavsifi, hijron iztiroblari, visol umidi, she'r qahramonining turli ruhiy holatlari tasviriga baishlangan oshiqona azallarida muallif sohir musawir yanglig' she'rxon kz ngida turli manzaralarni namoyon eta oladi. Undagi sz sehri, misralarning quyma va ravonligi, uslubning soddaligi, quvchiga badiiy zavq baishlaydi. Jumladan, Bobur Mirzo ishq balosining har dam jafo keltirishini ta'kidlagani holda, undan ayri tusholmasligini quyidagicha badiiylashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |