R. X. Maksudov, I. S. Hayitov


PAXTA TOZALASH SANOATIDA ISLOHOTLARNI YANADA



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

PAXTA TOZALASH SANOATIDA ISLOHOTLARNI YANADA
CHUQURLASHTIRISH VA XORIJIY INVESTITSIYALARNI
JALB QILISH
Paxtachilik va u bilan bog‘liq paxta tozalash sanoati samaradorligini
yuksaltirish, paxta tolasining hajmini oshirish va sifatini yaxshilash
О‘zbekiston uchun iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bо‘lgan
tо‘qimachilik, tikuvchilik kabi yengil sanoat sohalarini rivojlantirishning
muhim shartlaridan hisoblanadi. Zero, bu sohalarga mablag‘ sarflash eng
samarali, foydali va istiqbolli bо‘lib, tezda о‘zini oqlaydi.
Buning uchun О‘zbekistonda yetarli imkoniyat bor. Xususan, paxta
bor. U bizning asosiy boyligimiz. Bu hammaga yaxshi malum. “Bugun
Markaziy Osiyo ikki million tonnaga yaqin paxta tolasi yetishtirayotgan
bо‘lsa, shuning 1,5 million tonnasi О‘zbekistonga tо‘g‘ri keladi”.
1
Bundan xulosa shuki, endilikda paxtaning hisob-kitobi yalpi
yetishtirilgan hosil bilan emas, balki undan olinadigan tola bilan
о‘lchanadi. Demak, paxta birlamchi xom ashyo bо‘lsa, tola ikkilamchi,
sanoat uchun muhim xom ashyodir. Navbatdagi vazifa esa undan tayyor
mahsulot ishlab chiqarishdir.
Shu manoda, mamlakatimiz oldida turgan asosiy masala, bu
tayyorlanayotgan paxta tolasining katta qismini shu yerning о‘zida qayta
ishlashdan iborat. Ayni shu maqsadda, respublika hukumati tomonidan
paxta tozalash sanoatini texnik jihatdan jihozlashning uzoq muddatli
dasturi ishlab chiqildi.
Xususan, uning 2006-2010 yillarga mо‘ljalangan bosqichida paxta
tozalash zavodlaridagi barcha texnologik jarayonlarni yangi istiqbolli
asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Bular
jumlasiga quyidagilar kiradi:
· kamida 40 ta paxta tozalash zavodini rekonstruksiya qilish,
ularning bir qismini shahardan chetga chiqarish, shu yо‘l bilan
1
I.A.Karimov. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild-T.:1996 y., 251 bet


83
· shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, qishloq joylarda
odamlarni ish bilan taminlash
· paxta tozalash zavodlari qoshida yangi 18 ta urug‘lik paxta
chigitlari tayyorlash sexlarini qurish va ularni modernizatsiya qilish
orqali paxta navini yaxshilab, tola sifatini yaxshilash:
· tarmoqning meyoriy-texnik bazasini takomillashtirish va jahon
bozorida О‘zbekiston paxtasining raqobatbardoshligini oshirish bо‘yicha
ishlarni davom ettirish;
· paxta tozalash zavodlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni hamda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar bilan
uni qayta ishlovchidar о‘rtasidagi munosabatlarni va о‘zaro hisob-kitob
mexanizmlarini ularga xizmat qiluvchi banklar ishtirokida
takomillashtirishni davom ettirish;
Dasturda belgilangan bu vazifalar hal etilsa. quyidagilarga erishish
mumkin bо‘ladi: Birinchidan, Qoraqalpogiston Respublikasi,
Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy
viloyatlaridagi qator shaharlar xududi havosi tozalandi. Ikkinchidan,
1992-2004 yillarda rekonstuksiya qilingan 38 ta paxta tozalash
zavodlarida texnologik asbob-uskuna va mexanizmlar yanada
zamonaviyroqlariga almashtirildi. Uchinchidan, qishloq joylarda yangi
ish о‘rinlari yaratildi va tо‘rtinchidan, xom-ashyoni tashish va dastlabki
qayta ishlash sarf xarajatlari kamaydi.
Bundan tashqari, 2006-2010 yillarda tarmoqni rivojlantirish
dasturini amalga oshirish natijasida:
· tolaning chiqishi 33,2 foizgacha kо‘paydi
· yuqori sifatli (“oliy” va “yaxshi”) paxta tolasining ulushi umumiy
tola miqdorida 3 foizga oshirilib. 80 foizga yetkazildi.
· tarmoqda ekspulatatsiya xarajatlarini kamaytirish va paxta hosilini
qayta ishlash muddatlarini qisqartirish hisobiga paxta tolasini ishlab
chiqarish tannarxi 5-6 foizga pasaytirildi. Bunda kutilayotgan iqtisodiy
samara ishlab chiqarilgan tolaning jahon bozoridagi sotish narxining
oshishi hisobiga tolaning har tonnasiga kamida 50-60 ming sо‘mni
tashkil etadi.
Umuman olganda, paxta tozalash sanoatini rivojlantirishning
2010 yilgacha va undan keyingi yillardagi istiqboliga kо‘ra zavodlarni
rekonstruksiya qilishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik
29,9 milliard sо‘mni, kapital quyilmalar - 43,5 milliard sо‘mni,
xarajatlarning qoplanish muddati esa 1,45 yilni tashkil etadi.
Shuningdek, tarmoqni yangilash va modernizatsiya qilishning


84
istiqbolli rejasida yana quyidagilarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan:
· energiya vositalariga ehtiyojini quritish agentining
retsirkulyatsiyasi hisobiga 30 foizga kamaytirish va samarali tozalovchi
ikkita 1XK tozalagichli quritish-tozalash agregati о‘rnatish;
· xom ashyo quritgichlari uchun ham suyuq yonilg‘i, ham gazda
ishlaydigan quvvati oshirilgan universal IICH-1,9 rusumli issiqlik
generatorlarini о‘rnatish; Hozirgi kunda bunday generatorlar bilan
20 foiz quritgichlar jihozlangan;
· о‘zaro bevosita birlashtirilgan yangi APT-12 rusumli arrali
tozalagich va undan tez yemiriluvchi elementlar olib tashlanishi
natijasida metall va energiya sarfini mos ravishda 2,2 va 1.5 marotaba
kamaytirilishi, unumdorligini soatiga 12 tonnaga oshishi hisobiga
ishonchli ishi taminlanadigan modernizatsiya qilingan 1XK rusumli qiya
tozalagichlardan iborat paxta tozalash agregatlarini о‘rnatish;
· jinlashning istiqbolli texnologiyasini yaratishda 5DP-130 rusumli
arrali jinning ayrim ishchi organlari va uzellarini yanada
takomillashtirilgan  bazaviy  konstruksiyasidan 
foydalanish;
· tola tozalash jarayonining keyingi rivojlanishi, qayta ishlanadigan
paxta xom ashyosining sanoat navidan hamda dastlabki ifloslanganlik
darajasidan kelib chiqib tozalash karrasini amalga oshirishga imkon
beradigan tola tozalagich konstruksiyalarini yaratish hisobiga, amaldagi
tola tozalash prinsiplarini takomillashtirish tomoniga yо‘naltirish;
· namlash joyiga bevosita yaqinlikda joylashgan hamda baravariga
bir necha nuqtaga namlik yetkazib berish qobiliyatiga ega xom ashyo va
tolani namlab beruvchi avtomatlashtirilgan kichik hajmli va kam
inersiyali NAICH tipidagi namlagich apparatlarini yaratish. Shu va
boshqa tadbirlar amalga oshirilsa, avvalo yangi yoki qayta tamirlangan
texnika va texnologiyalardan foydalanish koefitsenti oshadi, ularning
paxta xom ashyosiga ratsionalroq tasiri hisobiga chiqqan paxta
tolasining sifati yuqorilashib, uning raqobatbardoshligi va mos ravishda
narxi ham oshadi.
· paxta mahsulotlarining nobudgarchiligi kamayadi, tola chiqishi
jinlash jarayonida 0,2 foizga oshadi. Ishlab chiqarish uchun band
maydon 2 baravardan ortiqroq qisqaradi hamda materiallar soni
kamayadi;
· 1 tonna paxta tolasi ishlab chiqish uchun elektroenergiya sarfi
20-30 foizga kamayadi;
· presslash oldidan tola namligi zarur meyorga yetkaziladi va


85
natijada jahon bozorida uni sotishdan tushadigan tushum ortadi;
· havoga uchayotgan chang va chiqindilar kamayishi hisobiga ish
joylaridagi sanitariya-gigenik sharoitlar va atrof-muhit ekologiyasi
yaxshilanadi;
· korxonalarda texnika xavfsizligi yaxshilanadi va ishlab
chiqarishda shikastlanish hollari kamayadi.
Malumki, paxta tolasidan sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish
uchun, avvalo paxta urug‘chiligini yaxshilash lozim. О‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 dekabrda «Paxta
urug‘chiligini tashkillashtirishni takomillashtirish choralari tо‘g‘risida»
chiqargan 604-sonli qarori, ayni shu maqsadga qaratildi.
Mazkur qarorga kо‘ra, 2005-2006 yillarda “О‘zpaxtasanoat”
uyushmasiga qarashli 31 ta paxta tozalash zavodini urug‘lik chigit
tayyorlashga ixtisoslashtirish belgilandi. Bular: Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Beruniy, Mang‘it, Xalqabod, Andijon viloyatining
Andijon-3, Sо‘fiqishloq, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Qorakо‘l,
Jizzax viloyatining OAO “Elita”, Qashqadaryo viloyatining Koson,
Qamashi, Beshkent, Navoiy viloyatining Navoiy, Qiziltepa, Namangan
viloyatining О‘ychi, Chust, Samarqand viloyatining Zirabuloq, Juma,
Miton, Surxondaryo viloyatining Xayrabod, Jarqо‘rgon, Angor, Sirdaryo
viloyatinng Malik, Baxt, Toshkent viloyatining Alimkent, Chinoz,
Bо‘ka, Farg‘ona viloyatining Qо‘qon-2, Toshloq, Xorazm viloyatining
Qо‘shkо‘pir, Xanqa, Hazorasp paxta tozalash zavodlari bо‘lib jami
31 ta.
2005 yil davomida shulardan 13 tasi, yani Beruniy, Andijon-3,
G‘ijduvon, OAO «Elita», Koson, Navoiy, Uychi, Zirabuloq, Xayrabod,
Mitan, Alimkent, Qо‘qon-2, Qо‘shkо‘pir zavodlarida urug‘lik chigit
tayyorlovchi sexlar qurib ishga tushurildi.
Qolgan 18 ta paxta tozalash zavodida esa bu ishlar 2006 yilda
amalga oshirildi. Bunday ixtisoslashtirilgan paxta tozalash zavodlarida
urug‘lik chigitni saralovchi, kalibrovka qiluvchi va dorilovchi
zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan sexlar modernizatsiya
qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarorida, shuningdek nafaqat ushbu
korxonalarni jihozlanganligi hisobga olingan, balki mintaqalarda
ularning eng kam transport xarajati bilan joylashuvi ham kо‘zda tutilgan.
Shunday qilib, paxtaning urug‘lik chigitini tayyorlashda
modernizatsiyalashgan sexlardan foydalanish iqtisodiy samaradorlikni
birmuncha oshirdi.


86
Qisqa qilib aytganda, urug‘lik chigitni tayyorlash sexlarini
modernizatsiyalash dasturining qiymati 24,85 mlrd. sо‘mni, sexlarni
modernizatsiya qilishdan yillik iqtisodiy samaradorlik 14,0 mlrd.
sо‘mni, sarflangan kapital mablag‘larni qoplash muddati 1,8 yilni tashkil
etdi. Amalga oshirilgan tadbirlarning texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlari 11
jadvalda keltirilgan.
Tarmoqni texnik jihatdan qayta jihozlashdan tashqari uning rivoji
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligiga, sanoat
meyoriy-texnik bazasining doimiy takomillashib borishiga hamda shu
sohaning paxta kompleksi tizimi va paxta istemolchilari bilan mavjud
bо‘lgan о‘zaro munosabatlar sistemasini qulaylashtirilishiga ham
bog‘liq.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish