R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
Idoraviy mehmonxonalar
umumiy tipdagi mehmonxonalarning bir 
turi hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa 
31


yoki korxonaga ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun 
mo‘ljallanadi. Idoraviy mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki 
jamoat transporti yaxshi qatnaydigan joyda quriladi. Bunday 
mehmonxonalarda umumiy xonalar thplami ko‘pincha ancha cheklangan, 
hzi xizmat ko‘rsatuvchi korxona turiga va undagi umumiy ahamiyatga 
molik xonalar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
Chet elda
anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus 
mehmonxonalar
qurish keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda 
«kongress-otel» yoki «konferens-otel» deb nomlanadi. Chet elda 
shuningdek ishbilarmonlar uchun ham maxsus mehmonxonalar – «biznes-
otellar» quriladi. Odatda bu mehmonxonalarning shinamlik darajasi juda 
yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar o‘tkazish uchun zallar, majlislar
konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi 
restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, basseynlar, saunalar, 
kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi. 
Ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda kichik 
majlislar, savdo operatsiyalari o‘tkazish, mahsulotlarning namunalari 
ko‘rgazmalarini tashkil etish, firmalarning vakolatxonalarini joylashtirish 
uchun mo‘ljallangan joylar, ayrim hollarda transformatsiya qilinadigan – 
ularda kelgan odamlarni qabul qilish, kichik muzokaralar o‘tkazish 
imkonini beradigan nomerlar ham nazarda tutiladi. 
Turistik mehmonxonalar
faol dam olayotgan turistlar uchun 
mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan 
uyushtirilgan gruppaviy turizm – ekskursiya va sport turizmi uchun 
mo‘ljallangan. 
Turistik mehmonxonalar shaharda, shahar tashqarisida, turistik 
ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil 
massivlar yaqinida quriladi. 
Turistik mehmonxonalar, shuningdek kurort mehmonxonalari yer 
maydonlarining hajmi umumiy tipdagi mehmonxonalarning yer 
maydonlaridan ancha katta bo‘ladi (1 mingtagacha o‘rinli 
mehmonxonalarda bir o‘ringa 75m
2
va 1-2 ming o‘rinli mehmonxonalarda 
bir o‘ringa 65m
2
). Kurort mehmonxonalari va turistik 
mehmonxonalarning, kurortlarda va dam olish zonalarida joylashgan 
motellar va keminglarning ko‘kalamzorlashtirilgan yer maydonlari jami 
yer maydonining kamida 5% ni tashkil etishi kerak. 
Mehmonxonalarning yer maydonlarida sport maydonchalari (bir 
o‘ringa 8-10m
2
hisobidan), bolalarning o‘yin maydonchalari va soyabonlar 
joylashadi. Shovqindan saqlanish uchun turistik mehmonxonalar va kurort 
32


mehmonxonalarining korpuslari transport qatnaydigan ko‘chalar va 
yo‘llardan kamida 50m uzoqda quriladi. Bu khchalar va yo‘llar yoqasida 
daraxt ko‘chatlari ekish nazarda tutiladi. 
Ko‘pchilik oilaviy dam olishni yoqtirganligi uchun turistik 
mehmonxonalarda asosan ikki hrinli nomerlar nazarda tutiladi. Nomerda 
odatda kunduzgi dam olish zonasi ajratiladi. Bu zona lodjiya yoki balkonni 
ham o‘z ichiga oladi. Yoshlar turizmi uchun mo‘ljallangan 
mehmonxonalarda tejamkorlikni oshirish va yashash uchun to‘lanadigan 
haqni kamaytirish maqsadida ba’zan beshta va undan ortiq odamga 
mo‘ljallangan umumiy yotoqxona ko‘rinishidagi nomerlar nazarda tutiladi. 
Turistik mehmonxonalardagi umumiy ahamiyatga molik binolar va 
xonalar asosan dam olish uchun mo‘ljallangan bhladi (khp funksiyali 
zallar, xollar, kaminli zallar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari 
orasida ba’zan «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (raqs barlari, varete 
va h.k.), tez va arzon xizmat khrsatish korxonalari (ekspress-kafe, oshxona 
va sh.k.), ba’zan o‘ziga o‘zi xizmat khrsatish korxonalari ham bo‘ladi. 
Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
ularda turistik xizmatlar khrsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va 
instruktorlar xonalari (instruktorlar turistik guruhlar bilan metodik ish olib 
borishi uchun) mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut 
turiga va mazkur marshrut bhylab turistlarning harakatlanish usuliga 
bog‘liq. 
Turistik-sport mehmonxonalarida turistik va sport anjomlari va 
jihozlari (chang‘i, konki, chana, ov va baliq ovi anjomlari, qayiqlar, 
baydarkalar va h.k.)ni ijaraga berish shoxobchalari nazarda tutiladi. 
Turistik-sport mehmonxonasining xususiyatiga qarab, bunday 
shoxobchalar to‘plami har xil bhlishi mumkin. Shunga hxshash anjomlarni 
ijaraga berish shoxobchalari kurortlar va dam olish zonalarida joylashgan 
motellar va kempinglarda ham bo‘lishi mumkin. 
Qoida tariqasida, bunday mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar 
to‘plami yaxshi rivojlangan, umumiy ovqatlanish korxonalari ancha rang-
barang bo‘ladi. Ularda «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (kunduzgi 
va tungi barlar), do‘konlar, kiosklar va h.k. ishlab turadi. Shinamlik 
darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxonalarda basseynlar, saunalar, 
kegelbanlar, barlar, restoranlar, madaniy hordiq markazlari ham bo‘ladi. 
Turistik mehmonxonalarni turizmning madaniy va ma’rifiy turlarini 
ma’qul ko‘ruvchi, shinamlik va xizmat ko‘rsatish darajasiga ancha katta 
talablar qo‘yuvchi turistlar harakatlanadigan marshrutlarda joylashtirish 
lozim. Bundan tashqari, turistik mehmonxonalardan avtoturizm, sport va 
33


transport turizmining ayrim turlari bilan shug‘ullanuvchi, kongresslar, 
festivallar va anjumanlarga keluvchi, shuningdek har xil aralash turistik 
sayohatlar chiquvchi mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat khrsatish 
uchun ham foydalanish mumkin. 
Marshrutda joylashishiga qarab, turistik mehmonxonalar asosiy 
muassasalar (to‘g‘ri va halqali marshrutlardagi boshlang‘ich yoki oxirgi 
punktlar) sifatida yoki marshrut o‘rtasida turistlar nisbatan uzoq dam olishi 
uchun mhljallangan oraliq muassasalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
Foydalanishning mavsumiyligiga qarab, mehmonxonalarning mazkur 
turidan, qoida tariqasida, butun yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan 
doimiy turizm muassasasi sifatida foydalaniladi.
Mehmonxonalarning funksional o‘ziga xosliklari ularni barcha 
loyihalash-qurilish hududlarida va iqlimiy kichik hududlarda loyihalash, 
qurish va ulardan foydalanish imkonini beradi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish