5-Mavzu: Futbоl o‘yini bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish. Futbolning rivojlanish tarixi futbol so‘zi fut – «oyoq», bol – «to‘p», ya’ni «oyoqda to‘p o‘ynash»



Download 24,17 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi24,17 Kb.
#668355
Bog'liq
5.MARUZA


5-Mavzu: Futbоl o‘yini bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.
FUTBOLNING RIVOJLANISH TARIXI
Futbol so‘zi fut – «oyoq», bol – «to‘p», ya’ni «oyoqda to‘p o‘ynash» ma’nosini bildiradi. Bundan juda ham ko‘p yillar avval har xil davlatlarda odamlar shahar maydonlarida yoki bo‘sh yotgan yerlarda to‘p o‘ynashni o‘ylab topdilar, bu o‘yin esa harbiylarning dushman lageriga kirib olishiga o‘xshash manzarani eslatar edi. Partiya o‘yinida ikki jamoaga bo‘linib, ma’lum chiziq orqasida ko‘p marta to‘pni olib o‘tgan jamoa partiyada g‘olib deb hisoblangan. Bunday o‘yinlarda ayrim vaqtlarda bir necha yuz kishi qatnashar edi. Futbolning aynan qachon va qayerda paydo bo‘lganligi ma’lum emas. Bu qadimgi oyoq bilan o‘ynaladigan to‘p o‘yinlarining dunyodagi ko‘pchilik xalqlar orasida ommaviylashganligidan guvohlik beradi. Juda qadim vaqtlardan beri odamlarni bu o‘yin kim tomonidan va qachon o‘ylab topilgan degan savol qiziqtirib kelgan. Arxeologik qa zishmalarning isbotlashishiga ko‘ra, futbolning dastlabki ko‘rinish laridan biri Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan ekan.
O‘YINCHILARNING VAZIFALARI
Har bir futbolchi o‘yinning hamma texnik usullarini egallagan bo‘lishi, hujumda ham, himoyada ham bilib harakat qilishi kerak. O‘yindagi ayrim vazifalarni esa o‘yinchi, ayniqsa, yaxshi ijro etadigan bo‘lishi lozim. Futbolchilar vazifalariga ko‘ra darvozabonlarga, qanot himoyachilariga, markaziy himoyachilarga, o‘rta qator himoyachilari, qanot hujumchilari va markaziy hujumchilarga bo‘linadi.
DARVOZABON
Hozirgi vaqtda darvozaboning o‘yini turli tuman va murakkabdir. Darvozabonnig jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi, uning ruhiyati mustahkamligiga yuksak talab qo‘yilayotganligi ham ana shundan. Odatda, darvozabon baland bo‘yli (175 sm va undan ham baland), a’lo darajada jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan, reaksiyasi juda tez, start tezligi juda yuqori o‘yinchi bo‘ladi. U dovyurak va jur’atli, sakrovchan, epchil va hozirjavob bo‘lishi, harakatlarni yaxshi muvofiqlashtira oladigan, yaxshi rejalashtirib mo‘ljal oladigan, to‘pning ehtimol bo‘lgan uchish yo‘nalishi tezligi va trayektoriyasini darhol aniqlay oladigan bo‘lishi, himoya qatorlarini idora qilishi, ya’ni unga izchillik va uyushqoqlik kiritishi kerak. Darvozabon joyida turganda ham, harakatlanib yoki sakrab o‘ynaganida ham texnik uslublarning hammasini a’lo darajada qo‘llay olishi zarur. Darvozabonning mahorat darajasi ana shu uslublarni nechog‘li to‘g‘ri, aniq va ishonchli bajarishi bilan belgilanadi. Darvoza oldidagi o‘yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo‘shib olib borish, o‘z darvozasini himoya qilish va hujum uyushtirishda sheriklari bilan bahamjihat, mohirona harakat qilish darvozabonning yuksak mahoratini ko‘rsatadi.
MAYDON JIHOZ VA ANJOMLARI
O‘yin o‘tkaziladigan maydon to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uzunligi 90 m dan 120 m gacha va eni 45 m dan 90 m gacha bo‘ladi. Xalqaro musobaqalarda maydon uzunligi 100 m dan 110 m gacha va eni 64 m dan 75 m gacha bo‘lishi kerak. Maydon uzunligi har doim uning enidan katta bo‘lishi kerak. Maydonni chegaralovchi chiziqlar kengligi 12 sm dan ortiq bo‘lmasligi, aniq ko‘rinib turishi va maydon bilan bir tekislikda yotishi kerak (24- rasm).

Maydoning uzunasiga chizilgan chiziqlar – yon chiziqlar, maydonning eniga chizilgan chiziqlar esa darvoza chiziqlari deyiladi. Maydon o‘rtasidan uning eniga tortilgan chiziqlar o‘rta chiziq bo‘lib, undan maydon markazi beligilanadi. Maydon markazi belgisidan radiusi 9 m li aylana chiziladi. chiziqlar o‘lchami maydon o‘lchamiga kiradi. Darvozabon maydoni. Darvoza ustunlarning ikki yon tarafidan darvoza chizig‘iga perpendikular ravishda maydonga 16,5 m li parallel chiziq tortiladi va ikkalasi tutashtiriladi, hosil bo‘lgan maydon jarima maydoni deyiladi. Darvoza chizig‘idan 2 m uzoqlikda darvoza qarshisida penalti to‘p tepish joyi belgilanib, shu yerdan 9 m li radiusda jarima maydoni chizig‘i ustiga yarim aylana chiziladi. maydonning 4 ta burchagi ichidan radiusi 1 m bo‘lgan burchak yoyi (45° li aylana yoyi) chiziladi. Bu burchak sektorlari deyiladi. Futbol darvozasi (25- rasm). Darvoza chizig‘i o‘rtasida eni 7,32 m, balandligi 2,44 m li darvoza to‘sini o‘rnatiladi. To‘sinning ustunlari qalinligi 2 mm li oval shaklidagi aluminiy quvurdan tayyorlangan bo‘lib, sirti zanglamasligi uchun oq emal bilan qoplangan bo‘ladi. Futbol maydoni burchak bayroqlari (26- rasm). Futbol maydoni burchaklariga 4 dona bayroqchalar o‘rnatiladi. Bayroq sopi egiluvchan sintetik plastmassadan yasalgan bo‘lib, uning uzunligi 1,60 m, diametri 50 mm bo‘ladi. Jarohatlanishning oldini olish uchun bayroq sopining uchi yumaloqlangan shaklga keltirilgan. Futbol maydonining har bir burchagi burchak to‘pini amalga oshirish uchun radiusi 1 m bo‘lgan doira yoyi bilan chegaralanadi. Futbol to‘pi (27- rasm). Futbol o‘yini uchun aylanasi 69–70 sm, og‘irligi 410–450 g bo‘lgan, tabiiy charmdan yoki yuqori sifatli charmning o‘rnini bosuvchi materialdan tayyorlangan to‘pdan foydalaniladi. To‘pning ichki atmosfera bosimi 0,6–1,1 (600–1100 g/sm2)ga teng bo‘lishi va poldan 110 sm balandlikkacha sakrashi kerak.


To‘p bilan aylanib o‘tish uchun ustunlar (28- rasm). Ustunlar asosi 23 sm2 bo‘lgan to‘rtburchak konus shaklidagi yumshoq plastikdan tayyorlanadi. Ko‘k rangli ustunning balandligi 28 sm, sariq va qizil ranglisi 40 sm bo‘ladi.
Futbolchilar sport kiyimi futbolka, sportchilar kalta ishtoni (trusi), futbolchilar oyoq kiyimi (butsi) va himoya getralaridan iborat. Darvozabon ustki kiyimining rangi maydon o‘yinchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak va bosh hakam hamda hakamlar hay’ati maydonga jamoa o‘yinchilari sport kiyimidan farqlanadigan kiyimda tushadilar. O‘yin qoidasi. Futbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil etishda, asosan, 17 qismdan iborat xalqaro miqyosda qabul qilingan o‘yin qoidalaridan foydalaniladi. Jamoa. Jamoa tarkibiga 11 kishi kiradi: 1 nafar darvozabon hamda himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilarga ajratilgan 10 nafar maydon o‘yinchilaridan tashkil topgan. O‘yinlar ochko va kubok uchun o‘tkazilganida, bir o‘yinda har ikkala jamoadan 3 nafardan o‘yinchi almashtirilishi mumkin. O‘yin vaqti. Erkak va o‘smir jamoalari (16 dan to 18 yoshgacha) uchun bir o‘yin vaqti 90 daqiqa davom etadi. O‘yin 2 bo‘limdan, har bir bo‘limi 45 daqiqadan iborat. Birinchi bo‘lim tugagach, jamoalar darvozalari bilan almashishib kamida 10 daqiqaga tanaffusga chiqadilar. Pley-of musobaqalarida asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmasa, qo‘shimcha 15 daqiqa, 2 bo‘limdan o‘ynaladi. Lekin bunda ham g‘olib aniqlanmasa, 5 tadan 11 metrli jarima to‘pi belgilanadi va shunda ham g‘olib aniqlanmasa, g‘olib aniqlangunga qadar o‘yin davom etaveradi (3 tadan va h. k.).
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI
Futbol, asosan, ochiq havoda, chim yotqizilgan maydonda yoki usti yopiq sun’iy chim yotqizilgan manejlarda o‘ynaladi Maydon o‘lchami eniga 45–90 m gacha, uzunasiga 90–120 m gacha bo‘ladi. Darvozaning o‘lchami eniga 7 m 32 sm, balandligi 2,44 sm. Maydonda quyidagi chiziqlar chiziladi: maydon chegara chiziqlari: maydon o‘rtasida markaziy chiziq va markazdan 9 metr radiusli aylana. Jarima maydoni darvoza ustunidan 16,50 sm uzunlikda, eniga 16,50 sm bo‘ladi va ikki nuqta birlashtiriladi. Darvozabon maydonchasi uzunligi 5,50 sm, eni 5,50 sm bo‘ladi, bunda ham ikki nuqta birlashtiriladi. Jarima maydonida darvoza chizig‘idan 11 metr masofada 11 metrlik jarima to‘pi bajariladigan belgi bo‘ladi. Jarima maydonidagi shu belgidan 9 metr radiusli yarim oy shaklidagi chiziq chiziladi. Maydonning to‘rtta burchagidan burchak to‘pini tepish uchun 1 metr radiusli yarim aylana chiziladi. Har bir burchakda balandligi 1,5 metr bo‘lgan bayroqchalar o‘rnatiladi. Bayroqcha rangi har xil bo‘lishi mumkin. Maydon ko‘rinishi 24- rasmda tasvirlangan. O‘yinda har bir jamoada 11 nafardan o‘yinchi: 1 nafar darvozabon va 10 nafar maydondagi o‘yinchi o‘ynaydi. O‘yin maydon markazidan to‘pni oldinga uzatish bilan boshlanadi. Agar biron-bir jamoa o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborsa, o‘yin yana maydon markazidan boshlanadi. O‘yin vaqtida hakamning ruxsati bilan 3 yoki 5 nafar o‘yinchini almashtirish mumkin. Maydondan chiqib ketgan o‘yinchi qaytib maydonga tushmaydi. O‘yin 45 daqiqadan 2 taym davom etadi; taymlar orasida 15 daqiqa tanaffus beriladi. O‘yinda 5 nafar hakam: 1 nafar hakam o‘rtada, 2 nafar hakam yon chiziqda, 1 nafar yordamchi hakam, 1 nafar nazoratchi hakam ishtirok etadi. Erkin to‘p. To‘p raqib jamoasidan tashqariga chiqib ketganida darvozabon maydonchasidan tepib o‘yinga kiritiladi hamda o‘yin vaqtida raqib jamoasi o‘yinchilariga taqiqlangan harakatlar qo‘llansa, ya’ni raqibni ushlab qolish, turtsa, itarsa, chalsa, beixtiyor to‘p jarima maydonidan tashqarida qo‘lga tegsa, himoyachi atayin uzatgan to‘pni darvozabon ushlasa, erkin to‘p belgilanadi. Jarima to‘pi. Maydonda va jarima maydoni oldida to‘p bilan o‘ynayotgan o‘yinchiga nisbatan atayin taqiqlangan harakatlar qo‘llansa, jarima to‘pi belgilanadi. Burchak to‘pi va yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish. To‘p darvozabon yoki himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketsa, to‘p burchakdan tepib o‘yin kiritiladi. Burchak to‘pi tepilganida to‘p darvozaga kirsa, gol hisoblanadi. Yon chiziqdan to‘pni tashlab o‘yinga kiritish maydon o‘yinchilari qo‘lda o‘ynaydigan yagona usul bo‘lib, bu to‘p raqib jamoa o‘yinchisi oyog‘idan maydonni tark etganida qo‘llaniladi. To‘pni tashlash vaqtida maydon ichiga kirish, oyoqni ko‘tarish yoki sakrash man etiladi. Shunday holat ro‘y bersa, to‘p raqib jamoaga beriladi. O‘yinchi to‘pni tashlaganidan so‘ng, to‘pni sherigi yoki raqibidan qaytgach o‘ynashi mumkin. 11 metrlik jarima to‘pi (penalti). Himoyachilar va darvozabon tomonidan jarima maydoni ichida hujumchiga qarshi qo‘pollik ishlatilsa, himoyachining qo‘liga to‘p tegsa, 11 metrlik jarima to‘pi belgilanadi. 11 metrlik jarima to‘pi bajarilayotgan vaqtda to‘p 11 metrlik nuqtaga qo‘yiladi. Jarima maydoni ichida faqat darvozabon va 11 metrlik jarima to‘pini tepuvchi o‘yinchi bo‘ladi, qolgan hamma o‘yinchilar jarima maydonidan tashqarida bo‘ladi. Taqiqlangan o‘yin qoidalarini qo‘llagan, qo‘pol va sportga xos bo‘lmagan harakat qilib intizomni buzgan o‘yinchiga hakam tomonidan sariq kartochka ko‘rsatiladi. O‘yin vaqtida shunday harakatlarni yana takrorlasa, hakam sariq kartochka ketidan qizil kartochka ko‘rsatib, o‘yinchini maydondan chiqarib yuboradi. Maydondan chiqarilgan o‘yinchi qaytib maydonga tushmaydi. Jamoa o‘yinni 1 kishi kam bo‘lib davom ettiradi. Agar ikkala jamoa o‘yinchilari bir vaqtda xatolikka yo‘l qo‘ysa yoki o‘yin qandaydir sababga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘lsa, bahsli to‘p tashlash belgilanadi.
HAKAMLIK QILISH METODIKASI
Hakamlar. O‘yinni 5 nafar hakam boshqaradi va bosh hakam hamda hakamlar hay’ati maydonga jamoa o‘yinchilari sport kiyimidan farqlanadigan kiyimda tushishi shart. Bosh hakamda hushtak, sekundometr, sariq va qizil kartochkalar, yon daftar va ruchka bo‘lishi shart. O‘yinni maydon hakami hamda «o‘yindan tashqari holat»ni va to‘p maydondan chiqib ketganligini aniqlab qayd etuvchi ikki yon chiziq hakamlari (YoChH) olib boradilar. Agar maydondagi hakamlardan birining o‘yinni boshqara olmasligi kuzatilsa (salomatligi tufayli, turli xil sabablarga ko‘ra jarohat olsa), u holda ushbu hakam zaxiradagi hakam bilan almashtiriladi.
Futbol maydonning kattaligi, o‘yin sur’atining tezda o‘zgarishi hakamdan o‘yinni shunday tarzda nazorat qilishni taqozo qiladiki, futbolchilar harakatiga xalaqit qilmasligi va bir vaqtning o‘zida o‘yin vaziyatini nazorat qilib borishi kerak. Amalda parallel va diagonal usulda hakamlik qilinadi. Diagonal usuli eng ommaviy va ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Diangonal usulning afzalligi shundaki, hakam bu usul yordamida, asosan, maydon markazidagi sodir bo‘ladigan voqealarni nazorat qilishi, to‘p uchun kurashayotgan o‘yinchilar yonida bo‘lishi mumkin. Chiziq hakamlari yordamida hakam maydonning ikki tomonidagi yon chiziqni ham nazorat qilib turadi. Hakam o‘yin jarayonida tasavvuridagi maydon diagonalining DE chizig‘ida harakatlanadi. Vaziyat taqozo etganda, u yoki bu tomonga chiqishi mumkin (29- rasm). Chiziqdagi 1- YoChH va 2- YoChHlari maydon yon chiziqlari bo‘ylab harakatlanib, o‘ziga xos ikkinchi diagonalni tashkil etadilar. Misol uchun, agar hakam F nuqtaga o‘tsa, chiziqdagi 1- YoChH A va H nuqtasi oralig‘idagi joyga o‘tishi kerak. Agarda hakam D nuqtasi atrofida bo‘lib qolsa, bunda chiziqdagi 2- YoChH hakam J va D nuqtasi orasida joylashishi kerak. O‘yin davomida chiziq hakamlarining harakati faqatgina maydonning bir tomoni bilan chegaralanadi. Shunday qilib, chiziq hakami 1- YoChH 4- sonli maktab jamoasi maydonning yarmida harakatlanib, 10- sonli maktab jamoasi hujumlarini kuzatib turadi. Bunday holda 4- sonli maktab jamoasining oxiridagi himoyachisi bilan bir chiziqda turadi va birga harakatlanadi. Mana shuning uchun ham u 10- maktab jamoasi maydonining yarmiga o‘tishiga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 10- sonli maktab jamoasi maydonining yarmini chiziq hakami 2- YoChH nazorat qilib turadi. O‘yin jarayonida diagonal usulida hakamlik qilishda noto‘g‘ri harakatlanish diagonal usul mazmunining buzilishiga olib keladi.
Misol uchun, agar birinchi yon chiziq hakami I va B nuqtalari oralig‘ida turib qolsa, unday vaqtda vaqtda hakam G nuqtada bo‘lganida diagonal usulining mohiyati buzilgan hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda hakam yana F nuqtaga borganida, ikkinchi yon chiziq hakami E va K nuqtalar orasida tursa ham, dioganal usuli buzilgan bo‘ladi. Hakam joyini o‘zgartirish uchun bunday diagonalni tanlashi kerak va u qanday qabul qilinadi? Birinchi navbatda, quyosh yo‘nalishi hisobga olinadi (u yuzga tushmasligi kerak), shamolga, ayniqsa, kuchli shamolga qarama-qarshi harakat qilish tavsiya etilmaydi.
HAKAM BELGILARI VA IMO-ISHORALARI
Hakamning hushtak yordamida ishora berishi. O‘yinda hakamlikni amalga oshirishda hakam hushtak yordamida belgi beradi. Hushtakdan quyidagi hollarda foydalaniladi: o‘yin boshlanishidan va tanaffusdan so‘ng qayta boshlashdan oldin; darvozaga to‘p kiritilganidan so‘ng; 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshirishdan avval; darvoza ishg‘ol qilinganida; o‘yin tugashidan yoki yarmidan. Berilayotgan belgilar o‘yinchi va tomoshabinlarga yaxshi eshitiladigan bo‘lishi kerak. Belgilar ohangi doimo bir xilda bo‘lishi lozim. Ammo darvoza ishg‘ol qilinganida, o‘yinning birinchi yarmi yoki uning asosiy vaqti tugaganidan so‘ng beriladigan belgilar juda aniq bo‘lishi kerak. Hakamning qo‘l yordamida ishora berishi. Agar o‘yinchilar barcha o‘yin qoidalarga rioya qilib, darvoza, jarima, burchak to‘pini va erkin to‘p tepishlarini amalga oshirsalar, hushtak chalinmaydi, balki bunda qo‘l imo-ishoralaridan foydalaniladi. Yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish ham qo‘l ishoralari bilan tushuntiradi. Qo‘l bilan beriladigan imo-ishoralardan o‘yinni to‘xtatish yoki uni davom ettirish qarorini oydinlashtirish maqsadida foydalaniladi (30- rasm).
HAKAMLARNING MAYDONDAGI ISHORALARI 1. Raqibni qo‘l bilan turtib yuborish
2. Urilish yoki qo‘pollik bilan itarib yuborish
3. Raqib ustiga sakrash
4. Chalish
5. Oyoqqa tepish
6. Erkin zarba berish
7. Jarima to‘pini tepish
8. O‘yin yarmi yoki to‘liq tugashi
9. O‘yin to‘xtatilmaydi
10. To‘pni qo‘l bilan o‘ynash
11. Qoida buzilgan joydan to‘pni o‘yinga kiritish lozimligini ifodalovchi ishora
12. Qo‘shimcha vaqt berilganligi
13. O‘yinchini ogohlantirish yoki chetlashtirish
30- rasm. Chiziq hakamining bayroq yordamida belgi berishi. Chiziq hakami bayroqqa ega bo‘lishi kerak (bayroq sopi uzunligi – 45 sm, diametri – 1,5 sm; bayroq uzunligi – 40 sm, kengligi – 30 sm). Bayroq rangi ikki jamoa o‘yinchilarining kiyimi rangidan farq qiluvchi va juda yorqin rangda bo‘lishi kerak (qizil, sariq, to‘q sariq) (31- rasm). Chiziq hakamlarining asosiy vazifasi belgilarni vaqtida va aniq berishdan iborat.
CHIZIQ HAKAMLARINING BAYROQDA BELGI BERISHLARI 1. Qoida buzildi. A hakam diqqatni jalb qilish maqsadida bayroqni ko‘taradi. B hakam hushtagidan so‘ng, erkin yoki jarima to‘pi zarbasi qaysi jamoa tomonga beriladigan belgi
2. Hakam o‘yin qoidasi buzilganini ko‘rmay qolganida, hakam diqqatini jalb qilish maqsadida beriladigan belgi
3. Darvoza to‘pini tepish
4. Bayroqni tezda ko‘tarib, burchak to‘pi tepish joyini ko‘rsatish
5. «O‘yindan tashqiri holat»
6. Chiziq hakamidan maydonning qarama-qarshi tomonida «maydondan tashqari» holat
7. Maydonning o‘rta chizig‘idan «o‘yindan tashqari» holat
8. O‘yin maydoni yaqinida «o‘yindan tashqari» holat
MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH. MUSOBAQALARNING AHAMIYATI
Sport musobaqalari o‘quv-mashq jarayonlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg‘ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda sport o‘yinning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Sportchilar mashg‘ulotlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va, umuman, jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o‘quv-mashq jarayoninig ahvoli va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o‘quv-mashq ishlarini yakunlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musobaqalar qat’iylikni, g‘alabaga erishish yo‘lidagi iroda kuchini, jamoaning shahar, respublika oldidagi mas’uliyatini tarbiyalaydi. O‘yinlarning emotsional keskinligi shug‘ullanuvchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Ochiq havoda o‘tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog‘lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni jalb qilishi bilan birga, sport o‘yinini targ‘ib qilish va ommalashtrishning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko‘rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishga jalb etadi. Musobaqa hakamining tarbiyachi-pedagog va o‘yin rahbari sifatida roli juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro‘y beradigan qo‘pollikka va ayrim sportchilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o‘yinchilariga o‘z vaqtida tanbeh va ko‘rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi.
MUSOBAQA TURLARI
Qo‘yilgan vazifalarga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo‘lish mumkin. Yagona sport klassifikatsiyasi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va natijalariga ko‘ra sport klassifikatsiyasi belgilanadigan hamda g‘olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi. Musobaqalarning asosiy turi taqvim (kalendar) musobaqalar bo‘lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvim rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi: – birinchilik yoki chempionatlar; – kubok musobaqalari; – saralash musobaqalari. Birinchilik yoki chempionatlar eng muhim musobaqalar bo‘lib, ularning natijalari bo‘yicha g‘olib jamoaga chempion nomi beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini obyektiv baholashga, olib borilayotgan o‘quv-mashq ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi. Kubok musobaqalari musobaqalarga juda ko‘p jamoalarni jalb etish va g‘olibni nisbatan qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari keyingi bosqichda qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Musobaqalarning yordamchi turlariga quydagilar kiradi: – nazorat uchrashuvlari; – o‘rtoqlik uchrashuvlari; – ko‘rgazmali uchrashuvlar; – qisqartirilgan musobaqalar.
Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo‘lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘rtoqlik uchrashuvlari o‘quv-mashq maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar rejasida o‘tkaziladi. Ko‘rgazmali uchrashuvlar sport o‘yinini ommalashtirishga va sport mahoratini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o‘tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilishi yoki yopilishiga rejalashtiriladi. Bunday musobaqalarning o‘tkazilishini tezlashtirish uchun o‘yin vaqti qisqartiriladi. Qisqartarilgan musobaqalarning dasturi faqat o‘yin o‘tkazishni emas, balki o‘yinchilarning texnik yoki jismoniy tayyorgarligiga doir musobaqalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
O‘YIN SISTEMALARI
Musobaqani ikki sistemada: davrali sistema, yutqazgandan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan sistemada o‘tkazish mumkin.
DAVRALI SISTEMA
Musobaqaning davrali sistemasida har bir jamoa, agar musobaqa bir davrali o‘tkazilsa, bir-biri bilan bir marta, agar musobaqa ikki davrali o‘tkazilsa, ikki marta uchrashishi kerak. O‘yinning bunday sistemasi musobaqalashuvchilar kuchlari nisbatini ancha obyektiv belgilashga va kuchli jamoani aniqlashga imkon beradi, bunda musobaqaning umumiy yakunidagi tasodifiylik elementi ma’lum darajada bartaraf qilinadi. Bu sistemada musobaqani ikki davrali qilib o‘tkazish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Davrali sistemada barcha musobaqa ishtrokchilarining o‘rinlari to‘plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. O‘tkazilgan barcha o‘yinlar natijasida eng ko‘p ochko olgan jamoa (yoki sport jamoasi) g‘olib hisoblanadi. Bir yoki bir necha jamoalarda ochkolar teng bo‘lib qolganda g‘olibni aniqlash uchun musobaqa tartibida qandaydir qo‘shimcha ko‘rsatkichlar yoki tadbirlar (masalan, shu jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin yoki shu jamoalar o‘rtasidagi avval o‘ynalgan o‘yin natijalari, kiritilgan yoki o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati) nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Davrali sistema bo‘yicha o‘ynash tartibida qur’a tashlash bilan musobaqada qatnashuvchi jamoalarning raqamlari aniqlanadi. Jamoalarning aniqlangan raqamlari asosida o‘yinlar jadvali tuziladi. Musobaqalar bir davrali qilib o‘tkazilganida, o‘yin bir-biri bilan bellashuvchi ikki jamoadan daslabkisining maydonida o‘tkaziladi. Agar musobaqada ikki davra nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yin keyingi jamoa maydonida o‘tkazilishi kerak. Davrali sistema bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar taqvimini ikki usul bilan tuzish mumkin. Birinchi usul musobaqada ishtirok yetuvchi jamoalar soniga qarab. Bunda jamoalarning umumiy soniga yaqin bo‘lgan toq son olinadi va unga muvofiq ravishda vertikal chiziqlar o‘tkaziladi. Masalan, 6 ta jamoa bo‘lganida, unga (6 soniga) yaqin bo‘lgan toq son 5 bo‘ladi. Demak, 5 ta vertikal chiziq o‘tkazish zarur. Jamoalar soni 10 ta bo‘lganida, unga yaqin son 9, demak, 9 ta vertikal chiziq o‘tkazilgan bulishi kerak va hokazo. Vertikal chiziqlarning ostidan va ustidan, pastdan boshlab chapdan o‘nga qaratib jamoalar raqami ketma-ket tartibda birinchidan musobaqada qatnashuvchi jamoalarning umumiy soniga eng yaqin bo‘lgan toq songacha, orada bir chiziq qoldirib yozib chiqiladi (1- jadval). Bu raqamlar keyingi raqamlarni grafik tarzda yozish uchun dastlabki reja hisoblanadi . Birinchi kun o‘yinlar taqvimini tuzish uchun birinchi raqamdan boshlab vertikal chiziq atrofida, soat strelkasiga teskari ravishda oshib boruvchi tartibda barcha ishtrok etuvchi jamoa raqamlari yozib chiqiladi. Qolgan o‘yin kunlarining taqvimini tuzish uchun vertikal chiziqlar o‘rtasidagi barcha raqamlar, avval ularning ostiga va ustiga qo‘yilgan raqamlarni hisobga olgan holda, ilon izi qilib quyib-chiqiladi. Shuni ham aytish kerakki, raqamlar birin-ketin vertikal chiziqlarning o‘ng tomondan ortib boruvchi tartibda takror yoziladi. Shundan keyin ikkinchi va qolgan taqvim kunlarida bellashuvchi jamoalarni aniqlash uchun har bir vertikal chiziqning chap tomoniga avvalgi taqvim kunidagi barcha raqamlar o‘zgarishsiz o‘tkazilishi kerak.
Hamma kataklar to‘ldirib chiqilganidan keyin, o‘yinlarning taqvimi tuziladi. Buning uchun vertikal chiziqning ikki tomonida turuvchi raqamlar juft-juft qilib birlashtiriladi. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, har bir vertikal chiziqning ostida yoki ustida turuvchi raqamlar mazkur taqvim kuni (shu turda) o‘ynamaydigan jamoa ekanini ko‘rsatadi. Jamoalar soni juft bo‘lganida (masalan, jamoalar soni o‘nta bo‘lganda) ko‘rsatilgan (vertikal chiziqning ostida yoki ustida) raqamlar (jamoalar) oxirgi raqam (jamoa) bilan o‘ynaydilar. Turlar bo‘yicha o‘yinlar jadvali bo‘sh raqamli jamoalar (vertikal chiziq ostida yoki ustidagi raqamlar) bilan so‘nggi raqamli jamoa o‘yinini hisobga olgan holda tuziladi (yuqoridagi misolda 1- raqam 10- raqam bilan, 6- raqam 10- raqam bilan va hokazo). Odatda, tur jadvalida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoa maydon egasi hisoblanadi. Shuning uchun qur’aning oxirgi raqami (masalan, musobaqada qatnashuvchi jamoalar o‘nta bo‘lganida 10- raqam) har bir turdan keyin o‘rin almashib turadi. Qolgan bellashuvchi jamoalar vertikal chiziqning o‘ng tomonida turuvchi raqamdan boshlab tuziladi. Shunday qilib, bu usulda jamoalarning har bir turda navbat bilan maydon almashishiga qat’iy rioya qilinadi. Ikkinchi usul. Bu usul avvalgi usuldan ham oddiy: u musobaqa o‘tkazish jarayonida maydonning almashinishi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan taqdirda (musobaqalar bir joyda o‘tkazilganida) qo‘llaniladi. Ikkinchi usulga binoan, o‘yinlar taqvimi bevosita turlar bo‘yicha tuziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos bo‘lgan raqamlar (jamoalar soni juft bo‘lganida) birinchi raqamdan boshlab ikki ustuncha qilib yoziladi (bunda 1- raqam chap ustunchaning tepasidan boshlanadi). Shundan keyin ikkinchi raqamdan boshlab (2- raqam ikkinchi ustunchaga, birinchi raqamning qarshisiga yoziladi), ketma-ket tartibda soat strelkasi bo‘ylab qolgan raqamlar qo‘yib chiqiladi (3- jadval, 1- tur). Keyingi tur o‘yinlarini tuzish uchun raqamlar soat strelkasiga qarama-qarshi tartibda yozib chiqiladi, birinchi raqam o‘z o‘rnida qoldiriladi.
3- jadval 8 jamoa uchun turlar bo‘yicha o‘yinlarining taqsimlanishi 1- tur 2- tur 3- tur 4- tur 5- tur 6- tur 7- tur 1–2 1–3 1–4 1–5 1–6 1–7 1–8 8–3 2–4 3–5 4–6 5–7 6–8 7–2 7–4 8–5 2–6 3–7 4–8 5–2 6–3 6–5 7–6 8–7 2–8 3–2 4–3 5–4
gar musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, keyingi juft son o‘rniga 0 raqami qo‘yiladi, qolganlari esa o‘zgarishsiz qoldiriladi. Taqvim bo‘yicha «nol» raqami bilan o‘ynashi kerak bo‘lgan jamoa mazkur turda o‘ynamaydi (4- jadval).
4- jadval 7 jamoa bo‘lganida o‘yinlarning turlar bo‘yicha taqsimlanishi 1- tur 2- tur 3- tur 4- tur 5- tur 6- tur 7- tur 1–2 1–3 1–4 1–5 1–6 1–7 1–0 0–3 2–4 3–5 4–6 5–7 6–8 7–2 7–4 0–5 2–6 3–7 4–0 5–2 6–3 6–5 7–6 0–7 2–0 3–2 4–3 5–4
Davrali sistema bo‘yicha bir davrali musobaqalar o‘tkazish uchun ketadigan vaqtni aniqlash uchun o‘yinlarning umumiy sonini bilish kerak. Bu quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
I = (K(K – 1)) : 2,
bunda: I – o‘yinlar soni; K – musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni. Masalan: K = 16.
I = (16 ∙ (16 – 1)) : 2 = 120.
Turlar o‘rtasidagi o‘yinlar jadvalini tuzishda jamoalarning mashg‘ulotlar o‘tkazishiga imkon beradigan darajada tanaffus bo‘lishini nazarda tutish kerak.
MAG‘LUBIYATDAN KEYIN MUSOBAQADAN CHIQIB KETISH BILAN O‘YNALADIGAN SISTEMA (PLEY-OFF)
O‘yindan chiqib ketish bilan o‘ynaladigan musobaqa sistemasi, odatda, o‘yinlar qisqa muddatda o‘tkazilishi kerak bo‘lganida va musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni ko‘p bo‘lgan taqdirda qo‘llanadi. Respublika va shahar kubogi o‘yinlari, odatda, shu sistema bo‘yicha o‘tkaziladi. Mag‘lubiyatga uchragan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi. Bu sistema bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar tartibini aniqlashda, avvalo, musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos jadval (setka) tuzish zarur, shundan keyin qur’a tashlanadi. Jamoa raqami o‘zi tortib olgan raqam bo‘yicha musobaqa jadvaliga yoziladi. Shunday qilib, bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Jadval jamoalar soniga qarab tuziladi. Agar jamoalar soni 2 sonining darajasiga teng bo‘lsa (22 = 4; 23 = 8 va hokazo), hamma jamoalar o‘yinni birinchi davradan boshlaydilar. Agar musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni 2ⁿ ga teng bo‘lmasa, u holda jadval ikkinchi davraga kelib 2ⁿ ga teng miqdordagi jamoa qoladigan qilib tuzilishi kerak. Binobarin, jamoalarning bir qismi o‘yinlarni ikkinchi davradan, bir qism esa birinchi davradan boshlaydi.
O‘yinni birinchi turdan boshlaydigan jamoalar sonini aniqlash uchun quydagi formuladan foydalaniladi:
Kı = (K0 – 2ⁿ) ∙ 2, bunda: K1 – musobaqada birinchi turdan boshlab qatnashadigan jamoalar soni; K0 – musobaqada qatnashadigan jamoalar soni; 2ⁿ – musobaqada qatnashuvchi jamoalarning umumiy soniga eng yaqin bo‘lgan yeng kichik son; n – musobaqada qatnashuvchi jamoalarning umumiy soniga qarab tanlanadigan daraja ko‘rsatkichi (butun son) (n = 2, 3, 4, 5 va h. k.).
G‘olib
1 2 3 4 5 6 7 8
1-tur (1/4 final)
2-tur (2/1 final)
3-tur (final)
Misol. Musobaqada 19 ta jamoa qatnashishi kerak, shu songa mos bo‘lgan o‘yinlar jadvalini tuzish lozim. 19 soni 2 soni ning darajasi emas, shu sababli ikkinchi turga kelib 2ⁿ ga teng sonli jamoa qolishi uchun ma’lum miqdordagi jamoalar birinchi turda o‘ynashi kerak. Bu miqdordagi jamoalar yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlanadi:
K1 = (K0 – 2ⁿ) ∙ 2 = (19 – 16) ∙ 2 = 6, K1 = 6.
Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni juft bo‘lganida, o‘yinga ikkinchi turdan boshlab kirishadigan jamoalar jadvalning yuqori va pastgi qismiga teng miqdorda taqsimlanadi. Jamoalar soni toq bo‘lganida, jadvalning pastida o‘yinga ikkinchi turdan boshlab kirishadigan bitta jamoa bo‘lishi lozim. Mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish bilan o‘ynaladigan sistemaning afzalligi shundaki, jamoalar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, g‘olib qisqa muddatda aniqlanadi, masalan, 19 jamoa uchun atigi 5 kalendar kuni talab etiladi (6- jadval).
19 jamoa uchun jadval
G‘olib
1 2
1-tur (1/16 final)
2-tur (1/8 final)
5-tur (final)
3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
3-tur (1/4 final) 4-tur (1/2 final)
Biroq bu sistemaning jiddiy kamchiligi shundaki, bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar qur’a tashlash bilan aniqlanadi, bu esa musobaqaga tasodifiylik elementini kiritadi. Shu tufayli bir necha kuchli jamoa qur’aga ko‘ra jadvalning bir tomonida bo‘lib qolishi mumkin. Natijada kuchli jamoalar musobaqadan finalgacha chiqib ketishi lozim bo‘lib qoladi. Ancha kuchsiz jamoa esa finalga yo‘llanma oladi. Bunday hol yuz bermasligi uchun kuchli jamoalar
sun’iy ra vishda bo‘lib yuboriladi. Shuu maqsadda qur’aga binoan jadvalning turli tomonidan ularga raqam beriladi, keyin esa qolgan jamoalar uchun bo‘sh raqamlarga qur’a tashlanadi. 7- jadvalda chiqib ketish usulida 24 jamoaga mo‘ljallangan umumiy jamoalar soni, 1- turda o‘ynaydigan jamoalar soni, 2- turdan o‘yinga tushadigan jamoalar soni, tepadan va pastdan 1- turda o‘ynaydigan jamoalar soni berilgan.

MUSOBAQA NIZOMI


Sovrinli o‘rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki sport jamoalari (klublar) egallaydigan barcha keyingi o‘rinlar (natijalar) aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqani o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilishi kerak. Bu nizom musobaqani o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Musobaqa haqidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo‘ladi. Nizom o‘quv-mashq ishlarini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy-metodik tayyorgarligi bo‘lajak musobaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak. Musobaqani o‘tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo‘l ko‘yilmaydi, aks holda, mazkur musobaqani o‘tkazayotgan tashkilotning obro‘siga putur yetadi va turli nizolar kelib chiqadi. Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak: – o‘tkazilayotgan musobaqaning maqsad va vazifalari; – musobaqani kim o‘tkazishi (tashkiliy qo‘mita, homiylar va h. k.); – musobaqani o‘tkazish muddatlari va shartlari; – musobaqaga qo‘yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori; – musobaqa o‘tkaziladigan o‘yin sistemasi (masalan, davrali – mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan sistema); – hisobga olish sistemasi va jamoalarning egallagan o‘rinlarini aniqlash tartibi; – musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o‘yinda qo‘shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o‘yin durang
bilan tugaganida yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo‘lganida g‘olibni aniqlash usullari, o‘yin qoidalarida ko‘rsatilganidan tashqari o‘yinchi almashtirish mumkinligi va h. k.); – jamoalar va musobaqa qatnashchilari talabnomalarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarning talabnomalar berish va qay ta talabnoma berish muddati; – musobaqalarni olib boradigan hakamlar hay’atining ro‘yxati; – o‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish va uni ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan intizomiy masalalarini ko‘rib chiqish tartibi; – o‘yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda maydon va klublar ma’muriyatining o‘yin o‘tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgarligi; – musobaqa o‘tkaziladigan joylar va ularga qo‘yiladigan talablar; – g‘oliblarni mukofotlash.
Nazorat savollari: 1. Futbol o‘yini tarixi haqida gapirib bering. 2. Futbol o‘yini maydoni o‘lchamlarini aytib bering. 3. Futbol o‘yini maydonida nechta o‘yinchi qolganida o‘yin to‘xtatiladi? 4. Hakamlarning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot bering. 5. Qanday holatlarni hakam «o‘yindan tashqari holat» (ofsayt) deb hisoblaydi? 6. Hakamlar ishoralariga ta’rif bering. 7. Qachon, qay hollarda 11 metrlik jarima to‘pi belgilanadi? 8. Chiziqdagi hakamlarning vazifalari nimalardan iborat?
Download 24,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish