Mehmonxonalar faoliyatini boshqarishda biznes yuritish usullarini takomillashtirish.
Annotatsiya : Ushbu maqolada mehmonxonalar haqida umumiy ma'lumot, mehmonxona turlari, rivojlanib borayotgan davrda uning imkoniyatlari va ahamiyatlari , boshqarish jarayonlari,hamda biznes yuritish usullari va ularni takomillashtirish haqida keng yoritib berilgan.
Kalit so'zlar : Mehmonxona va uning turlari , mehmonxona faoliyatini yuritish jarayonlari , biznes va uning boshqarish usullari.
Summary: In this article has about hotels and their variaties and why you need to us , also its significance while it is improving and running process, businesses' type and their improvement.
Key words: Hotel and its variaties, runnig process about the hotel's activity , business and its kind and methods.
Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish vazifasi mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni, xususan, servis sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirishni taqozo etmoqda. Xizmat sohasini rivojlantirishga mamlakatimizda ham katta ahamiyat berilmoqda.Ayniqsa, bugungi kunda ko'plab turistlar uchun mehmonxona hamda turar joylar sonining ko'pligi hamda ularning xizmat ko'rsatish turlarining talabga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi.Xo'sh Mehmonxona nima ? Ularning turlari ? Mehmonxona faoliyatini boshqarishda bizness yuritish usullari qanday ? Biz avvalo ushbu savollarga javob olishimiz kerak .
Mehmonxona deb, xizmat ko'rsatish va vaqtincha yashash uchun mo'ljallangan korxona tushuniladi. Uning tarkibiga kompleks binolar, yaxlit bino yoki binoning bir qismi, jihozlar va boshqa mulklar kiradi. Mehmonxonalar faoliyatida servis va xizmat ko‘rsatish darajasini har jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va farovon hayot barpo etishning muhim omillaridan biridir.
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda. Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etdi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi. Bugungi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda.
1
Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanada rivojlanishiga imkon yaratadi.
Poytaxtimizda mehmonxonalar sonining o‘sishi yildan-yilga oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.So‘nggi yillarda mamlakatimizda mehmonxonalar faoliyatini takomillashtirish va ularda ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini jaxon talablari asosida shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga, davlat standartlariga asosan mehmonxonalarda zamonaviy xizmat ko‘rsatish darajalari belgilangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish darajalari taqdim etayotgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish sifatini belgilash uchun ishlatiladi.
Zamonaviy mehmonxonalar faoliyatida turistik xizmatlarda quyidagi xizmatlarga bo'linadi.
“Lyuks klass” Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi. Ayniqsa, 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida alohida gid xizmatlari va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Bunday turlar VIP xizmat ko‘rsatish turkumi bo‘yicha taqdim etiladi.
“Birinchi klass” (daraja) – bu nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchish, obro‘li restaranlarda ovqatlanish, individual traasnfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
“Turistlik klass” Bu 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchish, shved stoli xili bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transferni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turi sanaladi.
“Iqtisod klass” Bu eng arzon ximat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadilar. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirishni, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon.Ammo, ushbu belgilashlarning barcha darajalari shartli va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish shuningdek, bugungi kun talabidagi zamonaviy mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish hajmini ko‘paytirish, samaradorlik darajasini oshirish, ko‘proq bepul va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yaratish lozim.
2
Servis sohasi odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan. Odamlarning hayotini yaxshilash esa benihoya keng qamrovli jarayon. Shu tufayli servis sohasining tormoqlari va ko‘lami juda keng. Ushbu soha odamlarga munosib sharoit yaratib berish bilan birga mamlakat yalpi ichki mahsulotida ham o‘zining sezilarli o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Shu tufayli ushbu sohada ishlashga mo‘ljallangan kadrlar ham tayyorlanishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, islohotlar uchun emas, balki insonlar, ularning munosib turmush sharoitini yaxshilashga, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilganligini Prezidentimizning xalqimiz farovonligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, aholini keksalik yoshida pensiya bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasida uzluksiz g‘amxo‘rlik qilib kelayotganligida ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va aholining bandlik masalasini hal qilish kabi muhim tabirlarga qaratilgan Prezidentimizning yana bir qarori “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 17 aprel kuni imzolangan qaroridir. Bu qaror aholini ish bilan ta’minlash va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan oldingi olib borilgan ishlarni yanada kuchaytirishga va mamlakatda islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy tabirlardan biri bo‘ldi.
Ushbu qarorga muvofiq biznes yuritish va tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash hamda uni rivojlantirish uchun koplab ishlar amalga oshirilmoqda .
2006-2010 yillarda Prezident qaroriga binoan, mamlakatimizda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishning kontseptual yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikning faolligini yanada kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususan, bu boradagi rasmiyatchilik to‘siqlarini bartaraf etish vazifasi qo‘yilgan.
2. Xizmatlar hajmini yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2010 yilda 49 foizga yetkazish.
3. Xizmatlar va servis sohasida band bo‘lgan axolining sonini 2010 yilga borib 1,6 martaga ko‘paytirish.
4. Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal- maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish.
5. Mamlakatimizda an’anaviy xizmatlar turlarini rivojlantirish, ayrim bugungi kun talabiga javob beradigan, ammo unitilib ketilgan xizmat turlarini izlab topish va ularni tiklash.
3
6. Xizmatlarining yangi istiqbolli turlarini, xususan, yuridik, konsalting, bank, moliya, sug‘urta, lizing va boshqalarini jadal ravishda rivojlantirish.
7. Mamlakatimizning xizmatlar eksportini ko‘paytirish uchun ushbu soha korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga erishish.
8. Eng muhimi, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash.
O‘zbekiston xaqli ravishda xorijiy turistlar uchun jozibali mamlakat hisoblanadi.
Yana shuni ta’kidlash joizki mehmondo‘stlik ajoyib narsa. Uning natijasi doimiy mijozlarning ko‘payishi kishilarning tan olishi jamoada yaxshi muhitning vujudga kelishda namoyon bo‘ladi. Mehmonxonalarning rahbarlari bu muammolarni biladi hamda ularni xizmat ko‘rsatishning yangi usul va shakllaridan foydalangan holda hal qilishga harakat qiladilar.
Ma’lumki har qanday ishda inson mehnati foydalilikning muhim omili hisoblanadi. Ammo xizmat ko‘rsatish sohasida yagona xo‘jalik mexanizmining mavjudligi bevosita mehnatning miqdori va sifatiga bog‘liq. Keyingi paytlarda mehmondo‘stlik sanoatida inson omiliga katta e’tibor qaratilmoqda. Har qanday mehmonxona boshqaruvchisidan mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish shartlarini so‘rasang, u birinchi navbatda personalni tilga oladi. Bu narsa boshqaruvchi mehmonxonaning raqobatbardoshligida xizmatning sifati qanchalik muhimligini tushunishini anglatadi. Bularning hammasi bizness usullari hamda ularni qanday boshqarish jarayonlari hisoblanadi.
Mehmonxonalarni ma’lum bir daraja berish uchun attestatsiyadan o‘tkazilganda quyidagi talablar e’tiborga olinadi:
bino va unga tutashgan joyga bo‘lgan talab;
- nomerlar zahirasiga;
- texnik asbob – uskunalarga;
- mebellar bilan ta’minlanganligiga;
- nomerlarni sanitar – gigienik ta’minlashga;
- ijtimoiy xonalarga,
-ovqatlanish xonalariga,
- joylashtirish korxonalari taqdim etadigan xizmatlarga;
- xodimlar va ularning tayyorgarligiga va boshqalarga.
4
Mehmonxonalarda menejerlar 3 darajaga bo‘linadi:
1. Faqatgina bir guruh xodimlar faoliyati ustidan rahbarlik qiluvchi menejerlar. Ular boshqa menejerlar faoliyatini nazorat qilmaydilar.
2. Boshqa menejerlar faoliyatini boshqaruvchi menejerlar. Ular o‘ta muhim masalalarni yechish usullarini topadilar, rejalar tuzishda qatnashadilar.
3. Mehmonxona global maqsadlarini qo‘yish, rivojlanish va ichki qiymatliklar strategiyasini shakllantirish uchun javobgar yuqori zveno (bo‘g‘im) menejerlari. Ular mehmonxona rahbariyati oldida javobgardirlar.
Yuqorida aytib o'tganlarim barchasi mehmonxonalarning boshqarish jarayonlari , uni qanday yuritish kerakligi , boshqarishda nimalarga ahamiyat berishligi hamda bizness usullari aytib o'tilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. - Toshkent: O‘zbekiston, 1997.
2. Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
3. Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
Internet ma’lumotlari
1. www.interunion.ru–Butunjahon turistik tashkilotlari va birlashmalari
2.www.world-tourism.org, www.unwto.org –Butunjahon turistik tashkiloti
3 www.wttc.org – Butunjahon sayyohat va turizm kengashi
4. www.tag-group.com – Turizm bo‘yicha maslahatalar guruhi .
5
Do'stlaringiz bilan baham: |