R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Qavatlilik.
Jahon amaliyoti bir-ikki qavatli mehmonxonalardan 
boshlab 40 qavatgacha bo‘lgan va undan baland mehmonxonalar 
qurilishini ko‘rsatadi. Mehmonxonalarning qavatliligi masalalari muayyan 
mamlakatdagi iqtisodiy, shaharsozlik shart-sharoitlariga, bu yerda amal 
qiluvchi normativ talablarga, bu mamlakatda qo‘llaniluvchi 
konstruksiyalar va qurilish materiallariga, binolarni qurish metodlariga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Hozirda:

Rossiyada – 5-16 qavatli;

Chexiyada – 8-14 qavatli;

Vengriyada kichik shaharlarda – 4-5 qavatli, katta shaharlarda va 
kurortlarda – 6-11 qavatli;

Germaniyada – 8-10 qavatli;

Angliyada – 10-15 qavatli mehmonxonalar qurish ayniqsa keng 
tarqalgan. 
Mehmonxonalarning binolari qavatliligiga qarab quyidagi guruhlarga 
ajratiladi:

kam qavatli (1-2 qavat) mehmonxonalar;

qavatliligi hrtacha (3-5 qavat) mehmonxonalar;

qavatliligi katta (6-9 qavat) mehmonxonalar;

ko‘p qavatli (1 toifa – 10-16 qavat; 2 toifa – 17-25 qavat; 3 toifa – 26-
40 qavat) mehmonxonalar;

baland (40 dan ortiq qavatli) binolar.
Mehmonxonalar binolarining guruhlarini belgilash uchun odamlarning 
yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Bu chora-tadbirlar binoning memorlik-tarx, konstruktiv va 
25


muhandislik-texnologik yechimlariga ta’sir ko‘rsatadi, xususan, yong‘in 
chiqqan hollarda odamlarni evakuatsiya qilish sistemasini, signalizatsiya, 
tutunni aniqlash va tutunni chiqarish, o‘t o‘chirish sistemalari miqdori va 
turlarini belgilaydi. Zinalar miqdoriga, umumiy koridorlar kengligiga, zina 
maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining uzoqda 
joylashganligiga qarab yong‘inga qarshi xavfsizlik talablari qattiqlashib 
boradi. 
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki va undan ortiq 
qavatli milliy mehmonxonalarda zinalar ikkitadan kam bo‘lmasligi tavsiya 
etiladi. Zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer 
eshigining maksimal uzoqligi tartibga solinadi (nomer ikki zina oralig‘ida 
joylashgan taqdirda 40m gacha, nomer boshi berk koridorda yoki 
galereyada joylashgan taqdirda esa – 25m gacha). Umumiy koridorlarning 
uzunligiga qarab ularning kengligi qabul qilinadi: umumiy koridor 
uzunligi 40m gacha bhlgan hollarda 1,6m, umumiy koridor uzunligi 
bundan ortiq bo‘lgan hollarda esa – 1,8m. Umumiy koridorlarni bir-biridan 
uzog‘i bilan 30m oraliqda joylashgan o‘zi berkiladigan, tutun 
o‘tkazmaydigan eshikli yopmalar bilan bo‘limlarga ajratish talab etiladi. 
Sig‘imi uncha katta bo‘lmagan (taxminan 50 joydan iborat) kam 
qavatli mehmonxonalarning binolari mamlakatimizda asosan viloyat 
miqyosidagi shaharlarda va shaharchalarda quriladi. 
Ko‘p qavatli mehmonxonalar qurishni odatda shaharsozlik tartibi 
taqozo etadi. Bunday mehmonxonalarning binolarida odamlarning 
yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, vertikal transport, 
muhandislik kommunikatsiyalari masalalari va boshqa shunga o‘xshash 
masalalar alohida ahamiyat kasb etadi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash 
uchun har xil tutunni aniqlash, yong‘in signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish 
avtomatik sistemalari qo‘llaniladi; evaukatsiya yo‘llarining ishonchliligiga 
alohida e’tibor beriladi. Yong‘inda bir yerda tutun to‘planishi ayniqsa 
xavflidir. Shu bois 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarda zina 
maydonchalarining yarmi tutun to‘planmaydigan qilib quriladi. Bunday 
zina maydonchalaridan odamlarni binodan evakuatsiya qilish hamda o‘t 
o‘chirish komandalari tomonidan qutqarish ishlarini amalga oshirish uchun 
foydalaniladi. Mazkur zina maydonchalarida tutun to‘planmasligi ularda 
balkon yoki lodjiyaga chiqish yo‘llari qurish, ya’ni havo zonasi hosil qilish 
orqali ta’minlanadi. Bu yong‘in chiqqan hollarda tutun bosgan qavatning 
umumiy koridori va xollidagi tutun zina maydonchasiga o‘tishining oldini 
olishga xizmat qiladi.Tutun qavatlar bo‘ylab tarqalishining oldini olish 
uchun havo tortilishi liftlarning shaxtalarida ham ta’minlanadi. Bundan 
26


tashqari, 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarning binolarida o‘t 
o‘chiruvchilarni tashishga mo‘ljallangan yuk va yo‘lovchi liftlari bo‘lishi 
shart. 16 qavatdan baland mehmonxonalarda yong‘indan qo‘riqlash 
idoralari bilan kelishilgan qo‘shimcha yong‘inga qarshi chora-tadbirlari 
qo‘llaniladi. 
Loyihalashtirilayotgan mehmonxonaning oqilona qavatliligini tanlash 
ancha murakkab vazifa bo‘lib, u har bir muayyan holatda juda ko‘p, 
ba’zan bir-biriga zid omillar: mehmonxonaning sig‘imi, shaharsozlik 
shart-sharoitlari, normativ talablar, konstruksiyalar, texnik-iqtisodiy 
mezmonlar va hokazolardan kelib chiqib hal qilinadi. 
Har xil sig‘imli mehmonxonalarning binolari uchun oqilona 
qavatlilikni belgilash hamda bu qavatlilik o‘zgargan holda bir joyning 
qurilish qiymatidagi o‘zgarishlarni aniqlash jiddiy ilmiy ishlovlarni amalga 
oshirishni taqozo etadi. Ammo olimlarning tadqiqotlari so‘nggi vaqtda 
mehmonxonalarning har bir sig‘imi uchun binolarning oqilona qavatliligi, 
binobarin, turar joy korpusining uzunligi ham mavjud deb hisoblash 
imkonini beradi. Mehmonxonalarning qavatliligini oqilona darajadan 
oshirish qurilish bahosining oshishiga olib keladiki, buni loyihalash 
chog‘ida inobatga olish zarur. 
Mehmonxonalarning shinamlik darajasi ularning texnik jihozlanishi, 
nomerlar fondining tarkibi va sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami 
bilan belgilanadi. Aksariyat mamlakatlarda mehmonxonalar shinamlik 
darajasiga qarab tasniflanadi. Chet elda bunday tasniflashga nisbatan 
yondashuvda hozir ikkita asosiy yo‘nalish mavjud. Bir yo‘nalish «statik» 
belgilarni, ya’ni vanna va hojatxonali nomerlarning qat’iy belgilangan foiz 
nisbatini, mehmonxonada usti berk basseyn, sauna va boshqa shunga 
o‘xshash xizmatlarning mavjudligini, mehmonxona sig‘imi bilan xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar miqdori o‘rtasidagi ma’lum nisbatni va boshqa 
shunga hxshash holatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish nisbatan 
yangi moddiy negizga qarab mo‘ljal oladi. Ikkinchi yo‘nalish «dinamik» 
omillarni, ya’ni servis xizmatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish 
tarafdorlarining fikricha, mijozlarga lozim darajada xizmat ko‘rsatilmagan 
taqdirda, joylashtirish vositalari nisbatidagi qat’iy tenglik 
mehmonxonaning sifat standartiga muvofiqligini amalda ta’minlay 
olmaydi. Masalan, Shveysariyadagi mehmonxonalar tasnifi mana shu 
yo‘nalishga kiradi. 
Mehmonxonalarni shinamlik darajasiga qarab tasniflash, bu 
darajalarni belgilash masalasiga nisbatan har xil yondashuv hamda 
aksariyat mamlakatlarda shinamlik darajasi bir xil mehmonxonalarga 
27


qo‘yiladigan talablarning har xilligi xalqaro turistik safarlarni tashkil etish 
chog‘ida jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi, mehmonxonalarning sifati va 
shinamlik darajasi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olishni taqqozo etadi. 
Bunday ko‘rsatkichlarni bir xillashtirishga va shinamlik darajasi bir xil 
mehmonxonalarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqishga bo‘lgan 
urinishlar hozircha muvaffaqiyat keltirgani yo‘q. 
Katta sig‘imli, shinamlik darajasi baland bo‘lgan zamonaviy 
mehmonxona bugungi kunda ancha murakkab kompleks organizmga 
aylandi. Bu kompleks tarkibiga har xil vazifani bajaruvchi turli-tuman 
binolar va xonalar, chunonchi: turar joy binolari, mijozlarni qabul qilish va 
ularga xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, ommaviy-madaniy, maishiy 
xizmat ko‘rsatish, ma’muriy binolar va xonalar, xizmat, xo‘jalik, 
yordamchi, texnik binolar va xonalarning rivojlangan tarkibi kiradi. 
Bugungi kunda ishga doir uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan binolar 
(konferens-zallar yoki ko‘p funksional foydalanish uchun mo‘ljallangan 
zallar), kinokonsert zallari, bal zallari, bank bo‘limlari, basseynlar, 
saunalar, sport zallari, kegelbanlar, ko‘rgazma tashkil etishga 
mo‘ljallangan binolar, savdo korxonalari, garajlar ham zamonaviy 
mehmonxonalar tarkibidan keng o‘rin olmoqda. 
Odatda mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari ma’lum 
funksional belgilariga qarab guruhlanadi. Bunday belgilar 
mehmonxonalarning binolari va xonalari o‘rtasida sanitariya-gigiyena va 
yong‘in xavfsizligi talablariga javob beruvchi, mehmonxonadan 
foydalanishning qulayligini va unda yashashning shinamligini oshiruvchi 
qat’iy texnologik aloqalarni tashkil etish imkonini beradi. Turli binolar va 
xonalarning hzaro aloqasini to‘g‘ri tashkil etishning qiyinligi shundaki, 
mehmonxonada yashovchi odamlar murakkab kompleks organizmning 
kundalik mehnatini ko‘rmasliklari, balki faqat bu mehnat natijalaridan 
bahramand bo‘lishlari kerak. 
Mehmonxonaning shinamlik darajasi qancha yuqori va sig‘imi qancha 
katta bo‘lsa, uning tarkibiga shuncha ko‘p har xil xonalar va binolar kiradi 
va u shuncha murakkab funksional tuzilmaga ega bo‘ladi. 
Jahon mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida ularni 
tashkil etishning har xil funksional sxemalari qhllanadi. Ammo bu 
sxemalarning barchasi mehmonxonalarda sodir bo‘luvchi murakkab 
texnologik jarayonlardan kelib chiqib tuziladi. Mehmonxona korxonasi 
aniq va qat’iy ishlashi uchun yuqorida zikr etilgan jarayonlarning 
talablariga rioya qilish zarur. Ayni vaqtda, mehmonxonalarning ichki 
faoliyatini tashkil etish prinsiplarida umumiy jihatlar ham bisyor, chunki 
28


mehmonxonalardagi binolar va xonalarning asosiy guruhlari taxminan bir 
xil. Shu bois har xil sig‘imli mehmonxonalarni funksional tashkil etishning 
prinsipial sxemalarini ishlab chiqish mumkin. 
Binoga kirish joylarining miqdori mehmonxonani funksional tashkil 
etish uchun muhim ahamiyatga ega. Katta sig‘imli va shinamlik darajasi 
yuqori bo‘lgan mehmonxonalar odatda 3-4 ta kirish joyiga ega bo‘ladi: 

asosan mijozlar va boshqa mehmonlar foydalanuvchi 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish