14-Mavzu: Zinalar va liftlar.
Reja:
1) Zinalarning turlari.
2) Zinaxonalarning turlari.
3) Zinalarning konstruktiv yechimlari.
Tayanch iboralar:
Zina, oddiy zinaxona, tutun kirmaydigan zinaxona, zina marshi, zina maydonchasi,
zina to‘sig‘i, pog‘ona, xoshiya pog‘ona, kosour, tetiva.
3inalar nafaqat qavatlararo aloqa yo‘li,favqulodda
holatlarda, masalan,
avariya holatlarida va yong‘inpaytida odamlarni binolardan xavfsiz joyga
evakuatsiya qilish vositasidir. Zinalarni vazifaliriga ko‘ra asosiy, avariya holatlarda va
yong‘in paytida foydalaniladigan turlarga ajratish mumkin.
Zinalar
unda harakatlanishga qulay, etarlicha o‘tkazish qobliyatiga ega,
yong‘in paytida xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishlari kerak.
YOng‘inpaytida xavfsiz bo‘lishi uchun asosiy zinalarni o‘tga
chidamli
konstruksiyalar
bilan
o‘ralgan,
tabiiy
yoritiladigan
maxsus
xonalarda"zinaxona"larda joylashtiriladi.Zinaxona devorlarining olovbardoshlik
chegarasi
olovbardoshlik darajasi I, II va III darajali binolarda 2 soatdan
kambo‘lmasligi kerak.
Odamlarni evakuatsiya qilish maqsadida foydalaniladigan zinalar 3
tipga
bo‘linadi (1-rasm):
1-tip - ichki, zinaxonalarda joylashgan zinalar;
2-tip - ichki, ochiq (to‘siq konstruksiyasiz) zinalar;
3-tip - tashqi ochiq zinalar.
1-rasm. Zinalarning tiplari:
a - 1-tip zina; b - 2-tip zina; v - 3-tip zina.
Binolardagi zinaxonalarni tabiiy yoritish usullariga hamdayong‘in paytida
hosil bo‘ladigan tutundan himoyalanganlik darajasiga
qarab oddiy yoki tutun
kirmaydigan zinaxonalarga bo‘lish mumkin.Bulardan oddiy zinaxonalar 2 tipga
bo‘linadilar:
1-tip - tashqi devordagi deraza yordamida
yoritiladigan yoki tashqi
muhitga ochiq zinaxonalar;
2-tip - deraza orqali yoritilmaydigan, yuqoridan yoritiladigan zinaxonalar.
1-tipoddiy zinaxonalar qavatlar sonidan qat’iy nazar barcha binolarda
qo‘llanilishi mumkin. 2-tip oddiy zinaxonalar balandligi 3 qavatdan ko‘p bo‘lgan
binolarda qo‘llanilmaydi. Bunday zinalar 2-3 qavatli binolarda qo‘llanilganda
yuqoridan yorug‘lik tushishi uchun zina pillapoyalari (marsh)lari
orasida
kamida 0,7 m ochiq joy qoldirilishi kerak.
Tutun kirmaydigan zinaxonalar balandligi 10 va undan ortiq bo‘lganbinolarda
qo‘llaniladi. Ular 3 tipga bo‘linadilar (2-rasm):
1-tip -tashqi ochiq balkon, lodjiya yoki galereyaga chiqish eshigibo‘lgan
zinaxonalar;
2-tip -ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosilqilinadigan
zinaxonalar;
3-tip-ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosil qilinadigantambur-
shlyuz orqali kiriladigan zinaxonalar.
Zinalar va zinaxonalarni tiplarga bo‘lishdan maqsad ularning qo‘llanish
sohalarini to‘g‘ri belgilashdan iborat.
Har bir zina qancha ko‘p kvartiralarga yoki ko‘p maydonga xizmat qilsa,
u shuncha tejamli hisoblanadi.
Etarlicha o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi
uchun binoda zinalar sonini
ulardagi marshlar va maydonchalar o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash va ularni oqilona
joylashtirish kerak. Zina marshining umumiy eni odamlar soni eng ko‘p bo‘lgan
qavatdagi har 100 kishiga 0,6 metr hisobidan qabul qilinadi.
Zinalar yurishga qulay bo‘lishi uchun marshlarning qiyaligi, nog‘onalapning
shakli, marshlardagi pog‘onalar sonini to‘g‘ri tanlash zarur.