Mavzu 2. Zamonaviy mehmonxonalarning turlari
Reja:
1. Joylashtirish vositalari va tizimi
2. Mehmonxonalarni tavsiflovchi belgilar
3.
Mehmonxonalarning funksional vazifasi
1. Joylashtirish vositalari va tizimi
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga
(mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar
bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli
mehmonxona servisini
taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga
mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot
beradi.
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi
mavjud bo‘lgan:
-
jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
-
aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash
imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi
kunda mehmonxona mahsulidan
foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va
turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va
mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam
o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga
ega.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin
rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga
katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona
ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga
xizmat ko‘rsatish
saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi
darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib
bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi,
shuningdek
vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo
bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli
qilib qo‘yadi.
Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga,
qavatlariga,
konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga
22
(yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima
maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-
navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning
barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning
memorlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi,
necha
qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: