So‘nggi yillarda yangi
kompyuter texnologiyalarining
amalga joriy
etilishi mehmondo‘stlik sanoati korxonalari va tashkilotlarining
professionalizmi va ish unumdorligini oshirdi, mehmonxona biznesini
yuritish usulini tubdan o‘zgartirdi, korxonalarning
egalariga bir qancha
muammolarni hal qilish imkonini berdi va mijozlarga juda ko‘p qulayliklar
yaratdi.
Iste’molchilarning talablarini qondirishga intilish turli
foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashishga qodir bo‘lgan amaliy
dasturlarni ishlab chiqishga turtki berdi. «Mehmonxona» («Otel») dasturi
mana shunday dasturlardan biridir. U turistlarni qabul qilish, joylashtirish,
ovqatlantirish va ularga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish texnologik
jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.
Ushbu dastur quyidagi bloklardan tashkil topgan:
•
«Porte» avtomatlashtirilgan ish joyi;
•
«Restoran» kichik tizimi;
•
«Ombor» kichik tizimi;
•
«Texnik xizmatlar ko‘rsatish» kichik tizimi;
•
«Buxgalteriya hisobi» kichik tizimi.
Internet tarmog‘iga ulangan bronlash va rezervlashtirish xalqaro
tizimlarining imkoniyatlaridan foydalanish
mehmonxona korxonalari
faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bunday tizimlarga quyidagilar kiradi:
«AMADEUS», «Worldspan», «Galileo», «Sabre», «Fidelio Hotel Bank».
3. Mehmonxona industriyasining asoschilari
Mehmonxona industriyasida uning o‘sishi va rivojlanishiga katta
ahamiyat kasb etadigan qo‘yilmalar kiritgan ko‘p shaxslar bo‘lgan. Ular
orasida eng ko‘p mashhurlardan XIX asr oxirida va XX asr boshlarining
industriya asoschilari bo‘lgan Ellsuort Stetler, Konrad Xilton,
Ernest
Xenderson, Xouard Djonson va Dj. Uillard (Bill) Marriottlar bordir. Shular
qatoridan Sezar Rits ismi ham o‘rin egallagan.
Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona
industriyasining boshqa asoschilarni ko‘pchiligi kabi u ham eng pastki
pog‘onadan boshlagan va jonkuyarlik bilan mehnat qilishi evaziga,
mehmonxona biznesini sirlarini juda tez o‘rganib kasbning eng yuqori
cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15
yoshidan mehmonxona
boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq uning o‘zi
Parij restoranchalaridan birini boshqarardi, lekin negadir bu ishni
birdaniga tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant
13
yordamchisi bo‘lib joylashdi. Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga
ma’qul bo‘lish sa’natini o‘rgandi. Juda qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar
to‘g‘risida hamma narsani eslab qoldi (ular nimani yaxshi ko‘radi va
nimani yoqtirmaydi), va ular har doim ularga u xizmat qilishini talab
qilardilar.
22 yoshida Rits Lyurensdagi (Shveysariya), o‘zi tufayli shaharni eng
orbo‘li mehmonxonasi bo‘lgan Grand National Hotel ning boshqaruvchisi
bo‘ladi. Ritsning o‘ziga tortuvchiligi va kashfiyotchiligi
eng tanlangan
mijozlarni tez jalb qilishga unga imkoniyat berdi. 11yillik muvaffaqiyatli
ish faoliyatidan keyin u o‘ziga tortuvchi taklifni–yaqindagina Londonda
ochilgan, lekin ishlari hali uncha yaxshi ketmayotgan Savoy Hotel
tomonidan tushgan, qabul qilishga tavakkal qildi. Shunday qilib 38 yoshli
Sezar Rits dunyodagi eng mashhur feshenebl otellardan birining
boshqaruvchisi bo‘ldi.
Va yana bir bor uning o‘ziga tortuvchanligi va qobiliyatlari ommada
munosib taassurot qoldirdi. Eng avvalo u o‘z
otelini yuqori jamoaning
madaniyat markazi qildi. Uning bosh-oshpazi –Agyust Eskofe bilan birga
u eng ajoyib yevropa taomlarini tayyorlay oladigan, shuningdek restoranda
shu taomlarga mos keluvchi muhit yarata oladigan jamoani tuzdi. U
shunday bir a’nana kiritdi, unga ko‘ra mijozlar faqat kechki liboslarda
kelishardi, restoranga eng yaxshi cholg‘u asbobli orkestrlarni taklif qilardi
va umuman har xil maxsus jihozlar uchun mablag‘ ayamasdi. Bir kuni u
suzib yuruvchi restoran atrofida haqiqiy Venesiyani – neapolitanlarning
qo‘shiqlarini kuylovchi gondollari va gondolerlari bilan tashkil qildi.
Rits omma bilan aloqa qila bilish boshqaruvchining eng kerakli
sifatlaridan deb hisoblardi. Uning odamlarga va ularni hohishlariga
bo‘lgan e’tiborliligi menejer sa’natini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Va shu
paytgacha Rits nomi mehmonxona biznesida bashanglik va nozik didlik
sinonimi hisoblanadi. U ishga butunlay, kuchini ayamasdan berilardi va 52
yoshida kuchli asab taranglashuvini
boshidan kechirdi, undan keyin u
o‘zini tiklay olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: