R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Joylashgan yeriga qarab
, mehmonxonalarning quyidagi turlarini 
ajratish mumkin:

shahar markazidagi mehmonxonalar;

yo‘l chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqo‘nalg‘ali 
mehmonxonalar;

shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar;

suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki ko‘l qirg‘og‘i 
yaqinida turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun 
mehmonxona tarzida jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda 
bunday mehmonxona turistlar bilan birga suv bhylab boshqa 
qo‘nalg‘aga ko‘chirilishi mumkin. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga 
qarab
, mehmonxonalar bir necha turga bo‘linadi:
-
arzon mehmonxonalar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori 
cheklangan mehmonxonalar (bunday mehmonxonalar qoshida 
ovqatlanish korxonalari bo‘lishi shart emas);
-
«lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga ko‘ra qurilgan, mebeli 
sifatining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi 
jihozlangan, qoida tariqasida, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari miqdori 
nomerlari soniga nisbatan ko‘proq bo‘lgan mehmonxonalar. 
Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari 
(transport)ning mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy, 
ijaraga olingan va h.k.) qarab ham tasniflash mumkin. 
3. Mehmonxonalarning funksional vazifasi
Mehmonxona
– bu butun kun davomida murakkab texnologik 
jarayon sodir bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga 
nomerlar (yoki nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona 
mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan 
qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanadi. 
Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. 
Ko‘pincha nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning 
ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi. 
Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar:
-
turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning 
ishtirokchilari; 
30


-
musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari;
-
xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan 
alohida fuqarolar;
-
davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan 
kelgan turistlar va h.k. joylashtiriladi. 
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional 
vazifalarni bajaradi va ularga har xil talablar qo‘yiladi. Bunday 
mehmonxonalarda mijozlar bilan ishlash ular bo‘ysunuvchi idoralar 
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish 
qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ammo mazkur mehmonxonalarda 
amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi 
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish 
bo‘yicha qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasiga 
qarab mehmonxonalar:
-
ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, 
kengashlar va h.k. uchun;
-
dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari, 
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar;
-
mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, 
sportchilar uchun va boshqalar uchun quriladi. 
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa 
muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat 
qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar 
ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy 
qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va 
shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. 
Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan 
nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga 
ko‘ra, yer maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m 
ni tashkil etadi. 
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki 
o‘rinli va khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, 
qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha 
mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar miqdori nomerlar fondining 40-
50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – 
bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun 
alohida joylar nazarda tutiladi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish