R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Yevropa tasniflash tizimi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Yevropa tasniflash tizimi
yoki
«yulduzlar» tizimi
. Fransiya milliy 
tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 
dan 5 yulduzgacha bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim 
Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha 
mamlakatlarda qo‘llanadi;

harflar tizimi 
(A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi;
42



«tojlar» tizimi. 
Buyuk Britaniyada amal qiladi;

hind tizimi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning 
hind tizimi
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh 
toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «thrt yulduzli», 
«besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus 
komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa 
mehmonxonalariga tizim tomonidan qhyilgan talablar ballarda baholanadi. 
Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi. 
Komissiya hz ixtiyoriga khra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har 
qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin. 
Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan 
ballarning minimal miqdorini to‘plashi lozim. Bunda har bir band bo‘yicha 
to‘plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki 
ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti 
mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to‘plagan 
bo‘lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish 
korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida 
ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun 
umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda 
har bir band bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni 
to‘plashi lozim. 
Misol.
«1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi 
hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak 
(maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz 
tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. 
«2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 
yulduz» uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‘plash kerak. Har 
bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik darajasi har 
xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy 
va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda 
mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi. Jahon 
turistik tashkiloti (JTT), Yevropa hamjamiyati Mehmonxona va restoran 
sanoati qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu 
yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. JTT faqat joylashtirish 
vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda mehmonxonalar 
va shunga hxshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga kiritiladi (6-
sxema). Yevropa mehmonxonalar bozorida Yevropa hamjamiyati Vazirlar 
43


Kengashi tomonidan 1986 yil 23 dekabrda qabul qilingan 
standartlashtirilgan axborot yagona tizimi amal qiladi. Bu tizim ko‘p sonli 
piktogrammalar – shartli rasmlardan iborat. Standartlashtirilgan axborot 
tizimining maqsadi turistlar Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlarini, 
joylashtirish korxonalari bilan bog‘liq yo‘lko‘rsatgichlar, kataloglar
prospektlarni o‘qishlari va tushunishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu 
tizim juda qulay bo‘lib, bir qancha ustunliklarga ega. U ob’ektiv, 
informativ, uni boshqarish oson, adashtiradigan talqinlar qo‘llanishiga yo‘l 
qo‘ymaydigan iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 
amaldagi qonun hujjatlari yordamida nazorat qilinadi. 
44

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish