Kontakt tarmog’i diagnostikasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish



Download 17.68 Kb.
Sana08.12.2019
Hajmi17.68 Kb.
1-slayd

Assolomu alaykum xurmatli Davlat attestatsiya komissiya a'zolari va ustozlar!

Mening bitiruv malakaviy ishim mavzusi Kontakt tarmog’i diagnostikasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish deb nomlanadi.

Biutiruv malakaviy ishida diagnostika haqida ma’lumotlar, texnik diagnsotika, kontakt tarmog’i haqida ma’lumotlar va ularga texnik xizmatni tashkil etish va texnik xizmat ko’rsatish haqida yoritilgan va iqtisodiy asoslab berilgan.



2-slayd

Diagnoztika bu tashxis qo'yish, ya'ni ob'ektning texnik xolatini aniqlash tushuniladi. Tashxis qo'yish bu - diagnostika natijasidir.

Elektr ta'minot qurilmalarini diagnoztika qilish maqsadi – ularning texnik xolatini aniqlashdir.

Diagnoztikalash maqsadiga quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishiladi:

- ob'ektni tahlil qilish va diagnsotika uchun model yaratish;

- diagnostika algoritmlarini optimallashtirish va usullarini ishlab chiqish;

- texnik diagnostika vositalarini ishlab chiqish;

- ma'lumotlarni yi'gish;

- ma'lumotlarni qayta ishlash;

- ob'ekt xolati prognozi va prognozlash statistikasi.

Ekspluatatsiya bosqichida shaxsiy(ichki) vazifalarni hal qilish kerak bo'ladi: xatoliklarni tekshirish; to'g'ri ishlashi tekshiruvi; muammoni bartaraf etish.

Ob'ekt uchun uni sozligini tekshirish zarur, ekspluatatsiya bosqichida bir qanchasi ishlamay qolishi mumkin, shuningdek ishlab chiqarish va o'rnatish bosqichida boshqa ob'ektlarga tas'sir qilishi mumkin.



3-slayd

Ishlamay qolishlikni ikki turga bo‘lish mumkin:

– birdaniga;

– asta-sekinlik bilan.

Birdaniga ishlamay qolishlik – xohlangan vaqt oralig‘ida yuz berib ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin: birdaniga yuklamaning oshirilishi, mexanik shikastlanish, halokatli holatlar va hokazolar.

Astalik bilan paydo bo‘ladigan ishga yaroqsizlanish esa – buzilishlar va nuqsonlarning yig‘ilishidan hosil bo‘ladi. Vaqtga nisbatan ishga yaroqsizlanishning umumiy taqsimlanish qonuniyati rasmda keltirilgan.

Rasmda n – ta yaroqsizlanish jadalligining taqsimlanishi: T1 – ishga tushirish davri; T2 – normal ishlatilish davri; T3 – buzilishlarning yig‘ilish tezligi davri.

4-slayd

Texnik diagnoztika - qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va o'rganish. Qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi ogʻishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida oʻtkaziladi. Texnik diagnoztika nazorat qilinayotgan obʼyekt (mashina, qurilma va boshqalar)ni tashqi koʻzdan kechirish, maxsus diagnoztika apparatlari yoki diagnoztika dasturlaridan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi

Kontakt tarmog'ining diagnostikasi - uning ishonchliligini oshirish va uni saqlash va ta'mirlash uchun mehnat va mablag'larni kamaytirish maqsadida kontakt tarmog'ining asbob-uskunalari holatini aniqlash jarayonidir. Kontakt tarmog'ining diagnostikasi kontakt tarmoqlarini ta'mirlashning texnologik jarayonining bir qismi bo'lib, ob'ektning holatini aniqlik bilan aniqlash imkonini beradi. Natijada ob'ektning texnik holatini diagnostika qilish, nuqsoni, uning joylashgan joyi, turi va sababi topiladi. Kontakt tarmog'ining texnik diagnostika tizimi diagnostika va ijrochilar uchun belgilangan qoidalar va dasturlarga mos keladigan vazifalarni bajarishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va ob'ektlar to'plamidir.

5-slayd

Kontakt tarmog'iga ulashdan oldin, barcha izolyatorlar va izolyatsiyalash moslamalari ehtiyotkorlik bilan tekshiriladi va surilib ketgan joylar aniqlanadi. Elektr ulagichlarning ortiqcha qizib ketishni aniqlash uchun ICD-6 va ICD-7 infraqizil nuqtali detektorini (1.3-rasm) va boshqa asboblardan foydalaniladi. Diagnostika 15 m dan ortiq bo'lmagan masofada yoki VIKS avtomobilidan turib qilinadi.



6-slayd

O’zgаruvchаn tоkli uchаstkаlаrdа izоlyatоrlаr hоlаtini tеkshirishni (tаshxislаsh) elеktrоn – nurli pоrtаtiv dеfеktоskоp EОD “Filin - 3” yordаmidа аmаlgа оshirish mumkin. Dеfеktоskоp 5 – 50 mеtr mаsоfаdаn yuzа tоjli rаzryadini qаyd qilish оrqаli nuqsоnli izоlyatоrlаrni аniqlаsh imkоnini bеrаdi. Аsbоb оg’irligi tахminаn 2,5 kg



7-slayd

Izolyatorlarni diagnostika qilish ketma-ketligi ShI-35 / 110kV tayog'i bilan bir xil. Bari yaxshi holatda bo'lishi va izolyatsiyasining dielektrikligini aniqlash uchun yuqori kuchlanish bilan sinovdan o'tkazilishi lozim: yiliga 1 marta va o'lchov mavsumida - 3 oy ichida 1 marta.

Agar nuqsonli izolyator topilgan bo'lsa, u o'zgartiriladi. Agar bitta grilandda ikki yoki undan ortiq nuqsonli izolyator mavjud bo'lsa, ular darhol o'zgartiriladi.

8-slayd

Kоntаkt simining rеls kаllаgi yuqоri sаthidаn bаlаndligi pеrеgоnlаrdа vа stаntsiyalаrdа bir xil – 6250 mm bo’lishi kеrаk. Kоntаkt simi bittа оsish bаlаnligidаn bоshqаsigа o’tkаzilgаndа uning аsоsiy qiyaligi 0,002 dаn оshmаsligi lоzim. Bundа hаr bir аsоsiy qiyalikgа egа uchаstkаlаrning hаr ikkаlа tоmоnidаn uzunligi eng kаmidа bittа tаyanchlаr оrаlig’igа tеng o’tish uchаstkаlаri kirgizilishi kеrаk. Bu o’tish uchаstkаlаridа simning qiyaligi аsоsiy qiyalikdаn ikki mаrtа kichik bo’lishi kеrаk.



KС-200 kоntаkt оsmаsigа аsоsiy tеxnik tаlаblаr quyidаgilаr: kоntаkt simining qiyaligi 0,001 dаn оshmаsligi kеrаk; 65 m оrаliqdа elаstiklikning nоtеkislik kоeffitsiеnti 1,2 dаn оshmаsligi lоzim; diаmеtri 5,67 mm li ko’p tоlаli MГ-16 trоsdаn, rеssоrli tоrning trоsi M-35 bo’lishi kеrаk.

9-slayd

Harorat o’zgarishida kontakt o’tkazgichi bir tekis egiluvchanligi va osilish o’qini ta’minlash uchun tayanch konstruksiyalarda uni ressor troslar ilinadi. (Ko’ndalang va bo’ylama(1.8-rasm)) elektr ulagichlarni(1.7-rasm) anker uchastka tutashmalarida va bekatlar alohida seksiyalarda, kuchaytiruvchi o’tkazgichlarni kontakt osmasi bilan va ushlab turuvchi trosni kontakt o’tkazgichiga ulanish joylarida, hamda, ajratgichlar va zaryadsizlagichlar yoki o’ta kuchlanishni chegaralagichlar ulanganda havo strelkalariga o’rnatiladi.

Mening bitiruv malakaviy ishi bo'yich qisqacha dokladim shundan iborat. E'tiboringiz uchun rahmat


Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat