Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Buyumlarni quritish.
Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha quritilishi kerak, aks 
holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy 
usulda quritish mumkin.
Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni 
havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va 
doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish 
xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (harorat 120-150
0
S) bilan 
isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi. 
Buyumlarni pishirish.
Pishirish keramik 
buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda uch 
bosqichga bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100-120
0

qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450-750
0
S ko‘tarilganda buyumdan 
kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib 
amorf xolatga o‘tadi.
Harorat 800-900
0
S yetganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari 
yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-1200
0

haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% 
tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon xolatga o‘tadi va 
mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi. 
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli ravishda 16 dan 36 
gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish 
jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, 
boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa 
qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi.
Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900-1100
0

bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. Xalqasimon xumdonlarda harorat kanal bo‘ylab bir tekis 
taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, 
jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.


- 23 - 
Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda harakatlanadi. Bu usulda 
buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, 
pishirish, sovitish va xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish 
jarayoni 18-38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, brak mahsulot 
kam bo‘ladi. Tunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya 
quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtirilgan 
plitkalar 1240-1250
0
S haroratda pishiriladi. Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, 
kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 1140
0
S haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari, 
qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi.
Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, turli nuqsonlariga 
nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va 
o‘ta pishgan buyumlarga bo‘lish mumkin.
Keramik buyumlar omborxonalarda qurilish ob’ektlariga yuborilguncha saqlanadi. G‘isht va 
keramik toshlar metall tagliklarga terilgan holda ochiq maydonlarda, sanitariya-texnika buyumlari 
komplektlangan holda maxsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish