Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Elektr o‘tkazuvchanlik
. SHishaning elektr o‘tkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, 
shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va 
fibroarmatura bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10
10
-10
11
Om
.
sm, 
teshib o‘tish kuchlanishi 450 kV/sm
2
tashkil qiladi.
Texnologik xususiyatlari
. SHishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta ishlash 
mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, shliflash, 
polirovkalash shular jumlasidandir. SHishani 800-1000
0
S haroratda list, nay, tola sifatida cho‘zib 
olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning 
ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik buyumlari va qismlari, 
shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tug‘ildi.
4. SHishaning turlari
Taxta oyna.
Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi, armaturalangan va 
boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to‘sishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi muhitdan 
izolyasiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, 
uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr 
kvadrat oynaning massasi 2-5 kg bo‘ladi. SHisha taxtaning nur o‘tkazuvchanligi 87% kam 
bo‘lmasligi, shaffof bo‘lishi talab etiladi. U rangsiz bo‘lib, ba’zi xollarda yashil Yoki ko‘kimtir 
soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, Yo‘l-Yo‘l chiziqlar, 
bo‘shliqlarning bo‘lishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni bezashda va 
izolyasiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo‘yi 
6000 mm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur o‘tkazuvchi 
turi binolarni bezashda va Yorug‘lik nurini mo‘‘tadil saqlashda zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli rangdagi metall va 
oksid plYonkalar bilan qoplangan bo‘ladi. Metall Yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash 


- 26 - 
uskunalari Yordamida nikelxrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir 
metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo‘ladi.
Metall qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur 
tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plYonkalar bilan 
qoplangan vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, Interkontinental mehmonxonasi 
va x.k.) va boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari 
ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi 
bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, 
bino va inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona ichi ko‘rinmasligi uchun 
deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi. Gulli oyna quyilaYotganda maxsus valiklardan foydalaniladi. 
Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po‘lat to‘r bilan kuchaytirib 
tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini 
ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib va astasekin sovutib olinadi. 
Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar 
yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda 
ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, bor, kadmiy va seziy 
oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostansiyalarida, reaktor 
qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Ko‘p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va oraliq 
(amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham sochilib 
ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari bo‘ladi. Bu 
oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 
marta kam bo‘ladi (2-4
.
10
-6
0
S).

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish