Qurilish materiallari va buyumlari


GIL VA UNING KLASSIFIKATSIYASI



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

GIL VA UNING KLASSIFIKATSIYASI:
Gil g’isht ishlab chiqarishda g’oyatda muhim qurilish matriali hisoblanadi.Bu katta hajmdagi 
tuproqli mineral Yoki bir-biriga bog’lanmagan qoya bo’lib suv bilan aralashish qobilyatiga ega va
mog’orlagan va qurigan paytlarda uning shakli qaytadan tiklanish qobilyatiga ega bo’ladigan
egiluvchan plastik shaklga egadir. Shunday tarzda gillar qizdirilganida qizaradi, va o’sha paytda 
qattiq va kuchli shaklga keladi.Bu gildagi mikrotuzilish o’zgarishlari natijasi va kimyoviy 
xususiyatidir. 
Eng toza gillar asosan kaolinit (2sio2.Al2o3.2H2o) bilan birgalikda kichik hajmdagi 
minerallar masalan, kvarts, sluda,feldspar,kalkit, magnesit va boshqalardan iborat bo’ladi.Undan 
qolgan gillar kaolin Yoki Xitoy gili shaklida mashhur bo’lib qoyalar ostidagi chirishdan shakllanadi 
va kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ma’lum bir joydan olib kelingan Yoki 
cho’kkan gillar ob-havo ta’sirida paydo bo’ladi. Bular ko’proq tarqaladigan, brikmalardan iborat, 
va ona qoyalarning katta bo’laklariga tegishli bo’lmaydi.Yuqori darajadagi haroratga qarshilik 
ko’rsatish asosida (1580 gradusdan ko’proq) gillar olovga chidamli material sifatida turlarga 
ajratiladi ya’ni bular yuqori haroratga eriydigan gillar va past haroratga eriydigan gillardir.Olovga 
chidamli gillar ancha ko’proq tarqalgan va ancha egiluvchan ko’rinishga egadir.Yuqori haroratga 
eriydigani alyumindan iboratdir past haroratda eriydigani bir qancha aralashmalardan masalan Fe 
203 kabi pastroq olovga chidamli brikmalardan iborat..Yuqori haroratga eriydigan gillarni yuqori 
darajadagi chidamliligi mavjud (1350-1580 gradus) va kichik miqdordagi aralashmalardan iboratdir 
bular
kvarts,feldspar,sluda,kalsiy korbonat va magniy korbonatdir.Bular g’isht ishlab chiqarishda, 
pol kafellari chiqarishda va kanalizatsiya turbalari ishlab chiqarishda ishlatiladi.Kam haroratda 
eriydigan gillarning 1350 gradus olovga chidamlilari mavjud bo’lib ular ham turli xil tarkiblarga 
egadir.Bular g’ishtlar ishlab chiqarishda, uylar qurishda, kafel ishlab chiqarishda va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi.Agar gillar miqdorini oshirish kerak bo’lsa qo’shimcha aralashmalar ham 
qo’shiladi.Yuqori egiluvchan gillarini 28% gacha suv bilan aralashtirish talab qilinadi, yuqori 
darajada quritiladi va miqdorini qisqartirish uchun kuydiriladi va qo’shimcha aralashmalar kerak 
bo’lsa Yoki egiluvchan bo’lmagan moddalar masalan kvarts tuprog’i, chamotte, kul va boshqalar 
qo’shiladi. Yondirilgan aralashmalarga qirindilar, ko’mir maydalari, va maydalangan ko’mir va 
boshqalar misol bo’la oladi. Kislotaga qarshi predmetlar va kafel qoplamalari, suv shishalari Yoki 


- 21 - 
ishqorlar qo’shish orqali ishlab chiqariladi.Gil qismlarini kuydiradigan harorat ayrim moddalar 
masalan feldspar va temir rudasi bilan aralashtirilgan gil bilan hajmi kamaytiriladi. Egiluvchan
shakl berish ayrim moddalarni masalan sulfit-natriyni (0,1-0,3%) qoshish bilan kamaytiriladi1.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, shisha kukuni, perlit va 
boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha va 
qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan va boshqa metallar oksidlari 
kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi Yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi uchun yuzasi 
glazur Yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm qalinlikdagi shishasimon 
qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan Yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati, 
ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun holatda tayyorlanadi va buyum yuziga 
kukun Yoki suspenziya xolatida pishirishdan oldin surtiladi.
Angob oq Yoki rangli gil qorishmasini buyum yuziga surtilib, pishirib olingan 
yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. Angob va keramik 
buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi mumkin. 
3.
Keramik buyumlar xossalari shakli, xom ashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni 
ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini 
tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish.
Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar Yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir Yo‘l, 
avtomobil Yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib 
olishda karer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi 
o‘simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi.
Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab 
chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan 
zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va 
qo‘shimchalar qo‘shish, barcha komponentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus 
mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo 
massasi buyum turi, xom ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho‘l 
(shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki 
quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom 
ashyo massasidan g‘isht, keramik tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, xom ashyo 
massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa 
bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori 
mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi.
yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab 
aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa 
bosimda presslab tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum 
aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi. 
rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-gil kareri; 2-ekskavator; 3-gil zaxirasi; 
4-vagonetka; 5-yashikli uzatgich; 6-qo‘shimchalar; 7-begunlar; 8-valetslar; 9-lentali press; 10-
keskich; 11-taxlovchi moslama; 12-telejka; 13-quritish xonalari; 14-tunnel pechi; 15-o‘zi yurar 
telejka; 16-omborxona.
Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab olinishi mumkin. Bu 
usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar tayyorlanishi mumkin.
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, presskukun 2-6% 
namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat 


- 22 - 
bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar 
tayyorlanadi.
Shliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan 
komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda 
ishlatiladi.
2-rasm. Lentali vakuumli press 
1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 6vakuum-kamera; 
7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama. 
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda qoplama plitkalar, sanitariya - 
texnika buyumlari tayyorlanadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish