Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvafaqqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiy. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib kelishi mumkin.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi, eng avvalo so‘zlovchi va yozuvchining tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisa sanalmaydi, balki mantiq hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilishgina emas, balki mantiq qonunlarini ham bilishni talab etadi. Masalan, 2000 yillarda yosh estrada qo‘shiqchisi Manzura Yo‘ldosheva “Daryo bo‘ldi yig‘lab soyimiz” degan qo‘shiq aytgan. Bu yerda mantiq buzilgan. Odam ko‘p yig‘lasa, ko‘z yoshi quriydi. Qo‘shiqda esa ko‘z yoshi dastlab soy edi, keynchalik daryoga aylanmoqda. Bundan tashqari, soy yig‘lamaydi, odam yig‘laydi. Ibora ko‘chma ma’noga ega: osmon yig‘ladi (yomg‘ir yog‘di), g‘unchaning yaprog‘ida bulbulning ko‘z yoshi (shudring). Lekin “soyning yig‘lashi” mantiqsizlik hisoblanadi. To‘g‘ri, she’riyatda mantiqsizlikdan mantiq yasash usuli bor. Bu usuldan Abduvali Qutbiddin samarali foydalangan. Ammo, u ham oxir oqibat mantiqqa bo‘ysunadi. Biroq, tahlilga tortilgan satrimizda bu hol kuzatilmaydi.
Demak mantiqiylik deganda, nutqda bayon etilgan fikr-mulohazaning qismlari va alohida fikrlarning o‘zaro mutanosibligini tushunish lozim. Mantiqli nutq qismlari orasida bir-biriga qarama-qarshi fikr bo‘lmaydi. Mantiqiylik to‘g‘rilik va aniqlikka suyanadi. Ba’zan nutq aniq bo‘lmasa ham mantiq buziladi.
▲ 3-tоpshiriq.She’rni o‘qing. Undagi savolning noo‘rinligi va javobning mantiqiyligi haqida mulohaza yuriting.
To‘g‘ri so‘z bola
Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il,
To‘xta, debon ikki kishi to‘sdi yo‘l.
Dedi biri: “Tanga berurman sanga,
So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga”.
Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob:
“So‘zlang –aka- qomatingizga qarab.
Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur,
Tangaga yolg‘onni kim olgan erur.
Sizda ko‘p erkan o‘zi yolg‘on ako.
Siz ani avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam,
O‘rtog‘ingizda ko‘p erur bizdanam”.
Ofarin aytdilar ani so‘ziga,
Tangani holis berubon o‘ziga,
Hissa:kimi to‘g‘ri so‘zi har qachon,
Yetkazadur doimiy bo‘yla hison.
(Hamza Hakimzoda)
Bilib oling.Nutq tozaligi
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, nutqimizning adabiy til leksik me’yoriga muvofiq kelishi tushiniladi. Agar nutqimizda g‘ayritil unsurlari yoki haqorat, qarg‘ish, so‘kish kabi noestetik so‘zlar bo‘lsa, uning tozaligi buzilgan bo‘ladi. Masalan, Duxungga o‘tirib qo‘ydingku, bratishka. (o‘zaro gaplardan.) Endi mamashamga kelsak, u kishi sovremeniylar, ifloslarni nenavidit, tak shto,lishnix slov bo‘lmasin.(O‘tkir Hoshimov).
Darhaqiqat, namunali nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, turli til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bu masalaning tilga oid tomoni bo‘lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Jumladan, estetika, etika, mantiq talablariga rioya qilmasak, o‘zimizni ma’naviy qashshoq, madaniyatsiz kishiga chiqarib qo‘yishimiz hech nima emas. Shuning uchun nutqimizni doimo varvar so‘zlardan, g‘ayritil unsurlaridan, tor doiradagi salbiy ma’noli so‘zlardan tozalab borishimiz kerak.
To‘g‘ri, bunday so‘zlar tilimizda ishlatiladi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar bilan ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirish mumkin. Aytaylik, muallif milliy koloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda, uning salbiy xarakterini ochishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qiladi.
Shevaga oid so‘zlarning badiiy adabiyotda o‘rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo‘lib qo‘lmasdan, badiiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim unsurlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Misol, “So‘ri g‘ichirladi. Qudrat bobo damsar urdi. Yuzini silab qo‘yib, telpagini yechdi... Yana: - Qudrat bobo kecha-kechqurun qaytish qildilar. Bugun tushdan keyin chaqiramiz!”(N.Qobul)
Bu o‘rinda shevaga oid so‘zlar asar qahramonining tilidagina bo‘lmoqda. Ularni qo‘llashdan maqsad asarning jonli chiqishiga erishishdir. Bu unsurlarga nutqning toza bo‘lishiga halal beruvchi unsurlar sifatida qaralayotganda esa ularning noo‘rin qo‘llanishi nazarda tutilyapti.
▲ 3-tоpshiriq. Berilgan gaplar nutq sofligi nuqtai nazaridan talabga javob beradimi? Nima uchun?
1.Ota hurmat bilan o‘g‘liga yo‘l berdi.
2. Katta kelsa ishga, kichik kelsa oshga, deb ota-bobolarimiz bekorga aytmaydi.
▲ 4-tоpshiriq. Gaplarni o‘qing. Parchadagi noadabiy so‘zlarning qo‘llanilishini izohlang:
1.Hozir-da oyi! Bir pasta gatop qilaman! (O`.Umarbekov)
2. O‘la qolsin, mug‘ombir! Vahshiyligidan xuddi bo‘riga o‘xshaydi. (Z.Saidnosirova)
Bilib oling.Nutq ta’sirchanligi
Do'stlaringiz bilan baham: |