Nutqning аniqligi.Аniqlik hаm nutqning аsоsiy аlоqаviy sifаtlаridаn bo‘lib, yахshi nutqning shаkllаnish shаrtlаridаn biridir. Aniqlik deganda, nutq hamda jаmiyatdаgi nаrsа vа hоdisаlаr o‘rtаsidа muvоfiqlik tushunilаdi. Bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutloqo mos va muvofiq kelishidir. Ya’ni nutqimizning mazmuni real voqelikka va tafakkur doirasiga mos kelishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, nutqimizda rost so‘zlash, aqlga sig‘adigan narsalarni aytish tushuniladi. Masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha Kolumbiya, Peru va Boliviya “yatakchi” o‘rin tutadi.(U.Jabborov, S.Hasanov,Sh.Qoraboev. Sog’lom va osoyishta hayot sari. “Farg’nona”nashriyoti. 2004 yi. 12-bet. 2- xatboshi)Mazkur gapda aniqlik buzilgan. Bu xato“Janubiy-Sharqiy Osiyo” va “Kolumbiya, Peru va Boliviya” jumlalarida ko‘rinadi. Aslida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga Osiyoda joylashgan Xitoy janubi, Janubiy Koreya, Vyetnam, Laos, Malaziya, Indoneziya kabi davlatlar kiradi. Mualliflar qo‘llagan Kolumbiya, Peru va Boliviya davlatlari Janubiy Amerikada joylashgan. Mualliflarning yuqoridagi gapida nutqning aniqligi buzilgan. Aslida gapni quyidagicha tuzisjh kerak edi: Dunyo mamlakatlari orasida giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha Afg‘oniston, Kolumbiya, Peru va Boliviya “yatakchi” o‘rin tutadi. Yoki, Shabadaning sovuqligi daraxtlarning bargini qovjiratib qo‘ydi. Bu gapda aniqlik buzilgan. Bu buzilish “shabada” so‘zida ko‘rinadi. Shabadaning sovug‘i bo‘lmaydi. Salqin shabada bo‘lsa, kishining etini junjitadi. Lekin daraxt bargini qovjiratmaydi. Aslida gap “Kuchli shamolning sovuqligi daraxtlarning bargini qovjiratib qo‘ydi” ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
2-mashq.Gaplarni o‘qing. Xato qo‘llangan nutqqa aniqlik kiritib to‘g‘rilang va ko‘chiring.
1. Botir beliga qator beshta bomba qistirib, qo‘lida bomba ushlagan holda ko‘chaga yugurdi.
2. Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko‘kni bulut bosgan. Bironta ham yulduz yo‘q edi.
3. Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq o‘qdan chiqib kelayotgan bulutlarning ko‘rinishi xunuk edi.
▲ 2-tоpshiriq.Matnni o‘qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o‘zgarishlarni ko‘rsating. Nutqning mantiqiyligi buzilganmi? Fikrlaringizni bildiring.
... Notiq rumkani olib o‘rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi biroz o‘zgardi, avval rumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so‘z boshladi:
— O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!
Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi:
— Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o‘z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o‘zingizga ma’lum bo‘lganligi uchun bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni lozim ko‘rmayman.
...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmas dan o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bevosita bartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo‘jalik jihatidan misli ko‘rilmagan darajada mustahkamladik. Men bu borada faktlarga murojaat qilib o‘tirmayman, chunki ordenli onangiz o‘zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.
A. Qahhor, «Nutq».
Bilib oling.Nutq mantiqiyligi
Do'stlaringiz bilan baham: |