Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet33/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Dialektal me’yor. Bu me’yor shevalar va lahjalardagi so‘zlarning qo‘llanish doirasi haqida ma’lumot beradi. Aniqroq aytilsa, bir shevada me’yor bo‘lgan so‘z va iboralar, boshqa sheva uchun me’yor bo‘lmaydi. Shuningdek, o‘zbek tilidgi shevalarninmg turlari va ularning xususiyatlarini o‘rgatadi.
So‘zlashuv me’yori. Bu me’yor til birliklaridan erkin foydalanish, adabiy til me’yorlariga hamma vaqt ham amal qilinmasligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy tarmoq me’yori. Jargonlar, argolar va professional nutq ko‘rinishlariga xos bo‘lgan me’yorlar.
Yuqoridagi me’yorlardan turli kishilar turli vaqtda foydalanishi natijasida, ularning o‘ziga xos talab va qoidalarini bilmaslik yoki bilsa ham ularga amal qilmaslik oqibatida me’yorlarda o‘zgarishlar, buzilishlar yuz beradi. Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqdagi vaziyat, ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma’qulini qo‘llash zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun uslubiy me’yor deganda, so‘z, ibora, umuman barcha til birliklarini amaliyotda qo‘llash mahorati tushuniladi. O‘zbek tilining uslibiy me’yorlarini belgilash bugungu eng muhim vazifalardan biridir. Chunki, xalqimizning aksariyati, til birliklaridan o‘z maqsadi yo‘lida yetarli darajada faol foydalana olmaydi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun uslubiy me’yor quyidagi shartlarga amal qilishni talab qiladi. Birinchidan tavsiya qilinayotgan yoki so‘zlovchi ishlatayotgan til birligi umumxalq uchun tushunarli bo‘lishi kerak, ikkinchidan tavsiya qilinayotgan yoki so‘zlovchi ishlatayotgan til birligi tilning barcha sohalari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
Xullas, me’yor tilning ijtimoiy vazifasi bo‘lib, unga amal qilish shu tilda so‘zlovchi yoki yozuvchilar uchun majburiydir.

III. Yozma nutq


1-mashq.Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring.
1. Til tafakur in’ikosi. 2. Bu yerning iqlimi issiq, siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olga taasurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib, qipqizil olmalarni tariflang. 5. Davo hujatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tavsifnoma keltiring. 6. To‘y boshi dev qomat yigitni saxnaga chiqardi.

2-tоpshiriq.Boshqa tillardan o‘zlashgan yangi so‘zlar lug‘atini tuzing. Harflarning lotin yozuvidagi yangi o‘zbek alifbosida berishini izohlang.


2-mashq.So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Tovushlar talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning sababini izohlang.
Xursand, fikr, yuzsiz, tavsif, sunbula, uchta, ketdi, ravshan, boringiz, yutuq, buncha, taxt, oftob, borib, televideniye, avtomobil, qo‘shiq,manba, ketyapman, birla, yigitcha, tuzsiz, mazkur, oqshom, to‘qson, oqshom, billur, Konstitutsiya, supra, seshanba, novvoy, yomg‘ir, so‘zsiz, boj, marotaba.

3-mashq.Nuqtalar o‘rniga –ning yoki –ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini aniqlang.


1. Shevaga xos qo‘shimchalar… adabiy til qoidalariga mos holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar… kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 2. Aristotel har bir jumla… asosiy fikr… ifoda etishga qaratilishi…, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada soda bo‘lishi… talab etadi. 3. Safar aka… astoydil achchiqlangani… sezgan imomi oraga tushdi. 4. Yo‘lchi arava… nimasi shikastlastgani… payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi. 5. O‘rmonjon Qurbon ota… bu ish… bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi. 6. Ona tilimiz… ijtimoiy hayot… barcha sohalaridagi mavqei… oshirish barchamiz… vazifamizdir.

4-mashq.Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilari bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.


1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlari toblonmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan kuylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikka bir inson keldi.
5-mashq.Gaplarni o‘qing, ma’nosi o‘zgargan so‘zni ko‘chirib yozing, ma’no farqlari va uslubiy vazifasini ko‘rsating.
1. Mollarning narxi pasaysa, ishlab chiqarish pasayadi. – Samadboy shu qishloq odamlarining mollarini boqib yuribdi. 2. Fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun doirasida o‘ziga ma’qul ish bilan shug‘ullanadi. – Ikkita doira chizing, ularning ichiga zid ma’noli so‘zlarni yozib chiqing. 3. Eshitgan quloq nima deydi? – Quloq pardalari ehtiyotli muolajani talab etadi. 4. Yurak faoliyati insonning asab tizimiga bevosita bog‘liqdir. – Yuragimga yaqin kishilar bilan ochiq gaplashib oldim. 5. Ma’lum bo‘ldiki, yangi dastgohlar korxona hisob-kitobida qayd etilmagan. – Ular qachonlardir o‘z “ega”sini topib ketganinixodimlar yaxshi bilishadi.

2-tоpshiriq. Nutq odobiga oid 10 ta maqol yozing va shulardan to‘rttasi-ning mazmunini izohlang.


6-mashq.Gaplarni o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan so‘zlarni aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, tinglovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga benazir kishi mayda bir maqsadni uzoq so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag‘in insonni vayron qilishi mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining mehribon odamzodi ham ko‘p bo‘ladi. 5. Shirin so‘z, go‘zal til inson dilini bunchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq so‘z, beso‘naqay gap inson dilini qanchalik noxush qiladi, dil piyolasini parchalaydi. 7. Mashq sababli so‘zlash qobi-liyatini, nutq madaniyatini, notiqlik san’atini odamlar olqishlaydigan saviyada egallash mumkin.
3-tоpshiriq. Guruhlarga bo‘lining va topshiriqlarni bajaring.
a) 5 ta guruhga bo‘ lining va o‘zbek adabiy til me’yorlariga misollar keltiring


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish