III. Yozma nutq:
1-mаshq.Matnni o‘qing. b—p, v—f, g—k undoshlari qatnashgan so‘zlarni topib, daftaringizga ko‘chiring. Bu tovushlarni o‘zaro qiyoslab tavsiflang.
Til bir jihatdan tabiat va insondagi go‘zallikni aks ettiruvchi vosita bo‘lsa, ikkinchi jihatdan unda go‘zallikni vujudga keltiruvchi javharlar ham mavjud. Tilga go‘zallik javhari sifatida nazar soladigan bo‘lsak, uning kishini hayratlantiradigan darajada yetukligi bor. Qaysi bir tilni olmang, undagi tovushlar yuzga yetmaydi. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘ttiz bitta tovush bor. O‘zbek tiliga tarixan nazar solgan vaqtimizda yoki shevalarni hisobga olganimizda ko‘proq bo‘ladi, ammo qirqtadan oshmaydi. Mana shu qadar ozgina tovushdan o‘zbek tili tarixida milliondan ortiq so‘z yasalgan va bu so‘z yasalishi kerak bo‘lgan taqdirda cheksiz davom etishi mumkin.Tilning mana shu yetukligi uning go‘zalligini va undan foydalanuvchining, ya’ni so‘zlovchining yoki yozuvchi-ning nutqiy mahoratini ta’minlaydi.
2-mаshq.Quyidagi so‘zlarga zarur bo‘lgan harflarni qo‘yib ko‘chiring.
Bad...iy, muqad...am, mad...oh, bot...ir, qat...q, mod...a, o‘t...iz, od...iy, tarad...ud, at...or, muqad...as, muat...ar, sat...in, o‘t...kir, jid...iy, od...mi, qad...i-qomat, bat...ar, it...ifoq, jad...id, yet...i, gard...ay, but...oq, bud...izm, bot...il, pat...ak, tad...qiq, shad...od, shat...irlamoq, e...tir, xa...tm, qa...doq, qat...ron, g‘ad...or, ha...dik, hat...o, ishta...a, ji...oz, jo...il, za...ar, za...matkash, ze...n, ba...odir, mar...amat, masla...at, e...son, e...tiyotkorlik, sa...iy, so...il, giyo..., sayrgo..., ...orij, ...azil, ...arakat, guru..., ...attot.
▲ 2-tоpshiriq. Do‘stlik va sadoqat mavzusidagi maqollardan ayting. So‘zlarida tovush o‘zgarishlari bo‘lgan maqollarni yozib oling va bu o‘zgarishlarni imlo qoidalari asosida izohlab bering.
3-mаshq. Quyidаgi so‘zlаrni imlоgа ko‘rа qo‘shib yoki chiziqchа bilаn yozing.
Kаrvоn sаrоy, mаydа chuydа, оz mоz, umum bаshаriy, ich ichidаn, duk duk, o‘ylаb nеtib, mushk аnbаr, nоz nе’mаt, оtаsh kurаk, оldi sоtdi, pаst tеkislik, оchin to‘qin, qаsur qusur, rаdiо eshittirish, ko‘z оynаk, sоvg‘а sаlоm.
▲ 3-tоpshiriq. Gazeta yoki jurnal maqolalaridan imlo qoidalariga amal qilinmagan jumlalarni aniqlang va to‘g‘ri yozilishini ko‘rsating.
4-mаshq.Quyidagi maqollar va to‘rtlikdagi z-s undoshlarini qiyoslab tavsiflang.
Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
Oz so‘z — soz so‘z.
Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda.
Do‘stlar, yaxshilarni avaylab asrang! «Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang!
O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan Uni tirigida bir soat yo‘qlang.
Bilib oling.Nutq odobi
Nutq odobi va nutqiy muomala shakllari ham nutqiy savodxonlikda asosiy o‘ringa ega. Har bir so‘zlovchi qachon, kim bilan, qay mavzuda, qay tarzda gaplashishni bilishi kerak. Bu nutq odobi sanaladi.
Demak, nutqiy savodxon bo‘lish uchun talaffuz me’yorlari va imlo qoidalariga amal qilish kamlik qiladi. Buning uchun oila, boqhca va maktablarda talaffuz va imlo qoidalari, nutq odobi o‘rgatiladi. Hozirgi kunda akademik litsey, pedagogik yo‘nalishdagi kollejlar va oily o‘quv yurtlarida ham nutqiy savodxonlik asoslari puxta o‘qitilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kishilarda tabiiy va an’ana tusiga ega bo‘lgan ona tilini bolalikdan egallay olish va undan o‘rinli foydalana bilish qobiliyati bor. Lekin bu qobiliyat nutqni madaniy tuzish degani emas. Shuning uchun nutq madaniyati bir vaqtning o‘zida bir necha ko‘rinishlarda bo‘ladi:
1. Millat(xalq)ning nutqiy savodxonligini oshirish.
2. Ziyolilar (o‘qimishli ommaning) nutqiy savodxonligini oshirish.
3.Yosh avlodning nutqini to‘g‘ri shakllantishni ko‘zda tutib ish ko‘radi.
Chunki, nutq madaniyati tushunchasi adabiy til va nutqiy savodxonlik bilan bog’liqdir. Shu tufayli adabiy tilni egallamagan va unda so‘zlay olmaydigan kishining nutqiy savodxonligi haqida gapirish ham ortiqchadir. Anglashiladiki, oldin ham qayd etilganidek, nutq madaniyati sohasi adabiy tilda gapiruvchilar, adabiy tilni egallagan va egallayotganlar nutqiy faoliyatini ko‘zda tutgan holda ish ko‘radi. Ammo hozirgi adabiy til umumxalqning so‘zlashuv quroliga aylanayotgan bizning jamiyatimizda ham aholining ko‘pchilik qismi mahalliy lahja va shevalarda yoki adabiy til bilan o‘z shevalarining qandaydir qorishmasidan iborat bo‘lgan bir tilda so‘zlashmoqdalar.
▲ 4-tоpshiriq. Matnni o‘qing. So‘z va til odobi to‘g‘risidagi misralarning ma’nosini sharhlang.
Donolik ramzi — so‘z, bilib so‘zlansa,
Nodonning o‘zi ham so‘zi qo‘lansa.
Ko‘p so‘zlab topmadim ochunda bir naf,
Ko‘zlangan bu naf ham so‘z ko‘pidan daf.
So‘zni ko‘p so‘zlamay, sizlab ayt, oz-oz,
Tuman so‘z tugunin shu bir so‘zda yoz.
Erkim so‘z vajhidan taxtga egadir,
So‘zkim, er boshini pastga egadir.
Bor so‘zni keltirsam, sig‘dirmas naql,
O‘zida bor odam bilar: So‘z — aql,
So‘zlamoqdan, o‘g‘lim, seni ko‘zladim,
Ba’zan so‘zim tuzlab, o‘zim bo‘zladim.
Mendan ulush qolsa, yumushdan o‘zga,
Oltin-u kumushni teng ko‘rma so‘zga.
Kumushsiz boshingga tushsa yumush ham,
So‘zimdan keladi, yombi, kumush ham.
Otadan o‘g‘liga qolgani bu — so‘z,
Otalar so‘zin tut, nafi ham yuz-yuz.
Yusuf Xos Hojib
5-mаshq.Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang. Nutq odobi masalasi berilgan gaplarda qanday talqin etilganligi-ni tushuntirib bering.
1. Har bir odamning noaniq so‘zini eshitmagil, ehti-yot bo‘lgilki, avvalgi so‘zingni keyingi so‘zing buzib yubormasin («Qobusnoma»). 2. Tilda uni nomlovchi so‘z bo‘lmasa, shunday so‘zni qo‘shni tildan olish mumkin. Ammo tilda mavjud so‘zlar o‘rnida boshqa so‘zni qo‘llash zararlidir (M. Qoshg‘ariy). 3. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir (A. Navoiy). 4. Chin so‘z — mo‘tabar, yaxshi so‘z qisqa — muxtasar; kimning miyasida illat bo‘lsa — so‘zida mantiq bo‘lmaydi (A. Navoiy). 5. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, ortiq so‘z bu boshni etadi egik (Yusuf Xos Hojib). 6. Bor so‘zni so‘z sanab tebranmasin til, ko‘rib, o‘ylab so‘zla, keragini bil (So'fl Olloyor). 7. Kimki so‘zni qadrlasa har qachon, o‘z-o‘zini qadrla-gay begumon (A. Jomiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |