I-guruh
|
II-guruh
|
III-guruh
|
IV-guruh
|
V-guruh
|
Imlo me’yorlariga misollar keltiring
|
Talaffuz me’yorlariga misollar keltiring
|
Grammatik me’yorlariga misollar keltiring
|
So‘z tanlash va qo`llash me’yorlariga misollar keltiring
|
Uslubiy me’yorlariga misollar keltiring
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
b) 2 ta guruhga bo‘lining va birinchi guruh bir ma’noli so‘zlarga, ikkinchi guruh ko‘p ma’noli so‘zlarga misollar keltiring
I-guruh
|
II-guruh
|
Bir ma’noli so‘zlarga misollar keltiring
|
Ko‘p ma’noli so‘zlarga misollar keltiring
|
|
|
Uyga vazifa
„Nutq odobi va etiketi” mavzusida matn tuzib kelish va unda adabiy til me’yorlariga misollar keltirish
Mustaqil ta’lim yuzasidan topshiriq
Buyuk Ipak yo‘li va uning insoniyat tarixidagi o‘rni
Adabiy o‘qish:
Istanbul fojiasi (asardan parcha)E. Vohidov
Toʻlqinini, boʻronini koʻrmagan odam
Dengiz doim notinch deb oʻylashi mumkin,
Inson ham shu, farosatda beozor, sokin,
Lekin yurak qatlarida toʻfon yashirin.
QATNASHUVCHILAR
Jalol – kolxoz raisi, 64 yoshda.
Saodat – xotini, 60 yoshda.
Iskandar – ukasi, 60 yoshda.
Yoʻlboshlovchi, politsiyachi, muxbir, sayyohlar va boshqalar.
Voqea shu kunlarda Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi.
MUALLIFDAN
Inson qalbining boyliklari ichida Vatan tuygʻusi deb atalgan bebaho javohir bor. U – yuragimizning quvvati, eʼtiqodimizning salimligi, hayotimizning butunligidir. Uni his qilmagan farzand, tarannum etmagan ijodkor yoʻq.
Vatan – Navoiy va Mashrabning iztirobi, Bobur va Furqatning sogʻinchi…
Men chet ellarda safarda boʻlganimda turli sababga koʻra xorijda qolib ketgan vatandoshlarni koʻrganman. Ularning koʻzlari tubiga choʻkkan dard yuragimda iz qoldirgan. Bu koʻzlar baʼzan tunlari xayolimda gavdalanadi, azob beradi va azob barobarida oʻz qismatim uchun shukronalik hissini koʻnglimga soladi.
Hayotda qoʻyilgan bir yanglish qadam baʼzan umrlik qiynoqqa sabab boʻladi. Men qalamga olgan Iskandarning qismati shunday.
Vatan urushida xalqimiz qoʻlga kiritgan gʻalaba yigirma million jon hisobiga kelgan. Iskandar ham oʻsha qurbonlar qatoriga kiradi. Lekin u eng baxtsiz qurbon – tirik qurbon.
Qahramonlarim oʻz xatolari va armonlari bilan, ishonchlari va ishtibohlari bilan shu zaminda yashab turgan odamlar… Ana shu soʻzlar bilan, aziz doʻstlarim, bu fojeiy qismat tarixini sizning hukmingizga havola etmoqdaman.
Yaqinlashayotgan kuchli poʻrtana tovushi, kema zirhiga urilgan toʻlqinning qarsillashi eshitiladi. Chaqmoq, chaqadi, momaqaldiroq gumburlaydi.
“Diqqat! Diqqat! Beruniy sayyoh kemasi radiouzelidan gapiramiz. Shimoldan kelgan havo oqimi Oʻrta Yer dengizida shamolning kuchayishi, chayqalishning oshishiga sabab boʻlmoqda. Hurmatli sayyohlar! Kema palubasiga chiqish qatʼiyan man etiladi. Boʻron 9 ball, dengiz 8,5 ball”.
Boʻron kuchaya boradi. Toʻlkinlarning dahshatli gumburlashi chayqalishning zoʻrayganligidan darak beradi. Nihoyat shamol va chayqalish pasayadi.
“Diqqat! “Beruniy” sayyoh kemasi Bosfor boʻgʻozida suzib bormoqda. Bir necha daqiqadan soʻng kema Istanbul bandargohiga kiradi”.
Birinchi manzara
Istanbul. Mashhur Kapali charshi oldidagi maydon. Chap va oʻng tomonda timlik rastalar. Orqada shahar, machitlar, minoralar, zamonaviy koʻp qavatli uylar. Uzokda koʻm-koʻk Bosfor koʻrfazi.
Kemalar. Ular ichida yirik boʻlib qizil bayroqli “Beruniy” kemasi ajralib turadi. Bozor oldidagi maydondan turli toifadagi kishilar: turklar, inglizlar, yaponlar oʻtib turadilar. Aravachalarda yuk tortib borayotgan xizmatkorlar, ular ortida sigareta tutatib kelayotgan boyvachchalar. Gazeta sotayotgan bolalarning ovozlari:
– “Gazet! Gazet! Gazet! “Hurriyat”, “Gunoydin”…
Janob prezident hazratlarining maʼruzalari, Jopuniya Amrikoning choʻkmas harbiy kemasi oʻlur!”
Sigareta sotayotgan odam:
“Sigaret, sigaret! “Malburo”, “Malburo!”
Kepqoling!”
Gadoy
(Oʻtkinchiga)
Sadaqa qiling, janob! Sadaqa qiling, ser!
Sahnaning asosiy qismi qorongʻulashadi va old sahnaga yoʻlboshlovchi turk ayol yetagida bir guruh oʻzbek sayyohlar kirib keladilar.
Yoʻlboshlovchi
Mana, keldik. Sharq bozori degan joy shu yer,
Jondan boshqa hamma narsa bunda muhayyo.
Dunyo bozor degan gap bor, lekin aslida
Istanbulning Sharq bozori oʻzi bir dunyo.
U dunyodek bepoyonu dunyodek rangin,
Dunyo kabi savdosi ham, gʻavgʻosi ham koʻp.
U shunday bir saltanatki, boyligi olam,
Sultonlari qatorida gadosi ham koʻp.
Bu tomonda gilam rasta, bu yon zargarlik,
Bu qatorda ketganicha bazzozlik – mato.
Boshdan-oyoq kezmok uchun Sharq bozorini
Bir kun emas, bir hafta ham yetmaydi hatto.
Ammo bizning ixtiyorda ikki soat bor,
Istagancha koʻring, xarid qiling, iltimos.
(Saodat oqsoqlanib toʻdadan ajralib chiqadi va chekkadagi skameykaga oʻtiradi. Uning yoniga Jalol keladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |