III. Yozma nutq
▲ 3-tоpshiriq.O‘z shevangizga xos so‘zlashuv uslubining belgilarini adabiy til me’yorlari bilan qiyoslang va farqlarini tushuntiring.
▲ 4-tоpshiriq.Kitob o‘qish madaniyati haqida bahs-munozara o‘tkazing va namunadagi “Nima uchun?” sxemasini davom ettiring.
Badiiy kitobni mutolaa qilish bugungi kunda nega susaydi?
Vaqtlarini ko‘proq uyali aloqalar bilan o‘tkazishi
tufayli
Bilib oling.Publitsistik uslub
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslub-ning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulo haza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.
1-mаshq.DastlabO‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ini o‘qing. So‘ng har bir bitik mavzusiga o‘zingiz ham xohlagan ikkitasiga mustaqil ijodiy yondashib publisistik uslubda qisqa va lo‘nda jumlalar tuzib ko‘ring.
Rost va yolg‘on
Haqiqatdan qo‘rqqan odam yolg‘onning panasiga berkinadi.
Xom sut emgan banda
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘lik. Tinchlik.
Gunohi - azim
Do‘stni xo‘rlash - gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash - yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash-ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash - cheksiz gunoh.
Qismat
Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi. Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan… farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko‘proq bo‘ladi, birovnikida- qora kataklar…
Oftob
Yaxshiyamki Xudo oftobni bag‘rikeng qilib yaratgan. Bo‘lmasa yer yuzidagi odamlarning illatlarini har kuni ko‘raverib, allaqachon so‘nib qolgan bo‘larmidi…
Do'stlaringiz bilan baham: |