Qoraqalpoq davlat universiteti


-mavzu. Nutqning uslubiy shakllari



Download 3,72 Mb.
bet40/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

10-mavzu. Nutqning uslubiy shakllari
Kitob mutolaasi


1. Savollarga javob bering.

“Mutolaa” soʻzining ma`nosi nima?


Siz qanday kitoblar oʻqiysiz?


Kitoblarni qayerdan yoki qaysi manbalardan topasiz?


O`qigan kitoblaringizdan qaysilarining ta'sirini o`zingizda his qilgansiz?


2. Quyidagi tushunchalarning mavzuga qanday aloqasi borligini misollar yordamida ko`rsatib bering.


Lug`at zaxirasi, fikrni mustaqil ifodalash, mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, tafakkur, kuzatuvchanlik va ziyraklik, ravon nutq, ma'naviy o`sish.




3. Matnni o`qib, fikr yuriting. Xulosalaringiz bilan oʻrtoqlashing.

Kitobni oftobga qiyos qilamiz, “bilimlar xazinasi” deymiz. “Kitob — beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi”, deb yozgan edi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy. Kitob kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan eng buyuk ixtiro, bir avlodning oʻzidan keyingi avlodlarga qoldiradigan bebaho madaniy merosidir. Inson hayotida kitobning oʻrni beqiyosdir. Erishgan bilimlarimiz va ma'lumotimiz uchun biz Kitob deb atalmish bilimlar xazinadoni oldida qarzdormiz. Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish va ma'naviy me'rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan. “Ko`rdimki, eng yaxshi doʻst kitob ekan”, — degan edi Najmiddin Kubro.


Kitob mutolaasi nainki kishining bilim doirasini kengaytiradi, balki uning ma'naviy-ruhiy kamolotida ham muhim oʻrin tutadi. Kitob mutolaasi koʻngil xohishi bilan bogʻliq mashg`ulot. Albatta, hech kim birovni kitob oʻqishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da'vat etish! mumkin, xolos. Kitob mutolaasi insonni hayoti davomida mukofot bilan bilan taqdirlovchi sharafli mehnatdir.


Kitoblar insonga oʻzlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Kitobxonlik tor ma'noda kitob oʻqishni bildirsa, keng ma'noda tanlab oʻqish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini oʻz ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyotdan oziqlanadi. Badiiy adabiyotsiz fikriy teranlik”ka erishib bo`lmaydi.


Biz buyuk asarlarni, kitoblarni oʻqib, ulardagi ajoyib qahramonlarni yoqtirib qolamiz. Ba'zan berilib ketib, ularning hayotlariga aralashib ketamiz-u, nima bilandir ularga oʻxshagimiz, ularning ezgu ishlaridan ibrat olgimiz kelib ketadi. O`zimizdagi ayrim qusurlar”ni anglab olamiz va ulardan poklana borishga harakat qilamiz. Bularning hammasi, asosan, ijobiy qahramon tufayli sodir boʻladi. Insonda didni, saviya va idrokni adabiyot-u san'at tarbiyalaydi.


85/438

Inson qadim-qadimdan ilmga intilib yashaydi. Bu yo`lda esa kitob uning doimiy hamrohi. Oʻtmishda oʻzini ziyoli, martabali sanagan kishilar albatta ma'naviy mulk — xos kutubxonaga ega boʻlganlar.

Bugun kitoblar, kutubxonalarga munosabat oʻzgargan. Bunga birinchi navbatda kundalik hayotimizning kompyuter, internet tarmogʻi bilan bogʻliqligi sababdir.


Javonlarni toʻldirib turuvchi kitoblar endi ixchamgina lazer lappakchasiga ham “sig`adi”. Ammo, tan olish kerak, kitob, bu — kitob... Inson bor ekan, adabiyot va kitob yashashda davom etaveradi. Radio, televideniye, internet bor-ku, ular ma'naviy ehtiyojimizni qondirolmaydimi? — dersiz. Ular hech qachon kitobning oʻrnini bosolmaydi.





Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish