Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XII

Sayohat

Parijda yaxshi kiyingan odamlarga 

duch kelish mumkin, viloyatda esa irodasi 

mustahkam odamlar ko‘proq uchraydi.



Siyes

Ertasi kuni ertalab soat beshlarda, – de Renal xonim hali o‘z 

yotoqxonasidan chiqmagan edi, – Jyulen uning eridan uch kunga 

javob oldi. Shundan so‘ng Jyulen birdan xonimni ko‘rgisi kelib qoldi, 

yigit uning ajoyib qo‘lini eslagandi. U boqqa chiqdi, de Renal xonim-

dan hadeganda darak bo‘lavermadi. Albatta, agar Jyulen sevganida 

edi, xonimning birinchi qavatdagi qiya ochiq deraza ortida turganini 

sezgan bo‘lardi. Xonim peshanasini oynaga tiraganicha yigitga tikilib 

turardi. Nihoyat, u tundagi ahdini unutib boqqa chiqishga jazm qildi. 

Uning odatda oppoq oqarib yuradigan yuzi hozir lovullab turardi. 

Bu soddadil ayol qattiq hayajonda edi: qandaydir nosamimiylik va, 

hatto, chamasi, norozilik odatda uning tiniq ko‘zlarida aks etadigan 

xotirjamlik ifodasiga sharpa tashlab turardi. Bu xotirjamlik go‘yo 

dunyodagi barcha bemaza tashvishlardan hazar qilayotgandek ayol 

chehrasiga o‘zgacha bir joziba baxsh etardi.

Jyulen tez-tez yurib ayolga yaqinlashdi, u xonimning yelkasiga 

naridan-beri tashlangan shol ro‘moli ostidan ko‘rinib turgan ajoyib 

qo‘llariga zavq bilan tikilardi. Ayolning tungi iztiroblardan lovullab 

turgan yonoqlari ertalabki musaffo havodan yanada qizarib ketgan-

dek tuyuldi. Uning sodda, nazokatli, shu bilan birga, ilhombaxsh 

husni, – oddiy ayollarda bunday go‘zallik kamdan-kam uchraydi, 

– Jyulenning o‘zi ham xayoliga keltirmagan ko‘ngil torlaridan qaysi 




80

birini chertib yuborganday bo‘ldi. Jyulen ayolning bu go‘zalligidan 

zavqlanib, unga tikilib borar ekan, o‘zini do‘stona kutib olishlariga 

sirayam shubha qilmas, u hatto bu haqda o‘ylamasdi ham. Xonim 

ochiqdan-ochiq sovuq kutib olganini ko‘rgan yigit hang-mang bo‘lib 

qoldi. Shu zahoti u, beka kim ekanligimni menga pisanda qilyapti, 

degan shubhaga bordi.

Uning lablaridagi quvonchli tabassum birdan so‘ndi-qo‘ydi, u 

o‘zining bu xonadonda, ayniqsa, manovi badavlat asilzoda xonim 

qarshisida qanday o‘rin egallashini esladi. Yigitning yuzi bir zumda 

o‘zgarib ketdi, endi uning yuzida takabburlik, o‘zidan g‘azabla-

nishidan bo‘lak hech qanday ifodani uqib bo‘lmasdi. Xonimni bir 

soatdan buyon kutgani-yu, oqibatda uni shunday xo‘rlaganliklari 

unga qattiq alam qildi.

«Faqat ahmoq odamgina birovlarga jahl qilishi mumkin, – deya 

mulohaza qilardi u o‘zicha. – Tosh og‘irligi uchun yerga tushadi. Nahot 

men umrbod yosh bola bo‘lib qolaversam? Nahot men bu odamlar-

ga nisbatan to‘layotgan pullariga yarasha muomala qilishni o‘rgana 

olmasam? Agar ular meni hurmat qilishlarini, o‘zimni o‘zim hurmat 

qilishni istasam, u holda bu odamlarga ularning boyligi bilan mening 

muhtojligimgina shartnoma tuzganligini, qalbim esa ularning kibr-u 

havosidan ming chaqirim naridaligini, ularning pastkash pisanda-yu, 

iltifotlari mutlaqo ta’sir qilmaydigan yuksaklikda ekanligini uqtirib 

qo‘ymog‘im lozim».

G‘azab, alamini ko‘ngliga sig‘dira olmagan yosh tarbiyachining 

titrayotgan yuzida mutakabbirlik, qattiq qahr ifodasi paydo bo‘ldi. 

De Renal xonim butunlay sarosimaga tushib qoldi. Ayol boya Jyulenni 

sovuq qarshi olishga ahd qilgan edi. Endi ko‘z o‘ngida yigitning yuzi 

birdan shunday o‘zgarib ketganini ko‘rib, unga rahmi keldi, tashvishga 

tushgan va ajablangan xonimning chehrasidagi iltifotsizlik o‘rnini 

hamdardlik ifodasi egalladi. Odatda, ertalab salomatlik yoki ob-havo 

to‘g‘risida aytiladigan shunchaki oddiy so‘zlar ikkovining ham og‘zi-

da qoldi. Muhabbat iztiroblarini chekmaganidan to‘g‘ri fikr yurita 

oladigan Jyulen de Renal xonimga oralaridagi munosabatni do‘stona 

deb hisoblash hatto xayoliga ham kelmaganini namoyish etishning 

yo‘lini topdi: u o‘zining jo‘nab ketayotgani to‘g‘risida bir og‘iz ham 

so‘z aytmay, ta’zim qildi-da, g‘oyib bo‘ldi.

Ayol kechagina do‘stona tikilgan ko‘zlarning hozir naqadar g‘azab 

va nafrat bilan qaraganidan hayratga tushib, yigit ortidan kuzatib tu-



81

rar ekan, uning oldiga katta o‘g‘li yugurib keldi va onasining bo‘yniga 

osilib, qichqirdi:

– Bizlarda esa ta’til boshlandi: janob Jyulen jo‘nab ketyaptilar.

Bu gapni eshitib de Renal xonimning yuragi orqasiga tortib ketdi, 

u boadabligi uchun o‘zini g‘oyatda baxtsiz his etardi, biroq zaifligi 

tufayli yuz karra ko‘proq azob chekardi.

Bu yangi voqea uning tasavvuridagi barcha boshqa gaplarni 

bosib ketdi. Uning andishali mulohazalari bir zumda tumtaraqay 

bo‘ldi. Endi xonim maftun etuvchi oshiqning sevgisi oldida dosh 

berishini emas, balki undan bir umr mahrum bo‘layotganini o‘ylab 

qolgan edi.

U ertalab nonushta tugagunicha tishini tishiga qo‘yib chidab 

o‘tirdi. Ayolning ichidan qirindi o‘tayotgani kamlik qilgandek, janob 

de Renal bilan Dervil xonim nuqul Jyulenning jo‘nab ketishi haqida 

gapirar edilar. Jyulen uch kunga javob so‘rayotib tik gapirgani Verrer 

meriga biroz g‘alati tuyulgan edi.

Turgan gap, kimdir yigitchaga ko‘proq to‘lashga va’da berganga 

o‘xshaydi, bunga shubhalanmasa ham bo‘ladi. Bu taklif janob Valeno-

dan chiqqanmi yoki boshqasidanmi, guverner uchun yiliga olti yuz 

frank sarflash – har qanday odamni ham o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. 

Kecha Verrerda unga, chamasi, o‘ylab ko‘rishlari uchun uch kun kutib 

turish lozimligini aytishgan bo‘lishsa kerak, shu boisdan ham bugun 

ertalab menga aniq javob aytmaslik uchun bu yaramas bola toqqa 

jo‘nab qoldi. Buni qarang-a, kelib-kelib qandaydir zoti past hunar-

mandning ra’yiga qarab o‘tirsam endi, buning ustiga surbetlik qilishini 

aytmaysizmi, kunimiz shunga qolgandan keyin nimayam qilardik.

«Hatto Jyulenni qanday haqorat qilganini o‘zi ham tasavvur qila 

olmaydigan erimki, u biznikidan ketib qolmasa edi, deya xavotirla-

nayotgan ekan, men nima deb o‘ylashim kerak? – derdi o‘ziga o‘zi de 

Renal xonim. – Eh, buning o‘ylaydigan nimasi bor ekan – hammasi 

tamom bo‘ldi».

Yig‘lab-yig‘lab ko‘nglini bo‘shatish va Dervil xonimning savollariga 

javob berishdan qutulish uchun u boshi qattiq og‘riyotganini bahona 

qildi-da, o‘z xonasiga kirib yotib oldi.

– Xotinlarning o‘zi shunaqa bo‘ladi, – deya takrorlardi janob de 

Renal. – Doim biror joylari og‘rib turadi. Juda g‘alati qilib yaratilgan-da 

bu xotinlar.

Shunday deya kula-kula nari ketdi.



82

Kutilmaganda qalbiga otash solgan baxtsiz muhabbatning qurboni 

bo‘lgan de Renal xonim to‘lg‘anib yotar ekan, Jyulen xursand bo‘lib, 

faqat tog‘lardagina uchraydigan ajoyib manzaralarni tomosha qilib 

borardi. U Verjining shimol tomonidagi dovonni oshib o‘tmog‘i lozim 

edi. U yurib borayotgan so‘qmoq ulkan shamshod daraxtlari oralab 

o‘tib, Du vodiysini shimol tomondan to‘sib turgan baland tog‘ yon-

bag‘ridan ilon izi bo‘lib asta yuqorilab ketardi. Du daryosi janubga 

qarab burilib ketgan joydagi tepaliklarni oshib o‘tgan yo‘lovchining 

ko‘z o‘ngida endi Burgundiya va Bojolening serhosil dalalari namoyon 

bo‘ldi. Garchi bu shuhratparast yigit bunday go‘zalliklarni ko‘rganda 

yuragi jiz etmasa-da, u har qalay goho-goho beixtiyor to‘xtab, bu keng 

va ulug‘vor manzaraga ko‘z yugurtirardi.

Nihoyat, u do‘sti, yosh taxtafurush Fuke istiqomat qiladigan 

xilvat vodiyga yetish uchun oshib o‘tishi lozim bo‘lgan baland tog‘ 

cho‘qqisiga ko‘tarildi. Jyulen shu tobda na do‘sti Fukeni, na bironta 

boshqa odamni ko‘rishga oshiqardi. U cho‘qqidagi qoyalar orasida 

qarchig‘ay singari yashirinib o‘tirar ekan, o‘zi tomon kelayotgan har 

qanday odamni yiroqdan ko‘rgan bo‘lardi. Qoyalardan birining tik 

biqinida u kichkinagina g‘orni ko‘rib qoldi. Yigit g‘orga kirdi-da, pana 

joyga o‘rnashib o‘tirib oldi. «Bu yerda meni, – deya dilidan o‘tkazdi u 

xursandlikdan ko‘zlari chaqnab, – bu yerda meni hech kim topa ol-

maydi». Uning xayoliga shu yerda o‘tirib, o‘zining ba’zi mulohazalarini 

yozib qo‘yish fikri kelib qoldi. Bu mulohazalarni har qanday boshqa 

joyda qog‘ozga tushirish juda xavfli edi. To‘rtburchak xarsang unga 

stol xizmatini o‘tadi. Jyulen shunday berilib ketdiki, miyasida g‘ujg‘on 

o‘ynayotgan fikrlarni yozishga ulgurolmay qoldi; shu tobda u atro-

fidagi hech nimani ko‘rmasdi. Nihoyat, u qog‘ozdan ko‘zini uzdi-yu, 

quyoshning yiroqdagi Bojole tog‘ tizmalari ortiga qarab botayotganini 

sezib qoldi.

«Shu yerda tunab qo‘ya qolsam-chi? – deya o‘yladi u. – Nonim 

bo‘lsa bor, erkinman». Bu ulug‘ so‘zni tilga olar ekan, Jyulen zavqdan 

yuragi lop etganini sezdi. Doim mug‘ambirlik qilib yashashga majbur 

bo‘lganidan u hatto do‘sti Fuke bilan ham o‘zini erkin his eta olmas-

di. Bu kichkinagina g‘orda iyagini kaftiga tiraganicha o‘z orzulari va 

erkinlik tuyg‘usidan mast bo‘lib o‘tirgan Jyulen o‘zini hech qachon 

shunday baxtiyor sezmagandi. U tog‘lar ortiga botgan quyoshning 

so‘nggi shu’lasi ham so‘nib borayotganini payqamay qoldi. Jyulen qop-

qorong‘i g‘orda o‘tirib, kelgusida Parijda kechiradigan hayotini yuragi 



83

orziqib tasavvur qilardi. Avvalo uning ko‘z o‘ngida go‘zal bir ayol 

namoyon bo‘ldi, ayol shu qadar go‘zal va olijanobki, Jyulen bunaqasini 

provinsiyada sira uchratmagan. Yigit o‘sha ayolni yurak-yuragidan 

sevadi, ayol ham usiz yashay olmaydi... U doim o‘z mahbubasi bilan 

birga bo‘ladi, mabodo uni tark etsa ham juda qisqa muddatga, ulug‘ 

ishlar qilib shuhrat qozonish va uning sevgisiga munosibroq bo‘lish 

uchungina tark etadi.

Parijdagi kiborlar jamiyatining ayanchli muhitida o‘sib ulg‘aygan 

biror yigit, agar u Jyulen kabi xayolparast bo‘lgan taqdirda ham, 

bunday orzu-xayollarga berilganini sezib qolsa, beixtiyor iljayib 

qo‘yardi, axir: «Mahbubasin tark etsa gar qaysi bir o‘g‘lon, bevafolik 

qilar unga har kuni jonon!» – degan haqiqat barchaga ma’lum-ku, 

bu haqiqat buyuk ishlar qilib shuhrat qozonish haqidagi orzularni 

bir zumda uning miyasidan siqib chiqargan bo‘lardi. Biroq manavi 

dehqon yigitchaning buyuk jasorat ko‘rsatishiga esa shunchaki bir 

tasodif yetishmayotgandek edi.

Bu orada qorong‘i tun borliqqa allaqachon qora pardasini yoygan 

bo‘lib, Fuke yashaydigan qishloqqacha esa yana o‘n chaqirim yo‘l 

yurmoq lozim edi. G‘orni tark etishdan avval Jyulen gulxan yoqdi-da

boya yozgan barcha qog‘ozlarini o‘tga tashladi.

Jyulen kechasi soat birda eshikni taqillatganida do‘sti uni ko‘rib 

hang-mang bo‘lib qoldi. Fuke hisob-kitob daftari ustida bosh qotirib 

o‘tirganidan hali uxlamagan ekan. U norg‘uldan kelgan, yuz tuzilishi 

xunukroq, burni mushtday, beso‘naqay bir yigit bo‘lsa-da, aslida juda 

ham ko‘ngli ochiq, xushfe’l edi.

– Buncha bemahal kelmasang? Bu deyman, o‘sha janob de Renal 

bilan urishib qolmadingmi, ishqilib?

Jyulen kechagi voqealarni do‘stiga aytib berdi. U Fukedan hech 

narsani yashirmaslik lozim, deb hisoblardi.

– Menikida qola qol, – dedi unga Fuke. – Ko‘rib turibman: janob 

de Renalni ham, Valenoni ham, prefekt yordamchisi Mojironni ham, 

kyure Shelanni ham, ularning barcha hiyla-nayranglarini ham endi 

yaxshi tushunib olibsan. Hozir ayni pudrat savdosi bilan shug‘ulla-

nadigan payting. Arifmetika ilmida mendan ancha kuchlisan, hisob-ki-

tobni olib borarding, axir bu savdo-sotiqdan mo‘maygina pul topyap-

man. Ammo hisob-kitob ishlariga vaqt yetishmaydi, bironta odamni 

shirkatga olishga esa, muttaham chiqib qoladimi, deb qo‘rqasan. 

Faqat shuni deb Xudoning bergan kuni biror mo‘may ishdan quruq 



84

qolasan kishi. Mana bundan bir oy ilgari manovi Mishoga olti ming 

frank ishlab olishiga imkon berib qo‘ydim, Sent-Amanda yashaydigan 

Mishoni aytyapman, uni taniysan. Uni olti yil ko‘rmagan edim, taso-

difan Pontarledagi kimoshdi bozorida uchratib qoldim. Xo‘sh, o‘sha 

olti mingni yoki hech bo‘lmasa, uch mingni sen ishlab olsang nima 

qilardi? Agar o‘shanda yonimda bo‘lganingda edi, o‘sha bir to‘da tax-

taning bahosini oshirib, barchasining hafsalasini pir qilardim-u mol 

o‘zimizga qolardi. Menga sherik bo‘la qolsang-chi.

Fukening bu taklifi Jyulenning dilini biroz ranjitdi: bu gaplar uning 

xom xayollariga mutlaqo to‘g‘ri kelmasdi. Fuke yolg‘iz o‘zi yashardi, 

shuning uchun ham do‘stlar Gomer qahramonlariday o‘zlari ovqat 

pishirib tamaddi qilishar ekan, do‘sti Jyulenga taxtafurushlik qanday 

foydali ish ekanligini isbotlamoqchi bo‘lib unga o‘zining hisob-kitob 

daftarini ko‘rsatdi. Fuke do‘stini juda bilimdon va halol odam deb 

hisoblardi.

Mana, nihoyat, Jyulen qora qarag‘ay xodalaridan qurilgan kich-

kinagina hujrada yolg‘iz o‘zi qoldi. «Rosti bilan ham men bu yerda 

bir necha ming frank ishlab olishim mumkin, – dedi u o‘ziga o‘zi, – 

keyin, o‘sha paytda Fransiyada nima rasm bo‘lishiga qarab, harbiy 

mundirnimi yoki ruhoniylik ridosinimi bamaylixotir tanlayveraman. 

U paytga borib orttirgan jamg‘armalarim barcha to‘siqlarni bartaraf 

etadi. Tog‘dagi bu xilvatgohda esa men anovi janobi kiborlar qizi-

qadigan barcha muhim materiyalar bobidagi jaholatdan asta-sekin 

qutulib olaman. Biroq Fuke hali-veri uylanmoqchi emas, o‘zi esa, bu 

yerda yolg‘izlikdan qiynalyapman, deya noliyapti. Agar u o‘z ishiga 

hech qanday dastmoya qo‘sholmaydigan bir odamni sherik qilib 

olayotgan ekan, demak, u bu odamning hech qachon uni tashlab 

ketmasligiga umid qiladi».

– Nahot men do‘stimni aldasam? – deya g‘azab bilan xitob qildi 

Jyulen. Ishlarini yurishtirish uchun tullaklik qilib yurgan, birovga 

nisbatan mehr nimaligini bilmaydigan bu g‘alati yigit shu tobda 

mehribon do‘stiga xiyol bo‘lsa-da, nomardlik qilishni hatto xayoliga 

ham keltira olmasdi.

Shu payt birdan Jyulenning chehrasi yorishib ketdi – u do‘stining 

taklifini rad etishga bahona topgan edi. «Qanaqasiga endi? Yetti-sakkiz 

yil umrni benom-u nishon o‘tkazish-a? Axir u paytga borib yigirma 

sakkizni urib qo‘yaman. Bonapart bu yoshda o‘zining eng buyuk ish-

larini bajarib bo‘lgandi. Hech kim tanimaydigan menday kamtarin bir 



85

odam kimoshdi bozorlarida o‘ralashib yurib qandaydir muttaham 

mansabdorlarning iltifotini qozonib, nihoyat, biroz pul ham jamg‘ar-

dim, deylik. Lekin, kim bilsin, o‘sha paytga borib qalbimda shuhrat 

qozonish uchun lozim bo‘lgan ilohiy olovdan hech bo‘lmasa uchquni 

qolarmikin».

Ertasiga ertalab Jyulen masala hal bo‘ldi, deb yurgan mehribon 

Fukega o‘ta sovuqqonlik bilan ruhoniylik martabasiga bo‘lgan e’tiqodi 

tufayli uning taklifini qabul qila olmasligini aytdi. Fuke ajablanganidan 

kalovlanib qoldi.

– Bunday o‘ylab ko‘rsang-chi, – derdi u do‘stiga, – axir men seni 

sherik qilib olyapman, agar sherikchilikni istamasang, u holda yiliga 

to‘rt ming maosh belgilay. Sen bo‘lsang buning o‘rniga, yana o‘sha 

janob de Renalning uyiga qaytsam, deysan. Axir u seni, qora yer 

qilsam deydi-ku. Ikki yuz-uch yuz oltin yiqqaningdan keyin o‘sha 

seminariyangga borib o‘qiyverasan, kim to‘sqinlik qilardi? Senga yana 

bir narsani aytib qo‘yay: shu atrofdagi eng yaxshi qavmni senga o‘zim 

to‘g‘rilab beraman. Bilasanmi, – deya qo‘shimcha qildi Fuke tovushini 

pasaytirib o‘sha janob ***, janob *** va janob ***larning bariga men 

o‘tin yetkazib beraman. Ularga men a’lo nav o‘tin, eman g‘o‘lalarini 

olib boraman, janoblar esa singan shox-shabba sifatida haq to‘lashadi, 

turgan gap, menga ham nafi tegadi, albatta, puldan foyda chiqarish-

ning bundan yaxshiroq usuli bo‘lmasa kerak.

Biroq Jyulen o‘z gapida qattiq turib oldi. Nihoyat Fuke, do‘stim 

biroz aqldan ozibdi, degan qarorga keldi. Uchinchi kuni azonda, tong 

yorisha boshlashi bilan Jyulen do‘sti bilan xayrlashib chiqib ketdi; 

bugungi kunni u tog‘dagi qoyalar orasida o‘tkazmoqchi edi. Yigit 

o‘sha kichkina g‘orni qidirib topdi, biroq endi uning ko‘ngli notinch 

edi: Fukening taklifi uni alag‘da qilib qo‘ygandi. U Gerakl kabi ikki 

yo‘ldan birini: yo ezgulikni, yo qusurni tanlashi, tanlaganda ham yo 

kelajakda durustgina boylik orttirishga imkon beradigan, yo yosh-

likdagi qahramonona orzu-umidlar yo‘lini tanlamog‘i lozim bo‘lardi. 

«Demak, menda chinakam qat’iyat yo‘q ekan, – derdi u o‘ziga o‘zi. 

Hammasidan ham unga ana shu gumon ko‘proq azob bermoqda edi. 

– Rizq-ro‘zimni topish uchun sarflamoqchi bo‘lgan ana shu sakkiz yil 

ichida qahramonona ishlar qilishga undaydigan ilohiy kuchdan ajra-

lib qolaman, deb qo‘qyapmanmi, demak, mening tuprog‘im boshqa 

joydan olingan. Ulug‘ kishilarning zuvalasi boshqacharoq bo‘ladi».




86


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish