XV
Xo‘roz qichqirdi
Lotincha ishqdir «amor»,
Ishqdandir bori maraz,
Isnod-u oh-u ozor,
G‘arqi yosh, g‘urbat, g‘araz.
«Ishq gerbi» qo‘shiqlar kitobi
O‘zini asossiz ravishda, juda ayyorman, deb hisoblaydigan Jyu-
lenning dilida xiyol bo‘lsa-da, quvlik bo‘lganida edi, ertasiga u o‘zini
Verrerga qilgan sayohati natijasida erishgan ajoyib muvaffaqiyati bilan
tabriklagan bo‘lardi. Jyulen g‘oyib bo‘ldi-yu, uning barcha xatolari
unutildi-qo‘ydi. Biroq kuni bilan uning qovog‘idan qor yog‘ib yurdi,
faqat kechqurun qosh qoraya boshlaganidan keyingina uning miyasiga
shu qadar g‘aroyib bir fikr keldiki, bu fikrni u mislsiz jasorat bilan
darhol de Renal xonimga xabar qilishni lozim topdi. Ular bog‘dagi
joylariga borib o‘tirishlari bilanoq Jyulen hatto butunlay qorong‘i
tushishini ham kutmasdan, de Renal xonimning nomiga dog‘ tushirishi
mumkinligini sira o‘ylamay, uning qulog‘iga shivirladi:
– Xonim, bugun tunda soat roppa-rosa ikkida xonangizga kiraman,
siz bilan gaplashib oladigan zarur gapim bor.
Jyulen, beka birdan rozi bo‘lsa-ya, degan fikrdan qo‘rqib, dag-dag‘
titrardi. Maftunkor don Juan roli uni shu qadar ezib yuborgan ediki,
agar o‘ziga erk bersa, o‘sha xonimlarini ko‘rmaslik uchun bir necha
kun xonasiga qamalib olgan bo‘lardi. U kechagi ajoyib xulq-atvori
bilan bir kun oldin osongina erishgan barcha yutuqlarini qora yer
qilganini yaxshi tushunardi va shu boisdan ham endi o‘zini qanday
tutishni bilmay qolgandi.
De Renal xonim Jyulenning yurak yutib aytgan bu gustoxona
taklifiga chin ko‘ngildan chiqqan qahr-g‘azab bilan javob qildi. Yig-
itning bu qisqa javobida nafrat sezgandek bo‘ldi. Shubhasiz, deyarli
shivirlab aytilgan bu jumlada «E seni!» degan so‘z ham bor edi. Jyu-
len, bolalarga nimanidir aytishim kerak, degan bahonada ularning
oldiga kirib ketdi-da, qaytib kelgach, de Renal xonimdan iloji boricha
uzoqroqqa, Dervil xonimning yoniga o‘tirdi. Shu yo‘sinda u bekaning
qo‘lini ushlash imkoniyatidan o‘zini butunlay mahrum etdi. Suhbat
96
jiddiy tus oldi va Jyulen bir necha marta birdan boshi qotib, jimib
qolganini hisobga olmaganda, juda aqlli gaplar aytib o‘tirdi. «Uch
kun burun, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – de Renal xonim menga ochiqdan-
ochiq moyilligini sezdirgandi. O‘shanda, u endi meniki, deb o‘ylab
qolgan edim! Yana uning iltifotini qozonish uchun biror hiyla o‘ylab
topishim kerak».
Jyulen shunday mushkul ahvolga tushib qolishiga o‘zi aybdor
bo‘lib, ruhan juda ezilgan edi. Binobarin, muvaffaqiyatga erishgudek
bo‘lsa, u battar esankirab qolishi turgan gap edi.
Soat o‘n ikkilarga yaqin hammasi xona-xonasiga tarqalishgach, u
dili xufton bo‘lib Dervil xonim mendan qattiq nafratlanadi, de Renal
xonimning ham menga munosabati undan yaxshi bo‘lmasa kerak,
degan qarorga keldi.
Ta’bi g‘oyatda tirriq bo‘lgan, benihoya xo‘rligi kelgan Jyulenning
sira uyqusi kelmadi. Biroq yigit munofiqlikni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘z
rejalaridan voz kechishni va de Renal xonim huzurida yosh bola
kabi kundalik quvonchlarga qanoat qilib yashashni xayoliga ham
keltirmasdi.
U bosh qotirib, turli hiyla-nayranglar o‘ylab topar, biroq oradan bir
daqiqa o‘tgach, bularning bari mutlaqo bema’ni gap bo‘lib tuyulardi;
xullas, u o‘zini benihoya baxtsiz his etib yotar ekan, birdan qasrdagi
katta soat ikki marta bong urdi.
Havoriy Pyotr xo‘rozning qichqirig‘ini eshitib qanday o‘ziga
kelgan bo‘lsa, bu sado Jyulenni ham shunday hushiga keltirdi. U
qanday mudhish voqea sodir bo‘lganini angladi. Yigit xonimga sur-
betlarcha o‘sha gapni aytganidan so‘ng bu haqda biron marta ham
eslamagan edi – axir bu gapni eshitib bekaning qattiq jahli chiqqan
edi-da!
«Men unga soat ikkida oldingizga kiraman, dedim, – deya o‘zi-
cha mulohaza yuritardi u o‘rnidan turar ekan, – oddiy dehqon-
ning bolasi bo‘lganim uchun ham men johil va to‘pori bo‘lishim
mumkin, Dervil xonim buni menga ochiqdan-ochiq shama qildi,
lekin men jillaqursa hech narsaga arzimaydigan odam emasligimni
isbotlayman».
Chindan ham Jyulen o‘z matonati bilan faxrlansa arzigudek edi:
shu paytgacha u o‘zini shu qadar dahshatli ravishda zo‘rlamagan-
di. O‘z xonasining eshigini ochib yo‘lakka chiqar ekan, dag‘-dag‘
qaltirab, tizzalari bukilib ketaverganidan u devorga suyanib qoldi.
97
Jyulen ataylab shippagini kiymagan edi. Yo‘lakka chiqqach, u janob
de Renalning eshigi oldiga borib quloq soldi: u yerdan kuchli xurrak
ovozi eshitilmoqda edi. U butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Demak,
xonimning oldiga kirmaslik uchun hech qanday bahona qolmadi.
Lekin, – yo Parvardigor! – bekaning xonasida u nima qiladi axir?
Shu tobda uning miyasida hech qanday reja yo‘q edi, hatto reja tuzib
qo‘ygan taqdirda ham u hozir shunday bir sarosimaga tushib qolgan
ediki, baribir bu rejani bajara olmasdi.
Nihoyat, u bundan ko‘ra o‘limga borish ming marta osonroq edi,
deya o‘ylaganicha, o‘zini-o‘zi zo‘rlab, de Renal xonimning yotoqxonasi
yonidagi kichkina dahlizga kirdi. U qo‘llari qaltirab tutqichni tortgan
edi, eshik qattiq gichirlab ochildi.
Xona yorug‘ edi, kamin ustida soyabonli tungi chiroq yoqib
qo‘yilgandi, – ana xolos, – bir kami shu edi o‘zi! Jyulenni ko‘rib de
Renal xonim sapchib o‘rnidan turdi. «Badbaxt!» – deya qichqirdi u.
Bir zum ikkovi ham sarosimaga tushib qolishdi. Ana shunda Jyulen
barcha xom xayollarini unutdi-yu, asl holiga tushdi-qo‘ydi. Shunday
dilbar ayol tomonidan muhabbatining rad etilishi unga dunyodagi
eng katta baxtsizlik bo‘lib tuyuldi. Xonimning ta’nalariga javoban
Jyulen uning oyog‘iga yiqildi-da, tizzasidan quchoqlab oldi. Biroq
ayol g‘azab bilan uni koyishda davom etavergan edi, Jyulen birdan
ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Oradan bir necha soat o‘tgach, Jyulen de Renal xonimning
yotoqxonasidan chiqib kelganida, u haqda, odatda romanlarda
aytiladigandek, endi uning armoni qolmadi, deyish mumkin edi.
Chindan ham xonim qalbida sevgi uyg‘ota olgan va ayolning latofati
kutilmaganda uni o‘ziga maftun qilgan Jyulenga shunday g‘alaba
in’om etgandiki, u o‘sha beso‘naqay hiyla-nayranglari bilan bu
g‘alabaga o‘lsayam erisholmagan bo‘lardi. Lekin hatto eng lazzatli
onlarda ham ahmoqona kibr-havosining quli bo‘lgan bu odam
o‘zini xotinlarni shaydo qiluvchi uchar qilib ko‘rsatishga urinar
va o‘zidagi barcha jozibali xislatlarni bir pul qilishga o‘lib-tirilib
harakat qilar edi. O‘zi uyg‘otgan ehtirosdan, cho‘chish natijasida
yanada jo‘sh urgan muhabbatdan lazzatlanish o‘rniga u nuqul o‘z
burchini o‘ylardi. U o‘zi o‘ylab chiqargan idealdan xiyol chetlash-
sa, keyinchalik qattiq pushaymon bo‘lishidan, o‘zini-o‘zi hurmat
qilmay qo‘yishidan qo‘rqardi. Xullasi kalom, Jyulenni oliy tartib-
dagi inson ekanligini ta’kidlovchi xuddi ana shu tuyg‘ulari boshiga
98
qo‘nayotgan baxtdan lazzatlanishiga xalal bermoqda edi. Yonoqlari
anordek o‘n olti yoshli qizgina balga borish oldidan yuziga qizil
surtishni shart deb hisoblaydi. Jyulenni ko‘rib o‘lgudek qo‘rqib ket-
gan de Renal xonim avvaliga butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, keyin
esa hayajonning zo‘ridan o‘zini bosolmay qoldi. Jyulenning ko‘z
yoshlari, uning umidsizlikka tushgani xonimning es-hushini olib
qo‘ydi.
Hatto murod hosil bo‘lib, endi yo‘q deyishga hojat qolmaganidan
keyin ham xonim birdan astoydil g‘azablanib yigitni itarib yuborar
va shu ondayoq yana o‘zi uning quchog‘iga otilar edi. Bularning ba-
rini u sira ham ataylab qilayotgani yo‘q edi. U endi o‘zini, butunlay
badnom bo‘ldim, deya hisoblar ekan, jahannam sharpasidan qochib,
Jyulenning quchog‘iga yashirinardi va ehtiros bilan uni erkalay
boshlardi. Xullas, qahramonimizning rohat-farog‘ati uchun uning
o‘zi bu ayol qalbida uyg‘otgan tabiiy jo‘shqinlikka qadar barcha
narsa mavjud bo‘lib, faqat yigit bundan lazzatlana olsa bo‘lgani
edi, Jyulen xonadan chiqib ketganidan keyin ham ayol anchagacha
ehtirosli hayajondan qaltirab, qilgan gunohidan dahshatga tushib
yotdi.
«Yo Tangrim! Sevgi baxti deganlari shumi hali? Bor gap shumi?!»
O‘z xonasiga kirib olganidan so‘ng Jyulenning miyasiga kelgan bi-
rinchi xayol ana shu bo‘ldi. Hozir u chin ko‘ngildan hayratga tushib,
qandaydir dovdirab qolgandi. Odatda, anchadan buyon intilib kelgan
narsasiga erishsa, inson qalbini ana shunday his-tuyg‘ular qoplaydi.
Chunki u doim bir narsani istar edi, ammo endi armoni qolmadi,
xotiralar esa hali yo‘q. Jyulen paraddan qaytgan askar kabi, barcha
tafsilotlarni xotirasidan birma-bir o‘tkaza boshladi. «Burch amri bilan
bajarishim lozim bo‘lgan biror narsani unutmadimmikin? Rolimni
yaxshi bajardimmikin ishqilib?»
Qanday rolni deysizmi? Ayollarni o‘ziga maftun etishga o‘rganib
qolgan odam rolini-da, albaxta.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |