Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XI

Kechki payt

Yet Julia’s very conlness still was kind,

And tremulously gentle her small hand

Withdrew itself from his, but left behind

A slight, so very slight that to the mind

Twas but a doubt.



Don Juan, c. I. st. 71

8

Biroq Nerrerda ham birrov ko‘rinish bermog‘i lozim edi. Uning 



omadi keldi. Jyulen kyurening oldidan chiqqan zahoti janob Valenoga 

duch kelib qoldi-yu, darhol unga maoshi oshganligini aytdi.

Verjiga qaytgach, Jyulen qorong‘i tushgunicha kutib turdi-da, 

shundan keyingina bog‘ tomon ravona bo‘ldi. U bugun boshidan 

kechirgan barcha mashmashalardan so‘ng ruhan charchagan edi. 

«Ularga nima deyman?» – deya bezovta bo‘lib o‘ylardi u, xonimlari 

haqida eslar ekan, uning xuddi hozirgi ruhiy holati odatda ayollarni 

qiziqtiradigan barcha mayda tasodiflarga juda monand ekanligi esa 

Jyulenning xayoliga ham kelmasdi.

Dervil xonim va, hatto, uning dugonasi ham ko‘pincha Jyulenni 

tushunolmay qolishardi, lekin u ham, o‘z navbatida, xonimlarning 

gapini chalakam-chatti tushunardi. Shuhratparast yigit qalbida jo‘sh 

uruvchi ehtiroslar shiddati – ta’bir joiz bo‘lsa – ulug‘vorligi ularga 

ana shunday ta’sir qilardi. Bu g‘aroyib yigitning qalbida esa har kuni 

to‘fonlar ko‘tarilib turardi.

Biroq bu oqshom bog‘ tomon yo‘l olar ekan, Jyulen ko‘hlikkina 

xolavachchalarning orzu-istaklarini bajonidil tinglashga moyil edi. 

Xonimlar uni ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutib o‘tirishgan ekan. Jyulen de 

Renal xonimning yoniga, o‘zining odatdagi joyiga borib o‘tirdi. Tezda 

8

 Unga yarashib turar hattoki kibr-u havo, 



Nogoh titrab ketdi-yu oppoqqina qo‘lchasi 

Yigitning qo‘llaridan sirg‘alib chiqib kеtdi, 

Ketarkan, yigit qo‘lin ohista qisib qo‘ydi, 

Sezib bo‘lmas holatda ediki, bu zamzama: 

«Nahotki shundoq bo‘lsa?» – dеdi xo‘rsinib yigit. 

 

 

 

Bayron. «Don Juan», I bob, 71-band.



75

qorong‘i tushdi. Yigit boyadan beri oldidagi stul suyanchig‘ida ko‘rib 

turgan oppoq qo‘lni kaftiga olishga urinib ko‘rdi. Qo‘l avvaliga ikkila-

nib turdi-da, keyin shartta kaftidan siltanib chiqdi, Jyulen o‘zidan xafa 

ekanliklarini yaqqol his etdi. Yigit ortiqcha tirg‘almay quvnoqlik bilan 

u yoq-bu yoqdan gap sotib o‘tirgan edi, birdan janob de Renalning 

qadam tovushi eshitilib qoldi.

Janob merning ertalab aytgan qo‘pol gaplari hamon Jyulenning 

qulog‘ida jaranglab turardi. «Pulining kuchi tufayli ko‘ngliga kelganini 

qaytarmaydigan manovi to‘ngizning ustidan bir kulmaymanmi, – deya 

xayolidan o‘tkazdi u. – Hozir, xuddi o‘zining oldida xotinining qo‘lini 

ushlayman. Ha, ha, xuddi shunday qilaman, ertalab u meni nafrat bilan 

tahqirlagan edi. Men esa xotinining qo‘lini ushlayman».

Shu daqiqadan boshlab Jyulenning tabiatiga mutlaqo begona 

bo‘lgan xotirjamlik uni tark etdi. Bu istak uning butun qalbini qamrab 

oldi, shu tobda u boshqa hech narsani o‘ylay olmasdi. Shunday qilish 

kerakki, qo‘lini ushlaganda de Renal xonim indamasin.

Janob de Renal darg‘azab bo‘lib siyosatdan gapirmoqda edi: Ver-

rerdagi ikki-uch fabrikantning hamyoni ancha qappayib qolibdi, chama-

si, yaqin orada ular bundan ham badavlat bo‘lib ketsa kerak, turgan gap, 

saylov paytida ular janob merning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladilar. Dervil 

xonim diqqat bilan quloq solib o‘tirardi. Bu safsata sotishdan zardasi 

qaynagan Jyulen stulini de Renal xonimga yaqinroq surdi. Atrof shu 

qadar qorong‘i ediki, hech nima ko‘rinmasdi. U yurak betlab qo‘lini 

xonimning tirsagidan yuqorisigacha yalang‘och bejirim qo‘li yoniga 

qo‘ydi. U hayajonlanib, butun fikri, xayoli parokanda bo‘lib ketdi, u o‘sha 

ajoyib qo‘lga yuzini tekkizdi-da, birdan dadillanib, uni lablariga bosdi.

De Renal xonim qaltirab ketdi. Axir eri bor-yo‘g‘i to‘rt qadamcha 

narida o‘tirgan edi-da, xonim darhol qo‘lini Jyulenga uzatdi va shu 

bilan birga uni o‘zidan xiyol nariga itarib qo‘ydi. Janob de Renal 

hamyonini qappaytirib yotgan anovi muttaham va yakobinchilarni 

yanib, ularni la’natlar ekan, Jyulen uzatilgan qo‘lni ehtiros bilan ket-

ma-ket o‘pardi, lekin, ehtimol bu bo‘salar faqat de Renal xonimgagina 

shunday ehtirosli bo‘lib tuyulayotgandir. Bo‘lmasam boyaqish xonim 

o‘zi uchun mash’um bo‘lgan shu kuni joni dilidan sevishini o‘zi ham 

tan olmay yurgan odamining o‘zga bir mahbubaga ko‘ngil berganligi 

haqidagi dalilni qo‘lida tutib turgan edi. Jyulen uyda yo‘qligida xonim 

kuni bo‘yi o‘zini juda baxtsiz his etdi va bu hol uni birmuncha mulo-

haza yuritishga majbur qildi.



76

«Bu qanaqasi, nahot sevib qolgan bo‘lsam? – derdi u o‘ziga o‘zi. 

– Men sevib qoldimmi? Nima balo, erim, bola-chaqam bo‘lsa ham 

birdan sevib qolsam-a? Lekin men qalbimda erimga nisbatan Jyu-

lenni bir zumga bo‘lsa-da, unutishimga yo‘l qo‘ymaydigan manovi 

mudhish vasvasaga o‘xshash tuyg‘uni sirayam his etmagan edim-ku. 

Axir Jyulen aslini olganda hali yosh bola-ku, u shunchaki meni juda 

hurmat qiladi. Bu vasvasa o‘tib ketadi, albatta. Bu yigitchaga nisbatan 

dilimda qanday his-tuyg‘u borligi erim uchun baribir emasmi? Jyulen 

bilan qiladigan suhbatlarimizni, uning barcha fantaziyalarini eshitsa, 

janob de Renal zerikib o‘lardi; unga bu gaplarning nima keragi bor? U 

o‘z ishlari bilan band, boz ustiga men Jyulenni deb uni biror jihatdan 

kamsitayotganim yo‘q-ku».

Ilgari sira his etmagan muhabbat tuyg‘usidan aldangan bu sodda-

dil ayol qalbida munofiqlikdan asar ham yo‘q edi. U aldanganini o‘zi 

ham sezmagan bo‘lsa-da, vijdoni beixtiyor bezovta bo‘la boshladi. Jyu-

len bog‘da paydo bo‘lganida xonim dilidagi ana shu kurashdan iztirob 

chekmoqda edi. De Renal xonim Jyulenning tovushini eshitdi-yu, shu 

zahoti uning yoniga kelib o‘tirganini ko‘rdi. Xonimning yuragi go‘yo 

baxt unga qanot bag‘ishlagandek bir orziqib tushdi. Bu baxtiyorlik 

tuyg‘usi shu ikki hafta davomida har kuni xonimning ko‘nglini band 

etishdan ham ko‘ra ko‘proq uni har gal benihoya hayratga solardi. 

Biroq oradan bir daqiqa o‘tdi. «Bu qanaqasi bo‘ldi? – dedi xonim 

o‘ziga o‘zi. – Demak, uni ko‘rishim bilan hamma gunohlarini kechirib 

yuraverar ekanman-da». Uning yuragi orqasiga tortib ketdi, xuddi ana 

shu payt xonim qo‘lini tortib oldi.

Yigitning ehtirosli bo‘salari, – shu paytga qadar xonimning qo‘lini 

hech kim bunday o‘pmagan edi, – Jyulen, ehtimol, boshqa biron ayolni 

sevar, degan fikrni uning miyasidan darhol chiqarib yubordi. Jyulen 

endi uning oldida mutlaqo begunoh edi. Shubha natijasida tug‘ilgan 

achchiq alam bir zumda g‘oyib bo‘ldi, ilgari hatto tushiga ham kirmagan 

huzur-halovat tuyg‘usidan esa uning qalbi sevgi nashidasi va cheksiz 

quvonch bilan to‘lib-toshdi. Boyib ketgan fabrikantlarni sira unutolmay 

o‘tirgan Verrer meridan bo‘lak barchaga bu kecha juda ajoyib tuyulardi. 

Jyulen o‘zining qora niyati, shirin orzularini butunlay unutib qo‘ygandi, 

holbuki bu orzularni ro‘yobga chiqarmoq uchun qanchadan-qancha 

to‘siqlarni yengib o‘tishi lozim edi. U umrida birinchi bor go‘zallikning 

qudratli kuchini his etmoqda edi. Yigit o‘zi uchun sirayam xos bo‘lmagan 

qandaydir mavhum va shirin xayollar og‘ushida o‘tirar ekan, ta’rifiga 



77

til ojiz bo‘lgan, jozibasi bilan maftun etgan manovi ajoyib qo‘lni ohista 

qisib erkalar va ko‘zlarini yumib, arg‘uvon yaproqlarining tungi mayin 

shabadadan shildirashiga, Du sohilida joylashgan tegirmondagi itlar-

ning yiroqdan hurishiga quloq solardi.

Biroq u hozir ehtirosga berilmay, shunchaki ko‘ngilli hordiq chiqa-

rayotgan edi. O‘z xonasiga qaytar ekan, u faqat sevimli kitobini yana 

qo‘liga olgach, qanday huzur qilib o‘qishini o‘ylardi, chunki yigirma 

yoshli yigit uchun keng dunyo haqidagi, bu dunyoni qay yo‘sinda 

hayratga solishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar hamma narsadan ham 

ustun turardi.

Ammo u birozdan so‘ng kitobni bir chetga surib qo‘ydi. Napoleon-

ning zafarli yurishlari to‘g‘risida xayol surar ekan, u o‘zining bugungi 

g‘alabasiga ham qandaydir boshqacha qarardi. «Ha, men jangda g‘olib 

chiqdim, – dedi u o‘ziga o‘zi. – Shunday ekan, bu g‘alabadan foyda-

lanmoq kerak, hozircha chekinar ekan, bu kekkaygan asilzodaning 

popugini pasaytirib qo‘ymoq darkor. Napoleon temirni ana shunday 

qizig‘ida bosgan. Undan uch kunga javob berishini talab qilaman, 

shunda do‘stim Fukeni ko‘rib kelishim mumkin. Agar janob de Renal 

yo‘q desa, unda butunlay ketaman, deb po‘pisa qilaman, qayoqqa 

borardi, javob beradi albatta».

De Renal xonim kechasi bilan mijja qoqmay chiqdi. Xonimga shu 

paytga qadar o‘zi umuman yashamagandek tuyulardi. U Jyulen qo‘lini 

ehtiros bilan o‘pgan o‘sha shirin damlarni qayta-qayta eslar ekan, 

qalbida o‘sha mastona tuyg‘uni his etardi.

Shu payt birdan uning xayolidan bevafolik degan dahshatli so‘z 

yalt etib o‘tdi. Hissiy muhabbat tushunchasiga kiradigan barcha jir-

kanch ishlar, tubanlik, fosiqlik tuyqusdan uning ko‘z o‘ngida namoyon 

bo‘ldi. Xayolida ko‘ringan bu manzaralar esa nozik va ajoyib obraz 

– uning Jyulen haqidagi va uni sevishdek baxt to‘g‘risidagi orzusini 

bo‘lg‘ayotgandek edi. Kelajak uning ko‘z o‘ngida dahshatli bir tarzda 

gavdalanardi. Xonim barcha undan qanday nafratlanishini tasavvur 

qila boshladi. 

Uning uchun bu dahshatli daqiqalar edi – xonim qalbida allaqan-

day tuyg‘ular uyg‘ondi. Xonim ilgari sira ko‘rmagan huzur-halovat 

mazasini endi tatib ko‘rmoqchi bo‘lgan ham edi, dahshatli azob 

iskanjasiga giriftor bo‘ldi-qoldi. U shunday iztirob chekish mumkin-

ligini ilgari sira ham tasavvur qilmagan edi, uning miyasi gangib qol-

di. U bir daqiqa erimga Jyulenni sevib qolishdan cho‘chiyotganimni 



78

aytsammikin, degan xayolga ham bordi. U holda eriga Jyulen haqida 

barcha gaplarni aytib berishga to‘g‘ri keladi-ku. Baxtiga, shu payt 

u bir vaqtlar to‘yi arafasida xolasi qilgan pand-nasihatlarni eslab 

qoldi. Xolasi, xotin kishi eriga hamma gapniyam aytavermasligi ke-

rakligini, chunki er har qalay xotiniga nisbatan hukmdor ekanligini 

uning qulog‘iga quygan edi. De Renal xonim nima qilarini bilmay 

garangsib qoldi.

U iztirob chekar ekan, miyasida bir-biriga zid bo‘lgan fikrlar 

g‘ujgon o‘ynardi. Goho u, Jyulen meni sevmasa-ya, deb cho‘chirdi, goho 

esa dahshatga tushib, o‘zini jinoyatchi his etardi va go‘yo ertagayoq 

bo‘yniga bevafo xotin deb yozilgan taxtachani osib Verrerdagi sha-

har maydonida butun xalq oldida sazoyi qilib, qatl etishayotgandek 

seskanib tushardi. De Renal xonimning mutlaqo hayot tajribasi yo‘q 

edi, shu boisdan es-hushi joyida paytida ham, Tangri oldida gunoh 

qilish – hali xaloyiq nafratiga duchor bo‘lish va xalq oldida sazoyi 

etilish bilan barobar emasligi xayoliga ham kelmasdi.

Bevafolik va uning fikricha, bu bevafolikdan kelib chiqadigan 

sharmandalikni bir lahzagina unutgan paytlarida xonim Jyulen 

bilan ma’sum hayot kechirsa, qanday ajoyib bo‘lishini o‘ylardi va 

xotiralarga berilib ketib, Jyulen boshqa ayolni sevadi, degan mud-

hish shubhadan qalbi o‘rtana boshlardi. Portretni tortib olishlaridan 

qo‘rqqani uchunmi yoki uni birov ko‘rib qolsa o‘sha ayolni badnom 

qilishdan cho‘chiganidanmi, yigitning oppoq oqarib ketganini de 

Renal xonim xuddi hozirgina ko‘rib turgandek edi. Ayol bu xotir-

jam va olijanob chehrada birinchi bor qo‘rquv alomatlarini ko‘rishi 

edi. Yigit xonim yoki bolalarini deb biron marta ham shunchalik 

tashvishga tushmagandi. Iztirob chekish uchun bu yangi bahona 

ayolning busiz ham qayg‘u bilan to‘lib-toshgan qalbini qattiq o‘rtab 

yubordi. De Renal xonim beixtiyor ingrab yuborgandi, oqsoch qiz 

uyg‘onib ketdi. Xonim birdan sham shu’lasini va tepasida egilib 

turgan Elizani ko‘rib qoldi.

– Demak, u sizni sevar ekan-da? – deya qichqirib yubordi u hushini 

yo‘qotib.

Xonimning baxtiga, bekasiga bir balo bo‘lganini ko‘rib ajablangan 

oqsoch qiz uning bu g‘aroyib so‘zlariga mutlaqo e’tibor bermadi. De 

Renal xonim qandaydir ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini tushunib qoldi.

– Isitmam ko‘tarilibdi, – dedi u qizga qarab, – alahsiraganga 

o‘xshayman, birpas yonimda o‘tiring.



79

O‘zini tiyishga majbur bo‘lganidan u asta-sekin ko‘ngli tinchib, 

yengil tortdi va es-hushini yig‘ib oldi. Xonim oqsoch qizning tikilib 

qarashidan qutulmoq uchun gazeta o‘qib berishni buyurdi va «Hafta-

lik»dagi uzundan-uzoq bir maqolani o‘qiyotgan qizning bir maromda-

gi tovushi ta’sirida asta-sekin ko‘ngli butunlay taskin topdi. Shundan 

so‘ng de Renal xonim Jyulen bilan uchrashib qolganida unga iloji 

boricha sovuqroq muomala qilishga ahd qildi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish