IX
Chorbog‘dagi oqshom
Janob Gerenning «Didona»si –
ajoyib xomaki surat.
Strombek
Ertasiga ertalab Jyulen de Renal xonim bilan uchrashganida
unga bir necha bor juda g‘alati nazar tashladi: u xonimni yaqinda
to‘qnashishi lozim bo‘lgan dushmanday kuzatardi. Jyulen nigohla-
rining kechadan buyon bunday keskin o‘zgarishi de Renal xonimni
sarosimaga solib qo‘ydi: Jyulen bilan juda muloyim gaplashyapti-ku
axir, uning bo‘lsa negadir jahli chiqyapti. Ayol undan ko‘zini uzolmay
qoldi.
Dervil xonim shu yerda ekanligidan foydalanib Jyulen juda kam
gapirar va faqat ko‘ngilga tugib qo‘ygan o‘sha niyati haqida o‘ylar
edi. Kuni bo‘yi u o‘ziga ilhom baxsh etgan o‘sha kitobni o‘qib, ruhiga
dalda berishga urindi.
U bolalar bilan mashg‘ulotini odatdagidan ancha ilgari tugatdi.
Shundan so‘ng de Renal xonimni ko‘rib, yana butunlay burch va
shon-shuhrat haqida xayolga toldi va shu bugunoq nima bo‘lsa ham
xonim qo‘lini qo‘limdan tortib olmaydigan bo‘lishi kerak, degan qa-
rorga keldi.
Quyosh og‘ib borayotgan bo‘lib, hal qiluvchi daqiqa yaqinlashmoq-
da edi, Jyulenning yuragi gupillab urardi. Qosh qoraya boshladi. Bugun
tun juda qorong‘i bo‘lishini sezib, yigitning yelkasidan tog‘ qulaganday
bo‘ldi. Issiq shamol quvib borayotgan, pastlab suzayotgan pag‘a-pag‘a
63
bulutlar butun osmonni qoplab olib, momaqaldiroq bo‘lishidan da-
rak berayotgandi. Dugonalar allamahalgacha sayr qilib yurishdi. Bu
oqshom ular nima ish qilishmasin, Jyulenga boshqacha tuyulaverdi.
Ular hissiyotga moyil ba’zi odamlar uchun go‘yo muhabbat lazzatini
kuchaytiradigan bu dim havodan huzur qilishardi.
Nihoyat, hammalari o‘tirishdi – de Renal xonim Jyulenning yoniga,
Dervil xonim esa dugonasining narigi yog‘iga joylashdi. Fikri-yodi
hozir bajariladigan ish bilan band bo‘lgan Jyulen biron nima to‘g‘risida
gapira olmas edi. Gap gapga qovushmasdi.
«Nahotki birinchi bor yakkama-yakka olishuvga chiqqanimda ham
mana shunday qaltirab, shalvillab o‘tirsam-a?» – deb dilidan o‘tkazdi
Jyulen, chunki o‘zidan ham, boshqalardan ham o‘lguday gumonsiragan
Jyulen hozir o‘zining qanday ahvolda ekanini yaxshi tushunardi.
U bunday ilhaq bo‘lib azob chekishdan ko‘ra har qanday
xavf-xatarni afzal ko‘rgan bo‘lardi. U hatto bir necha bor, qani endi
de Renal xonimni biror ish bilan uyga chaqirishsa-yu, u bog‘dan
ketsa, deb falakdan iltijo ham qildi. O‘zini bunday zo‘rlab tutib turish
Jyulen uchun shu qadar og‘ir ediki, hatto uning ovozi ham o‘zgarib
ketdi. Buni sezib de Renal xonimning ham ovozi qaltiray boshladi;
biroq Jyulen buni hatto sezmadi ham. Qalbida burch bilan jur’atsizlik
o‘rtasida ketayotgan ayovsiz kurashdan uning asablari shu qadar
taranglashgan ediki, u hozir o‘zidan tashqarida yuz berayotgan
biron narsani ko‘rishga qodir emasdi. Minoradagi soat chorak kam
o‘n bo‘lganidan xabar berib bong urdi, u esa hamon biror qarorga
kelolmay o‘tirardi. O‘zining qo‘rqoqligidan g‘azabi qaynagan Jyulen
ichida: «Soat o‘nga bong urgan zahoti kuni bo‘yi dilimga tugib yur-
gan ishni qilaman, aks holda xonamga boraman-da, peshanamdan
otaman», deb qo‘ydi.
Mana, hayajondan o‘zini butunlay yo‘qotib o‘tirgan Jyulen yuragi
taka-puka bo‘lib zoriqib kutgan so‘nggi daqiqa ham yetib keldi, baland
minoradagi soat uning tepasida o‘n marta dangilladi. Bu mash’um
jomning har bir dangillashi uning yuragini o‘ynatib, go‘yo titrashga
majbur etayotgan edi.
Nihoyat, so‘nggi o‘ninchi marta dang‘illab, hali havoda yangrab
turgan paytda Jyulen qo‘lini de Renal xonim tomonga uzatdi-da, uning
qo‘lini ushladi, xonim darhol qo‘lini tortib oldi. Jyulen nima qilayot-
ganini o‘zi ham bilmay, yana xonimning qo‘lidan tutdi. U qanchalik
hayajonlangan bo‘lmasin, ayolning qo‘li muzdek ekanini his etib,
64
beixtiyor ajablandi, U qo‘lini jon-jahdi bilan qisdi, qo‘l chiqib ketishga
yana bir bor urinib ko‘rdi-yu, nihoyat, uning kaftida jimib qoldi.
Jyulen yayrab huzur qildi – bu de Renal xonimni sevib qolganidan
emas, balki nihoyat, bu dahshatli qiynoq tugaganidan edi. Dervil
xonim hech nimani sezmasin uchun u gap boshlashni lozim topdi,
– uning tovushi jarangdor va dadil eshitildi. De Renal xonim esa,
aksincha, hayajondan entikib-entikib so‘zlaganidan Dervil xonim,
dugonamning tobi qochdi shekilli, degan xayolga bordi-da, uyga
qaytishni taklif qildi. Jyulen xatarni sezib qoldi: «Agar de Renal
xonim hozir mehmonxonaga kirib ketgudek bo‘lsa, yana kun bo‘yi
menga azob bergan o‘sha ahmoqona ahvolga tushaman. Men uning
qo‘lini hali bu huquqqa butunlay erishdim, deyish darajasida ko‘p
ushlaganim yo‘q».
Dervil xonim yana bir bor uyga kirishni taklif qilgan edi, shu zahoti
Jyulen itoatkorlik bilan jimib qolgan qo‘lni mahkam qisdi.
O‘rnidan tura boshlagan de Renal xonim qaytib joyiga o‘tirdi-da,
arang eshittirib dedi:
– Chindanam biroz tobim qochib turibdi, lekin toza havoda o‘tirish
yaxshiroqqa o‘xshaydi.
Bu so‘zlar Jyulenni shunchalik quvontirib yubordiki, u o‘zini
osmonning yettinchi qavatida his etdi: yigit har qanday mug‘am-
birlikni unutib shu qadar suxandonlik bilan so‘zlay boshladiki,
uning gaplarini tinglab o‘tirgan ikki dugonaga shu tobda Jyulendan
yoqimliroq odam dunyoda yo‘qday tuyuldi. Ammo uning to‘satdan
qo‘zigan bu so‘zamolligida ma’lum darajada yuraksizlik alomati
ham bor edi. U, ishqilib momaqaldiroqdan darak beruvchi manovi
kuchli shamol asabiga tegayotgan Dervil xonim bir o‘zi uyga kirib
ketmasaydi, deb qattiq cho‘chiyotgandi. U holda Jyulenning de Renal
xonim bilan yolg‘iz qolishiga to‘g‘ri kelardi. Yigit beixtiyor yurak
betlab bekaning qo‘lidan ushlagan bo‘lsa-da, biroq endi u de Renal
xonimga loaqal bir og‘iz so‘z aytishga ojizlik qilardi. Agar xonim juda
muloyimlik bilan bo‘lsa ham biror nima deb ta’na qilguday bo‘lsa,
u o‘zini mag‘lub his etardi-yu, hozirgina erishgan g‘alabasi sarobga
aylanardi-qo‘yardi.
Jyulenning baxtiga, bu kecha uning hayajonli ko‘tarinki nutqlari
hatto u haqda o‘qtin-o‘qtin bolalarga o‘xshash tortinchoq, deydigan
va hech qiziq joyi yo‘q deb hisoblaydigan Dervil xonimni ham o‘ziga
rom etdi. Qo‘li Jyulenning kaftida tinchgina turgan de Renal xonimga
65
kelsak, u hozir go‘yo behush odamdek, hech nimani o‘ylamasdi. Ri-
voyatga ko‘ra, naq Karl Sheryurakning o‘zi o‘tkazgan ulkan arg‘uvon
ostida kechgan bu soatlar uning uchun umrining oxirigacha eng
baxtiyor damlar bo‘lib qoldi. U shamolning qalin arg‘uvon yaproqlari
orasida xo‘rsinishi, yog‘a boshlagan yomg‘irning siyrak tomchilari
yaproqlarga chirsillab urilishini huzur qilib tinglardi. Jyulen o‘zini
g‘oyatda xursand qilish mumkin bo‘lgan bir narsaga e’tibor bermadi:
de Renal xonim shamol oyoqlari ostiga qulatib yuborgan gultuvakni
ko‘tarayotgan xolavachchasiga yordam berish uchun bir zum o‘rnidan
turdi va noiloj uning kaftidan qo‘lini tortib oldi, biroq joyiga qaytib
o‘tirgan zahoti, go‘yo bu anchadan buyon odat tusiga kirib qolganday,
deyarli o‘z ixtiyori bilan qo‘lini unga topshirdi.
Allaqachon o‘n ikkiga zang urgan bo‘lib, uyga kirish payti kelgan
edi, ular xona-xonalariga tarqab ketishdi. O‘z sevgisidan mutlaqo mast
bo‘lgan de Renal xonim shunday bir mas’ud kayfiyatda ediki, qilgan
ishi uchun o‘zidan o‘pkalash uning hatto xayoliga ham kelmadi. U tun
bo‘yi mijja qoqmay chiqdi, baxtiyorlikdan sira ham uyqusi kelmasdi.
Kuni bo‘yi qalbidagi tortinchoqlik va g‘urur o‘rtasidagi kurashdan
butunlay sillasi qurigan Jyulen esa darhol dong qotib uxlab qoldi.
Uni ertalab soat beshda uyg‘otishdi, agar de Renal xonim bil-
ganida, – uning uchun qanday og‘ir zarba bo‘lishi mumkin bo‘lgan
shu narsani qayd qilish kerakki, – Jyulen hatto uni eslamadi ham. U
Do'stlaringiz bilan baham: |