Qizil va qora indd


X Notavon ko‘ngilga qo‘tir jomashov



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

X

Notavon ko‘ngilga qo‘tir jomashov

But passion most dissembles, yet betrays,

Even by its darkness; as the blackest sky

Foreells the heaviest tempest.

Don Juan, s. 1, st. 73

7

.



 

Janob de Renal qasrdagi barcha xonalarni aylanib chiqar ekan, 

yangitdan somon tiqilgan to‘shaklarni ko‘tarib xizmatkorlar bilan 

birga yana bolalar xonasiga kirib keldi. Bu odamning kutilmaganda 

paydo bo‘lishi sabr kosasi to‘lib turgan Jyulen uchun so‘nggi tomchi 

bo‘ldi.


U rangi oqarib, janob de Renalning yoniga shunday bir shijoat bi-

lan bordiki, janob mer uni ilgari sira ham bunday vajohatda ko‘rma-

gan edi. Janob de Renal to‘xtadi-da, xizmatkorlariga o‘girilib qaradi.

7

 Pinhon erur ehtiros, ammo uyib qovog‘in 



Ul nori nihonini o‘zi etmakda oshkor. 

Xuddi shundoq osmon qora tun bosgan chog‘i 

Bo‘rondan berur xabar, bir bo‘ronki, qahrvor.

                                                Bayron. «Don Juan», I bob, 73-band.




71

– Afandim, – dedi Jyulen, – nahotki siz bolalarim har qanday bosh-

qa tarbiyachi bilan ham shunday muvaffaqiyatga erishishi mumkin, 

deb o‘ylagan bo‘lsangiz? Agar «yo‘q» desangiz, – davom etdi u javobni 

kutib o‘tirmay, – u holda bolalarni o‘z holiga tashlab qo‘yibsan, de-

yishga qanday tilingiz bordi?

Avvaliga qo‘rqib ketgan janob de Renal endi biroz o‘ziga kelib, bu 

yaramas bola bekorga bunday do‘q urmayapti, chamasi, birorta odam 

unga ko‘p to‘lashni taklif qilgan-u, endi u biznikidan ketmoqchi bo‘lsa 

kerak, degan xayolga bordi. G‘azabini bosolmay qolgan Jyulen esa:

– Men sizsiz ham bemalol yashayveraman, afandim, – deya 

qo‘shimcha qildi.

– Sizning shu qadar hayajonlanib ketganingizdan g‘oyat af-

suslanyapman, – dedi javoban xiyol duduqlanib janob de Renal. 

Xizmatkorlar shu yerda, ulardan o‘n qadamcha narida to‘shaklarni 

joy-joyiga yozishmoqda edi.

– Men sizdan boshqa gapni kutyapman, afandim, – deya qichqir-

di battar g‘azablangan Jyulen. – Boya xonimlar oldida meni qanday 

haqoratlaganingizni bir eslab ko‘ring-a.

Janob de Renal Jyulenning muddaosini juda yaxshi tushunardi. 

Uning dilida qattiq kurash ketmoqda edi.

Shu payt ortiq chidayolmay qolgan Jyulen unga qarab:

– Bu yerdan chiqib, to‘g‘ri qayoqqa borishni juda yaxshi bilaman, 

afandim, – deya qichqirdi.

Bu gapni eshitib, janob de Renal Jyulenni darhol janob Valenoning 

uyida tasavvur qilib ko‘rdi.

– Xo‘p, yaxshi, taqsir, – deya to‘ng‘illadi u nihoyat go‘yo og‘ir ope-

ratsiyaga rozi bo‘lib jarrohga murojaat qilayotgan odamday. – Ilti-

mosingizni bajarishga roziman. Indindan boshlab – o‘sha kuni xuddi 

birinchi sana bo‘ladi – oyiga ellik frankdan maosh olasiz.

Jyulenning xaxolab kulib yuborishiga sal qoldi: u shu qadar hayrat-

ga tushgan ediki, dilidagi g‘azabdan asar ham qolmadi.

«Demak, bu maxluqdan hali kam nafratlangan ekanman, – deya 

xayolidan o‘tkazdi u, – bu razilning shundan bo‘lakcha kechirim 

so‘rash qo‘lidan ham kelmasa kerak».

Boyadan beri bu mashmashani og‘zilarini ochib tomosha qilib 

turgan bolalar janob Jyulenning juda jahli chiqqani, lekin endi u oyiga 

ellik frankdan maosh olajagini gapirib berish uchun bog‘da yurgan 

onalari tomon yugurishdi.



72

Jyulen g‘oyat zardasi qaynab turgan janob de Renalga qiyo ham 

boqmay, odati bo‘yicha, bolalarning ortidan, chiqib ketdi.

«Bu la’nati Valeno meni hozirning o‘zidayoq bir yuz oltmish sakkiz 

frankka tushirib turibdi, – derdi o‘ziga-o‘zi mer. – Anovi tashlandiq 

bolalarning ta’minoti masalasida unga qattiqroq shama qilib qo‘yish 

kerakka o‘xshaydi.

Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Jyulen yana uning oldida paydo 

bo‘ldi:

– Qilgan gunohlarimga tavba qilmoq uchun pirim – janob Shelan-

ning huzuriga bormog‘im darkor, bir necha soatga ketayotganimdan 

sizni xabardor qilib qo‘ymoqchiman.

– Bemalol, azizim Jyulen, – dedi janob de Renal qandaydir soxta bir 

kulgi bilan. – Kechgacha bemalol yuravering. Istasangiz, ertaga kuni 

bo‘yi kelmasangiz ham mayli, azizim. Bog‘bonga ayting, otni egarlab 

bersin, Verrerga piyoda bormaysiz-ku axir.

«Hammasi ravshan. U Valenoga javob bergani ketdi, – deya xayoli-

dan o‘tkazdi janob de Renal. – U menga hech qanday va’da bermadi-ku 

axir, hay mayli, bu tirmizakni o‘z holiga qo‘yib berish kerak, biroz 

jahlidan tushsin».

Jyulen jadal yurib, tog‘ tomon yo‘l oldi. U yerdagi katta o‘rmonni 

kesib o‘tilsa, Verjidan to‘g‘ri Verrerga tushish mumkin edi. Biroq uning 

hozir to‘g‘ri janob Shelanning oldiga borish niyati yo‘q edi. Shu tobda 

u yana mug‘ambirlik bilan munofiqlik qilishni mutlaqo istamasdi. U 

ko‘ngliga kelgan gaplarning poyon-soyoniga yetmog‘i va jo‘sh urayot-

gan his-tuyg‘ulariga erk bermog‘i kerak edi.

«Men jangda g‘alaba qildim, – dedi Jyulen o‘zini hech kim ko‘rmay-

digan o‘rmonga kirgan zahoti, – ha, men g‘alabaga erishdim».

U hozirgina boshidan kechirgan voqealarni o‘ylarkan, huzur qilib, 

ko‘ngli joyiga tushdi.

«Demak, endi men oyiga ellik frank maosh olar ekanman-da. Bu 

deyman, janob de Renal juda qo‘rqib ketganga o‘xshaydi-ku. Lekin 

nimadan qo‘rqdiykin?»

Bir soat burun uning juda g‘azabini qaynatgan bu badavlat va 

nufuzli odamning nimadan bunday qo‘rqib ketgani haqida xayol 

surib borar ekan, Jyulen asta-sekin qandaydir shirin, rohatbaxsh his-

tuyg‘uga berildi. U bir zum o‘zi oralab ketayotgan manovi o‘rmonning 

ajoyib go‘zalligiga mahliyo bo‘lib qoldi. Bir vaqtlar tog‘dan uzilib 

tushgan ulkan xarsanglar jarlik tubida ayqash-uyqash bo‘lib yotardi. 



73

Zabardast shamshod daraxtlari naq qoyalarning cho‘qqisiga qadar 

o‘sgan bo‘lib, ularning osti muzdek salqin edi, holbuki bir necha 

qadam naridagi oftobro‘yani quyosh shunchalik yondirardiki, u 

yerda turib bo‘lmasdi.

Jyulen ulkan qoyalar soyasida biroz dam oldi-da, so‘ng bor-

gan sari yuqorilab, toqqa ko‘tarila boshladi. Tezda u ko‘zga arang 

chalinadigan so‘qmoqqa burildi. Bu yerdan faqat echki boquvchi 

cho‘ponlargina yurishguvchi edi. U so‘qmoqdan biroz yurgach, 

baland qoyaga tirmashib chiqdi-yu, nihoyat, o‘zini butun dunyo-

dan mutlaqo ajralgan holda his etdi. U balandlikka ko‘tarilganidan 

lablariga tabassum yugurdi: bu uning orzusi ushalganini yaqqol 

ko‘rsatib turardi. Musaffo tog‘ havosi uning dilini ravshanlashtirib, 

hatto qandaydir quvontirib ham yuborgandi. Verrer shahri meri 

hamon uning ko‘z o‘ngida, dunyodagi barcha boyonlar va barcha 

surbet odamlarning timsoli sifatida gavdalanardi, biroq uning qal-

bida jo‘sh urayotgan nafrat qanchalik kuchli bo‘lmasin, yigit dilida 

shaxsan janob de Renalga nisbatan hech qanday g‘araz yo‘q edi. Agar 

janob de Renal bilan uchrashmay qo‘ysa, bir hafta o‘tar-o‘tmas uning 

o‘zini ham, qasrini ham, itlarini ham, bolalari-yu butun oilasini ham 

unutib yuborgan bo‘lardi. «Bilmadim, qay yo‘sinda uni shuncha pulni 

qurbon qilishga majbur etdim ekan. Yiliga ellik ekyudan ortiq-a, axir. 

Undan bir daqiqa oldin esa dahshatli xavfdan arang qutulgan edim. 

Mana senga bir kunda ikki g‘alaba; to‘g‘ri, ikkinchisida mening hech 

qanday xizmatim yo‘q, har qalay, bunga qanday erishganimning sa-

babini aniqlab olsam bo‘lardi. Hay mayli, ko‘ngilsiz mulohazalarimni 

ertagacha qo‘ya turaylik».

Jyulen avgust oyining jazirama quyoshida misday qizib ketgan 

osmonga tikilganicha baland qoya ustida turardi. Qoya ostidagi may-

sazorda so‘zanaklar tinimsiz chirillardi, ular tinganida esa hammayoq 

jimjit bo‘lib qolardi. Shu tobda unga pastlikdagi vodiyning uzoq-uzoq 

joylarigacha yaqqol ko‘rinib turardi. Jyulenning tepasidagi qoyadan 

parvoz qilgan qarchig‘ay goho-goho bir ko‘rinib, ulkan doira yasab 

uchmoqda edi. Jyulen beixtiyor bu yirtqich parrandani kuzata bosh-

ladi. Qushning vazmin va qudratli parvozi uni hayratga solardi, yigit 

uning qudrati, uning yolg‘izligiga havas qilardi.

Napoleonning taqdiri ana shunday bo‘lgan, ehtimol uning qismati 

ham shunday bo‘lar.




74


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish