Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

VIII

Kichik hodisalar

Then there were sighs, the deeper for suppression.

And stolen glances, sweeter for the thet.

And burning blushes, though for no transgression.



Don Juan, c. I. st. 74.

6

 



Tabiatan farishtadek muloyim, shuningdek, hozir huzur qilib 

yurgan de Renal xonim oqsoch qiz Elizani eslagan zahoti xiyol fe’li 

aynirdi. Bu qiz durustgina merosga ega bo‘lgach, gunohlariga tavba 

qilish uchun kyure Shelanning huzuriga kelganida cholga Jyulen bilan 

turmush qurish istagi borligini aytgan edi. O‘z sevimli shogirdining 

baxti ochilayotgani uchun chin ko‘ngildan xursand bo‘lgan kyure, 

Jyulendan oqsoch qizning taklifi unga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini 

eshitib g‘oyatda ajablandi.

– Ehtiyot bo‘ling, bo‘tam, – dedi kyure qoshlarini chimirib, – qa-

lbingizdagi tug‘yondan saqlanmog‘ingiz darkor; agar o‘z iste’dodin-

gizga bo‘ysunsangiz va faqat uni deb shunday durustgina boylikdan 

voz kechsangiz men sizdan g‘oyat xursand bo‘lur edim. Verrerda 

ruhoniy bo‘lib xizmat qilayotganimga, mana, ellik olti yil to‘ldi, ammo 

shunga qaramay, meni ishdan olib tashlasalar kerak. Men bunga juda 

afsuslanyapman, lekin har qalay mening sakkiz yuz livr rentam bor. 

Sizga bunday tafsilotlarni aytishdan maqsadim, siz ruhoniylik unvoni 

bilan boylik orttiraman, deb umid qilmang, demoqchiman xolos. Agar 

hukm dorlarga mulozamat qilgudek bo‘lsangiz, siz muqarrar oxirati-

ngizni kuydirgaysiz. Ehtimol, farovonlikka erisharsiz, ammo buning 

uchun yo‘qsillarni ranjitmog‘ingiz, prefekt yordamchisi, mer, umuman 

har bir nufuzli odamga xushomad qilmog‘ingiz va ularning injiqlikla-

riga chidamog‘ingiz darkor: bunday xulq-atvor, ya’ni avom tili bilan 

aytganda, «yashashni bilmoq», pokiza yuray degan oddiy odam uchun 

ham doimo to‘g‘ri kelavermaydi, bizning kasbimizda esa ikki yo‘ldan 

birini tanlashga to‘g‘ri keladi: yo bu dunyoda farog‘atda yashamoq, 

6

  Xo‘rsinishdan qo‘rqar-u chuqur-chuqur xo‘rsinar, 



Nigohingga duch kеlib, huzur ichra qotar tin, 

Qip-qizarib, yuziga bir ajib ol rang inar.

                                                 B a y r o n. «Don Juan», I bob, 74-band.



55

yo oxiratda baxtga erishmoq, – o‘rtacha yo‘l yo‘q. Boring, aziz do‘stim, 

buni yaxshilab o‘ylab ko‘ring, uch kundan keyin kelib menga uzil-kesil 

javob bergaysiz. Ba’zan tabiatingizda qandaydir mash’um bir jo‘shqinlik 

borligini payqab o‘kinaman. Bu esa sizning bu dunyo farog‘atlaridan 

so‘zsiz voz kecholmasligingizdan, qanoatingiz yo‘qligidan dalolat be-

radi, holbuki bu fazilatlar cherkov ahli uchun g‘oyat zarur. Bilaman, 

siz aql-iqtidoringizga ko‘ra uzoqqa borasiz, ammo ochiq aytishga 

ijozat eting, – deya qo‘shimcha qildi mehribon kyure ko‘zlariga yosh 

olib, – agar siz ruhoniylik unvonini qabul etsangiz, imoningizni saqlab 

qololmaysizmi, deb qo‘rqaman.

Jyulen xijolat chekib qattiq ta’sirlanganiga tan berdi; u umrida 

birinchi bor kimdir uni yaxshi ko‘rishini his etdi-yu, ko‘ngli buzilib 

yig‘lab yubordi va ko‘z yoshlarimni hech kim ko‘rmasin, deb Verrer 

uzra qad ko‘targan tog‘dagi o‘rmonga qochib ketdi.

«Menga nima bo‘ldi? – deya so‘rardi u o‘zidan-o‘zi. – Shu mehribon 

chol uchun hayotimni qurbon qilishga ham tayyorman, axir xuddi 

ana shu odam mening ahmoqligimni isbotlab berdi-da. Men uchun 

eng muhimi xuddi ana shu odamni chalg‘itish edi, u bo‘lsa mening 

butun ich-tashimni

 

ko‘rib turibdi. U aytgan maxfiy jo‘shqinlik yuqori 



martabaga erishish istagimdir. U meni ruhoniy bo‘lishga noloyiq deb 

hisoblayapti, men bo‘lsam o‘sha besh yuz luidor rentadan ixtiyoriy 

voz kechsam, chol mening taqvodorligim, iste’dodimni g‘oyat yuqori 

baholasa kerak, degan xayolga borib yuribman».

«Bundan buyon, – deya uqtirardi o‘ziga o‘zi Jyulen, – men faqat 

tabiatimning sinab ko‘rilgan xususiyatlarigagina tayanib ish ko‘ra-

man. Meni shunday huzur qilib ko‘z yoshi to‘kadi, ahmoqligimni 

isbotlab bergan odamni shunday yaxshi ko‘radi, deb kim ham 

o‘ylabdi deysiz?»

Oradan uch kun o‘tgach, Jyulen birinchi kundanoq ro‘kach qilishi 

lozim bo‘lgan bahonani topdi, bu bahona aslida tuhmat edi, lekin 

baribir emasmi? Biroz ikkilanib turgach, u tortinib kyurega bitta 

sabab borligini, uning qanaqa sabab ekanligini aytolmasligi, chunki 

bu uchinchi bir odamning sha’niga dog‘ tushirajagini aytdi. Go‘yo ana 

shu sabab tufayli boshidanoq uning bu nikohga ko‘ngli chopmagan 

emish, shubhasiz, bu gap Elizaning sha’niga dog‘ tushirardi. Keksa 

kyurega bu gaplarning bari yosh ruhoniy qalbida yonishi lozim bo‘lgan 

ilohiy olovga mutlaqo o‘xshamaydigan behuda jo‘shqinlikdan dalolat 

berayotgandek tuyuldi.



56

– Aziz do‘stim, – dedi u Jyulenga, – siz o‘zingizni zo‘rlab ruhoniy 

bo‘lgandan ko‘ra, qishloqda ko‘ngli ochiq, badavlat, oilaparvar, obro‘li, 

o‘qimishli kishi bo‘lib yashaganingiz ming karra afzal edi.

Jyulen bu pand-nasihatga ham juda yaxshi javob bera oldi, u zarur 

so‘zlarni topdi, ya’ni jonkuyar seminaristga mos keladigan iboralarni 

topib aytdi, biroq gaplarning ohangi va ko‘zlarining yonib turishi 

keksa Shelanni cho‘chitib qo‘ydi.

Lekin bu gaplardan Jyulen haqida biror nojo‘ya xulosa chiqa-

rish yaramaydi: yigit bu vaj-korsonlarni g‘oyat ehtiyotkorlik bilan, 

pishiq-puxta o‘ylab aytgan edi. U o‘z yoshiga nisbatan har qalay 

ancha ustomonlik qildi. Gapirish ohangi va xatti-harakati masala-

siga kelganda esa, axir u qishloqda, omi odamlar orasida o‘sgan 

bo‘lib, ibrat olishga munosib odamlarni ko‘rmagan edi-da. Keyin-

chalik u shunday usta odamlar bilan muomala qila boshlagach, xat-

ti-harakati, imo-ishoralari ham gapga chechanligi kabi kamolotga  

erishdi.

De Renal xonim oqsoch qizning merosga ega bo‘lganidan buyon 

negadir ma’yus tortib qolganini ko‘rib, ajablanib yurardi: qiz har kuni 

kyurening huzuriga borar va cholning oldidan yig‘lamsirab qaytardi; 

nihoyat, Elizaning o‘zi xonimga dardini aytdi.

Bu gapni eshitib de Renal xonimning tobi qochib qoldi, uning goh 

isitmasi ko‘tarilar, goh eti uvishib titray boshlardi, tunlarni esa mijja 

qoqmay o‘tkazardi; u faqat oqsoch qiz yoki Jyulen yonida bo‘lgan 

paytdagina o‘zini xotirjam his etardi. Xonim bu ikki yosh turmush 

qurganlaridan so‘ng qanday baxtiyor hayot kechirishlaridan bosh-

qa narsani o‘ylamasdi. Ularning besh yuz luidordan iborat renta-

lari hisobiga turmush kechiradigan kichkinagina g‘arib kulbalari 

xonimga juda ajoyib tuyulardi. Jyulen Verrerdan o‘n chaqirimcha 

naridagi Bre shaharchasi magistraturasiga ishga kiradi, albatta. 

U holda xonim vaqti-vaqti bilan yigitni ko‘rib turish imkoniga ega  

bo‘ladi.


De Renal xonimga o‘zi aqldan ozayotgandek tuyuldi: u tobi qoch-

gani haqida eriga aytdi va oxiri chindan ham ko‘rpa-to‘shak qilib 

yotib qoldi. Kechqurun oqsoch qiz unga ovqat olib kelganida de Renal 

xonim uning yig‘layotganini ko‘rdi... Xonim zardasi qaynab Elizani 

koyib berdi-yu, ammo shu zahoti yana kechirim so‘radi. Eliza ho‘ng-

rab yubordi, so‘ngra hiqillab, agar ijozat etsangiz boshimga tushgan 

kulfatlarni aytib bersam, dedi.



57

– Mayli, gapiring, – deb javob qildi de Renal xonim.

– Bilasizmi, xonim, u menga uylanishdan bosh tortdi; chamasi, 

g‘alamislar meni unga yomonlaganga o‘xshaydi, u bo‘lsa ishonib 

yuribdi.

– Kim bosh tortdi sizga uylanishdan? – deya so‘radi de Renal xonim 

nafasi og‘ziga tiqilib.

– Janob Jyulendan boshqa kim bo‘lardi? – dedi ho‘ngrab oqsoch 

qiz. – Janob kyure uni ko‘ndirishga ancha urindilar, chunki janob 

kyure, faqat oqsoch bo‘lib xizmat qilgani uchungina or-nomusli 

bir qizga uylanishdan bosh tortish yaxshi emas, deyaptilar. Janob 

Jyulenning o‘zi ham oddiy bir duradgorning o‘g‘li-ku axir, siznikiga 

xizmatga kelguniga qadar uning o‘zi ham nimaning hisobiga kun 

ko‘rgan edi?

De Renal xonim ortiq quloq solmay qo‘ygan edi: u shu qadar 

baxtiyor ediki, aqlidan ozishiga sal qoldi. Xonim Elizani, chindan 

ham Jyulen unga uylanishdan bosh tortgani va yigitning qarori qat’iy 

ekani, uning hali ahdidan qaytib, biror oqilona qarorga kelishiga hech 

qanday umid yo‘qligi haqidagi gaplarni bir necha bor takrorlashga 

majbur etdi.

– Uni ko‘ndirishga urinib ko‘raman, – dedi de Renal xonim oqsoch 

qizga. – Jyulen bilan o‘zim gaplashaman.

Ertasi kuni nonushtadan so‘ng de Renal xonim Jyulenning butun 

bir soat davomida Elizaga uylanishdan va uning boyligidan bosh 

tortganini takror tinglab huzur qilish niyatida ham o‘z raqibasining 

manfaatlarini himoya qilgan bo‘ldi.

Jyulen asta-sekin ehtiyotkorlikni yig‘ishtirib qo‘ydi-da, de Renal 

xonimning oqilona nasihatlariga ancha bama’ni javob qaytara oldi. 

Shuncha kundan beri chekkan iztiroblaridan so‘ng qalbida to‘lib-tosh-

gan jo‘shqin quvonch xonimning madorini quritdi. U hushidan ketib 

yiqildi. Xonim hushiga kelib, xonasiga olib kirib yotqizishgach, u o‘zini 

yolg‘iz qoldirishlarini iltimos qildi. U behad hayron edi.

«Nahotki men Jyulenni sevib qolgan bo‘lsam?» – deya so‘radi u 

nihoyat o‘zidan-o‘zi.

Har qanday boshqa paytda qalbini larzaga keltirib, vijdon azobiga 

solishi mumkin bo‘lgan bu kashfiyot endi xonimga o‘zi bir chetdan 

loqaydlik bilan kuzatib turgan qandaydir g‘aroyib narsadek tuyuldi. 

Uning iztiroblardan ado bo‘lgan qalbi endi hech nimani his etmasdi, 

hech nimadan hayajonlanmasdi.



58

De Renal xoyim bir ko‘ngli tikib-chatib ovunmoqchi bo‘ldi-yu, 

biroq shu zahoti qattiq uxlab qoldi. Uyg‘onganidan keyin esa bu 

gaplarning bari unga unchalik qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmadi. U o‘zini 

g‘oyatda baxtiyor his etganidan hamma narsa ko‘ziga yaxshi ko‘rinar-

di. Bu samimiy va soddadil qishloqi xonim ilgari o‘zi tuyib ko‘rmagan 

biror kayfiyat yoki noxushlikni o‘tkirroq his etmoq uchun hech qachon 

qalbini o‘rtab o‘tirmas edi. Xonadonlarida Jyulen paydo bo‘lguniga 

qadar Parijdan bo‘lak barcha yerlarda har qanday uy bekasi zimma-

siga tushadigan uy-ro‘zg‘or ishlari bilan butunlay band bo‘lgan de 

Renal xonimning sevgi ehtiroslariga bo‘lgan munosabati taxminan 

bizning lotereyaga bo‘lgan munosabatimizga o‘xshab ketardi: biz 

esa lotereyani g‘irt muttahamlik deymiz va tentak odamgina omadi 

kelishiga ishonishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Tushki ovqatga zang urishdi, de Renal xonim bolalar bilan qaytib 

kelayotgan Jyulenning tovushini eshitib, loladek qizarib ketdi. Sevib 

qolganidan buyon biroz quvlik qilishni o‘rganib olgan xonim nega bir-

dan qizarib ketganiga boshi qattiq og‘riyotganini bahona qila boshladi.

– Bu xotinlarning hammasi o‘zi shunaqa, – dedi xaxolab kulganicha 

janob de Renal. – Doim biror joylari og‘rib yuradi.

De Renal xonim bunday hazillarga qanchalik ko‘nikib ketgan 

bo‘lmasin, biroq bu gal juda qattiq botdi. Shuning uchun ham bu 

ko‘ngilsiz tuyg‘udan qutulmoq uchun u Jyulenga o‘girilib qaradi: 

shu tobda yigit haddan tashqari badbashara bo‘lganda ham baribir 

xonimga juda yoqqan bo‘lardi. 

Janob de Renal saroy zodagonlariga qattiq taqlid qilar va ilk ba-

horning iliq kunlari boshlanishi bilan Verjiga ko‘chib o‘tardi: bu fojiali 

«Gabriela afsonasi» bilan shuhrat qozongan kichkina qishloqcha edi. 

Ko‘hna gotik cherkovning xushmanzara xarobalaridan bir necha 

qadam narida janob de Renalning to‘rt minorali qadimgi qasri qad 

ko‘targandi. Qasr atrofida esa Tyuilri bog‘iga o‘xshatib yiliga ikki ma-

rotaba kallaklab turiladigan shamshod va qoraqayin xiyobonlaridan 

iborat bog‘ barpo etilgandi. Boqqa sevimli sayrgoh – olmazor tutashib 

ketgan edi. Bu mevazor bog‘ etagidagi sakkiz yo o‘n tup yong‘oq esa 

hayqirib, tarvaqaylab ketgandi. 

– Bu la’nati yong‘oqlarning har biri, – deya to‘ng‘illardi janob de 

Renal xotini daraxtlarni zavq bilan tomosha qilgan kezlari, – hosil-

ni yarim arpanga kamaytiradi: bug‘doy ularning soyasida pishib 

yetilmaydi.



59

De Renal xonim tabiat go‘zalligini go‘yo birinchi bor his etgandek 

edi, u quvonchdan o‘zini yo‘qotib, hamma narsadan zavqlanardi. 

Uni ruhlantirib turgan tuyg‘u xonimni shaddod va tadbirkor qilib 

qo‘ygandi. Ular Verjiga ko‘chib o‘tishganidan so‘ng oradan ikki kun 

o‘tgach, janob de Renal merlik vazifasini bajarmoq uchun shaharga 

qaytib ketgan zahoti de Renal xonim o‘z hisobidan ishchi yolladi. 

Jyulen unga mevazor bog‘ atrofini aylantirib, bahaybat yong‘oqlarga 

qadar torgina yo‘lka qilishni va unga qum sepib qo‘yishni maslahat 

bergan edi. Shunda bolalar erta azondan oyoqlari shudringda ho‘l 

bo‘lishidan qo‘rqmay sayr qilishlari mumkin bo‘lardi. Bir kunning 

ichidayoq bu maslahat amalga oshdi. De Renal xonim ishchilarga 

yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib yurarkan, butun kunni Jyulen ikkovi juda xush-

chaqchaqlik bilan o‘tkazdi.

Verrer meri shahardan qaytgach, tayyor yo‘lkani ko‘rib, g‘oyatda 

ajablandi. De Renal xonim ham, o‘z navbatida, uning kelganini ko‘rib 

juda hayron bo‘ldi: u dunyoda shunday odam borligini butunlay 

 unutib qo‘ygan edi. Janob de Renal deyarli ikki oy davomida xotinining 

o‘zboshimchaligidan g‘azablanib yurdi: xotin degan ham u bilan masla-

hatlashmay shunday katta ish qiladimi axir? U de Renal xonim bu xara-

jatlarni o‘z zimmasiga olgani uchun ham biroz hovridan tushib qoldi.

Xonim butun vaqtini bolalari bilan bog‘da o‘tkazar va ular bilan 

birgalashib kapalak quvlar edi. Ular shaffof ipak matodan xalta tikib 

olib, shular bilan bechora tangaqanotlilarni tutishardi. Bu tushunib 

bo‘lmaydigan nomni de Renal xonimga Jyulen o‘rgatgan edi, chunki 

xonim Bezansondan janob Godarning ajoyib kitobini oldirib kelgan 

bo‘lib, Jyulen unga bu hasharotlarning g‘aroyib odatlari haqida hikoya 

qilib berardi.

Kapalaklarni katta karton romga to‘gnag‘ichlar bilan ayovsiz 

sanchib qo‘yishardi. Bu romni ham ularga Jyulen moslab bergandi.

Nihoyat, de Renal xonim bilan Jyulen o‘rtasida suhbat uchun 

mavzu topildi, shuning uchun yigit endi oraga jimlik cho‘kkanda 

chekadigan og‘ir azobdan qutuldi.

Ular garchi eng oddiy narsalar xususida bo‘lsa-da, berilib suh-

batlashishar edi. Doim biror ko‘ngil xushi bilan band bo‘lgan bu 

jo‘shqin hayot tinimsiz mehnat qilishga majbur bo‘lib qolgan oqsoch 

Elizadan bo‘lak barchaning ko‘ngliga juda yoqardi. «Hech qachon, 

hatto Verrerdagi uyimizda bal beriladigan karnaval kunlari ham, – 

derdi u, – xonim o‘z kiyimlariga bunchalik ko‘p e’tibor bermasdilar, 



60

endi u kishi kuniga ikki-uch marta ko‘ylak almashtiradigan bo‘lib 

qoldilar».

Biror kimsaga xushomad qilish niyatimiz yo‘qligidan biz badani 

ajoyib va go‘zal bo‘lgan de Renal xonim endi ko‘ylaklarining yengini 

kalta va yoqasini ancha ochiq qilib tiktira boshlaganini inkor etib 

o‘tirmaymiz. Xonim g‘oyat xushbichim bo‘lib, bunday ko‘ylaklar unga 

juda yarashar edi.

– Siz kundan-kunga yosharib ketyapsiz, xonim, ilgari hech qachon 

bunday yosh ko‘rinmas edingiz, – deyishardi unga ba’zan Verrerdan 

Verjiga tushlik qilgani kelib turadigan do‘stlari (biz tomonlarda ana 

shunday xushomad qilishadi).

Qiziq, – bizda bu gapga ko‘pgina odamlar ishonmasligi ham mum-

kin, – ammo de Renal xonim o‘ziga oro berar ekan, chindan ham hech 

qanday maqsadi yo‘q edi. Shunchaki u bu ishidan lazzatlanardi, shu 

boisdan Jyulen va bolalari bilan kapalak tutishdan bo‘shadi deguncha 

u qo‘liga igna olar va Eliza bilan birgalikda o‘ziga yangi ko‘ylak tikar 

edi. U Verrerga faqat bir marta, o‘shanda ham yozgi ko‘ylak uchun 

Myuluzdan endigina keltirilgan yangi mato xarid qilish niyatida bordi.

U yerdan esa Verjiga yoshgina qarindoshi – bir juvonni boshlab 

keldi. Erga tekkanidan so‘ng de Renal xonim o‘zi ham sezmagan hol-

da bir vaqtlar Iso qalbi monastirida birga o‘qigan Dervil xonim bilan 

do‘stlashib qolgandi.

Dervil xonim nuqul o‘z xolavachchasi de Renal xonimning har 

xil «g‘alati gaplari»dan kulib yurardi. «Voy, bunaqa gaplar mening 

hatto xayolimga kelmasdi», derdi u. Parijda o‘tkir so‘z deb ataladi-

gan va qo‘qqisdan miyasiga keladigan bu xayollarni de Renal xonim 

bo‘lmag‘ur gap deb hisoblar va erining oldida aytishga uyalardi, bi-

roq Dervil xonimning oldida u ilhomlanib ketardi. U miyasiga kelgan 

gapni avvaliga iymanibgina aytar, ammo dugonalar uzoq vaqt yolg‘iz 

qolishgan kezlari de Renal xonim ancha jonlanar va ular birgalikda 

bo‘ladigan ertalabki soatlar xursandchilik bilan bir zumda o‘tib ketar 

edi. Bu gal kelishda sermulohaza Dervil xonimga xolavachchasi ilga-

rigidek quvnoq bo‘lmasa-da, ammo ancha baxtliroq ko‘rindi.

Jyulen ham, o‘z navbatida, qishloqqa ko‘chib kelishganidan 

buyon xuddi yosh bolaga o‘xshab qolgandi va o‘z shogirdlari qatori 

jon-dili bilan kapalak quvib yurardi. U o‘zini og‘ir-vazmin tutishga 

va turli hiyla-nayrang ishlatishga majbur bo‘lgan sharoitdan qutulib, 

bu g‘ala-g‘ovurdan yiroq, osuda joyga kelib qoldi, endi birovning 



61

ko‘z-quloq bo‘lib yurishidan, de Renal xonimdan hayiqishdan qutul-

gan Jyulen o‘yin-kulgiga berilib ketdi. Umuman, uning yoshida, boz 

ustiga, yer kurrasidagi eng ajoyib tog‘lar orasida hayotiy quvonchlar 

ana shunday o‘tkir his etiladi.

Dervil xonim birinchi kundanoq Jyulenga boshqacha ko‘rindi, yigit 

shu zahoti unga yangi yo‘lkaning yong‘oqlar ostidagi burilish joyidan 

qanday go‘zal manzara namoyon bo‘lishini ko‘rsatishga  oshiqdi. 

Chindan ham bu yerlar eng xushmanzara Shveytsariya va Italiya 

ko‘llaridan sirayam qolishmasdi, hatto, ehtimol, o‘tib ham tushardi. 

Agar o‘sha yerdan ikki qadam narida boshlangan tog‘ yonbag‘ridan 

yuqori ko‘tarilsangiz, ko‘z o‘ngingizda qiyalab ketgan chuqur jarlik 

paydo bo‘ladi. Jarlik yonbag‘ri to daryogacha emanzor edi. Quvnoq, 

erkin va, hatto, ma’lum darajada uy hokimi – Jyulen ikki dugonani 

ana shu yerga, tik qoyalar cho‘qqisiga boshlab keldi va ularning bu 

ulug‘vor manzaradan zavqlanishlarini ko‘rib huzur qildi.

– Menga bu manzara xuddi Motsart musiqasidek ta’sir etadi, – 

dedi Dervil xonim.

Verrer atrofidagi tog‘larning go‘zalligi Jyulen uchun akalarining 

hasadgo‘yligi va doim biror narsadan norozi bo‘lib yuradigan zolim 

otasining to‘ng‘illashi bilan zaharlangan edi. Verjida esa hech nima 

unga bu alamli xotiralarni eslatmasdi. U umrida birinchi marta dush-

manlarsiz yashamoqda edi. Janob de Renal shaharga jo‘nagan kezlari, 

– shaharga esa u tez-tez borib turardi, – Jyulen kitob o‘qirdi. Tezda u 

tunlari chiroqni gultuvak ostiga yashirib mutolaa qilish o‘rniga miriqib 

uxlaydigan, kunduzi esa bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan payt-

lari kitobini qo‘liga olib, o‘sha qoyalar ustiga chiqib ketadigan bo‘ldi. 

Chunki kitob uning hayotdagi yagona ustozi va doimiy zavq manbai 

edi. Tushkunlikka tushgan kezlari shu yerga kelsa yayrardi, ilhomi 

qaynardi, dili taskin topardi.

Napoleonning ayollar haqidagi ba’zi gaplari, u hokimiyat tepasida 

turgan paytlarida shuhrat qozongan u yoki bu romanlar to‘g‘risidagi 

ayrim mulohazalar endi Jyulenning xayolida shunday fikrlar tug‘di-

rardiki, bu fikrlar odatda u tengi yigitlarda ancha ilgari paydo bo‘lardi.

Kunlar isib ketdi. Ular kechki paytlari uydan bir necha qadam 

naridagi ulkan arg‘uvon tagida o‘tirishga odatlanib qolishdi. U yer 

qop-qorong‘i edi. Bir kuni Jyulen o‘zining juda yaxshi so‘zlayotgani 

va ikki yosh juvon uning gaplarini jon quloqlari bilan tinglayotgan-

laridan huzur qilib, allanima haqida jo‘shib gapirardi. U to‘lqinlanib 



62

qo‘lini silkitar ekan, qo‘li bexosdan odatda bog‘larda qo‘yiladigan 

yog‘och stul suyanchig‘iga tayanib o‘tirgan de Renal xonimning 

qo‘liga tegib ketdi.

Xonim darhol qo‘lini tortib oldi: shu payt Jyulenning miyasiga, 

bundan buyon qo‘lim tegib ketgan kezlari xonim qo‘lini tortib olmasli-

giga erishmog‘im lozim, degan xayol keldi. Ana shu o‘zi bajarishi lozim 

bo‘lgan burch tuyg‘usi hamda kulgili bo‘lib ko‘rinish yoki, to‘g‘rirog‘i, 

o‘zini xo‘rlangan deb his etishdan qo‘rqish bir zumda uning butun 

quvonchini zaharlab qo‘ydi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish