Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

to‘lashlari ham mumkin.

Bu gapni eshitib merning basharasi bujmayib ketdi. Lekin u dar-

hol o‘zini bosib oldi. Nihoyat, bironta ham so‘z bekor aytilmagan ikki 

soatlik puxta suhbatdan so‘ng dehqonning quvligi badavlat merning 

ayyorligidan ustun chiqdi. Davlatmand odamning rizqi uning ayyor-

ligiga bog‘liq emas-da axir. Jyulenning yangi hayotini belgilovchi bir 

talay punktlar bo‘yicha qat’iyan bitimga kelindi, uning maoshi to‘rt yuz 

frankka qadar ko‘tarilibgina qolmay, janob mer bu pulni har oyning 

birinchi kunida to‘laydigan bo‘ldi.

– Yaxshi. Men unga o‘ttiz besh frank beraman, – dedi janob de 

Renal.

– Muhtaram merimizday badavlat va saxovatli bir odam, – deb 



yaltoqlik bilan gapini ilib ketdi chol, – juft bo‘lsin, deb o‘ttiz olti frank 

to‘lasalar ham hech nima qilmas.

– Yaxshi, – dedi janob de Renal, – lekin shu bilan gapni tugatamiz.

G‘azabining zo‘ridan bu gal uning tovushi juda qat’iy eshitildi. 

Sorel darhol ortiq xarxasha qilib bo‘lmasligini tushunib qoldi. Endi 

hujum qilish navbati janob de Renalga keldi. Keksa Sorel birinchi oy 

uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan o‘ttiz olti frankni o‘g‘lining o‘rniga o‘zi 

undirib olmoqchi bo‘lgan edi, mer bu pulni unga to‘lashdan qat’iyan 




30

bosh tortdi. Janob de Renal bu orada mazkur bitimni tuzishda o‘zini 

qanday tutgani haqida xotiniga hikoya qilib berishini o‘ylab qolgan edi.

– Menga boyagi yuz frankni qaytaring, – dedi u jahl bilan. – Janob 

Dyuranning mendan biroz qarzi bor. O‘g‘lingiz bilan birga borib, 

kostyum uchun movutni o‘zim olib beraman.

Bu keskin hujumdan so‘ng Sorel merga o‘z hurmatini izhor qilishni 

lozim topdi; u janob de Renalni osmonga ko‘tarib maqtab o‘n besh 

daqiqacha vaysadi. Nihoyat, chol ortiq hech nima undira olmasligiga 

ko‘zi yetgach, ta’zim qila-qila eshik tomon yo‘l oldi. U so‘nggi marta 

ta’zim qilar ekan:

– O‘g‘limni qasrga yuboraman, – dedi.

Janob de Renalning qo‘l ostidagi shaharliklar merning ko‘ng‘lini 

olgilari kelganida uning uyini shunday atashguvchi edi.

Ustaxonasiga qaytgach, Sorel qancha qidirmasin, o‘g‘lini topol-

madi. Bu ishning oxiri nima bilan tugashidan cho‘chib, shubhalangan 

Jyulen tunda uydan qochib ketgan edi. U ishonchli joy topib, kitoblari 

va Faxriy Legion xochini yashirishga qaror qildi. Yigit bularning barini 

Verrer uzra qad ko‘tarib turgan baland tog‘da istiqomat qiluvchi yosh 

taxtafurush do‘sti Fukening uyiga olib bordi.

Jyulen u yerdan qaytgan zahoti otasi unga baqira ketdi:

– Ho‘ la’nati yalqov! Shuncha yil seni boqdim, qanchadan-qancha 

sarf-xarajat qildim. Yegan non-tuzingni oqlashni o‘ylaysanmi hech? 

Latta-puttangni yig‘ishtirgin-da, janob mernikiga jo‘na!

Kaltaklashmaganidan ajablangan Jyulen darhol jo‘nab qo‘ya 

qoldi. Lekin otasining ko‘zidan nari ketgach, qadamini sekinlatdi. U 

munofiqlik pardasini yuziga qalinroq tortishga qaror qildi. Buning 

uchun cherkovga kirib chiqsa yomon bo‘lmasdi, albatta.

Sizni «munofiq» so‘zi hayratga solayotgan bo‘lsa kerak? Lekin ana 

shu razil qarorga kelguniga qadar yosh dehqon ozmuncha iztirob 

chekdimi?! 

Jyulen yosh bolaligida bir kuni egniga uzun oq plash va boshi-

ga qop-qora jig‘ali kaska kiyib olgan oltinchi polk dragunlarini 

ko‘rib qolgandi. Dragunlar Italiyadan qaytishayotgan bo‘lib, otlarini 

keksa Sorelning panjarador derazasi oldidagi qoziqlarga bog‘lab 

qo‘yishgandi. O‘sha-o‘sha Jyulen harbiy bo‘lishni orzu qila bosh-

lagandi. Keyinchalik, o‘smirlik chog‘ida u keksa polk tabibining 

Lodi ko‘prigi va Rivoli yaqinidagi Arkol degan joyda sodir bo‘lgan 

qonli janglar haqidagi hikoyasini zavq bilan tingladi. Bu janglar 



31

haqida hikoya qilar ekan, chol o‘z xochiga faxr bilan qarab-qarab  

qo‘yardi.

Biroq Jyulen o‘n to‘rt yoshga to‘lgan yili Verrerda bunday kichik 

shaharcha uchun g‘oyat hashamdor bo‘lgan katta cherkov qurila 

boshladi. Cherkovning peshtoqiga to‘rtta marmar ustun o‘rnatilgan 

bo‘lib, bu ustunlar Jyulenning qalbini larzaga solgandi; keyinroq 

ularning dovrug‘i butun viloyatga taraldi, chunki xuddi shu ustunlar 

shahar sudyasi bilan Bezansondan yuborilgan va iezuitlar jamiyati-

ning josusi hisoblangan yosh ruhoniy o‘rtasida adovat tug‘dirgan edi. 

Sudya shuni deb mansabidan judo bo‘lishiga sal qolgandi, har qalay, 

odamlar orasida shunday mishmish tarqalgan edi. Ikki haftada bir 

marta Bezansonga borib, aytishlariga ko‘ra, naq yepiskop hazrati 

oliylarining o‘ziga uchrashib keladigan bu ruhoniy bilan o‘chakishi-

shning nima hojati bor edi unga.

Bu orada jo‘jabirdek jon shahar sudyasi odamlarga adolatsizdek 

ko‘ringan bir necha hukm chiqarib qo‘ydi: bu hukmlarning bari «Kons-

titutsionalist»ni o‘qib yuradigan shaharliklarga qarshi qaratilgan edi. 

Oxir-oqibatda sodiq fuqarolar g‘olib chiqishdi. Aslida gap uch-to‘rt 

frank ustida ketgandi. Biroq bu arzimas jarimani to‘laganlar orasida 

mixsoz usta – Jyulenning cho‘qintirgan otasi ham bor edi. G‘azabin-

ing zo‘ridan es-hushini yo‘qotayozgan bu odam uyiga kelgan zahoti 

baqirib-chaqira boshladi: «Dunyoning teskari bo‘lib ketganini qara! 

Yigirma yildan buyon barcha shu muttaham sudyani halol odam deb 

yurganiga o‘lasanmi!» Jyulenning do‘sti, polk tabibi esa bu paytga 

kelib bandalikni bajo keltirib bo‘lgan edi.

Kutilmaganda Jyulen Napoleon haqida gapirmay qo‘ydi, u endi 

ruhoniy bo‘lishni jazm qilgan edi. Arraxonada uni doim qo‘lida keksa 

kyure hadya qilgan lotin tilidagi Tavrotni ko‘tarib yurganini ko‘ri-

shardi. Jyulen uni yod olmoqchi edi. Yigitchaning muvaffaqiyatlaridan 

ajablangan mehribon chol kechqurunlari vaqtini ayamay unga ilohi-

yotdan saboq bera boshladi. Jyulen cholning oldida xudojo‘ylikdan 

bo‘lak bironta ham tuyg‘usini namoyish etmaslikka ahd qilgan edi. 

Chehrasi xuddi qiz bolanikiga o‘xshash ma’sum bu yigitchaning qalbi-

da o‘ziga yo‘l ochish uchun har qanday azob-uqubatga ham chidashga 

hozirlik, metindek qat’iyat yashiringanini kim o‘ylabdi deysiz.

O‘ziga yo‘l ochish deganda, Jyulen avvalo Verrerni tark etishni 

o‘ylardi. U tug‘ilib-o‘sgan shahridan g‘oyat nafratlanardi. Bu yerda 

ko‘rgan narsalarining bari uni dahshatga solardi.



32

Uning yosh bolaligidanoq bexosdan ruhlanib ketish odati bor edi. 

Yigitcha o‘zini Parij go‘zallariga qanday tanishtirajaklarini, o‘zi biror 

favqulodda qahramonlik ko‘rsatib, ularning e’tiborini qozonajagi 

haqida shirin xayollarga berilardi. Nega ulardan birortasi Jyulenga 

ko‘ngil qo‘ymasin ekan, axir Bonapartni hali u qashshoqlik paytidayoq 

ofatijon de Bogarne xonim sevib qolgan-ku? Ko‘p yillar davomida 

Jyulen har daqiqa noma’lum va qashshoq poruchik Bonapartning 

o‘z qilichi kuchi bilan dunyoga hokim bo‘lganligini o‘ziga o‘zi uqtirib 

keldi. Bu fikr boshiga og‘ir kunlar tushganida unga taskin berar, biror 

narsadan quvonganida esa quvonchiga quvonch qo‘shardi.

Cherkov qurilishi va shahar sudyasi chiqargan hukmlar birdan 

Jyulenning ko‘zini ochdi: uning miyasiga bir fikr keldi, bir necha hafta 

davomida u faqat shu haqda o‘yladi va, nihoyat, bu fikr uning butun bor-

lig‘ini qamrab oldi. Odatda otashin qalb sohiblari o‘zlariga ixtiro bo‘lib 

tuyulgan birinchi fikrga shunday butun yuraklarini baxsh etishadi. 

«Bonapart shuhrat qozonganida Fransiya xorijiylar istilosidan 

qo‘rqardi, harbiy shon-shavkat zarur edi u paytda. Shuning uchun 

ham u rasm tusiga kirgandi. Endi bo‘lsa qirq yoshga kirgan ruhoniy 

yuz ming frank maosh oladi. Napoleonning eng mashhur generalla-

riga ham bundan uch marta kam pul to‘lashardi. Ularga ishlarida nafi 

tegadigan odamlar kerak. Masalan, shahrimiz sudyasini olaylik. Shu 

paytga qadar dono va halol kishi sifatida nom chiqargan bir mo‘ysafid 

odam o‘ttiz yoshlik vikariyning g‘azabidan cho‘chib, o‘zini isnodga 

qoldirib o‘tiribdi. Ruhoniy bo‘lish kerak».

Ikki yil davomida ilohiyatdan saboq olib, xudojo‘yligi juda avjiga 

chiqqan kunlarning birida Jyulen bexosdan qalbini o‘rtab kelayot-

gan olovni sezdirib qo‘ydi. Bu voqea janob Shelanning uyida sodir 

bo‘ldi, – bir kuni ruhoniylar yig‘ilgan nonushta mahali mehribon 

kyure Jyulenni mehmonlarga donolik mo‘jizasi sifatida tanishtirgan 

edi, – yigit birdan Napoleonni ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshladi. 

Shundan so‘ng o‘zini jazolamoq uchun o‘ng qo‘lini ko‘kragiga tang‘ib 

bog‘ladi-da, roppa-rosa ikki oy o‘ziga azob berib yurdi. Boshqalarga 

u, xoda ko‘tarayotganimda qo‘lim lat yedi, deb bahona qildi. O‘zi-

ni-o‘zi shu yo‘sinda jazolagandan so‘ng Jyulenning ko‘ngli taskin 

topdi. Kichkinagina tugunchasini qo‘ltig‘iga qistirganicha Verrerning 

hashamdor cherkoviga kirib kelayotgan, ko‘rinishidan o‘n yettilardan 

oshmagandek tuyuladigan, aslida esa o‘n sakkiz yoshlik bu nozikkina 

yigitcha ana shunaqa odam edi.



33

Cherkov g‘ira-shira, bo‘m-bo‘sh bo‘lib, bayram munosabati bilan 

barcha derazalarga to‘q qizil parda tortilgandi. Shu boisdan quyosh 

nurlari qandaydir jivirlab, cherkov ichini ulug‘vor, ko‘rkam qilib 

ko‘rsatardi. Jyulenning a’zoyi badani titrab ketdi. U cherkovda yolg‘iz 

edi. Yigit ko‘ziga eng chiroyli ko‘ringan kursiga borib o‘tirdi, kursiga 

janob de Renalning gerbi naqsh qilib o‘yilgan edi.

Ibodat mahali tiz cho‘kish uchun qo‘yilgan kichkina kursichada 

Jyulen kitob varag‘idan yirtib olingan bir parcha qog‘ozni ko‘rib qoldi. 

Qog‘oz xuddi bu yerga o‘tirgan odam o‘qisin uchun ataylab qo‘yilgan-

dek edi. Jyulen uni qo‘liga olib, shunday so‘zlarni o‘qidi: «...yili Bezan-

sonda qatl etilgan Lyudovik Jenrel hayotining so‘nggi daqiqalari...» 

Qog‘ozning orqa tomonida bir satrning «birinchi qadam» degan ikki 

so‘zi saqlanib qolgan ekan.

– Bu qog‘ozni kursichaga kim qo‘yibdiykin? – dedi Jyulen. – Eh, 

bechora, – deb qo‘shimcha qildi u xo‘rsinib. – Familiyasi ham meni-

kiga ohangdosh ekan... – yigit qog‘ozni g‘ijimlab, bir chetga tashladi.

Jyulen cherkovdan chiqayotganida mehrob oldidagi jom tagiga 

qon sachragandek bo‘lib tuyuldi, aslida bu muqaddas suv tomchilari 

bo‘lib, qizil darpardadan tushgan yorug‘likda qonga o‘xshab ko‘ri-

nayotgandi.

Nihoyat, Jyulen ko‘ngliga tushgan g‘ulg‘uladan o‘zi ham uyalib 

ketdi.

«Nahotki shunchalik qo‘rqoq bo‘lsam? – dedi u o‘ziga-o‘zi. – Qani, 



olg‘a!»

Keksa tabib hikoyalarida juda ko‘p takrorlanadigan bu xitob 

Jyulenga qahramonlikka undagandek tuyulardi». U shartta orqasiga 

o‘girildi-da, tez-tez odim otib, janob de Renalning uyi tomon yurib  

ketdi.

Biroq yigit o‘ziga o‘zi qancha dalda bermasin, merning uyiga yigir-



ma qadamcha qolganida uning dadilligidan nom-nishon ham qolmadi. 

Panjarali cho‘yan eshik ochiq bo‘lib, Jyulenga u g‘oyat hashamdor 

ko‘rindi. Ana shu eshikdan ichkari kirmoq lozim edi.

Lekin yigitning bu uyga qadam ranjida qilishidan yana bir odam-

ning yuragi uvishmoqda edi. Qandaydir begona odamning o‘z vazi-

fasiga ko‘ra doim u bilan bolalari o‘rtasida g‘ov bo‘lib turishi haqidagi 

fikr tabiatan g‘oyat tortinchoq bo‘lmish de Renal xonimning ruhini 

tushirib yuborgandi. Ayol o‘g‘illarining yonida, o‘z xonasida uxlashga 

odatlanib qolgandi. Ertalab bolalarining karavotchasini tarbiyachi 



34

uchun mo‘ljallangan xonaga tashib o‘tishar ekan, u ancha-muncha ko‘z 

yoshi qilib oldi. U eridan hech bo‘lmasa kenja o‘g‘li Stanislav-Ksavyeni 

o‘z oldida qoldirishni iltimos ham qilib ko‘rdi. Biroq janob de Renal 

o‘z ahdida qat’iy edi.

Umuman ayollarga xos kuyunchaklik de Renal xonimning qal-

bida nihoyasiga yetgan edi. U hozirning o‘zidayoq faqat lotin tilini 

bilgani va shu tilni deb uning o‘g‘illariga baqiradigan va ularni 

savalaydigan paxmoqbosh to‘pori bir nusxani ko‘z oldiga keltirib  

qo‘ygandi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish