III
Yo‘qsillar mulki
Har qanday fitnalardan xoli yuradigan
shafqatli kyure qishloq aholisi uchun Xu doning
marhamati.
Fleri.
Shuni aytib o‘tish kerakki, bu yerdagi tog‘larning hayotbaxsh
musaffo havosi tufayli sihat-salomatligi g‘oyat yaxshi bo‘lgan sakson
yoshli qariya, Verrer kyuresi qamoqxona, kasalxona va, hatto, ye-
timxonaga istagan paytda kirish huquqiga ega edi. Parijda kyurening
nomiga tavsiyanoma yozdirib olgan janob Apper ushbu sinchkov
shaharchaga ertalab roppa-rosa oltida yetib kelib juda aqlli ish qildi.
U darhol ruhoniyning uyiga bordi.
Fransiya peri va shu muzofotdagi zamindorlar orasida eng ba-
davlati markiz de lya Molning maktubini o‘qir ekan, kyure Shelan
chuqur o‘yga toldi.
«Men keksa bir odamman, boz ustiga, bu yerda meni yaxshi ko‘ri-
shadi, – dedi u nihoyat o‘ziga o‘zi ohista, – ular jur’at etishmaydi».
So‘ng u parijlik mehmon tomon o‘girildi va ko‘zlarida keksaligiga
qaramay, tavakkal bilan bo‘lsa-da, olijanob ish qilayotganidan qu-
vonayotganini ko‘rsatuvchi ajib bir yolqin yilt etib dedi:
– Mayli, yuring, afandim. Lekin bir iltimosim bor: ko‘rajak narsala-
rimiz haqida qamoqxona qorovuli va, ayniqsa, yetimxona nazoratchi-
lari oldida miq etib og‘iz ochmasligingiz lozim.
Janob Apper keksa kyurening naqadar mard odam ekanini
tushundi, u muhtaram ruhoniy bilan birgalikda qamoqxona, kasal-
xona va yetimxonani aylanib chiqdi, ko‘plab savollar berdi, biroq
18
javoblarning g‘alati eshitilishiga qaramay, bir og‘iz ham ta’nali so‘z
aytmadi.
Bu ko‘rik bir necha soat davom etdi. Ruhoniy janob Apperni tush-
lik qilish uchun uyiga taklif etgan edi, biroq mehmon, hali bir talay xat
yozishim kerak, degan bahonada unikiga borishdan bosh tortdi, – u
olijanob hamrohining obro‘siga ortiq putur yetkazishni istamasdi.
Soat uchlarda ko‘rikni tugatish uchun ular yetimxonaga borishdi-da,
so‘ng yana qamoqxonaga qaytishdi. Eshik oldida ularni qamoqxona
qorovuli – barzangi maymoq qarshi oldi: uning razil basharasi qo‘rquv
zo‘ridan battar jirkanch bo‘lib ketgandi.
– Taqsir, – dedi u kyureni ko‘rgan zahoti, – siz bilan birga kelgan
ushbu zot janob Apper emasmilar mabodo?
– Shunday bo‘lsa nima qilibdi? – dedi kyure.
– Axir bu xususda kecha qat’iy buyruq olganman, – janob prefekt-
ning ushbu buyrug‘ini olib kelgan jandarm tuni bilan ot choptirib
kelibdi. – O‘sha buyruqda, janob Apper qamoqxonaga mutlaqo kiri-
tilmasin, deyilgan.
– Sizga shuni aytishim mumkinki, janob Nuaru, – dedi kyure, –
men bilan kelgan ushbu mehmon chindan ham janob Apper bo‘ladilar.
Qamoqxonaga istagan paytimda kirish va istagan odamni boshlab
kelishga haqim borligidan xabaringiz bo‘lsa kerak, har qalay.
– Shundaylikka shunday-ku-ya, janob kyure, – deb javob qildi
qorovul tovushini pasaytirib va xuddi tayoq o‘qtalib buyruqni bajar-
ishga majbur etishayotgan itdek boshini quyi soldi. – Ammo, janob
kyure, mening xotinim, bola-chaqam bor. Mabodo ustimdan shikoyat
tushsa, meni ishdan quvishadi, unda holimiz nima kechadi, axir bo-
la-chaqamni shu yerdan oladigan maosh bilan boqaman.
– Men ham qavmdan mahrum bo‘lishni aslo istamasdim, – deb
javob qildi sofdil kyure, hayajondan tovushi titrab.
– Sizning yo‘lingiz boshqa! – dedi jonlanib qorovul. – Sizning
sakkiz yuz livr rentangiz va bir parcha bo‘lsa ham o‘z yeringiz bor,
janob kyure. Buni hamma biladi.
Bu voqea haqida bichib-to‘qib og‘izdan-og‘izga o‘tgan va mubo-
lag‘ali tafsilotlar bilan boyitilgan turli-tuman mishmishlar so‘nggi ikki
kun davomida Verrer shaharchasini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborgandi.
Xuddi ana shu voqea hozir janob de Renalning rafiqasi bilan xiyol araz-
lashib qolishiga ham sabab bo‘ldi. Ertalab janob de Renal yetimxona
direktori janob Valeno bilan birgalikda o‘zining qattiq norozi ekani-
19
ni izhor etmoq uchun kyurening huzuriga bordi. Janob Shelanning
bironta ham homiysi yo‘q edi; keksa ruhoniy bu suhbatning oqibati
yomon bo‘lishi mumkinligini his etdi.
– Nimayam derdim, janoblar, chamasi, sakson yoshga kirganda
bu o‘lkada xizmatdan chetlashtirilgan uchinchi ruhoniy bo‘ladiganga
o‘xshayman. Bu yerga kelganimga ellik olti yil bo‘libdi. Men ilk bor
qadam qo‘yganimda hali qishloq bo‘lgan bu shaharchaning deyarli
barcha aholisini o‘zim cho‘qintirganman. Har kuni yosh kelin-ku-
yovlarni nikohlab qo‘yaman. Bir vaqtlar esa ularning bobolari bilan
buvilarini nikohlagan edim. Verrer mening oilam bo‘lib qolgan, biroq
uni tark etishdan qo‘rqish meni vijdonimga xilof ish qilishga majbur
eta olmaydi. O‘sha mehmonni ko‘rgan zahotim men o‘zimga o‘zim:
«Ehtimol bu parijlik janob chindan ham liberaldir, – hozir ular juda
ko‘payib ketishgan, – ammo u bizning mahbuslarimiz va yetimlari-
mizga nima ham yomonlik qilishi mumkin?» – degan savolni berdim.
Biroq janob de Renal va, ayniqsa, yetimxona direktori janob Valeno
aytayotgan ta’nalar borgan sayin haqoratli tus ola boshladi.
– Mayli, janoblar, qavmni mendan tortib oling, – dedi mo‘ysafid
kyure tovushi qaltirab. – Men baribir bu yerlarni tark etmayman. Bun-
dan qirq sakkiz yil muqaddam menga bir parcha yer meros qolganini
hamma biladi. O‘sha yerdan yiliga sakkiz yuz livr daromad olaman.
Xuddi ana shu pulga yashayveraman. Sizga ochig‘ini aytsam, janoblar,
xizmat haqimdan sira ham pul jamg‘argan emasman. Ehtimol, shu
boisdan bo‘lsa kerak, ishdan bo‘shatishlaridan sira ham qo‘rqmayman.
Janob de Renal rafiqasi bilan juda ahil yashardi, biroq xonim
jur’atsizlik bilan: «O‘sha parijlik janob bizning mahbuslarga nima ham
yomonlik qilardi?» – deb savolini takrorlaganida u nima deb javob
qilishini bilmay zardasi qaynagan edi, shu payt de Renal xonim birdan
qichqirib yubordi. Uning ikkinchi o‘g‘li panjara ustiga sakrab chiqib,
garchi devor narigi yoqdagi uzumzordan uch-to‘rt odam bo‘yi baland
bo‘lsa-da, uning ustidan yugura boshlagan edi. Bola cho‘chib ketsa
yiqilib tushishidan qo‘rqqan de Renal xonim uni chaqirishga jur’at
etmadi. Nihoyat, bolakay o‘zining jasurligidan gul-gul ochilib, onasi
tomon o‘girildi-yu, uning oppoq oqarib ketganini ko‘rib, panjaradan
sakrab tushdi-da, uning oldiga yugurib keldi. Bolani yaxshilab koyishdi.
Bu voqea er-xotinni mavzuni o‘zgartirishga majbur etdi.
– Men anovi arrakashning o‘g‘li Sorelni uyimizga olishga jazm
etdim, – dedi janob de Renal, – u bolalarimizga qarab yuradi, bo‘lmasa
20
zumrashalar juda haddilaridan oshib ketishyapti. Bu talaba yigit de-
yarli ruhoniy emish; u lotin tilini juda yaxshi biladi va bolalarimizni
o‘qishga majbur etadi, kyurening aytishicha, yigitcha juda talabchan
emish. Men unga uch yuz frank maosh belgilayman-da, ovqatini
ko‘taraman. Uning xulq-atvoridan biroz shubhalangan edim. Axir u
Faxriy Legion ordenining kavaleri anovi tabib cholning erkatoyi edi-
da. O‘sha chol qandaydir qarindoshligini bahona qilib, Sorellarnikiga
kelgandi-yu, o‘sha-o‘sha ularnikida boqim bo‘lib qolgan edi. Ehtimol,
bu odam aslida liberallarning maxfiy agenti bo‘lgandir, chol bu yer-
ning musaffo havosi ziqqinafas kasaliga davo ekanini bahona qilardi,
ammo kim bilsin? U Buonaparte bilan Italiya kampaniyalarining
barida qatnashgan, ammo aytishlaricha, hatto imperiya uchun saylov
bo‘lganida ham «yo‘q» deb javob yozgan ekan. O‘sha liberal Sorelning
o‘g‘lini o‘qitibdi va unga o‘zi bilan kelgan bir talay kitoblarni meros
qoldiribdi. Men duradgor Sorelning o‘g‘lini bolalarimga tarbiyachi
qilib olishni xayolimga ham keltirmagandim, albatta. Biroq kyure bilan
butunlay yuzko‘rmas bo‘lishimga sabab bo‘lgan o‘sha voqeadan bir
kun avval u menga Sorelning o‘g‘li uch yildan buyon ilohiyotdan saboq
olayotgani va seminariyaga kirmoqchi ekanini aytgan edi. Demak, bu
yigitcha liberal emas, buning ustiga lotin tilini biladi.
– Ammo bu o‘rinda yana ba’zi bir mulohazalar bor, – deb davom
etadi janob de Renal rafiqasiga ma’nodor nazar tashlar ekan. – Janob
Valeno karetasiga qo‘shish uchun bir juft ajoyib normand otlarini
xa rid qilganidan juda gerdayib yuribdi. Lekin bolalarining guverneri
yo‘q.
– U hali o‘sha Sorelni o‘ziga og‘dirib olishi ham mumkin.
– Demak, rejamni ma’qullaysan, – dedi darhol janob de Renal hozir
aytgan ajoyib fikri uchun xotiniga qarab minnatdorlik bilan jilmayar
ekan. – Bo‘pti, kelishdik.
– Eh, azizim, hamma ishni darrov hal qilib qo‘ya qolasan-a.
– Chunki men shunaqa irodali odamman. Endi anovi kyuremiz
ham bunga ishonch hosil qiladi. O‘zimizni aldashdan foyda yo‘q – te-
varak-atrofimizda liberallar to‘lib yotibdi. Manavi barcha manufak-
turachilar meni ko‘risha olmaydi, bunga ishonchim komil, ulardan
ikki-uchtasining hamyoni ancha qappayib qolgan. Shuning uchun
ham ular janob de Renalning bolalari guverner nazoratida sayr qilib
yurishini bir ko‘rib qo‘yganlari ma’qul. Shundan keyin biroz popuk-
lari pasayib qoladi. Mening bobom bolaliklarida doim guvernerlari
21
bo‘lganini bizga tez-tez hikoya qilib berardilar. Tarbiyachi menga
taxminan yuz ekyuga tushadi, lekin nachora, bizning mavqeimizni
nazarda tutganda bu xarajat obro‘ni saqlash uchun kerak.
Qo‘qqisdan qabul qilingan bu qaror de Renal xonimni o‘ylatib
qo‘ydi. Baland bo‘yli, qaddi-qomati kelishgan de Renal xonim bir vaqtlar
butun viloyatda eng sohibjamol ayol hisoblanardi. Uning butun qiyo-
fasida, o‘zini tutishida qandaydir yosh qizlarga xos soddadillik sezilib
turardi. Bu sodda nazokat, ehtimol, biror parijlikni pinhoniy ehtirosi
bilan o‘ziga maftun etishi mumkin edi. Biroq de Renal xonim o‘zining
shunday taassurot qoldirishi mumkinligini bilganida uyalganidan yer
yorilib, yerga kirib ketgudek bo‘lardi. Uning qalbi har qanday tannozlik
va munofiqlikdan butunlay xoli edi. Aytishlariga qaraganda, yetimxona
direktori, katta mulk egasi janob Valeno uning ko‘nglini olishga ancha
urinibdi-yu, biroq hech nimaning uddasidan chiqa olmabdi. Shundan
so‘ng de Renal xonimning xushxulq ayol sifatidagi shuhrati yanada
oshib ketdi, chunki janob Valeno ayni kuchga to‘lgan, norg‘ul, ikki yuzi
qip-qizil va bakenbardlari qop-qora kishi bo‘lib, viloyatda «kelishgan
erkak» deb atalgan dag‘al, behayo va shang‘i odamlar toifasidan edi.
Tabiatan g‘oyat tortinchoq de Renal xonimning kayfiyati sal narsaga
o‘zgarib turgani boisidan janob Valenoning doimo hovliqib yurishi va
shang‘illab gapirishi uning zardasini qaynatardi. Xonim Verrerda ko‘ngil
ochish deb atalgan narsalardan o‘zini olib qochib yurishi tufayli sha-
hardagi g‘iybatchilar, u o‘z nasl-nasabi bilan kekkayadi, deb gap tarqa-
tishdi. Bu narsa uning xayoliga ham kelmagan edi, biroq shaharliklar
uning uyiga kamroq keladigan bo‘lishganida xonim juda xursand
bo‘ldi. Bu yerlik xonimchalar uni tentakroq deb hisoblashlarini ham
yashirmay qo‘y qolaylik, chunki de Renal xonim eriga siyosat qila olmas
va unga Parij yoki Bezansondan bashang shlyapa xarid qildirishning
o‘rni kelib qolganda ham imkoniyatni qo‘ldan boy berardi. Unga faqat
ajoyib bog‘larida sayr qilishiga xalal berishmasa bo‘lgani edi, bundan
ortig‘ini u iltimos qilmasdi ham.
De Renal xonim quvlik-shumlikni bilmasdi: eri haqida hukm yu-
ritish u yoqda tursin, u bilan kechayotgan hayotining zerikarli bo‘lishi
mumkinligini u xayoliga ham keltirmasdi. Uning fikricha, – darvoqe,
bu haqda u uncha bosh qotirib ham o‘tirmasdi, – er-xotin o‘rtasida
bundan boshqacha nazokatliroq munosabatning o‘zi bo‘lishi mumkin
emasdi. Xonim janob de Renalni u o‘z o‘g‘illarining kelajagi haqidagi
rejalarini hikoya qilganida ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Janob de Renal
22
esa o‘g‘illaridan birini harbiy, ikkinchisini amaldor, uchinchisini esa
ruhoniy qilib yetishtirish niyatida edi. Umuman, xonim janob de Re-
nalni uylariga qadam ranjida qiladigan barcha erkaklarga qaraganda
xushchaqchaqroq deb hisoblardi.
Bu xotin kishining o‘z eri haqidagi oqilona fikri edi. Verrer
shahrining meri amakisidan meros qolgan besh-o‘nta latifa tufayli
tili o‘tkir va, ayniqsa, odobli odam sifatida obro‘ qozongan edi.
Keksa kapitan de Renal revolyutsiyaga qadar gersog Orleanskiy
oliy hazratlarining piyodalar polkida xizmat qilgan bo‘lib, Parijga
borgan kezlari valiahd shahzodaning uyiga kirib turish imtiyoziga
ega edi. O‘sha yerda u de Montesson xonim, mashhur de Janlis xonim
va Pale-Royalning ixtirochisi janob Dyukrelarni ko‘rish sharafiga
muyassar bo‘lgandi. Ushbu zotlarning bari janob de Renal aytadi-
gan latifalarda doim tilga olinardi. Ammo bora-bora xiyla nozik va
hozirgi kunda ko‘pchilikning xotirasidan ko‘tarilgan tafsilotlarni
pardali qilib aytish uning uchun ancha mushkul ish bo‘lib qoldi va
shu boisdan janob mer gersog Orleanskiy hayotiga taalluqli lati-
falarni alohida tantanali yig‘inlardagina tilga oladigan bo‘ldi. Boz
ustiga, o‘rtaga pul aralashmagan paytlarda g‘oyat nazokatli kishi
bo‘lgani tufayli janob de Renal adolatli ravishda Verrerning eng
katta asilzodasi hisoblanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |