Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

II

Janob mer

Obro‘! Hali siz buni bo‘lmag‘ur narsa deb 

o‘ylaysizmi, afandim? Ahmoqlarning hurmati

go‘daklarning hayrati, boyonlarning hasadi-yu, 

donolarning nafrati.

Barnav.

Janob de Renalning baxtiga Du daryosidan o‘ttiz-o‘ttiz besh metr-

cha chamasi yuqoriroqda, tepalik yonbag‘rida joylashgan shahar xi-

yoboni bo‘ylab ulkan tirgovuch devor qurish zarurati tug‘ilib qoldi. Bu 

ish uning shahar hokimi sifatidagi obro‘sini yanada oshirib yuborardi, 

albatta. Xiyobon shunday qulay yerga joylashgani tufayli bu yerdan 

Fransiyaning eng xushmanzara ko‘rinishlaridan biri namoyon bo‘lar-

di. Biroq har yili bahorda yomg‘ir suvlari xiyobonning u yer-bu yerini 

o‘pirib ketar va yo‘lkalar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, sayr qilishga mutlaqo 

yaramay qolardi. Barchaning joniga tekkan bu noqulaylik janob de 

Renalning istiqbolida o‘zining shaharga hokimlik qilib turgan davrini 

balandligi yetti quloch va kengligi bir yarim quloch keladigan devor 

qurish bilan abadiylashtirish zaruratini taqozo qildi.

Bu devorni deb janob de Renal uch marta Parijga safar qilib keldi, 

chunki hozirgisidan oldingi ichki ishlar ministri Verrer xiyobonida 

devor qurilishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qilgan edi. Hozir bu 

devorning panjarasi yerdan bir qulochcha chamasi ko‘tarilib turibdi. 

Shu kunlarda, go‘yo Fransiyaning barcha ministrlari – sobiq va hozirgi-

larining jig‘iga tegayotgandek, uni marmar taxtalar bilan bezashyapti.

Yaqinginada tark etilgan Parijdagi ballarni eslab, ko‘kimtir bo‘lib 

tovlanib turgan bu katta marmar taxtalarga ko‘ksimni berganimcha 

Du vodiysini juda ko‘p tomosha qilganman. Yiroqda, daryoning chap 

sohilida besh-oltita jarlik ko‘zga tashlanadi. Jarliklarning tubida 

oftobda yarqirab oqayotgan jilg‘alar yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular u 

yer-bu yerda shalola hosil qilib, pastga qarab intilishadi-da, nihoyat, 

shovullab Du daryosiga oqib tushishadi. Bizning tog‘larda oftob 

jazillatadi, qoq peshinda, quyosh nayzaga kelganda esa xiyobonda 

orzular og‘ushiga cho‘mgan sayyohni ajoyib chinorlar o‘z soyasiga 

oladi. O‘trindi tuproq evaziga bu chinorlar juda tez o‘sib, uning ser-



15

bar yaproqlari oftobda yaltirab turadi, chunki janob mer o‘zining 

butun ulkan tirgovuch devori bo‘ylab tuproq to‘kishni buyurgan; 

munitsipal kengashning qarshilik qilishiga qaramay, u xiyobonni 

taxminan ikki qulochga kengaytirdi (garchi u ultraroyalist, men esa 

liberal bo‘lsam-da, uning bu ishidan xursandman). Shu boisdan ham 

xiyobonning mazkur pog‘onasi merning hamda Verrerdagi beva-be-

choralar uyining hozir ham huzur-halovatda yashayotgan direktori, 

janob Valenoning fikricha, Ledagi Sen-Jermen pog‘onasidan sirayam 

qolishmas emish.

Menga qolsa, kamina Sadoqat xiyobonining faqat bitta kam-

chiligidan noroziman. Xiyobonning bu rasmiy nomi o‘n besh yoki 

yigirma joyda marmar taxtalarga yozilgan bo‘lib, buning uchun janob 

de Renal yana bitta xoch bilan mukofotlangan. Menimcha, Sadoqat 

xiyobonining kamchiligi ulkan chinorlarning rasvosi chiqarilganida-

dir: ularni boshliqlarning buyrug‘iga binoan beayov butab turishar 

ekan. Ularni kallaklab, yumaloq shox-shabbasiz qilmasdan o‘z holiga 

qo‘yib berishganida edi, ular eng ko‘rimsiz sabzavotga o‘xshab qolmay, 

Angliya chinorlari kabi ko‘rkam bo‘lishlari mumkin edi. Biroq janob 

merning hukmi qat’iy bo‘lib, jamoatga qarashli barcha daraxtlar yiliga 

ikki marta ayovsiz butab turiladi. Mahalliy liberallarning aytishi-

cha, – bu mubolag‘a, albatta, – go‘yo janob vikariy Maslon daraxtlar 

kallaklanganda qirqib tashlangan shox-shabbalarni o‘marib ketish 

odatini chiqarganidan buyon shahar bog‘bonining qo‘li uzunroq 

bo‘lib qolganmish.

Ushbu navqiron ruhoniy bundan bir necha yil muqaddam abbat 

Shelan va chor atrofdagi bir necha kyurelarning ishini nazorat qilib 

turmoq uchun Bezansondan yuborilgan edi. Iste’foga chiqqach

Verrerga kelib qolgan, italyan kampaniyasi ishtirokchisi, merning 

aytishicha, bir vaqtning o‘zida ham yakobinchi, ham bonapartchi 

bo‘lmish keksa polk tabibi bir kuni janob merga bu ajoyib daraxtlar 

kallaklanish natijasida faqat rasvosi chiqayotganini ta’na qilishga 

jur’at etdi.

– Men soyani yaxshi ko‘raman, – deb javob qildi janob de Renal 

Faxriy Legion ordeni kavaleri polk tabibiga nisbatan yo‘l qo‘yilishi 

mumkin bo‘lgan bir takabburlik bilan, – men soyani yaxshi ko‘raman, 

shuning uchun ham soya solib tursin, deb daraxtlarni kallaklashni 

buyurdim. Bu daraxtlar soya berishdan bo‘lak hech nimaga yaramaydi. 

Masalan, yong‘oqning yo‘rig‘i boshqa: undan daromad olsa bo‘ladi.



16

Verrerda hamma narsani ana shu ulug‘ so‘z hal qiladi: daromad... 

Butun aholining to‘rtdan uch qismi erta-yu kech faqat shu to‘g‘rida 

o‘ylaydi.



Daromad olish... Sizga juda go‘zal ko‘ringan bu shaharchada barcha 

ishni boshqaradigan omil ana shu so‘zlardan iborat. Verrerga kelib 

qolgan ajnabiy odam shaharchani o‘rab turgan soya-salqin vodiylar 

chiroyiga maftun bo‘lib, avvaliga, bu yerning odamlari go‘zallik shay-

dosi ekan, degan xayolga boradi: chindan ham bu yerning odamlari o‘z 

o‘lkalarining chiroyi haqida tinimsiz gapirishadi. Ular o‘z ona yurtlarini 

g‘oyat qadrlashadi, chunonchi, bu yerning tabiati chet elliklarni o‘ziga 

jalb etadi. Sayyohlarning pullari esa mahalliy mehmonxona egalarining 

hamyonini qappaytiradi. Bu hol, o‘z navbatida, soliq haqidagi qonunga 

binoan shahar g‘aznasiga mo‘maygina daromad keltiradi.

Ochiq kuz kunlarining birida janob de Renal rafiqasi bilan Sadoqat 

xiyoboni bo‘ylab sayr qilib yurardi. De Renal xonim yonida gerdaygan-

cha qadam tashlab borayotgan erining gap sotishiga quloq solar ekan, 

xiyobonda shataloq otib yurgan uch o‘g‘lining xatti-harakatini bezovta-

lanib kuzatardi. Yoshi o‘n birlarga kirib qolgan katta o‘g‘li o‘qtin-o‘qtin 

panjara yoniga yugurib borib, uning ustiga chiqmoqchi bo‘lardi. Shunda, 

Adolf, deb chaqirgan muloyim ovoz eshitilardi-yu, bola o‘zining sho‘x 

niyatidan voz kechishga majbur bo‘lardi. Ko‘rinishidan o‘ttizlarga kirib 

qolgan bo‘lsa-da, de Renal xonim hali ancha xushro‘y edi.

– Parijlik bu dimog‘dor keyin bu qilmishidan afsuslanib yura-

di, – dedi janob de Renal ranjigan ohangda, uning odatda rangpar 

yuzi yanada bo‘zarib ketgandek edi. – Saroyda uning tanobini tortib 

qo‘yadigan ba’zi do‘stlarim bor...

Garchi ikki yuz bet davomida sizlarga viloyat haqida hikoya qilish 

niyatida bo‘lsam-da, har qalay, uzundan-uzoq gap sotish va viloyat-

liklarning alomat suhbatlarini takrorlab joningizga tegish darajasida 

zolim emasman. 

Merning nafratini qo‘zg‘atgan parijlik bu dimog‘dor janob Apper 

bo‘lib, bundan ikki kun burun u qamoqxona bilan Verrer yetimxonasi u 

yoqda tursin, hatto janob mer hamda shaharning eng ko‘zga ko‘ringan 

uy egalari qaramog‘idagi kasalxonaga ham kirib chiqqan edi.

– Xo‘sh, nima qilibdi, – deb jur’atsizlik bilan javob qildi de Renal 

xonim, – yo‘qsillar mulkining sariq chaqasiga ham xiyonat qilmay 

sarf-xarajat qilasizlar axir. Shunday bo‘lgach, Parijdan kelgan o‘sha 

janob sizlarga nimayam qila olardi?



17

– U janob bu yerga faqat bizni qoralash uchun kelgan, keyin borib, 

liberal gazetalarda boshimizga tuhmat yog‘dira boshlaydi.

– Lekin sen ularni hech qachon o‘qimaysan-ku axir, azizim.

– Ammo o‘sha yakobincha maqolalarni nuqul yuzimizga solish-

gani-solishgan, bu ishlarning bari bizning asabimizni qo‘zg‘aydi va 

ezgu ishlarimizga xalal beradi. Yo‘q, shaxsan men bu ishi uchun janob 

kyureni hech qachon kechirmayman.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish