Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

o‘z burchini, qahramonona burchini bajardi xolos. Yigit shu fikrdan 

mast  bo‘lib,  xonasini  ichidan  quflab  oldi-da,  yana  boshqatdan 

huzur qilib o‘z qahramonining jasorati haqidagi hikoyani o‘qishga  

kirishdi.

Nonushtaga chaqirishganida u Buyuk Armiyaning operatsiyalari 

to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘qiyverib, o‘zining kecha qo-

zongan g‘alabasini unutib ham qo‘ygan edi. U yemakxonaga tushar 

ekan, hazil aralash: «Bu ayolga, sizni sevib qoldim, deb aytish kerak 

bo‘ladi», deya xayolidan o‘tkazdi.

– Biroq u o‘zi o‘ylagan xumor ko‘zlar o‘rniga janob de Renalning 

badjahl basharasini ko‘rdi. Janob mer ikki soat burun Verrerdan 

kelgan bo‘lib, hozir Jyulenning ertalab bolalar bilan shug‘ullanmaga-

nidan g‘oyatda norozi ekanini mutlaqo yashirmasdi. Biror narsadan 

norozi bo‘lgan va bu noroziligini oshkora izhor etishga o‘zini haqli 

deb hisoblagan paytda bu dimog‘dor odamdan jirkanchroq kimsani 

tasavvur qilib bo‘lmasdi.




66

Erining har bir zaharolud so‘zi de Renal xonimning yuragiga 

nayzadek sanchilmoqda edi. Biroq Jyulenning hamon dimog‘i shun-

day chog‘, butun xayoli bir necha soat davomida tasavvuridan o‘tgan 

buyuk ishlarda ediki, darhol manovi dag‘al voqelikka qaytish yigit 

uchun ancha mushkul bo‘ldi: janob de Renalning qo‘pol tanbehlari 

uning ongiga deyarli yetib bormayotgan edi. Nihoyat u:

– Tobim qochib turgan edi, – deya javob qildi. 

Yigit bu so‘zlarni shunday bir dag‘allik bilan aytdiki, tabiatan jiz-

zaki bo‘lgan Verrer meridan muloyimroq odamning ham jahli chiqqan 

bo‘lardi: janob de Renal bir ko‘ngli Jyulenni darhol quvib yubormoqchi 

ham bo‘ldi. Biroq ish xususida sira ham shoshilmaslikni odat qilib 

olgani tufayli o‘zini to‘xtatib qoldi.

«Bu yaramas bola xonadonimda biroz obro‘ orttirdi, – deya xa-

yolidan o‘tkazdi u. – Valeno uni darhol bolalariga tarbiyachi qilib olsa 

kerak, yo bo‘lmasa Elizaga indamay uylanib ketaverishi ham mumkin, 

u holda ham, bu holda ham ichida mendan kulib yuradi».

Lekin ana shu jo‘yali mulohazalariga qaramay janob de Renal 

o‘z noroziligini shunday qo‘pol so‘zlar bilan izhor qila boshladiki, 

asta-sekin Jyulenning ham jahli chiqib ketdi. De Renal xonim ko‘z 

yoshlarini arang tiyib turardi. Ular stol yonidan turishgan zahoti 

xonim Jyulenning yoniga kelib, uning qo‘ltig‘idan tutdi-da, boqqa 

chiqib sayr qilishni taklif etdi, u yigitning qo‘liga do‘stona tayanib 

oldi. Biroq de Renal xonim nima deb tasalli bermasin, Jyulen nuqul:

– Boyonlar ana shunaqa bo‘lar ekan, – deya ohista javob qilardi.

Janob de Renal ularning yonida borardi, uni ko‘rib Jyulenning 

g‘azabi yanada jo‘sh urardi. U birdan de Renal xonimning o‘ziga 

ochiqdan-ochiq tayanib olganini sezib qoldi-yu, ijirg‘anib ketdi: u 

xonimni qo‘pollik bilan itarib yubordi-da, qo‘lini tortib oldi.

Uning baxtiga janob de Renal bu yangi beadablikni sezmay qoldi, 

buni faqat dugonasining yig‘lab yuborganini ko‘rgan Dervil xonim 

payqadi. Xuddi shu payt janob de Renal bog‘ning narigi chetini kesib 

o‘tgan va o‘zgalarga yurish man qilingan yo‘lkadan yurishta jur’at 

etgan dehqon qizchaga tosh ota boshlagan edi.

– Janob Jyulen, o‘tinaman, o‘zingizni bosing, har qanday odamning 

ham kayfiyati buziladi-ku axir, – dedi unga qarab Dervil xonim.

Jyulen unga cheksiz nafrat bilan sovuq nazar tashladi.

Bu nigoh Dervil xonimni hayratga soldi, ammo u yigitning bu 

qarashi bilan nima demoqchi ekaningni payqaganida yanada ko‘proq 



67

ajablanardi: u holda xonim Jyulenning ko‘zlaridan intiqom olishini 

uqqan bo‘lardi. Robesperlar, turg‘an gap, xuddi ana shunday xo‘rlik 

tortilgan daqiqalarda yuzaga keladi.

– Bu Jyuleningiz juda qahri qattiq ekan-ku, men undan cho‘chib 

qoldim, – dedi asta Dervil xonim dugonasiga qarab.

– Negayam jahli chiqmasin axir? – deya javob qildi de Renal xonim. 

– Bolalar juda yaxshi o‘qishyapti. Buning uchun u ozmuncha mehnat 

qildimi axir. Shunday ekan, bir kungina ertalab ular bilan mashg‘ulot 

o‘tkazmasa nima bo‘libdi? Yo‘q, rostini aytish kerak, erkaklar o‘lguday 

qo‘pol xalq bo‘ladi.

De Renal xonim umrida birinchi marta dilida eridan o‘ch olgisi 

keldi. Boyonlarga nisbatan Jyulenning qalbida jo‘sh urayotgan kuch-

li nafrat sirtiga tepay deb turardi. Uning baxtiga shu payt janob de 

Renal bog‘bonni chaqirdi-da, birgalashib bog‘ni kesib o‘tadigan o‘sha 

so‘qmoqni tikanli shox-shabbalar bilan to‘sa boshlashdi. Jyulen sayr 

payti o‘ziga nisbatan aytilayotgan shirin gaplarning birontasiga ham 

e’tibor bermay borardi. Janob de Renal ulardan nari ketishi bilan 

ikkala dugona juda charchashganini bahona qilib, Jyulenning ikki 

qo‘ltig‘idan olishdi.

Hayajon va sarosimadan qizarib ketgan «bu ikki ayol o‘rtasida 

borar ekan, Jyulen takabburlikdan oqargan yuzi, badjahl qiyofasi 

bilan ulardan keskin farq qilib turardi. Shu tobda yigit bu ayollardan 

va dunyodagi barcha nozik his-tuyg‘ulardan nafratlanardi.

«Hech bo‘lmasa yiliga besh yuz frank daromadim bo‘lganida 

bormi, – derdi u o‘ziga o‘zi, – o‘qishimga yetsa bo‘lgani edi! Eh o‘shanda 

bu janobga tupurgan bo‘lardim».

Ana shunday mulohazalarga berilib ketgan Jyulen ikkala dugo-

naning iltifotlariga deyarli e’tibor bermas, qulog‘iga kirgan besh-olti 

og‘iz so‘z esa zardasini qaynatar, unga bema’ni, ahmoqona, ojiz gap 

– xullas, xotinlarning safsatasi bo‘lib tuyular edi.

Suhbat uzilib qolmasin uchun biror narsa deyish niyatida de 

Renal xonim yo‘l-yo‘lakay erining bir fermerdan makkajo‘xori poyasi 

sotib olgani va butun Verrerdan ana shu fermer bilan uchrashish 

uchungina kelganini aytib qoldi. Bu yerlarda o‘sha poyani to‘shakka 

tiqishar edi.

– Erim endi bu yerga qaytib kelmaydi, – deya qo‘shimcha qildi de 

Renal xonim. – U malay bilan bog‘bonni chaqirib ketdi, endi uchovla-

shib uydagi barcha to‘shaklarga qaytadan poxol tiqib chiqishadi. 



68

Bugun ertalab ular birinchi qavatdagi hamma to‘shaklarga poxol 

tiqishdi. Endi ikkinchi qavatga ko‘tarilishadi.

Jyulenning basharasi o‘zgarib ketdi, u de Renal xonimga g‘alati 

qarash qildi-da, qadamini tezlatib, beka bilan ilgarilab ketdi. Dervil 

xonim ortda qoldi.

– Meni qutqaring, – dedi Jyulen de Renal xonimga. – Bu ishni yolg‘iz 

siz bajara olasiz, bilasiz-ku axir, anovi malay meni o‘lguday yomon 

ko‘radi. Sizga rostini aytishim mumkin: menda bir portret bor, uni 

to‘shakka yashirib qo‘ygan edim.

Bu gapni eshitib, de Renal xonimning birdan rangi oqarib ketdi.

– Mening xonamga hozir faqat siz kira olasiz. To‘shakning deraza 

tomonidagi burchagini sezdirmay titkilab ko‘ring, kichkina quticha 

topasiz: kartondan yasalgan silliqqina qora quticha.

– Portret o‘sha qutichadami? – deya arang so‘radi de Renal xonim 

oyoqlari mayishib ketayotganini his etib.

Ayolning ruhi tushib ketganini payqagan Jyulen darhol bundan 

foydalandi.

– Sizdan yana bitta iltimosim bor: o‘tinaman, xonim, marhamat 

qilib o‘sha portretni ochib ko‘rmasangiz, bu – mening sirim. 

– Sir deysizmi? – deya shivirlab takrorladi de Renal xonim.

Xonim garchi o‘z davlati bilan kekkayadigan va boylik orttirishdan 

bo‘lak hech nimani o‘ylamaydigan takabbur odamlar orasida o‘sib 

voyaga yetgan bo‘lsa-da, qalbida uyg‘ongan sevgi tufayli ancha olihim-

mat bo‘lib qolgandi. Dili qanchalik ranjigan bo‘lmasin, u Jyulendan 

topshiriqni bajarish uchun bilishi lozim bo‘lgan ba’zi tafsilotlarni 

fidokorlik bilan so‘rab oldi.

– Yaxshi, – dedi u uy tomon keta turib, – demak, kichkina yumaloq 

quticha, sip-silliq qora quticha, dedingiz-a?

– Ha, shunday, xonim, – deya javob qildi Jyulen xavf-xatar sezgan 

kishilarda paydo bo‘ladigan qat’iylik bilan.

Xonim xuddi qatlga hukm qilingan odamlardek oppoq oqarib 

ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Shuncha iztirob chekkani yetmagandek, 

u birdan ko‘ngli behuzur bo‘layotganini sezdi, biroq Jyulenga yordam 

berishim lozim, degan fikr unga dalda berdi.

«Men qanday bo‘lmasin o‘sha qutichani olishim kerak», dedi 

o‘ziga o‘zi xonim.

Shu payt u xuddi Jyulenning xonasi oldida xizmatkor bilan gapla-

shayotgan erining tovushini eshitib qoldi. Lekin xonimning baxtiga 



69

ular bolalar bo‘lmasiga o‘tib ketishdi. U to‘shakning bir chetini ko‘ta-

rib, qo‘lini shu qadar shitob bilan poxol ichiga tiqqanidan barmoqlari 

tirnalib ketdi. Garchi og‘riqqa chidamsiz bo‘lsa-da, biroq, hozir u buni 

hatto sezmadi ham, chunki shu payt qo‘li silliq qutichaga tekkan edi. 

Xonim qutichani shartta o1di-da, yugurib xonadan chiqib ketdi.

U eri ko‘rib qolishi mumkinligidan qo‘rqmay qo‘ygan zahoti bu 

quticha haqidagi fikr uning qalbini shu qadar iztirobga soldiki, xonim 

chindan ham hushini yo‘qotayozdi.

«Demak, Jyulen qandaydir ayolni sevadi, qo‘limdagi manovi qu-

tichada esa o‘sha ayolning rasmi bor».

Rashk o‘tida yonar ekan, de Renal xonim darmonsizlanib, dahliz-

da turgan stulga o‘tirib qoldi. Xonimning o‘ta soddaligi bu gal ham 

joniga ora kirdi. Uning borlig‘ini qamrab olgan hayrat chekayotgan 

iztiroblarini biroz bo‘lsa-da, yengillashtirib turardi. Dahlizga Jyulen 

kirib keldi, u xonimning qo‘lidan qutichani yulqib oldi-da, bir og‘iz 

ham so‘z aytmay o‘z xonasi tomon otildi va darhol kaminga o‘t yoqib, 

qutichani olovga

 

itqitdi.


«Napoleonning portreti-ya, – derdi u bosh chayqab o‘ziga o‘zi. – 

Uning kelib-kelib uzurpatorga bo‘lgan cheksiz nafratini namoyish qilib 

yurgan odamning saqlab qo‘yganini aytmaysizmi. Ashaddiy royalist, 

buning ustiga mendan jahli chiqib yurgan janob de Renal bu portret-

ni topib olganida bormi?! Odam shunaqayam ehtiyotsiz bo‘ladimi: 

portret orqasidagi oq kartonda qo‘lim bilan bitilgan bir necha satr 

yozuv bor. Uni o‘qigan odamning Napoleonga sajda qilishimga gumoni 

qolmaydi. Qachon muhabbat izhor qilgan bo‘lsam tagiga kunini yozib 

qo‘yganman. So‘nggi satrni kuni kecha yozgan edim».

«Butun obro‘-e’tiborim bir zumda barbod bo‘lardi-qo‘yardi, – der-

di o‘ziga o‘zi Jyulen qutichaning lovillab yonishini kuzatar ekan, – axir 

mening butun boyligim ana shu obro‘-e’tiborim-ku, shu orqali kun 

ko‘ryapman... He, ko‘rgan kunim qursin».

Oradan bir soat o‘tgach, g‘oyat charchagan va o‘ziga o‘zi rahmi 

kelib ketgan Jyulenning yuragi juda toshib ketdi. De Renal xonim 

bilan to‘qnashib qolganida yigit xonimning qo‘lini ilgari sira ham his 

etmagan bir samimiyat bilan labiga bosdi. Xonimning chehrasi baxti-

yorlikdan gul-gul ochilib ketdi-yu, lekin shu zahoti rashkning zo‘ridan 

uni itarib yubordi. Boyagina eshitgan haqoratlardan alamzada bo‘lib 

turgan Jyulen es-hushini yo‘qotayozdi. U de Renal xonimning timso-

lida faqat badavlat bekani ko‘rdi xolos, yigit nafrat bilan xonimning 



70

qo‘lini qo‘yib yubordi-da, nari ketdi. U qattiq xayolga cho‘mib bog‘ni 

kezib yurar ekan, birdan alamzadalik bilan iljaydi.

«Xuddi o‘zimga-o‘zim xo‘jayinday bemalol sayr qilib yuribman. Bo-

lalarga mutlaqo e’tibor ham bermayman. Agar shunday yuraversam, 

yana janob de Renalning haqoratli ta’na-tazarrularini eshitishga to‘g‘ri 

keladi. Uning esa shunday qilishga haqi bor».

Shuni xayolidan o‘tkazar ekan, Jyulen bolalar bo‘lmasi tomon 

yugurib ketdi.

Bolalarning kichigi, – Jyulen bu kenjatoyni juda yaxshi ko‘rardi, 

– uning yoniga kelib erkalana boshlagan edi, yigitning dilidagi dard-

alam biroz yumshagandek bo‘ldi.

«Bu hali mendan nafratlanmaydi, – deya o‘yladi u. Lekin shu za-

hoti, bu ham ojizlikning xuddi o‘zginasi, degan xayolga borib, dilida 

o‘zini koyib berdi. – Bu bolalar meni xuddi kecha ularga olib berishgan 

ov itini erkalatgandek erkalatishadi».




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish