XIII
Nafis paypoq
Roman, bu – katta yo‘lda qo‘-
lingda tutib borayotgan ko‘zgu ning
o‘zi.
Sen Real.
Verjidagi ko‘hna cherkovning xushmanzara xarobalariga yana
ko‘zi tushar ekan, Jyulen o‘tgan kunidan beri de Renal xonimni biron
marta ham eslamaganini o‘ylab qoldi. «Bu yerdan jo‘nab ketayotgan
kunim bu ayol menga oramizda qanday masofa borligini eslatib
qo‘ydi, u men bilan go‘yo oddiy qishloqi bolakay bilan gaplashgandek
gaplashdi. Ha, albatta, u bir kun avval qo‘lidan ushlashimga ijozat
etganidan afsuslanayotganini ko‘reatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin
qo‘liyam juda go‘zal-da o‘zi. Ajoyib! Keyin bu ayolning nigohlarini
aytmaysizmi, naqadar olijanob ko‘zlar-a».
Fuke bilan birgalikda olib boriladigan pudrat ishlari tufayli picha
mablag‘ jamg‘arish imkoniyati Jyulen xayolini biroz olib qochdi. Yigit
o‘zining atrofdagilar ko‘z o‘ngida naqadar qashshoq va arzimas odam
bo‘lib ko‘rinishini endi ilgariga qaraganda kamroq o‘ylab, kamroq qay-
g‘uradigan bo‘lib qolgandi. U go‘yo baland tepalikka chiqib olgan-u,
u yerdan turib pastdagi qashshoqlikni ham, o‘zi uchun katta davlat
bo‘lib tuyuladigan to‘kin hayotni ham bamaylixotir kuzatayotgandek
edi. Jyulen o‘z ahvoliga faylasuf ko‘zi bilan qarayapti, deb bo‘lmasdi,
albatta. Biroq u toqqa qilgan mana shu kichkina sayohatidan butunlay
boshqa odam bo‘lib qaytganini sezish uchun farosati yetardi.
De Renal xonimning iltimosiga ko‘ra o‘z sayohati haqida hikoya
qila boshlagan Jyulen bekaning naqadar hayajon bilan tinglayotganini
ko‘rib hayratga tushdi.
Bir vaqtlar uylanishga jazm qilib yurgan Fuke bir necha bor sev-
gi bobida hafsalasi pir bo‘lgan edi; o‘z do‘sti bilan suhbat paytida u
Jyulenga ana shu barcha ko‘ngilsizliklarni ochiqdan-ochiq gapirib
bergandi. Bir necha marta fursatidan oldin sevgilisining visoliga
erishgan Fuke har gal mahbubasi ilgari ham o‘z muhabbatini kimgadir
in’om etganiga ishonch hosil qilgandi. Bu hikoyalar Jyulenni g‘oyatda
hayratga soldi, u endi ko‘pgina yangi narsalarni bilib olgandi. Doim
87
o‘z xayoli bilan bo‘lib, hech kimga ishonmay yurganidan u ishq-mu-
habbat sohasida biroz bo‘lsa-da savodini chiqarishi mumkin bo‘lgan
ishlardan benihoya yiroq edi.
Jyulen do‘stinikida o‘tkazgan shu uch kun ichida de Renal xonim-
ning hayoti azob bilan o‘tdi, xonim turli xayolga borar va battar qay-
g‘urar edi. U chindan ham kasal bo‘lib qoldi.
– Kechqurun boqqa chiqa ko‘rma, – dedi dugonasiga Dervil xonim
Jyulenga ko‘zi tushgach. – Tobing qochib turibdi, kechqurunlari esa
salqin, battar bo‘lasan.
Janob de Renaldan doim, oddiygina kiyinasan, deb ta’na eshitib
yuradigan dugonasining kutilmaganda nafis to‘r paypoq va Parij-
dan keltirilgan ajoyib tuflisini kiyib olganini ko‘rib Dervil xonim
ajablandi. So‘nggi uch kun mobaynida de Renal xonimning yagona
ermagi bichishtikish bo‘lgandi. U yaqindagina rasm bo‘lgan chi-
royli matodan o‘ziga yozgi ko‘ylak bichgan va tezroq tikib ber, deb
Elizani hol-joniga qo‘ymagandi. Ko‘ylak Jyulen qaytib kelganidan
bir necha daqiqa keyin bitgan edi, de Renal xonim uni darhol kiyib
oldi. Uning dugonasida endi hech qanday shubha qolmadi. «Sevib
qolibdi, bechora», dedi o‘ziga-o‘zi Dervil xonim. Xolavachchasining
nima sababdan bunday g‘alati betob bo‘layotgani endi unga butunlay
ayon bo‘ldi-qo‘ydi.
U de Renal xonimning Jyulen bilan qanday suhbatlashganini ko‘rdi
– bekaning yuzi goh oqarar, goh loladek qizarib ketar edi. Uning tash-
vish to‘la nigohi yosh tarbiyachining ko‘zlariga qadalgan edi. De Renal
xonim mana hozir u hamma gapni tushuntiradi-da, so‘ng ularnikida
qolish-qolmasligini aytadi, deya zoriqib kutmoqda edi. Jyulen esa
bu to‘g‘rida umuman o‘ylamayotgani boisidan hech nima demasdi.
Nihoyat, uzoq ikkilanib turgach, de Renal xonim jur’at etib, dilidagi
tuyg‘ularni oshkor etuvchi titroq tovush bilan so‘radi:
– Siz shogirdlaringizni tashlab, boshqa joyga ishga o‘tmoqchisiz
shekilli?
De Renal xonimning ma’yus nigohi va tovushidagi jur’atsizlik
Jyulenni hayratga soldi. «Bu ayol meni sevadi, – dedi u o‘ziga, – biroq
bir lahza zaiflik qilganidan so‘ng mag‘rurligi tufayli darhol bu ishidan
pushaymon bo‘ladi va mening ketib qolishimdan cho‘chimay qo‘ygan
zahoti menga nisbatan yana dimog‘i ko‘tariladi». U bir zumda o‘zi
uchun zararli bo‘lgan bu ahvolni tasavvur qilib ko‘rdi-da, biroz ik-
kilanib turgach, javob berdi.
88
– Shunday ajoyib bolalardan ajralish men uchun og‘ir bo‘ladi, al-
batta. Boz ustiga oilangiz ham bama’ni, lekin ketishimga to‘g‘ri kelsa
kerak. Axir har kim ham o‘ziniyam o‘ylashi kerak-ku.
Jyulen «bama’ni» so‘zini aytar ekan, – kiborlarga xos bu so‘zni
u yaqinginada lug‘atiga kiritgan edi, – dilini kuchli nafrat tuyg‘usi
qamrab oldi.
«Demak, bu ayolning nazarida men bema’ni ekanman-da», deya
xayolidan o‘tkazdi u.
De Renal xonim yigitning aqli va chiroyiga qoyil qolib, uning
gaplariga quloq solar ekan, yuragi siqilib o‘tirardi, ehtimol, xonado-
ningizni tashlab ketarman, deb uning o‘zi aytdi-ku axir. Xonimning
Jyulen yo‘qligida Verjiga kelgan barcha verrerlik do‘stlari eri qidirib
topgan bu ajoyib yigitni birlari olib, birlari qo‘yib maqtashgandi.
Albatta ular bolalarning o‘qishidagi muvaffaqiyatlarida hech baloni
tushunishmasdi. Biroq Jyulenning Injilni yoddan bilishi, buning ustiga
uni lotin tilida yodlagani verrerliklarni shu qadar qoyil qoldirgan
ediki, hoynahoy, ular buni yuz yildan keyin ham unutmasalar kerak.
Ammo, Jyulen hech kim bilan so‘zlashmagani boisidan, tabiiy,
bu gaplardan bexabar edi. Agar de Renal xonim xiyol sovuqqonroq
bo‘lganida edi, u yigitni shunday katta obro‘ orttirgani bilan tabriklag-
an bo‘lardi. Shunda Jyulenning g‘ururi darhol taskin topib, u xonim
bilan muloyim va dilkash bir ohangda gaplashgan bo‘lardi, boz ustiga
bekaning yangi ko‘ylagi unga juda yoqqan edi. Ko‘ylakning chiroyli
chiqqanidan va bu haqda Jyulenning aytgan gapidan juda xursand
bo‘lgan de Renal xonim yigitga bog‘ni sayr qilishni taklif qildi-yu, biroq
xiyol o‘tmay yurishga madori yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi. Shunday
so‘ng u o‘z qochog‘ining qo‘liga tayanib oldi. Ammo bundan kuchiga
kuch qo‘shilishi o‘rniga, aksincha, yigitning qo‘lini his etgan zahoti
butunlay sillasi quridi-qo‘ydi.
Qorong‘i tushdi, ular stullarga o‘tirishlari bilan Jyulen ilgari erish-
gan imtiyozga ko‘ra jur’at etib, yonida o‘tirgan go‘zal bekasining qo‘lini
labiga bosdi-da, so‘ng uni darhol kaftiga oldi. Shu tobda u mutlaqo de
Renal xonim haqida emas, balki do‘sti Fukening o‘z mahbubalariga
qanday dadil muomala qilganini o‘ylardi, «bama’ni» so‘zi hamon uning
qalbida toshdan botib turardi. Kutilmaganda xonim uning qo‘lini
mahkam qisib qo‘ydi, biroq Jyulen bundan sira ham xursand bo‘lmadi.
Xonim bu kecha unga nisbatan namoyish etayotgan his-tuyg‘ular-
dan faxrlanish u yoqda tursin, hatto dilida minnatdorchilik ham
89
sezmadi, ayolning go‘zalligi, nafosat-u nazokati bugun unga deyarli
ta’sir etmasdi. Ruhiy pokizalik, niyatning xolisligi, so‘zsiz, yoshlik
umrini uzaytiradi. Odatda go‘zal ayollardan ko‘pchiligining avvalo
yuzi qariydi.
Bu kecha Jyulenning kayfiyati buzuq edi; u hanuzgacha insonni
ijtimoiy zinapoyaning u yoki bu pog‘onasiga joylab qo‘yadigan taqdir-
dan g‘azablanardi. Fuke unga boylik orttirishning tuban usulini taklif
qilganidan buyon uning o‘zidan o‘zi jahli chiqmoqda edi. Butunlay
ana shu xayol bilan band bo‘lib, ahyon-ahyonda o‘z xonimlari bilan
bir-ikki og‘iz gaplashib qo‘yar ekan, u o‘zi ham sezmagan holda de
Renal xonimning qo‘lini qo‘yib yubordi. Boyaqish bekaning yuragi
orqasiga tortib ketdi: bundan u o‘ziga chiqarilgan hukmni uqqan edi.
Agar Jyulenning sevgisiga ishonchi komil bo‘lganida edi, ehtimol u
o‘z fazilatlari yordamida muhabbat vasvasasiga dosh bergan bo‘lardi.
Biroq Jyulendan umrbod ayrilishdan qo‘rqib turgan hozirgi paytda
u o‘z tuyg‘usiga qarshilik qilmadi, xonim shu qadar hushini yo‘qotib
qo‘ydiki, Jyulenning parishonlik bilan stul suyanchig‘iga qo‘yib o‘tir-
gan qo‘lini o‘zi ushlab oldi. Xonimning bu harakati navqiron shuhrat-
parastni hushiga keltirdi: shu tobda u o‘sha barcha kekkaygan asilzo-
da janoblarning bir ko‘rib qo‘yishlarini istardi. Bu janoblar ziyofat
payti, u bolalar bilan stolning poygak tomonida o‘tirganida Jyulenga
homiylarcha tirjayib qarashgan edi. «Yo‘q, bu ayol mendan nafratlana
olmaydi, – dedi u o‘ziga o‘zi, – shunday ekan, uning go‘zalligidan yuz
o‘girishim yaxshi emas. Men o‘zimni hurmat qilishni istar ekanman,
u bilan oshiq-ma’shuqlik qilishim kerak». Agar Jyulen do‘stining
mahbubalar haqidagi oddiygina hikoyalarini eshitmaganida, ehtimol,
bunday fikr uning miyasiga butunlay kelmagan bo‘lardi.
Qo‘qqisdan xayoliga kelgan bu fikrdan uning biroz dimog‘i chog‘
bo‘ldi. «Bu ikki ayoldan biri albatta meniki bo‘lmog‘i lozim», dedi u
o‘ziga o‘zi va shu zahoti, Dervil xonimning ko‘nglini ovlash men uchun
yoqimliroq bo‘lardi, deb xayolidan o‘tkazdi. Yo‘q, bu ayol unga ko‘proq
yoqadi, deb bo‘lmasdi. Jyulen bu xonim uni faqat tarbiyachi sifatida
bilgani uchun ham uni afzal ko‘rgan bo‘lardi. De Renal xonimning
ko‘z o‘ngida esa u birinchi bor movut kamzulini qo‘ltigiga qistirgan
kosibbachcha sifatida paydo bo‘lgandi.
Biroq de Renal xonim eshik oldida qo‘ng‘iroq chalishga jur’at
etolmay turgan va salga loladek qizarib ketadigan xuddi o‘sha ishchi
yigitchani ayniqsa mehr bilan eslardi.
90
O‘z pozitsiyalarini ko‘zdan kechirar ekan, Jyulen, hoynahoy,
Dervil xonim bekaning menga ko‘ngli borligini payqagan bo‘lsa
kerak, shu boisdan uning ko‘nglini ovlash befoyda, degan qarorga
keldi. Shunday qilib, u noiloj de Renal xonimni tanlashga majbur
bo‘ldi. «Xo‘sh, bu ayol haqida menga nimalar ma’lum? – deya so‘rardi
o‘zidan Jyulen. – Men faqat bir narsani bilaman: sayohatga borma-
simdan oldin men uning qo‘lidan ushlasam, qo‘lini tortib olardi, endi
esa men qo‘limni tortib olyapman, u esa, aksincha, qo‘limni ushlab
qisib qo‘yayapti. Mendan nafratlanib yurgani uchun undan qasos
olishning juda o‘rni keldi. Xudo bilsin, uning qancha o‘ynashlari
bo‘lganiykin! Ehtimol, bu yerda uchrashish qulay bo‘lgani uchungina
u meni tanlagandir?»
Afsuski, o‘ta madaniyatli bo‘lishning yomon tomoni ham xuddi ana
shunda. Xiyol ma’lumotga ega bo‘lgan yigirma yoshli yigitning qalbida
samimiyatdan asar ham qolmaydi. Samimiyat bo‘lmasa muhabbat
odamni bezdiradigan majburiyatga aylanadi.
«Men yana shuning uchun ham bu ayolning visoliga yetmog‘im
lozimki, – deya shivirladi Jyulenning qulog‘iga uning zaif g‘ururi, agar
kelajakda bironta odam menga, shunchaki bir tarbiyachi bo‘lgansan,
deb yuzimga soladigan bo‘lsa, bu ishga meni muhabbat majbur qilgan,
deyishim mumkin».
Jyulen yana qo‘lini asta tortib oldi-da, so‘ngra o‘zi de Re-
nal xonimning qo‘lidan tutib, uni qisdi. Ular yarim kechaga
yaqin mehmonxonaga chiqishgach, de Renal xonim sekingina
so‘radi:
– Demak, bizni tark etar ekansiz-da? Bizni tashlab ketasizmi?
Jyulen xo‘rsinib javob berdi.
– Ha, ketishim kerak, chunki men sizni qattiq sevib qoldim, bu
esa gunoh, yosh ruhoniy uchun bu juda katta gunoh.
De Renal xonim birdan uning qo‘liga tayanib qoldi, tayanganda
ham shunday keskin bir harakat bilan tayandiki, yonog‘i Jyulenning
yonib turgan yuziga tegib ketdi.
Tunda bu ikki odamning qalbini qamrab olgan tuyg‘ular bir-biriga
mutlaqo o‘xshamasdi. De Renal xonimning yuragida ruhiy ehtiros
hukmron bo‘lib, butun vujudi muhabbat nashidasiga to‘lib-toshgandi.
Muhabbat savdosi ertaroq boshiga tushgan yosh ishvagar qizcha sevgi
hayajonlariga o‘rganib qoladi-da, ehtirosli tuyg‘u yoshiga yetganida
bu sohada yangilik jozibasini his etmay qo‘yadi. Biroq hatto roman-
91
lar ham o‘qimagan de Renal xonim uchun baxtning barcha qirralari
yangilik edi. Hech qanday mash’um haqiqat yoki hech bo‘lmasa
kelajak sharpasi uning qalbini sovita olmadi. Xonim, oradan o‘n yil
o‘tgandan keyin ham hozirgiday baxtli bo‘laman, deya o‘ylardi. Hatto
bir necha kun ilgari unga qattiq azob bergan ayollik fazilati va janob
de Renalga sodiq bo‘lishga ont ichgani haqidagi fikr ham bugun hech
qanday ta’sir ko‘rsata olmadi; xonim uni chaqirilmagan mehmondek
xayolidan quvib soldi. «Hech qachon uning haddidan oshishiga yo‘l
qo‘ymayman, – derdi o‘ziga-o‘zi de Renal xonim. – Biz Jyulen bilan
shu oy davomida qanday yashagan bo‘lsak, shunday yashayveramiz.
U mening do‘stim bo‘ladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |