Imzosiz maktub
«Xonim,
Sizning barcha sarguzashtlaringiz menga ayon, bu ishlarga chek
qo‘yishdan manfaatdor shaxslar esa, – ogohlantirib qo‘yilgan. Sizga
nisbatan hali dilimdan butunlay o‘chib ketmagan his-tuyg‘ularga
amal qilib, Sizga o‘sha yigitcha bilan bo‘lgan aloqangizni butkul uzib
yuborishni taklif etaman. Agar siz oqilalik qilib, maslahatimga kirsan-
giz, u holda eringiz yaqinda olgan xabarni yolg‘on deb o‘ylaydi. Men
ham unga yanglishayotganini isbotlab o‘tirmayman: bilib qo‘ying,
Sizning siringiz mening qo‘limda, qarshimda tiz cho‘kmog‘ingiz
darkor! Mening irodamga bo‘ysunishingiz lozim bo‘lgan fursat
keldi».
Ushbu xatning so‘zlarini yopishtirib bo‘lishing bilanoq (janob
direktorning gapirish uslubini tanidingmi?) darhol boqqa chiq, – men
seni kutib olaman.
Men qishloqqa boraman va u yerdan g‘amgin bir qiyofada qay-
taman, men chindanam adoyi tamom bo‘lganga o‘xshayman. Yo
Tangrim! Qanday ishga jur’at etayotganimni bir o‘ylab ko‘rgin-a,
– yana bu mashmashaning hammasi faqat senga u yumaloq xat
olgandek ko‘ringani uchun bo‘lyapti. Shunday qilib qutim o‘chgan
holda go‘yo menga allaqanday notanish odam keltirib bergan
mana shu maktubni erimga uzataman. Sen esa bolalar bilan katta
o‘rmonning yo‘li bo‘ylab sayr qilgani jo‘na va peshinga qadar qay-
tib kelma. Yuqori qoyadan senga kaptarxonamiz yaqqol ko‘rinib
turadi. Agar hammasi ko‘ngildagidek tugasa, men o‘sha yerga
oq dastro‘mol osib qo‘yaman, aks holda esa u yerda hech nima
bo‘lmaydi.
Xo‘sh, sening o‘zing-chi, noinsof, nahot yuraging senga sayrga
jo‘nashdan oldin menga bir amallab sevishing haqida ikki og‘iz-
gina aytib qo‘yish lozimligini uqtirmayotgan bo‘lsa? Mayli, nima
gap bo‘lganda ham bir narsadan ko‘ngling to‘q bo‘lsin – agar bir-
biri mizdan butunlay judo bo‘lsak, men sensiz bir kun ham yashay
olmayman. Ah, men yaramas ona ekanman! Jonginam Jyulen, bu
bema’ni so‘zlarni senga nima uchun yozayotganimni o‘zim ham
bilmayman, men buni mutlaqo his etayotganim ham yo‘q, men
sendan bo‘lak hech kim to‘g‘risida o‘ylay olmayman, o‘sha so‘zlarni
ham meni koyimasliging uchungina yozdim. Hozir, sendan judo
bo‘lishim mumkinligi haqida o‘ylar ekanman, munofiqlik qilishdan
138
ne hojat? O‘zim sajda qiladigan odamga yolg‘on gapirishdan ko‘ra
senga yovuz bo‘lib ko‘rinsam ko‘rina qolay. Men busiz ham umrimda
juda ko‘p yolg‘on gapirdim. Hay mayli, nachora, agar mendan sovi-
gan bo‘lsang, seni kechiraman. Bu xatni ustidan o‘qib chiqishga ham
vaqtim yo‘q. Rostini aytganda esa – sening quchog‘ingda o‘tkazgan
o‘sha mas’ud kunlar uchun hatto hayotimni qurbon qilishga to‘g‘ri
kelgan taqdirda ham bu hol menga arzimas bir narsa bo‘lib ko‘rinadi.
O‘sha lazzatli kunlar menga ancha qimmatroqqa tushishini o‘zing
yaxshi tushunasan».
Do'stlaringiz bilan baham: |