Qizil va qora indd


XXIII Amaldorning qayg‘usi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXIII

Amaldorning qayg‘usi

Il piacere di alzar la testa tutto l’anho e ben 

pagato da certi quarti d’ora che bisogna passar.

Casti

20

Mayli, bu odam hadiksirab yurar ekan, uni o‘z holiga qo‘yaylik, 



malaytabiat odam talab qilinadigan joyga mard va olijanob bir yigitni 

ishga olsin, deb kim aytibdi unga? Uning xizmatkor tanlay bilmasligiga 

kim aybdor? XIX asrning odati o‘zi shu – agar bironta qudratli asilzoda 

mard odam bilan to‘qnash kelib qolsa, bu odamni u yo o‘ldiradi, yo 

quvg‘in qilib, qamoqqa tiqadi, yoki shu qadar xo‘rlaydiki, boyaqish-

ning qayg‘u-alam tufayli o‘lib ketishdan boshqa chorasi qolmaydi. 

Bu o‘rinda esa hozircha tasodifan azob-uqubat mard odamning zim-

masiga tushmayotgan edi. Fransiyaning kichik shaharchalari va ma-

salan, aytaylik, Nyu-Yorkdagi saylab qo‘yilgan hukumat organlarining 

boshiga bitgan butun balo shundaki, dunyoda janob de Renal kabi 

kimsalar ham mavjudligini unutishga mutlaqo imkoniyat bo‘lmaydi. 

Atigi yigirma ming aholisi bo‘lgan shaharchada xuddi ana shunday 

odamlarning aytgani-aytgan, xartiya berilgan mamlakatdagi bunday 

kishilarning fikri esa chindan ham dahshatli narsa bo‘ladi. Olijanob 

va dovyurak bir odam sizning do‘stingiz bo‘lishi mumkin edi, biroq u 

sizdan to‘rt yuz-besh yuz chaqirim narida yashaydi va siz to‘g‘ringizda 

shahringizning odamlari fikriga qarab hukm yuritadi, jamoat fikri esa 

asilzoda, badavlat va mo‘tadil bo‘lib tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lgan 

ahmoqlar tomonidan yaratiladi. Ulardan farq qiladigan odamning 

holiga voy deyavering!

Tushki ovqatdan so‘ng butun oila Verjiga jo‘nab ketdi, biroq 

oradan bir kun o‘tgach, Jyulen ularning barini yana Verrerda ko‘rdi.

Ular kelishganidan so‘ng bir soat o‘tar-o‘tmas Jyulen de Renal 

xonimning undan nimanidir yashirayotganini ko‘rib, qattiq hayratga 

tushdi. U xonaga kirgan zahoti eri bilan gaplashib o‘tirgan xonim dar-

hol jimib qolar va, hatto, uning chiqib ketishini kutayotgandek bo‘lardi. 

20

 Butun yil davomida gerdayib yurmoq uchun biron chorak soat azob chekilsa, 



balo ham urmaydi.  

                                Kasti.


168

Jyulen bir zumda bu holning boshqa takrorlanmasligi chorasini ko‘rdi. 

U darrov sipo tortib, xonimning gaplariga sovuqqina javob qila bosh-

ladi, de Renal xonim buni payqadi, lekin sababini surishtirib o‘tirmadi. 

«Mening o‘rnimga boshqa odam topib olmadimikin ishqilib? – deya 

xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Axir o‘tgan kuni men bilan juda nozlanib 

gaplashgan edi-ku! Lekin, aytishlaricha, bu asilzoda xonimlar doim 

shunday qilishar ekan. Qirollar ham hamisha shunday yo‘l tutishadi: 

bironta ministr uyiga borgach, iste’foga chiqqani haqidagi farmonni 

o‘qiydigan kuni ular o‘sha boyaqishga g‘oyatda seriltifot bo‘ladilar».

Jyulen paydo bo‘lishi bilan darhol uzilib qolayotgan o‘sha suh-

batlarda gap nuqul Verrer shahriga tegishli bir katta uy haqida keta-

yotganini payqab qoldi; bu cherkovning shundoq qarshisida, gavjum 

yerda joylashgan eski, lekin keng va qulay uy edi. «Ammo o‘sha uyning 

yangi o‘ynashga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin?» – deya bosh qoti-

rardi Jyulen. Shundan keyin u dili ranjib, o‘zicha Fransisk I ning ajoyib 

bir qo‘shig‘ini takrorlay boshladi. Bu qo‘shiq uning uchun yangi edi, 

zero uni de Renal xonimdan eshitganiga hali bir oy ham bo‘lmagandi. 

Bo‘lmasam bu qo‘shiqning:

Barqarorlik nedir – bilmas ayol hech qachon, 

Kimki unga ishonibdi tentakdir ayon, – 

kabi har bir misrasi qanday ahd-paymonlar, qanday otashin bo‘salar 

bilan inkor etilgan edi-ya.

Janob de Renal pochta karetasida Bezansonga jo‘nadi. Bu safar 

haqidagi qaror juda zudlik bilan, qandaydir ikki soat ichida qabul 

qilingan shekilli, merning qiyofasi juda tashvishli ko‘rinardi. Bezan-

sondan qaytgach, u stol ustiga kulrang qog‘ozga o‘ralgan katta bir 

tugunni tashladi.

– Mana o‘sha ahmoqona ish, – deya to‘ng‘illadi u xotiniga qarab.

Bir soatdan so‘ng Jyulen e’lonlar yopishtirib yuradigan odam 

kelib, haligi katta tugunni olib ketganini ko‘rib qoldi, u darhol o‘sha 

odamning izidan yugurdi. «Hozir, e’lon yopishtiriladigan birinchi 

burchakdayoq o‘sha sirni bilib olaman».

Haligi odam e’lonning orqa tomoniga yelim surtar ekan, u sabrsiz-

lik bilan kutib turdi. Qog‘oz devorga yopishtirilgan zahoti sinchkov-

likdan betoqat bo‘lib turgan Jyulen janob de Renalning xotini bilan 

suhbatida tez-tez tilga olinadigan o‘sha uyning kimoshdi savdosiga 



169

qo‘yilib, ijaraga berilajagi to‘g‘risidagi batafsil e’lonni o‘qidi.

Savdo ertaga soat ikkida, shahar ratushasining zalida o‘tkazilar 

ekan. Hukm uchinchi sham o‘chganidan so‘ng kuchga kirarkan, Jyu-

lenning juda hafsalasi pir bo‘ldi, lekin har qalay e’lon savdo kuni ara-

fasidagina osilayotgani unga g‘alati tuyuldi. Savdoda ishtirok etishni 

istovchi odamlarning ko‘pchiligi bundan bexabar qolmaydimi axir? 

Darvoqe, ikki hafta oldingi sana bilan belgilangan e’londa garchi Jyu-

len uni turli joyda boshdan-oyoq uch marta o‘qib chiqqan bo‘lsa-da, 

bu to‘g‘rida hech gap aytilmagandi.

Yigit uni bir ko‘rmoqchi bo‘lib o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Darbon, 

Jyulenning kelganini sezmay, sirli ohangda qo‘shnisiga gap tushun-

tirmoqda edi:

– E, nimasini aytasan. Bekor ovora bo‘lishadi... Janob Maslon unga 

uyni roppa-rosa uch yuz frankka ijaraga berishni va’da qilgan. Mer 

qaysarlik qilmoqchi bo‘lib ko‘rgandi, uni darhol yepiskopatga, katta 

vikariy de Frilerning huzuriga chaqirtirishdi.

Shu payt ular Jyulenni ko‘rib qolishdi-yu qattiq xijolatga tushishdi 

va ortiq bir og‘iz ham so‘z aytishmadi.

Ertasiga Jyulen belgilangan vaqtda o‘sha kimoshdi savdosiga 

bordi. Xiragina yoritilgan zalda bir talay xaloyiq yig‘ilgan edi, biroq 

odamlar bir-birlariga g‘alati qarab qo‘yishardi. So‘ngra barcha stolga 

qaradi, Jyulen u yerdagi qalayi idishda uch dona sham qoldig‘ining 

yonib turganini ko‘rdi. Sud noziri: «Uch yuz frank, janoblar», deya 

qichqirdi.

– Uch yuz frank, deydi-ya! Jinni-pinni bo‘lishganmi... – dedi 

qandaydir bir odam yonidagi sherigiga. Jyulen tasodifan ularning 

o‘rtalariga turib qolgandi.

– Axir, uning bahosi sakkiz yuzdan ham ortiq-ku. Qani, bir bahosini 

oshirib ko‘ray-chi.

– Boshingni qotirib nima qilasan, og‘ayni. Janob Maslon, janob 

Valeno, yepiskop, yana anavi katta vikariy de Friler va butun to‘daning 

jig‘iga tegishdan biron foyda chiqadimi senga?..

– Uch yuz yigirma, – deya qichqirdi boshqasi.

– Eshakday o‘jar ekansan-da o‘zingam, – so‘kindi uning sherigi. 

– Ana, qara, merning josusi turibdi, – deya qo‘shimcha qildi u Jyulen 

tomonga bosh irg‘ab.

Jyulen o‘zi haqida bunday haqoratli gapni aytgan o‘sha odam-

ning jazosini berib qo‘ymoq uchun shartta ular tomon o‘girildi, biroq 



170

fransh-kontelik ikki og‘ayni unga mutlaqo e’tibor bermay turishardi. 

Ularning sovuqqonligi unga ham o‘tdi. Shu payt so‘nggi sham qoldig‘i 

ham lip etib o‘chdi, sud noziri cho‘ziq ovoz bilan xaloyiqqa uyning uch 

yuz o‘ttiz frank evaziga to‘qqiz yil muddat bilan prefektura idorasining 

boshlig‘i de Sen-Jiro janoblariga berilajagini  e’lon qildi.

Mer zaldan chiqib ketgan zahoti g‘ala-g‘ovur gaplar boshlandi. 

– Mana shahar g‘aznasiga ortiqcha o‘ttiz frank Grojoning tentak-

ligidan tushgan daromad, – derdi bir odam.

– Lekin janob de Sen-Jiro Grojoning rosa adabini beradi hali, – 

deyishardi javoban unga boshqalar. – Ko‘rasan, o‘sha o‘ttiz frankni 

burnidan buloq qilib chiqarib oladi.

– Shunaqayam ablahlik bo‘ladimi, – derdi Jyulenning chap tomoni-

da turgan bir baqaloq. – Shundoq uyni-ya, men unga sakkiz yuz frank 

berardim. Keyin unga fabrikamni ko‘chirib kelardim-da, foydayam 

ko‘rgan bo‘lardim.

– Xo‘sh, nimayam qila olardingiz, – deya javob qildi unga liberal-

lardan bo‘lgan yosh bir fabrikant. – Axir de Sen-Jiro kongregatsiyaning 

a’zosida. To‘rttala bolasining hammasi stipendiya oladi. Boyaqish 

kambag‘al! Tirikchiligini o‘tkazsin, deb unga besh yuz frank sovg‘a 

qilishdi xolos.

– Buni qarang-a, merning o‘ziyam hech nima qilolmadi, – deya gap 

qotdi uchinchi bir odam. – Bo‘lmasam o‘taketgan royalist o‘zi – faqat 

o‘g‘rilik qilmaydi.

– O‘g‘rilik qilmaydi, deysizmi? – gapni ilib ketdi yana boshqa 

bittasi. – Yulduzni benarvon uradi u. Ularning hammasi bir go‘r, top-

ganlarini bir joyga to‘plashadi-da, yilning oxirida bo‘lashib olishadi. 

Uni qarang, ana Sorelning o‘g‘li turibdi, qani, yuringlar, yaxshisi, bu 

yerdan ketaylik.

Jyulen kimoshdi savdodan kayfiyati nihoyatda buzilib qaytdi, de 

Renal xonim juda ma’yus edi.

– Kimoshdi savdosiga boruvmidingiz? – deya so‘radi u.

– Ha, xonim, u yerda meni janob merning josusi deb atashdi.

– Ah, qani endi u gapimga kirib, shu kunlarda biron yoqqa jo‘nab 

ketganida edi!

Shu payt nihoyatda xafa bo‘lgan janob de Renal kirib keldi. Tushki 

ovqat mahali hech kim «churq» etib og‘iz ochmadi. Janob de Renal 

Jyulenga bolalarni Verjiga kuzatib borishni buyurdi; ular ma’yus bir 

kayfiyatda yo‘lga tushishdi. De Renal xonim eriga:



171

– Endi bu ishlarga ko‘nikib ketsangiz bo‘lardi, do‘stim, – deya 

tasalli berardi.

Kechqurun hammalari indamay kamin yoniga o‘tirishdi, 

sukunatni faqat qoraqayin palyonlarining chirsillab yonishigina 

buzib turardi. Ba’zan eng ahil oilalarda ham shunday g‘amgin 

daqiqalar bo‘ladi o‘zi. Shu payt nogahon bolalardan biri xursand 

bo‘lib qichqirib yubordi:

– Qo‘ng‘iroq! Qo‘ng‘iroq jiringlayapti!

– E, jin ursin! Agar bu minnatdorchilik bildirib, jonimga tegish 

uchun kelgan janob de Sen-Jiro bo‘lsa, dilimdagi bor gapni basharasi-

ga to‘kib solaman. Haddidan oshib ketdi ular! U janob Valenodan 

minnatdor bo‘lishi kerak, men esa faqat isnodga qoldim. Agar anavi 

la’nati yakobinchi gazetalar meni kalaka qilgudek bo‘lsa, kim degan 

odam bo‘laman?!

Xizmatkor eshikni ochgan edi, uning ortidan xonaga chakka soqoli 

timqora, juda kelishgan bir janob kirib keldi.

– Janob mer, men sinor Jeronimo bo‘laman. Mana, Neapolitaniya 

elchixonasining attashesi kavaler de Bovezining maktubi; u bu xatni 

siz uchun bundan to‘qqiz kun muqaddam, jo‘nayotgan paytimda yozib 

berdi, – deya quvnoqlik bilan qo‘shimcha qildi sinor Jeronimo de Renal 

xonimga qarab qo‘yar ekan. – Xonim, sizning amakivachchangiz va 

mening yaqin do‘stim sinor de Bovezi sizni italyan tilini biladi, deb 

aytgandilar.

Quvnoq neapolitaniyalik bu diqqinafas kechani daf’atan jonlan-

tirib yubordi. De Renal xonim mehmonni albatta ziyofat qilishga 

jazm etdi. U butun uyni oyoqqa turg‘izdi; xonim nima qilib bo‘lsa-da, 

bugun Jyulenni ikki marta yuziga josus deb atashganini uning xayo-

lidan chiqarib tashlamoqchi edi. Mashhur xonanda sinor Jeronimo 

deyarli oqsuyak bo‘lsa ham juda quvnoq odam edi, hozirgi kunda 

bu ikki xislat Fransiyada bir-biriga mutlaqo zid bo‘lib qolgan. Ziyo-

fatdan so‘ng u de Renal xonim bilan birga bitta kichkina duet ijro 

etdi-da, so‘ngra turli qiziq voqealardan hikoya qilib uydagilarning 

vaqtini chog‘ qila boshladi. Kechasi soat birda Jyulen bolalarga borib 

uxlash kerakligini aytganida, ular yana biroz o‘tirishga ruxsat so‘rab, 

iltimos qilishdi.

– Yana bittagina hikoya eshitaylik, – dedi bolalarning kattasi.

– Bu hikoya o‘zim haqimda, sinorina, – dedi sinor Jeronimo. – Bun-

dan sakkiz yil muqaddam, hozir sizga o‘xshab o‘quvchi bo‘lib yurgan 



172

kezlarim, men Neapolitaniya konservatoriyasining talabasi edim... 

Aytmoqchimanki, o‘shanda mening ham yoshim xuddi siznikidek edi, 

biroq menga ajoyib shahar Verrerning mashhur meriga o‘g‘il bo‘lish 

nasib qilmagandi.

Bu so‘zlarni eshitib janob de Renal og‘ir xo‘rsindi-da, xotiniga 

qarab qo‘ydi.

– Sinor Singarelli, – deya davom etdi yosh xonanda talaffuzini jo‘rt-

taga buzib, buni eshitib bolalar xandon tashlab kulishardi, – mening 

o‘qituvchim sinor Singarelli juda qattiqqo‘l odam edi. Konservatori-

yada uni yomon ko‘rishardi, sinor Singarelli esa, barcha o‘zini go‘yo 

uni juda yaxshi ko‘radigandek tutishni xohlardi. Men dam-badam 

darslardan qochib ketardim. O‘shanda kichkina San-Karlino teatriga 

borardim-da, dunyodagi eng ajoyib musiqani tinglardim, – lekin, yo 

Rabbim! – teatrga kirish uchun to‘lash lozim bo‘lgan sakkiz su pulni 

qayerdan topsam ekan? Shunday katta pul-a! – dedi u bolalarga ko‘z 

yugurtirib, ular esa qiqirlab kula boshlashardi. – Kunlardan birida 

San-Karlino teatrining direktori sinor Jiovannone mening qanday 

qo‘shiq aytishimni eshitib qoldi-da, – o‘shanda yoshim o‘n oltida edi, 

– «bu bola naq xazinaning o‘zi-ku», – dedi.

– Seni teatrimga ishga olishimni istaysanmi, bolakay? – deya 

so‘radi u mendan.

– Qancha haq to‘laysiz?

– Oyiga qirq dukat.

Axir, janoblar, bu oz emas, ko‘p emas, bir yuz oltmish frank de-

gani bo‘ladi-ya! Menga xuddi oldimda jannat darvozasi ochilgandek 

tuyuldi.

– Bu yog‘i nima bo‘ladi, – dedim men Jiovannonega, – qattiqqo‘l 

sinor Singarelli menga javob berarmikin? 

– Lascia fare a me.

– Bu ishni menga qo‘yib bering, – deya qichqirib yubordi bo-

lalarning kattasi.

– Mutlaqo to‘g‘ri, navqiron sinor. Shunday qilib, sinor Jiovannone 

menga qarab: «Sago

21

, avvalambor manovi shartnomaga qo‘l qo‘y», 



dedi. Men qo‘l qo‘ydim. Shu zahoti u menga uch dukat uzatdi. Um-

rimda birinchi marta shunday katta pulni qo‘lga olishim edi. So‘ngra 

u menga qanday harakat qilish lozimligini tushuntirdi.

21

 Azizim (ital.).




173

Ertasi kuni dahshatli sinor Singarellining oldiga meni qabul 

etishni iltimos qilib bordim. Keksa xizmatkor meni uning xonasiga 

olib kirdi.

– Ha, shumtaka, menda nima ishing bor? – deya so‘radi Singarelli.

– Maestro! – dedim men unga. – Barcha gunohlarimga tavba qilish 

uchun huzuringizga keldim, endi sira ham devordan oshib, konser-

vatoriyadan qochib ketmayman. Endi ilgariga qaraganda ikki karra 

ko‘proq hafsala bilan o‘qiyman.

– Agar sening beqiyos bas ovozingni buzib qo‘yishdan qo‘rqma-

ganimda, sen yaramasni, quruq non bilan suv berib, avaxtaga tiqib 

qo‘yardim. Biror ikki hafta jazoingni tortarding o‘shanda.

– Maestro, – deya gap boshladim men yana, – endi men butun 

konservatoriyada sizning eng namunali o‘quvchingiz bo‘laman, 

credete a me

22

. Lekin bitta iltimosim bor, uni rad etmasangiz: agar 



bironta odam kelib, sizdan mening biror teatrda qo‘shiq aytishimga 

ruxsat so‘rasa, iltimos, ijozat bermang. O‘tinaman, unga javob bera 

olmayman, deb ayting.

– Senday takasaltangni so‘rash kimning ham xayoliga kelardi? 

Sening konservatoriyadan ketishingga yo‘l qo‘yar ekanmanmi 

men? Mening ustimdan kulyapsan shekilli? Qani, yo‘qol bu yerdan! 

Jo‘na darrov! – deya qichqirdi u orqamga tepishga harakat qilib. 

– Ehtiyot bo‘l, bola, xuddi avaxtaga tiqib, non bilan suvga o‘tqazib  

qo‘yaman-a.

Oradan bir soat o‘tgach, sinor Jiovannonening o‘zi direktorning 

oldiga kirib keldi.

– Huzuringizga katta bir iltimos bilan keldim, – dedi u, – muruv-

vatingizni ayamasangiz, baxtim sizga bog‘liq bo‘lib qoldi, – Jeronimoni 

menga bersangiz, shu qish teatrimda ashula aytsa, shunda qizimni 

erga berib yuborgan bo‘lardim.

– O‘sha shumtakani boshingga urasanmi? – deya qichqirdi unga 

Singarelli. – Bu gapni hatto eshitishni ham xohlamayman. Nega berar 

ekanman uni?! Bundan tashqari hatto men javob bergan taqdirda 

ham uning o‘zi konservatoriyani tashlab ketishga sira rozi bo‘lmaydi: 

u hozirgina bu haqda ont ichdi.

– Xo‘p, agar ish faqat shunga qarab qolgan bo‘lsa, – dedi javoban 

viqor bilan Jiovannone, cho‘ntagidan mening shartnomamni olar 

ekan, – carta canta – mana uning imzosi. 

22

 Gapimga ishoning (ital.).




174

Shunda Singarellining shu qadar fig‘oni falakka chiqdiki, qo‘ng‘i-

roqning ipini uzib yuborishga sal qoldi.

– Haydalsin, – deya qichqirardi u, – hozirning o‘zidayoq Jero-

nimoning konservatoriyadan qorasi o‘chirilsin! – o‘zi esa g‘azabdan 

qalt-qalt titraydi.

Shunday qilib meni haydashdi, rosa kuldik-da keyin o‘ziyam! O‘sha 

kuniyoq kechqurun men Moltiplico ariyasini ijro etdim: Polishinel 

uylanmoqchi bo‘ladi va xo‘jalikka nimalar sotib olishi kerakligini 

barmog‘ida sanab o‘tirib, nuqul yanglishib ketaveradi.

– Iltimos, afandim, marhamat qilib bizga shu ariyani aytib ber-

sangiz, – dedi de Renal xonim.

Jeronimo ariyani ijro eta boshlagan edi, hammalari rosa xaxolab 

kulishdi. Sinor Jeronimo o‘ziga ajratilgan xonaga uxlagani jo‘naganida 

kechasi ikkiga zang urgan edi; u o‘zining yoqimtoyligi, nazokati va 

quvnoq tabiati bilan butun oilani o‘ziga maftun etgandi.

Ertasi kuni janob de Renal bilan de Renal xonim unga Fransiya 

qirolining saroyi uchun tavsiyanoma yozib berishdi.

«Hammayoqda ana shunday qalloblik, – deya o‘zicha mulohaza 

yuritardi Jyulen. – Mana hozir sinor Jeronimo oltmish ming maosh 

oladigan ishga Londonga jo‘naydi. O‘sha San-Karlino teatrining 

direktori epchillik qilmaganida uning ajoyib ovozi xalqqa, ehtimol, 

o‘n yil keyinroq ma’lum bo‘larmidi... Yo‘q, chin so‘zim, menga qolsa 

Renaldan ko‘ra Jeronimo bo‘lgan ma’qul. To‘g‘ri, bunaqa odamni 

jamiyatda unchalik hurmat qilishmaydi, lekin uning manovi kimoshdi 

savdosiga o‘xshash ko‘ngilsizliklar ham bo‘lmaydi, boz ustiga hayoti 

ham birmuncha nash’ali kechadi». 

Jyulen o‘ziga-o‘zi hayron edi: janob de Renalning bo‘m-bo‘sh uyida 

yolg‘iz o‘tkazgan shu bir necha hafta davomida u o‘zini juda baxtiyor 

his etgandi. Nafrat tuyg‘usi va qayg‘uli fikrlar uning qalbini faqat ziy-

ofatlardagina chulg‘ab olar, boshqa paytlarda esa butun uyda yolg‘iz 

o‘zi bo‘lib, mutolaa qilishi, yozishi, xayol surishi mumkin edi, zero unga 

hech kim xalal bermasdi. Daqiqa sayin pastkash bir odamning ra’yiga 

qarash, bunisi ham yetmagandek – turli nayranglar yoki munofiqona 

so‘zlar bilan unga xushomad qilish zarurati yo‘qligidan yigit bemalol 

o‘zining havoyi orzulariga berilaverishi mumkin edi.

Ehtimol, baxt xuddi shu yerda, shundoq yonginasidadir? Axir shu 

taxlit hayot kechirmoq uchun ko‘p pul talab qilinmaydi-ku: Elizaga 

uylansa yoki Fukega sherik bo‘lsa bas. Ammo sayyoh baland tog‘ 



175

tepasiga chiqqach, uning cho‘qqisida huzur qilib dam oladi. Agar bu 

sayyohni o‘sha yerda umrbod dam olishga majbur etishsa, u baxtli 

bo‘larmikin?

De Renal xonimning qalbini dahshatli xayollar chulg‘ab olgandi. 

Bu haqda hech kimga aytmayman, deb ahd qilgan bo‘lishiga qaramay, 

u kimoshdi savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma gapni Jyulenga aytib 

berdi. «Men uni deb barcha qasamlarimni buzadiganga o‘xshayman», 

deya o‘ylardi u.

Agar erining hayoti xavf ostida qolsa, ayol uni qutqarish uchun sira 

o‘ylab o‘tirmay jonini fido qilgan bo‘lardi. Xonim himmat ko‘rsatish 

mumkin bo‘lgan joyda ko‘ra-bila turib najot qo‘lini cho‘zmasa, go‘yo 

o‘zini jinoyatchidek his etib, qattiq vijdon azobida qoladigan xuddi 

o‘sha olijanob va romantik odamlar toifasidan edi. Biroq ba’zan 

shunday dahshatli kunlar ham bo‘lardiki, ayol, qani endi tul qolsam-u, 

Jyulenga erga tegsam, qanday baxtli bo‘lardim-a, deya o‘ylab qolardi.

Yigit uning o‘g‘illarini ularning otasidan ham ko‘proq yaxshi 

ko‘rar, bolalar ham uning qattiqqo‘lligiga qaramay, Jyulenni juda sevib 

qolishgandi. Xonim, agar Jyulenga turmushga chiqsa, o‘zi uchun har 

bir daraxti qadrli bo‘lgan Verjini tark etishga to‘g‘ri kelishini juda 

yaxshi tushunardi. U Parijda qanday yashashi mumkinligini, o‘g‘illari 

u yerda o‘qishni qanday davom ettirishlari va barcha ularga qanday 

qoyil qolishini tasavvur qilardi. O‘g‘illari, uning o‘zi, Jyulen – xullas, 

hammalari juda baxtiyor bo‘lishardi shunda.

XIX asrda nikohning ahvolini qarang! Er-xotin garchi nikohga 

qadar bir-birlarini sevgan bo‘lsalar-da, tez orada oylaviy hayotning 

diqqinafasligi natijasida muhabbatdan asar ham qolmaydi. Boz usti-

ga, allaqaysi bir faylasufning aytishiga qaraganda, ishlashlari shart 

bo‘lmagan badavlat er-xotin oradan ko‘p vaqt o‘tmay zerikkanlaridan 

nima qilishlarini bilmay qoladilar, zero tinchgina oilaviy quvonchlar 

tezda ularning ko‘ngliga uradi. Shundan so‘ng faqat tabiati juda sovuq 

ayollargina muhabbat haqida orzu qilmaydilar.

Bu falsafiy mulohaza tufayli men de Renal xonimni kechirishga 

majbur bo‘ldim, ammo Verrerda uni afv etishmagandi. Aksincha, 

butun shahar, garchi xonim buni xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa-da, 

uning ishqiy mojarosi haqida gapirmoqda edi. Ana shu mojaro tufayli 

kuz fasli shaharda hayot odatdagidek zerikarli bo‘lmadi.

Kuz va qishning bir qismi ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketdi. 

Verji o‘rmonlarini tark etish payti keldi. Verrerdagi kiborlar jamiyati 



176

o‘zi otayotgan barcha la’nat toshlari janob de Renalga uncha ta’sir 

etmayotganini ko‘rib, asta-sekin g‘alayonga kela boshladi. Oradan 

bir hafta o‘tar-o‘tmas, ba’zi muhtaram zotlar, o‘zlarining odatdagi 

halolliklarini taqdirlash niyatida fisq-fujurga bajonidil berilib, janob 

merning ko‘ngliga shubha solishning ketidan tushdilar. Biroq ular 

bu ishni iloji boricha ehtiyotkorlik bilan amalga oshirmoqda edilar.

Zimdan ish olib borayotgan janob Valeno Elizani besh nafar ayoli 

bo‘lgan bir mo‘tabar oilaga ishga joylab qo‘ydi. O‘zining aytishicha, 

qish fasli bekor qolishdan cho‘chigan Eliza bu oilada ishlamoq uchun 

janob mernikida oladigan maoshining uchdan ikki qismiga ham rozi 

bo‘ldi. So‘ngra bu qizning xayoliga ajoyib bir fikr kelib qoldi: u Jyu-

lenning ishqiy sarguzashtlarini barcha tafsilotlari bilan unisiga ham, 

bunisiga ham hikoya qilib bermoq uchun avvalgi kyure, janob Shelan 

va yangisi – janob Maslonning oldiga borib, tavba qilishga jazm etdi.

Merning oilasi shaharga ko‘chib kelganining ertasi kuni azonlab 

soat oltida abbat Shelan Jyulenga odam yubordi.

– Men sizdan hech narsani so‘ramoqchi emasman, – dedi u yigitga, 

– va sizdan o‘tinaman, agar bu kamlik qilsa: buyuraman – menga hech 

gap aytmang, lekin talab qilaman: siz uch kun ichida yo Bezanson se-

minariyasiga, yoki hamon sizni ishga olishga tayyor turgan do‘stingiz 

Fukening oldiga jo‘naysiz. Men hammasini o‘ylab, hammasini to‘g‘rilab 

qo‘ydim, lekin siz darhol jo‘nashingiz va Verrerda hech bo‘lmasa bir 

yil davomida ko‘rishmasligingiz darkor.

Jyulen hech nima deb javob bermadi. U izzat-nafs yuzasidan, janob 

Shelanning bu jonkuyarligi uchun xafa bo‘lsammikin yoki yo‘qmi – axir 

u mening otam emas-ku, deya o‘ylab qolgandi.

– Ertaga xuddi ana shu payt yana huzuringizga kelaman, – deya 

javob qildi u keksa kyurega.

Janob Shelan, yigitcha meni hurmat qiladi, shu boisdan ham u 

so‘zsiz gapimga ko‘nishi kerak, degan xayolda yana uzoq gapirdi. 

Jyulen go‘yo qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan kishiday «churq» etib og‘iz 

ochmay bosh egib turardi.

Nihoyat, chol unga javob berdi, yigit hamma gapni aytib bermoq 

uchun de Renal xonimning oldiga yugurdi. Biroq xonim qattiq tash-

vishlanib o‘tirgan ekan. Eri hozirgina u bilan ancha ochiqchasiga 

gaplashgan edi. Janob de Renalning jur’atsizligi va bu jur’atsizlikni 

yanada kuchaytiruvchi Bezansondan keladigan meros umidi unga, 

xotinim mutlaqo begunoh, degan fikrda qattiq turishni taqozo etgandi. 



177

U xotinining oldiga kutilmagan bir kashfiyotini aytish uchun kirgan 

edi: ma’lum bo‘lishicha, Verrer jamoatchiligi juda g‘alati kayfiyatda 

ekan. Turgan gap, odamlar nohaq gapirishyapti, bularning bari hasad-

go‘ylarning kirdikori, lekin nima qilish kerak axir?

Bir daqiqa de Renal xonim, Jyulen janob Valenoning taklifini 

qabul qilishi va Verrerda qolishi mumkin, degan fikr bilan o‘ziga ta-

salli bermoqchi bo‘ldi. Biroq endi u bulturgidek jur’atsiz va soddadil 

ayol emasdi: mash’um sevgisi va vijdon azobi uning aqlini peshlab 

qo‘ygan edi. Erining gapini tinglar ekan, u vaqtincha bo‘lsa-da, ayri-

liqning muqarrar ekanligiga alam bilan ishonch hosil qilmoqda edi. 

«Mendan yiroqda Jyulen yana o‘zining havoyi orzulariga beriladi, 

hamyonida sariq chaqasi bo‘lmagan odam uchun bu g‘oyat tabiiy 

bir hol-ku. Men-chi! Yo Tangrim! Men juda badavlatman – ammo bu 

boyligim baxtli bo‘lishim uchun sira ham yordam bera olmaydi. U 

meni unutib yuboradi. Juda dilbar yigit u! Albatta uni sevishadi, uning 

o‘zi ham sevib qoladi. Eh, men baxtiqaro... Unday desam, nimadan 

shikoyat qilishim kerak ekan? Tangri adolatli, axir men gunoh qil-

ishdan o‘zimni tiyishga urinib ham ko‘rmadim-ku, – shundan so‘ng 

Xudo meni jazolab, es-hushimdan judo qildi. Bo‘lmasam, Elizaning 

ko‘nglini topib, uni o‘zimga og‘dirib olsam bo‘lmasmidi – buning nima 

qiyin joyi bor ekan! Men esa 

:

bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmadim. 



Sevgimdan mast bo‘lib yuraverdim. Mana endi hammasi barbod 

bo‘ldi». Bir narsa Jyulenni qattiq hayratga soldi: u de Renal xonimga 

jo‘nab ketishiga to‘g‘ri kelishi haqidagi mudhish yangilikni aytganida, 

ayol sira xudbinlik qilmay, e’tiroz bildirib o‘tirmadi. Uning faqat ko‘z 

yoshlarini arang tiyib turgani sezilardi xolos.

– Do‘stginam, hozir siz bilan biz qat’iy bo‘lmog‘imiz kerak. – Shun-

day deya u yigitga esdalik uchun bir tutam sochini qirqib berdi. – Nima 

bo‘lishimni bilmayman, – dedi u, – faqat men o‘lib ketgudek bo‘lsam, 

bolalarni hech qachon tark etmaslikka va’da ber. Bolalarning yonida 

bo‘lasanmi yoki uzoqdami, ularni halol odam qilib tarbiyalashga 

harakat qil. Agar yana revolyutsiya sodir bo‘lsa, barcha oqsuyaklarni 

qirib tashlashlari turgan gap, ularning otasi esa xorijga qochsa kerak 

– zero o‘shanda tomda o‘ldirilgan dehqon voqeasida uning ham aybi 

bor. O‘gillarimni unutma... Qani, qo‘lingni ber. Alvido, jonginam! Birga 

bo‘lishimizning so‘nggi daqiqalari kechmoqda. Ana shu dahshatli qur-

bonlikni keltirganimizdan so‘ng odamlar oldida nomusimni saqlashga 

qurbim yetar, deb umid qilaman.



178

Jyulen xonimning oh-voh qilishini kutgan edi. Bu oddiygina vido-

lashuv so‘zlari uning qalbini o‘rtab yubordi.

– Yo‘q-yo‘q, men bunday xayrlashishni istamayman! Xo‘p, ket-

ganim bo‘lsin, ularning bari shuni istashyapti, jumladan o‘zingiz ham. 

Lekin uch kundan so‘ng kechasi oldingizga kelaman.

De Renal xonimning ko‘z o‘ngida hamma narsa bir zumda o‘zga-

rib ketdi! Jyulenning o‘zi u bilan yana bir bor uchrashishni istadimi, 

demak, chindan ham uni sevar ekan! Barcha iztiroblar darhol g‘oyib 

bo‘lib, xonimning qalbini beqiyos quvonch qopladi. U o‘zini qushdek 

yengil sezdi. Sevgilisini yana bir bor ko‘rishga bo‘lgan ishonch so‘nggi 

daqiqalarda uni o‘rtayotgan barcha ranj-alamlarini bosib ketdi. Shu 

daqiqadan boshlab de Renal xonimning o‘zini tutishi ham o‘zgardi, 

yuzida ham qandaydir o‘zgacha olijanoblik, dadillik va g‘ayritabiiy 

bir fazilat aks etdi.

Ko‘p o‘tmay uyga janob de Renal kirib keldi, u haddan tashqari 

darg‘azab edi. Ana shunda u xotiniga, nihoyat, bundan ikki oy muqad-

dam olgan imzosiz maktub haqidagi bor gapni to‘kib soldi.

– Men o‘sha la’nati maktubni Kazinoga olib borib, hammaga 

ko‘rsataman. O‘sha Valenoning qanday palid ekanligini odamlar bilib 

qo‘yishsin! Men u chuvrindini songa kiritdim, Verrerning eng badavlat 

kishilaridan biri qilib qo‘ydim. Men uning sharmandasini chiqaraman, 

u bilan olishaman. Yo‘q! Haddidan oshib ketdi u!

«Shundan so‘ng men tul qolishim mumkin, yo Rabbim! – deya bir 

zum xayolidan o‘tkazdi de Renal xonim. Lekin shu zahoti u o‘ziga-o‘zi 

dedi: – Agar bu duelga xalal bermasam, xalal berish esa, turgan gap, 

qo‘limdan keladi, men o‘z erimning qotili bo‘lib qolaman».

U erining manmanligidan hech qachon shunday ustalik bilan foy-

dalanmagan edi. Qandaydir ikki soat ichida xonim, janob de Renalning 

o‘zi keltirgan dalil-isbotlar yordamida, uni janob Valeno bilan iloji 

boricha do‘stona munosabatda bo‘lishi va, hatto, Elizani yana qayta 

ishga olish lozimligiga ishontira oldi. Barcha kulfatlarining sababchisi 

bo‘lgan bu qizni yana ko‘rishga jazm etish uchun de Renal xonimdan 

ozmuncha matonat talab etilmadi. Biroq shunday qilishni unga Jyulen 

maslahat bergandi.

Nihoyat, uni uch-to‘rt marta to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishgach, 

butun Verrerda fisq-fujur nihoyatda avjiga chiqqan hozirgi paytda 

Jyulenning shaharda qolishi va janob Valenoning bolalarcha tarbiyachi 

bo‘lib ishga kirishidan yomoni yo‘qligiga janob de Renalning aqli yetdi, 



179

bu esa uning hamyoniga qattiq zarba bo‘lib tushardi. Jyulenning esa 

yetimxona direktorining shunday serfoyda taklifini qabul qilishga 

hech qanday shubha yo‘q edi; biroq janob de Renalning tantana qilishi 

uchun, aksincha, Jyulenning shahardan jo‘nashi va Bezansondagi yoki, 

aytaylik, Dijondagi seminariyaga o‘qishga kirishi maqbul edi. Lekin 

uni jo‘nab ketishga qanday ko‘ndirsa ekan, so‘ngra – yigit u yerda 

nimaning hisobiga kun ko‘radi?

Hamyoniga putur yetishi muqarrar ekanligini ko‘rgan janob de 

Renal xotinidan ham battar iztirob cheka boshladi. Xonim esa eri bilan 

bo‘lgan o‘sha og‘ir suhbatdan so‘ng o‘zini, hayot bilan vidolashishga 

ahd qilib o‘ldiradigan miqdorda stramoniy ichib yuborgan, lekin hali 

o‘lmagan jasur kishidek his etmoqda edi, – o‘sha odam endi inersi-

ya bilan yashardi, lekin endi dunyoda hech narsa bilan qiziqmasdi. 

Lyudovik XIV ham o‘la turib: «Men qirol bo‘lgan paytimda...» – deb 

yuborgan ekan. Ajoyib ibora!

Ertasiga ertalab janob de Renal yana bitta imzosiz maktub oldi. 

Bu gal xat ancha haqoratli so‘zlar bilan yozilgandi. Uning har bir sat-

rida ochiqdan-ochiq qo‘pollik bilan uning ahvoliga ishora qilingandi. 

Shubhasiz, bu bironta mayda hasadgo‘yning ishi edi. Bu xat unda yana 

janob Valeno bilan duelga chiqish istagini uyg‘otdi. Uning botirligi 

tutib, darhol harakat qilishga jazm etdi. Shundan so‘ng u uydan chiqib, 

qurolsoz ustaning do‘koniga kirdi-da, ikki dona pistolet tanlab, ularni 

o‘qlashni buyurdi. 

«Yo‘q, rostdan ham, – deya mulohaza yuritardi u, – imperator 

Napoleonning qattiqqo‘l hokimiyati qayta tiklandi, deylik, men 

birovning sariq chaqasiga ham xiyonat qilgan emasman, vijdonim 

oldida pokman. Mening yagona aybim – o‘zgalarning jinoyatiga ko‘z 

yumib kelganim, lekin stolim tortmasida meni butunlay oqlaydigan 

ishonchli hujjatlar yotibdi».

De Renal xonim erining sovuq qahr-g‘azabidan hazilakam qo‘rq-

madi, tul qolish haqidagi dahshatli fikr yana uning diliga g‘ulg‘ula 

sola boshladi, ayol bu fikrni bir azobda xayolidan chiqarib tashladi. U 

eri bilan uning xonasida qamalib oldi. Ayol bir necha soat davomida 

erini bu shashtidan qaytarishga urinib behuda ovora bo‘ldi; so‘nggi 

yumaloq xat janob de Renalning jazavasini qo‘zg‘ab qo‘ygandi. Aloha, 

u har qalay erini janob Valenoning quloq-chakkasiga shapaloq urish 

niyatidan qaytarib, bundan ham mushkulroq boshqa bir qarorga 

kelishga, ya’ni Jyulenning seminariyada bir yillik o‘qishi uchun olti 



180

yuz frank to‘lashga ko‘ndira oldi. Janob de Renal bolalariga tarbiyachi 

yollashni jazm etgan o‘sha kunga yuzinchi marta la’nat o‘qir ekan, 

yumaloq xatni unutib qo‘ydi.

Unga faqat bir fikr sal tasalli bermoqda edi: janob de Renal bu 

yigitchaning xom xayollaridan o‘z manfaati yo‘lida ustalik bilan foy-

dalanib, janob Valenoning taklifini rad etishga ko‘ndira olsam, unga 

olti yuz frankdan kamroq to‘lashim ham mumkin deb umid qilmoqda 

edi. Lekin bu haqda u xotiniga aytmadi.

De Renal xonim Jyulenga yetimxona direktori hammaga eshittirib 

taklif qilgan sakkiz yuz franklik ishdan uni deb voz kechar ekan, de-

mak, Jyulen janob merning ra’yiga qarayotgani va shu boisdan ham 

sira uyalib o‘tirmay, o‘sha pulni olaverishi lozimligini uqtirguniga 

qadar ancha ovora bo‘ldi.

– O‘zingiz o‘ylab ko‘ring axir, – deya qaysarlik bilan takrorladi 

Jyulen, – uning taklifini qabul qilshi hatto xayolimga ham kelgan emas. 

Siz meni bama’ni hayot kechirshga shu qadar o‘rgatib qo‘ydingizki, 

bu odamlarning razilligiga mutlaqo chidab tura, olmasdim. 

Biroq shafqatsiz zarurat metin qo‘li bilan Jyulenning irodasini 

bukib qo‘ydi. U Verrer meridan bu pulni qarzga olayotgani va uni besh 

yil mobaynida protsentlari bilan qaytarajagi haqida tilxat berishini 

o‘ylab, o‘z nafsoniyatiga taskin bermoqda edi. 

De Renal xonimning bir necha ming frank puli hamon tog‘dagi 

kichkina g‘orda yashirib qo‘yilgandi. Ayol Jyulenning rad etishi va 

qaytaga jahli chiqib ketishidan cho‘chib, qo‘rqa-pisa shu pulni unga 

taklif qildi.

– Nahot siz, – deya javob qildi Jyulen, – sevgimiz xotirasi men 

uchun jirkanchli bo‘lib qolishini istasangiz?

Nihoyat, Jyulen jo‘nab ketdi. Janob de Renal benihoya baxtiyor 

edi, zero u yigitga pul taklif qilgan o‘sha mash’um daqiqada bu 

sinovga dosh berish Jyulenning qo‘lidan kelmadi. U pulni olishdan 

qat’iyan bosh tortdi. Janob de Renal ko‘zlarida yosh bilan Jyulenni 

quchoqlab oldi. Jyulen undan o‘z xulq-atvori haqida attestat so‘ra-

gan edi, ta’sirlanib ketgan mer uning fazilatlarini ko‘klarga ko‘tarib 

maqtash uchun so‘z topolmay qoldi. Qahramonimizning besh luidor 

jamg‘armasi bor edi va yana shuncha pulni u Fukedan qarz olishni 

mo‘ljallab qo‘ygandi.

U qattiq hayajonlangan edi. Biroq shuncha sevgisini qoldirib ke-

tayotgan Verrerdan uch-to‘rt chaqirim uzoqlashgan zahoti u Bezan-



181

son kabi katta shahar, chinakamiga katta qal’ani ko‘rishga muyassar 

bo‘lish qanday baxt ekanligidan bo‘lak hech nimani o‘ylamay qo‘ydi.

Ana shu qisqa uch kunlik ayriliq davomida de Renal xonim mu-

habbatning eng shafqatsiz aldovlaridan biriga berilib, ko‘r-ko‘rona 

yashadi. Uning shu kundagi hayotiga chidasa bo‘lardi, zero hozirgi 

ahvol va kelajakdagi mudhish kulfat o‘rtasida Jyulen bilan so‘nggi 

uchrashuv bor edi. U ana shu uchrashuvga qadar qolgan vaqtning 

soat va daqiqalarini sanab o‘tirdi. Nihoyat, uchinchi kun kechasi yi-

roqdan Jyulenning shartli ishorasini eshitdi. Yigit qanchadan-qancha 

xavf-xatarni yengib uning oldiga kelgan edi.

Shu daqiqadan boshlab xonim: «Uni so‘nggi marta ko‘ryapman», 

degan xayoldan bo‘lak hech narsani o‘ylay olmadi. U seviklisining 

jo‘shqin suyushlariga javob bermasdigina emas, balki shu turishda u 

hatto joni uzilay deb turgan jasadga o‘xshardi. U Jyulenni sevajagini 

aytishga o‘zini o‘zi majbur qilganida bu so‘zlar shu qadar hissiz eshiti-

lardiki, qaytanga buning aksini o‘ylash mumkin edi. Ular bir-birlaridan 

judo bo‘layotganlari haqidagi dahshatli fikr hozir uning butun bor-

lig‘ini egallab olgandi. Jyulen odatdagidek gumonsirab meni unutib 

yuborishibdi, deb o‘ylashiga sal qoldi. Biroq uning shu borada aytgan 

achchiq kinoyasiga javoban ayol hech narsa demadi, faqat ko‘zlaridan 

yirik-yirik yosh tomchilari dumaladi-yu, qo‘llari talvasa bilan uning 

qo‘lini qisdi.

– E Xudoyim! gapingizga qanday qilib ishonay axir, – derdi Jyulen 

ma’shuqasining uni sevishi haqidagi onda-sonda aytgan ishonarsiz 

so‘zlariga javoban. – Siz odatda Dervil xonimga yoki biron-bir boshqa 

dugonangizga yuz karra ko‘proq do‘stona muomala qilasiz.

Karaxt bo‘lib qolgan de Renal xonim unga nima deb javob berishni 

bilmasdi.

– Bundan ham ortiq azob bo‘ladimi insonga! Faqat o‘lishim qoldi... 

Yuragim muzlayotganini sezyapman.

Uning bergan javobi ana shu bo‘ldi, Jyulen undan boshqa hech 

so‘z eshitmadi.

Yorisha boshlagan tong ularga vidolashuv payti kelganini eslat-

ganida de Renal xonimning ko‘zlaridagi yosh darhol qurib qoldi. U 

Jyulenning derazaga qanday qilib arqon bog‘lashiga indamay qarab 

turdi va uning bo‘salariga mutlaqo javob qilmadi.

– Mana, nihoyat, niyatingizga ham yetdingiz, – dedi Jyulen. – Endi 

vijdoningiz azob chekmaydigan bo‘ldi. Mabodo bolalaringizdan 



182

birontasining xiyol tobi qochib qolgudek bo‘lsa, ularni o‘zim go‘rga 

tiqyapman, deb o‘ylamaysiz ham.

Biroq uning bu gapi ham behuda ketdi.

– Afsus, Stanislavni o‘polmay ketyapsiz, – dedi xonim sovuqqina.

Jyulen bu tirik murdaning jonsiz quchoqlashlaridan qattiq ha-

yajonlanib tushib ketdi va butun yo‘l davomida shundan boshqa 

narsani o‘ylay olmadi. Uning yuragi pora-pora bo‘lib, tog‘dan

 

oshib 


o‘tar ekan, to Verrer minorasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha bot-bot 

orqasiga o‘girilib qarab qo‘yardi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish