«Mana u, yagona podshoh, el e’zozlar uning arvohin»
deya takrorlardi.
Imtihonlar payti keldi. Jyulen juda yaxshi javob berardi: u hatto
Shazel ham o‘zining barcha bilimlarini namoyish qilishga harakat
qilayotganini yaqqol ko‘rib turardi.
Birinchi kuni o‘sha mashhur katta vikariy de Friler tomonidan
tayinlangan janob imtihon oluvchilar o‘zlariga abbat Pirarning sevim-
li shogirdi deb aytishgan anavi Jyulen Sorelni ro‘yxatning birinchi,
hech bo‘lmasa, ikkinchi satriga yozishga majbur ekanliklaridan rosa
ta’blari tirriq bo‘ldi. Seminariyada, Jyulen bosh imtihon varaqasida
ham barcha fanlardan birinchi o‘ringa chiqadi, demak, yepiskop haz-
ratlarining uyidagi ziyofatga tashrif buyurish sharafiga ham muyassar
bo‘ladi u, deya bahs boylashmoqda edi.
Biroq so‘nggi imtihon payti u aziz-avliyolarga doir savolga javob
berayotganida, bir makkor ruhoniy unga avliyo Ieronim va uning Sit-
seronga bo‘lgan ishtiyoqi to‘g‘risida bir necha savol berdi-da, so‘ngra
Goratsiy, Virgiliy va boshqa majusiy shoirlar ijodi haqida gap ochdi.
Jyulen o‘rtoqlariga bildirmay bu mualliflarning ko‘plab she’rlarini yod
olgan edi. U o‘z muvaffaqiyatidan ruhlanib, qayerda turganini unutib
qo‘ydi va imtihon oluvchining takroriy savoliga javoban ilhom bilan
Goratsiyning qasidalarini yoddan o‘qib, ularni izohlab bera boshladi.
Imtihon oluvchi ilhomlanib she’r o‘qiyotgan Jyulenni yigirma daqiqa-
ga o‘z holiga qo‘yib berdi-da, so‘ng birdan g‘azabli tus olib, shunday
nopok ishga vaqtini bekor sarflagani hamda miyasini nahs va befoyda
g‘oyalar bilan bo‘lg‘atgani uchun unga qattiq tanbeh bera boshladi.
– Men ahmoqman, taqsir, siz mutlaqo haqsiz, – deya javob qildi
Jyulen itoatkorlik bilan, nihoyat, o‘ziga qanday firib berganlarini
tushunib.
Imtihon oluvchining bunday hiylasi hatto seminaristlarga ham
pastkashlik bo‘lib tuyuldi-yu, biroq Bezansonda maxfiy jamiyatlarning
225
butun bir shoxobchasini yo‘lga qo‘ygan va Parijga yuborib turadigan
ma’lumotlari bilan sudyalar, prefektlar va, hatto, garnizon shtabining
oliy boshliqlarini ham zir titratadigan makkor odam, abbat de Friler
janoblari uchun qudratli qo‘llari bilan Jyulenning ismi qarshisiga
«198» raqamini yozib qo‘yishga xalal bermadi. Abbat shu yo‘l bilan o‘z
dushmani, yansenist Pirarning ta’bini tirriq qilish imkoniyati tug‘ilib
qolganidan xursand edi.
Mana, o‘n yildirki, janob de Friler qo‘lidan kelgan hamma ishlarni
qilib, uni seminariya direktori lavozimidan tushirishga harakat qilib
yurardi. Abbat Pirar Jyulenga o‘rgatgan axloq qoidalariga o‘zi ham
amal qilardi, u sofdil va diyonatli bo‘lib, igvogarlik bilan shug‘ullan-
mas va o‘z vazifasini sidqidildan bajarar edi. Ammo baxtga qarshi,
Tangri uni badjahl qilib yaratgan ediki, bunday odamlar ranj-alam va
nafratdan qattiq iztirob chekadilar. Unga nisbatan aytilgan haqoratli
gaplardan birontasi ham bu otashqalb odamda iz qoldirmay o‘tmasdi.
U shu paytga qadar ham yuz marta iste’foga chiqqan bo‘lardi-yu, biroq
Tangri belgilab bergan bu lavozimda haqiqatan ham foyda keltirayot-
ganiga sidqidildan ishonardi. «Men munofiqlik va butparastlik yo‘liga
g‘ov solyapman», derdi u o‘ziga-o‘zi.
Imtihonlar boshlangan paytga kelib u Jyulen bilan ikki oycha
gaplashmay yurgan edi, biroq imtihon natijalari haqida rasmiy bildirish
xati olib, nazarida seminariyaning faxri hisoblangan o‘z shogirdining
ismi qarshisida «198» raqamini ko‘rgach, tobi qochib, bir haftacha
ko‘rpa-to‘shak qilib yotib qoldi. Bu qattiqqo‘l odam endi ziyraklik
bilan Jyulenga ko‘z-quloq bo‘lib turishdangina taskin topmoqda edi.
U Jyulenda na kek saqlash, na o‘ch olish istagi, na ruhan tushkunlik
alomatlari borligiga ishonch hosil qilgach, terisiga sig‘may ketdi.
Oradan bir necha hafta o‘tgach, Jyulenning nomiga xat keldi. Yigit
uni ko‘rdi-yu, a’zoyi badanida titroq turdi: konvertga Parij shtempeli
bosilgan edi. «Nihoyat, de Renal xonim menga bir vaqtlar bergan
va’dasini eslabdi», deya xayolidan o‘tkazdi u. Pol Sorel deb imzo chek-
kan va o‘zini uning qarindoshi deb atagan qandaydir janob Jyulenga
besh yuz franklik chek yuboribdi. Xatda, agar Jyulen mashhur lotin
mualliflarini bundan buyon ham shunday ishtiyoq bilan o‘rganaversa,
har yili shunchadan pul olib turajagi aytilgan edi.
«Ha, bu de Renal xonim, bu o‘shaning mehribonligi! – deya ko‘ngli
iyib o‘ylardi Jyulen. – U menga tasalli bermoqchi bo‘libdi, lekin nega
bironta ham do‘stona so‘z yozmabdi?»
226
Yigit bu xat xususida qattiq yanglishgan edi; o‘z dugonasi Dervil
xonimning ta’siriga tushib qolgan de Renal xonim shu kunlarda o‘z
qilmishidan qattiq pushaymon bo‘lib yurgan edi. U butun hayotini
tubdan o‘zgartirib yuborgan bu ajoyib yigitni ba’zan beixtiyor eslab
qolardi-yu, biroq unga maktub yo‘llashga jur’at etmasdi.
Agar seminariya tili bilan gapirishga jazm etadigan bo‘lsak, biz
ehtimol bu besh yuz frankning paydo bo‘lishini mo‘jiza deb tan olardik
va bu tuhfani Jyulenga in’om etmoq uchun taqdir qurol qilib tanlagan
janob de Frilerning o‘zlari yuborgan bo‘lsa kerak, deb aytgan bo‘lardik.
Bundan o‘n ikki yil muqaddam janob abbat de Friler Bezanson shahri-
ga qo‘lida kichkina bir chamadon bilan kirib kelgan edi. Aytishlaricha,
o‘shanda uning bud-shudi ana shu chamadonga jo bo‘lgan ekan. Endi
esa u shu atrofdagi eng badavlat zamindorlardan biri bo‘lib qolgan edi.
Asta-sekin boyish jarayonida u allaqaysi yer-mulkning yarmini sotib
olgan ekan, o‘sha mulkning qolgan yarmi esa meros tariqasida janob
de lya Molga o‘tibdi. Ana shu yer-mulk bu muhtaram zotlar orasida
katta tortishuvning kelib chiqishiga sabab bo‘libdi.
O‘zining Parijdagi nufuz va saroydagi lavozimlariga qaramay, ja-
nob markiz de lya Mol Bezansonda, aytishlaricha, prefektlarni ishga
qo‘yib, ishdan oladigan katta vikariyga qarshi kurash olib borish an-
cha xavfli ekanini sezib qoldi. Biroq byudjetda nazarda tutilgan biror
qulayroq bahona bilan o‘ziga ellik ming mukofot puli undirib olib,
qandaydir ellik ming frank uchun abbat de Friler bilan tortishuvga
chek qo‘yish o‘rniga markiz o‘z so‘zida qattiq turib oldi. U o‘zini haq
deb hisoblardi: naqadar mustahkam dalil bu... Haqlik!
Lekin marhamat qilib bizga bir narsani ayting-chi, dunyoda odam
qilishi, hayotda o‘z yo‘lini topib olishiga ko‘maklashib yuborishi
lozim bo‘lgan o‘g‘li yoki biror qarindoshi topilmaydigan sudya zoti
bormikin o‘zi?
Zero, bu haqiqatni ko‘zi ko‘r odam ham uqib olmog‘i uchun janob
abbat de Friler sudning birinchi hukmini o‘z foydasiga chiqarishga
erishganidan so‘ng oradan bir hafta o‘tgach, yepiskop hazratlarining
karetasida o‘z advokati oldiga borib, unga o‘z qo‘li bilan Faxriy Le-
gion xochini topshirdi. Raqib tomonning bunday qat’iy harakatidan
birmuncha esankirab qolgan va advokatlarining hali-zamon taslim
bo‘lishidan cho‘chigan markiz de lya Mol maslahat so‘rab abbat
Shelanga murojaat qildi, u esa, o‘z navbatida, markizga janob Pirarni
tavsiya etdi.
227
Biz bayon etayotgan voqealar sodir bo‘lganida ularning orasidagi
munosabat bir necha yildan beri davom etib kelayotgan edi. Janob
Pirar bu ishga jon-jahdi bilan kirishib ketdi. Markizning advokatlari
bilan muttasil uchrashib turar ekan, abbat uning da’vosini yaxshilab
o‘rganib chiqdi va markizning haqligiga ishonch hosil qilgach, qudratli
katta vikariyga qarshi kurashda ochiqdan-ochiq janob de lya Mol taraf-
ini oldi. Bu beadablik janob de Frilerning izzat-nafsiga qattiq tegdi.
Kelib-kelib qandaydir arzimas yansenist unga qarshi chiqib o‘tirsa-ya!
– O‘zini qudratli deb. hisoblaydigan manavi saroy asilzodalarining
holini bir ko‘ring, – derdi abbat de Friler o‘zining yaqin do‘stlariga.
– Janob de lya Mol o‘zlarining bezansonlik ayg‘oqchilariga arzimas
bir xoch olib berishni ham lozim topmadilar, agar uni ishdan olib
tashlashsa, parvo ham qilmaydilar. Bo‘lmasam, bu muhtaram per,
menga yozishlaricha, har haftada kanda qilmay zangori lentalarini
taqib olib, adliya ministrining kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning meh-
monxonasiga tashrif buyurar akanlar.
Abbat Pirarning barcha harakatlariga qaramay, janob de lya Mol,
garchi adliya ministri bilan, xususan, uning idorasi bilan doim yaxshi
munosabatda bo‘lsa-da, olti yillik urinishlardan so‘ng faqat da’vola-
shishda butunlay yengilmadi xolos.
Ikkovi ham sidqidildan shug‘ullanayotgan shu ish yuzasi-
dan abbat Pirar bilan muntazam xat yozishib turar ekan, markiz
oxir-oqibatda abbatning zukko aqliga qoyil qoldi. Asta-sekin,
jamiyatda tutgan o‘rinlaridagi ulkan tafovutga qaramay, ularning
yozishmalari do‘stona ruh kasb etdi. Abbat Pirar turli yo‘llar bilan
zug‘um o‘tkazib, uni iste’foga chiqishga majbur etmoqchi ekan-
liklarini markizga xabar qildi. Uning fikricha, Jyulen uchun ataylab
o‘ylangan jirkanch firibgarlikdan g‘azabi qaynagan abbat bu voqeani
boshdan-oyoq markizga yozib yubordi.
O‘zining nihoyatda badavlat ekanligiga qaramay bu mansabdor
sira ham xasis emasdi. Shu paytga qadar u da’volashuv tufayli qilingan
pochta xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun abbat Pirarni biroz pul
olishga ko‘ndirolmay kelardi. Ana shunda uning miyasiga abbatning
sevimli shogirdiga besh yuz frank yuborish fikri kelib qoldi.
Janob de lya Mol hatto o‘z qo‘li bilan ilova xati ham yozib yubordi.
Shundan so‘ng u abbatning o‘zi haqida ham esladi.
Kunlardan
bir kun abbat Pirar bir enlik xat oldi, xatda undan bir
muhim ish yuzasidan Bezanson qasabalaridan biridagi allaqaysi meh-
228
monxonaga darhol yetib kelishni iltimos qilishgandi. Mehmonxonada
uni janob de lya Molning ish boshqaruvchisi qarshi oldi.
– Janob markiz menga o‘z karetalarini sizning ixtiyoringizga berib
qo‘yishni topshirdilar, – dedi unga boshqaruvchi. – U kishi, siz manovi
xat bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng, to‘rt-besh kunlardan keyin
Parijga jo‘nashdan bosh tortmasangiz kerak, deb umid qiladilar. Siz
belgilashni lozim topgan muhlat ichida esa, men janob markizning
shu yerdagi, Fransh-Kontedagi yer-mulklarini aylanib chiqaman.
Shundan so‘ng, siz istagan paytda Parijga jo‘naymiz.
Xat qisqagina edi:
«Mening qadrli abbatim, o‘sha provinsial g‘alvalarning baridan
qutuling-da, Parijning musaffo havosidan nafas olish uchun bu yerga
keling. Sizga o‘z ekipajimni yuboryapman – Sizning qaroringizni to‘rt
kun kutishni buyurdim. O‘zim esa Sizni Parijda seshanba kunigacha
kutaman. Parijning shundoq yonginasida joylashgan ajoyib qavm-
lardan birini Sizning tasarrufingizda qoldirmoq uchun Sizdan taqsir,
birgina «ha» degan so‘zni kutishyapti. Bo‘lajak qavmingiz orasidagi
eng badavlat odam Sizni hech qachon ko‘rgan emas, biroq uning Siz-
ga naqadar sodiq ekanini tasavvur ham qila olmaysiz, bu odamning
kimligini bilmoqchi bo‘lsangiz, u
Do'stlaringiz bilan baham: |