XXVIII
Sanam yurishi
Barchaning qalbi larzaga kelgan edi. Jonku-
yar mo‘minlarning harakati bilan chiroyli qilib
bezatilgan va qum sepilgan torgina gotik ko‘cha-
larga Tangrining o‘zi tushib kelgandek tuyulardi.
Yun
g.
Jyulen o‘zini tentak va arzimas bir odam qilib ko‘rsatishga qan-
chalik urinmasin, baribir o‘qituvchilarga yoqmasdi. «Axir, har qalay,
– deya o‘ylardi u, – ustozlarimizning bari ancha noziktabiat odamlar,
ularni minglab kishilar orasidan bekorga tanlab olishmagan-ku.
Nega endi mening mo‘minligim ularga ta’sir qilmayapti?» Jyulenning
nazarida, faqat birgina odam uning har narsaga ishonishga hozirligi
va o‘zini go‘l qilib ko‘rsatishga urinishi tufayli aldangandek tuyulardi.
Bu odam soborda o‘tkaziladigan barcha bayram marosimlarining
boshqaruvchisi abbat Sha Bernar edi. Mana, o‘n besh yildirki, nuqul
unga soborning bosh ruhoniysi qilib tayinlashni va’da qilishardi, ho-
zircha esa u seminariyada va’z aytish san’ati kursini olib borardi. Bu
predmetdan Jyulen boshidanoq, hali ko‘zi ochilmagan paytdan buyon
deyarli doim birinchi bo‘lib kelardi. Abbat Shaning unga ochiqdan-
ochiq muruvvat ko‘rsatishi ham ana shundan boshlangan edi: u
dam-badam darsdan so‘ng Jyulenning qo‘ltig‘idan do‘stona tutib, u
bilan bog‘da sayr qilardi.
«U mendan nima istaydi?» – deya o‘ylardi Jyulen. U abbatning
sobordagi diniy ashqol-dashqollar, rido-jubbalar haqida soatlab qil-
gan hikoyalarini hayratga tushib tinglardi. Yolg‘iz kimxob jubbaning
o‘zi, motam paytlari kiyiladiganini hisobga olmaganda, o‘n yetti dona
ekan. Qarib qolgan maslahatchi xonim de Ryubampredan umid katta
ekan; to‘qson yoshli bu xonim ajoyib Lion shoyisidan tikilgan zarbof
to‘y liboslarini kamida yetmish yildan buyon saqlab kelarkan.
– Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, do‘stim, – derdi abbat Sha birdan
to‘xtab, zavq-shavq bilan ko‘zlarini yumar ekan, – o‘sha ko‘ylaklar
tayoqday qotib turaveradi, zari shu qadar ko‘p! Bezansondagi barcha
hurmatga loyiq odamlarning aytishlaricha, maslahatchi xonimning
vasiyatiga binoan soborimizning xazinasiga tantana paytlari kiyi-
214
ladigan to‘rt-besh bayram ridosidan tashqari yana o‘n dona jubba
qo‘shilar ekan. Men esa bundan ham ko‘prog‘iga umid qilaman, – deya
qo‘shimcha qilardi abbat Sha tovushini pasaytirib, – maslahatchi
xonim bizga yana sakkiz dona tilla suvi yugurtirilgan kumushdan
yasalgan qandil qoldiradilar, deya umid qilishga ba’zi asoslar bor.
Aytishlaricha, qandillarni Burgundiya gersogi Karl Sheryurak Ita-
liyada xarid qilgan emish, zero xonimning ajdodlaridan biri uning
sevimli ministri bo‘lgan ekan.
«Nega u bu uvadalar haqida menga hikoya qilyapti? – ajablanardi
Jyulen. – Qancha vaqtdan beri ustalik bilan nimagadir tayyorgarlik
ko‘ryapti-ku, lekin gapning indallosini aytmayapti. U menga ishon-
masa kerak. Chamamda, o‘qituvchilarimizning ichida eng ayyoriga
o‘xshaydi. ularning biror ikki haftadan so‘ng maqsadlarini ilg‘ab olsa
bo‘ladi. Aytganday, buni tushunish mumkin; axir o‘n besh yildan buyon
boyaqishning izzat-nafsi aziyat chekib keladi-da!»
Bir kuni kechqurun qilichbozlik darsi paytida Jyulenni abbat
Pirarning huzuriga chaqirishdi, abbat unga shunday dedi:
– Ertaga Loshi Masiho bayrami. Janob abbat Sha Bernar soborni
yasatishda sizning yordamingizga muhtoj, marhamat qilib uning
oldiga boring va aytganlarini bajaring.
Lekin shu zahoti abbat Pirar uni to‘xtatib, hamdardlik bilan
qo‘shimcha qildi:
– Bu imkoniyatdan foydalanib, shaharni sayr qilish yoki qilmaslik
haqida o‘zingiz o‘ylab ko‘ring.
– Incedo per ignes (Maxfiy dushmanlarim bor), – deya javob qildi
Jyulen.
Ertasi kuni azonlab Jyulen ko‘zini yerga tikkanicha, sobor tomon
ravona bo‘ldi. U atrofida uyg‘onayotgan shaharning g‘ala-g‘ovuri va
yugur-yugurini his etgach, ancha yengil tortdi. Sanam yurishini kutib,
hamma yoqda uylarning peshtoqlarini bezashmoqda edi. U seminar-
iyada o‘tkazgan butun vaqt uning nazarida bir daqiqa bo‘lib ko‘rindi.
Yigit Verji haqida va hozir uchratib qolishi mumkin bo‘lgan nozanin
Amanda Bine to‘g‘risida o‘ylay boshladi, chunki uning qah vaxonasi
shundoq yo‘lning ustida edi. U sevimli soborining eshigi oldida turgan
abbat Sha Bernarni uzoqdan ko‘rdi; abbat chehrasi quvnoq, ko‘zlari
kulib turadigan semiz bir kishi edi. Bugun u gul-gul ochilib turardi.
– Sizni kutayotgan edim, bo‘taginam! – deya qichqirdi u Jyulen-
ni uzoqdan ko‘rgan zahoti. – Xush kelibsiz! Bugun qattiq mehnat
215
qilmog‘imizga to‘g‘ri keladi, ish ancha og‘ir bo‘ladi, keling, nonushta
qilib, kuch yig‘ib olaylik. Keyin soat o‘nlarda, so‘nggi ibodat mahali
tanovul qilamiz.
– Iltimos, taqsir, – dedi vazminlik bilan Jyulen, – men bir soniya
ham yolg‘iz qolmasam, devdim. Marhamatingizni ayamay, e’tibor
bersangiz, – deya qo‘shimcha qildi u boshlari uzra qad ko‘targan
minoradagi soatni ko‘rsatib, – men huzuringizga bir daqiqasi kam
beshda yetib keldim.
– Ha-a! Siz yaramas seminaristlarimizdan qo‘rqyapsizmi? Ular
haqida o‘ylab nima qilasiz? – dedi abbat Sha. – Chetida tikan o‘sgani
bilan yo‘l yomon bo‘lib qolarmidi? Yo‘lovchi o‘z yo‘li bilan ketaveradi,
yovuz tikanlar esa joyida shumshayib turaversin. Ularga e’tibor qil-
mang, qani, qadrli do‘stim, bo‘lmasam ishga kirishaylik endi, ishga!
Abbat Sha, ish og‘ir bo‘ladi, deb bekorga aytmagan ekan. Kecha
soborda tantanali dafn marosimi bo‘lib, shu boisdan bayramga tayyor-
garlik ko‘rish mumkin bo‘lmagan ekan. Endi esa qandaydir ikki-uch
soat ichida uch qator bo‘lib saf tortgan va balandligi o‘n metrdan
ko‘proq keladigan gotik ustunlarning hammasiga boshdan-oyoq
qirmizi Damashq matosidan o‘rab chiqmoq kerak edi. Janob yepiskop
shu ishni deb Parijdan, pochta karetasida kelishi uchun yo‘lkirasini
to‘lab, to‘rt nafar qoplamachi chaqirtirgan edi. Biroq bu janoblar,
o‘zlari hamma ishni bajarishga ulgurmayotgan bo‘lsalar-da, bezan-
sonlik uquvsiz hamkasblariga yordam berish o‘rniga, kesatiq gaplar
bilan ularni battar gangitib qo‘ymoqda edilar.
Jyulen narvonga o‘zi chiqmasa bo‘lmasligini tushundi, uning
chaqqonligi ana shu yerda asqotdi. U mahalliy qoplamachilarga rah-
barlik qila boshladi. Abbat Sha uning qanday chapdastlik bilan bir
narvondan tushib, ikkinchi narvonga chiqishini zavq bilan tomosha
qilardi. Hamma ustunlarga Damashq matosi o‘rab bo‘lingach, asosiy
mehrob tepasidagi katta taxtiravonga besh bog‘lam yumshoq parni
qanday qilib o‘rnatishni muhokama qila boshlashdi. Taxtiravonning
zarrin yog‘och chambari italyan marmaridan yasalgan sakkizta baland
ustunga o‘rnatilgan edi. Ammo taxt tepasiga – taxtiravon o‘rtasiga
yetib olish uchun eski yog‘och bo‘gotdan yurib o‘tmoq lozim bo‘lardi.
Bo‘gotning to‘sinlari esa, ehtimol, qurt yegan bo‘lib, u yerdan o‘n besh
metrcha balandlikda osilib turardi.
Parijlik dimog‘dor qoplamachilar bu muallaq yo‘lkani ko‘rgach,
ancha popuklari pasayib qoldi; ular taxtiravonga qarab-qarab qo‘yish-
216
ganicha bahslashishar, muhokama qilishar, biroq birontasining ham
tepaga chiqishga yuragi dov bermas edi. Jyulen par bog‘lamlarni
shartta qo‘liga olib, narvondan g‘izillaganicha tepaga chiqib ketdi.
Yigit ularni juda ustalik bilan chambarning o‘ziga, taxtiravonning
qoq o‘rtasiga o‘rnashtirib qo‘ydi. Jyulen narvondan pastga tushgach,
abbat Sha Bernar uni quchoqlab oldi.
– Optime
27
, – deya qichqirdi mehribon baqaloq. – Men buni albatta
hazrati buzrukning o‘zlariga gapirib beraman.
Soat o‘nda ular xursandchilik bilan nonushta qilishdi. Abbat
Sha ilgari hech qachon o‘z cherkovini shu qadar bezatilgan holda
ko‘rmagan edi.
– Shu deng, bo‘taginam, – derdi u Jyulenga, – volidai muhtara-
mam mazkur mo‘tabar ibodatxonada stul ijaraga berish bilan
shug‘ullanganlar, shu boisdan ham meni ma’lum darajada, mazkur
ajoyib bino boqib katta qilgan, desam ham bo‘ladi. Robesperning
terrori bizni xonavayron etdi, biroq men, o‘shanda yoshim sakkiz-
da edi, xonadonlarga borib o‘qiladigan ibodatlarda xizmat qila
boshlagandim, ibodat kunlari esa menga ovqat berishardi. Jubbani
hech kim mendan yaxshiroq o‘ray olmasdi: ba’zan deng, bironta
ham zarrin popugi qayrilib qolmasdi. Napoleon toat-ibodat qi-
lishga qayta ijozat berganidan so‘ng, men bu mo‘tabar mitropoli-
yada nazoratchilik qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Yiliga besh
marta u mening ko‘z o‘ngimda ana shunday zeb-ziynatlar bilan
yasatiladi. Lekin hech qachon u bugungidek ko‘rkam bo‘lmagandi,
Damashq matolari hech qachon ustunlarga bu qadar chiroyli qilib
o‘ralmagandi.
«Mana hozir u, nihoyat, menga sirini aytadi, – deya xayolidan
o‘tkaz di Jyulen. – O‘zi haqida gapira boshladimi, demak, hozir
ko‘nglidagini to‘kib soladi!» Biroq hayajonlanib turganiga qaramay,
abbat bironta ham bemulohaza so‘z aytmadi. «Bo‘lmasam anchagina
mehnat qildi. Xursand bo‘lishini aytmaysizmi! – deya o‘yladi Jyulen. –
Vinoniyam talaygina ichdi. Mana buni odam desa bo‘ladi! Ibrat olsam
arziydi! Darhol mukofotlansin!» (Bu iborani Jyulen keksa tabibdan
o‘rganib olgan edi.)
Jyulen yepiskop boshchilik qiladigan tantanali marosimda ishtirok
etmoq uchun ridosini kiymoqchi bo‘ldi.
27
Bag‘oyat a’lo (lot.).
217
– O‘g‘rilar-chi, azizim, o‘g‘rilar-chi! – deya qichqirdi shunda abbat
Sha. – Siz ularni o‘ylamaysiz ham! Hamma sanam yurishiga jo‘nasa,
cherkov bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi, shunda siz bilan men qo‘riqchilik
qilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Keyin ustunlarning pastiga o‘ralgan manovi
zarrin kimxoblarning faqat bir-ikki parchasigina yetishmasa bir navi.
Axir bu kimsan de Ryubampre xonimning tuhfasi-ya. Bu kimxob
unga qirolning mashhur ajdodidan meros qolgan, zari sof oltin-a,
azizim! – deya zavq bilan shivirlab qo‘shimcha qildi abbat Jyulenning
qulog‘iga. – Hech qanday aralashmasi yo‘q! Men sizga so‘l qanotni
kuzatib turishni topshiraman, u yerdan hech qayoqqa jilmang. Men
esa o‘ng qanot bilan bosh nefga
28
ko‘z-quloq bo‘lib turaman. Yana
tavbaxonalarga ham yaxshilab diqqat qiling: o‘g‘rilarning ayg‘oqchi-
lari, anavi buzuq xotinlar xuddi o‘sha yerga yashirinishadi va sizning
alahsib qolishingizni kutishadi.
U gapini tugatishi bilanoq soat chorakam o‘n ikkiga zang chaldi.
Va shu zahoti katta qo‘ng‘iroq bong urdi: u qattiq daranglab aks sado
berar, boshqa qo‘ng‘iroqlar unga jo‘r bo‘lishar edi. Bu dabdabali sa-
dolar Jyulenni o‘ziga mahliyo qilib qo‘ydi. Uning xayoli go‘yo qafasdan
qutulib chiqqan qushdek yuksak-yuksaklarga parvoz etib ketdi.
Ioann Cho‘qintiruvchi kiyimidagi norasida bolalar muqaddas
tuhfalar oldiga sochib yuborgan atirgul yaproqlari va buxo‘rning
xushbo‘y hididan yigit battar zavqlandi.
Qo‘ng‘iroqning ulug‘vor sadolarini eshitib, Jyulen bu har biriga
ellik santimdan haq to‘lanadigan yigirma kishining mehnati ekan-
ligini, ularga esa, ehtimol qavmdan o‘n besh-yigirma chog‘liq odam
yordam berayotganidan bo‘lak hech narsani o‘ylamasligi lozim edi. U
yana arqonlar ancha chirib qolganini, havozalarning puturi ketganini,
qo‘ng‘iroqning o‘zi ham xatarli ekanini, zero u har ikki yuz yilda bir
marta qulab turishini ham o‘ylab ko‘rmog‘i lozim edi, yigit tag‘in jom
uruvchilarning maoshini biron yo‘l bilan qisqartirish, yoxud ularning
mehnati evaziga yorliq bilanmi, yoki daryodan suv bag‘ishlagandek,
cherkovning xayr-ehsonidan boshqa biror narsa bilanmi haq to‘lashni
ham o‘ylab ko‘rsa yomon bo‘lmasdi. Shunda cherkov xazinasiga ziyon
tegmagan bo‘lardi.
Biroq shunday dono fikrlarga berilish o‘rniga Jyulenning ko‘ngli
manovi ulug‘vor sadolardan ko‘tarilib, osmon-u falakda kezib yu-
28
N e f – binoning ustunlar qatori bilan ajratilgan qismi (tarj.).
218
rardi. Undan hech qachon yaxshi pop ham, uddaburon boshliq ham
chiqmasa kerak! Sal narsagayam og‘zi qulog‘iga yetadigan kishidan
durustroq odam chiqadi deysizmi? Nari borsa rassom bo‘ladi-da.
Ana shu yerda Jyulenning o‘ziga bino qo‘yishi ko‘zga yaqqol tashla-
nadi, Jyulenning o‘rnida seminariyadagi o‘rtoqlari bo‘lganida turgan
gap, ellik odamdan ko‘prog‘i soborning katta qo‘ng‘irog‘i sadosini
eshitgach, jom uruvchiga qanday maosh to‘lanishidan bo‘lak hech
nimani o‘ylamagan bo‘lardi. Axir ular xalq nafrati va yakobinchilik-
dan o‘lgudek qo‘rqishadi, chunki yakobinchilar har bir xonadonda
topiladi, deyaverib ularning jonini olib qo‘yishgan va shu boisdan ular
voqelikka to‘g‘ri baho berishni o‘rganib olishgan edi. Ular Barem kabi
genial puxtalik bilan ibodat qiluvchilarning ko‘ngli qay darajada iyishi
jom uruvchilarga to‘lanayotgan maoshga arzish yoki arzimasligini
chamalab ko‘ra boshlashardi. Biroq agar Jyulen soborning moddiy
manfaati to‘g‘risida o‘ylagan taqdirda ham uning xayoli baribir boshqa
tomonga olib qochgan bo‘lardi: u, chamasi, cherkov kengashi uchun
qirq frankni tejab qolishning evini qilardi-yu, lekin yigirma besh
santimlik sarf-xarajatdan qochish imkoniyatini qo‘ldan boy berardi.
Quyosh charaqlab turgan ajoyib kunda olomon shahar ma’murlari
bir-birlaridan o‘tishga harakat qilib qurdirgan chiroyli muvaqqat
mehroblar oldida to‘xtay-to‘xtay Bezanson bo‘ylab siljib borar ekan,
cherkov suv quygandek jimjit edi. Uning ichi g‘ira-shira va salqin edi.
Hammayoqni gullar va buxo‘rning yoqimli hidi tutib ketgandi.
Bu sukunat, yolg‘izlik va cherkovning keng zallaridagi salqindan
Jyulenni shirin mudroq bosdi. U binoning boshqa qanotini nazorat
qilib yurgan abbat Shaning bezovta qilishidan cho‘chimasdi. O‘ziga
kuzatib turish topshirilgan so‘l qanotda asta sayr qilib yurar ekan,
uning ruhi omonat jismini deyarli tark etgan edi. Jyulen mutlaqo
xotirjam edi, u kafforatxonalarda bir necha taqvodor ayoldan bo‘lak
hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgandi; shu tobda uning ko‘zlari
ochiq edi-yu, ammo hech nimani ko‘rmasdi.
Ammo u yaxshi kiyingan ikki ayolning tiz cho‘kib turganini
ko‘rgach, biroz hushiga keldi: ulardan biri kafforatxonada, ikkinchisi
esa shundoq yonginasida, pastakkina kursichada ibodat qilmoqda edi.
U shu tobda ko‘zlari hech nimani ko‘rmasa ham daf’atan u, yo o‘ziga
topshirilgan vazifa mas’uliyatidanmi, yoki ayollarning xushbichim-
ligiga qoyil qolganidanmi, kafforatxonada hozir ruhoniy yo‘qligini
eslab qoldi. «Qiziq, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – shu qadar xudojo‘y
219
ekanlar, nega bu bashang xonimlar hozir ko‘chadagi mehroblardan
biri oldida ibodat qilishmayapti? Agar bu xonimlar asilzoda bo‘lish-
sa, u holda nega bironta balkonda, hammaning ko‘z o‘ngida savlat
to‘kib o‘tirishmadi? Ko‘ylagining badaniga chiroyli yopishib turishini
qarang! Naqadar go‘zal ekan-a!» Shularni dilidan o‘tkazar ekan, yigit
ayollarning yuzini ko‘rish umidida qadamini sekinlatdi.
Tavbaxonada tiz cho‘kib turgan ayol bu suv sepganday jimjitlikda
Jyulenning qadam tovushini eshitib, asta boshini o‘girib qaradi. Shun-
dan so‘ng u birdan qichqirib yubordi-yu, hushidan ketdi.
Hushidan ketgach, u chalqanchasiga yiqila boshlagan edi, shundoq
orqasida o‘tirgan dugonasi unga yordamga otildi. Shu zahoti Jyulen
yiqilib tushayotgan xonimning yelkasi va bo‘ynini ko‘rib qoldi. Uning
ko‘zi o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan ajoyib durlar shodasiga tushdi. U
de Renal xonimning sochlarini taniganidan so‘ng holi ne kechganini
bilsangiz edi! Bu o‘sha edi. Dugonasi yiqilib tushmasligi uchun uning
boshini suyab turgan ayol esa Dervil xonim edi. Jyulen es-hushini
yo‘qotib, ular tomon otildi. Agar Jyulen vaqtida ularni suyab qol-
maganida, de Renal xonim o‘z og‘irligi bilan dugonasini ham yiqitib
yuborgan bo‘lardi. U o‘z yelkasida de Renal xonimning orqaga tash-
langan boshini, uning murdanikidek oppoq oqarib ketgan chehrasini
ko‘rdi. Yigit Dervil xonimga uni to‘qima stulga suyantirib o‘tqazishda
yordamlashib yubordi.
Dervil xonim o‘girilib qaradi-yu, shundan keyingina uni tanib
qoldi.
– Keting, taqsir, darhol keting! – dedi u g‘azabnok ohangda. – U
sizni ko‘rmasa bo‘lgani. Sizni ko‘rib dahshatga tushmaydimi axir,
– sizni tanimasdan ilgari qanday baxtli edi-ya. Axloqi buzuq odam
ekansiz. Keting! Zarracha nomusingiz bo‘lsa, darhol keting bu yerdan.
Bu gap shunday bir amirona ohangda aytilgan, Jyulen esa shu
qadar esankirab qolgan va es-hushini yo‘qotgan ediki, u darhol nari
ketdi. «U doim mendan nafratlanardi», deya o‘yladi u Dervil xonim
haqida.
Xuddi shu payt cherkovda olomon oldida kelayotgan poplarning
ming‘illab oyat o‘qishi eshitildi: sanam yurishi ishtirokchilari qaytib
kelmoqda edi. Abbat Sha Bernar bir necha bor Jyulenni chaqirdi; ammo
yigit uning ovozini eshitmadi; nihoyat, abbat Jyulenning oldiga kelib,
ramaqda joni qolgan yigitni qo‘lidan ushladi-da, uni bekinib turgan
ustun ortidan olib chiqdi. U Jyulenni yepiskopga tanishtirmoqchi edi.
220
– Mazangiz qochibdi, bo‘taginam, – dedi u Jyulenning rangi
dokadek oqarib, deyarly qimirlashga majoli yetmay turganini
ko‘rgach. – Bugun juda ko‘p ishlab yubordingiz. – Shunday deya abbat
uning qo‘ltig‘idan tutdi. – Qani yuring, suv sepuvchi o‘tiradigan manovi
kursida, mening orqamda o‘tirasiz, men esa sizni pana qilib turaman.
(Ular endi cherkovga kiraverishda, katta eshik yonida turishardi.)
Tinchlaning, hazrati buzruk yetib kelgunlariga qadar hali yigirma
daqiqa vaqtingiz bor. O‘zingizga kelishga harakat qiling, hazrati buz-
ruk o‘tayotganlarida, men sizni suyab turg‘izaman, yoshim bir joyga
borib qolgan bo‘lsa-da, o‘zim juda baquvvatman.
Biroq yepiskop ko‘ringanida, Jyulen shu qadar titrab turardiki,
abbat Sha uni yepiskopga tanishtirish niyatidan voz kechishga maj-
bur bo‘ldi.
– Xafa bo‘lmang, bo‘tam, – dedi u yigitga, – men yana bir mavridini
toparman.
Kechqurun abbat seminariya ibodatxonasiga o‘n qadoq sham eltib
berishni buyurdi. Uning aytishicha, bu shamlarni o‘z vaqtida juda
epchillik bilan o‘chirgan Jyulen tejab qolgan emish. Bu gapga isho-
nish qiyin edi. Bechora yigitning o‘zi shu tobda o‘chib qolgan shamni
eslatardi, u de Renal xonimni ko‘rganidan so‘ng butunlay es-hushini
yo‘qotib qo‘ygandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |