shaxsiy fikrning xuddi o‘zginasi bo‘lgan hamda xalqni inonmaslik kabi
yaramas odatga o‘rgatgan ikki palatali boshqarish tizimidan buyon
fransuz cherkovi o‘zining haqiqiy dushmani kitoblar ekanini tushunib
qolgan edi. Itoatkorlik... Uning nazarida eng katta fazilat ana shu edi.
Ilm sohasida, hatto ilohiyot fanida katta yutuqlarga erishmoq asosli
ravishda unga shubhali tuyulardi. Zero ma’rifatli odamning Seyes yoki
Greguarga o‘xshab dushman tomoniga o‘tib ketishga kim ham xalal
bera olardi? Qattiq xavfsirab qolgan cherkov yagona najot manbai
200
sifatida panaga yopishib olgandi. Faqat papagina shaxsiy fikrga chek
qo‘yishi hamda o‘zining dabdabali va taqvoga to‘la saroy marosimlari
yordamida foniy dunyo kishilarining ma’naviy buzuq aqliga xiyol
bo‘lsa-da, ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.
Seminariyada aytiladigan barcha gaplarda astoydil rad etilu-
vchi bu turli-tuman haqiqatlarni elas-elas ilg‘ab olar ekan, Jyulen
asta-sekin ruhiy tushkunlikka tusha boshladi. U ko‘p shug‘ullanar
va ruhoniy uchun juda foydali, biroq uning nazarida, o‘ta soxta va
o‘zi uchun mutlaqo qiziqarsiz bo‘lgan turli-tuman bilimlarni tezda
o‘zlashtirib olmoqda edi. Yigit, bu yerda mening shundan boshqa
ishim yo‘q, deb hisoblardi.
«Nahot meni hamma unutib yuborgan bo‘lsa?» deya o‘ylardi u.
Jyulen janob Pirarning Dijon shtempeli qo‘yilgan talaygina xatlarni
olib, ularni yoqib yuborganidan bexabar edi. Garchi bu maktublar
odob chegarasidan chiqmay yozilgan bo‘lsa-da, ularda jo‘shqin ehtiros
sezilar va bu sevgini dahshatli vijdon azobi ta’qib etayotgani ayon
bo‘lardi. «Yanayam yaxshi, – deya o‘ylardi abbat Pirar, – bu yigit har
qalay imonli ayolni sevgan ekan-ku».
Bir kuni abbat Pirar yana bir maktubni ochib ko‘rdi. Ko‘z yoshlari
tomaverib, yoyilib ketganidan bu xatning faqat yarmisinigina o‘qisa
bo‘lardi: bu Jyulen bilan abadiy vidolashuv edi.
«Nihoyat, – deb yozilgan edi xatda, – yaratgan Parvardigor
mendan marhamatini ayamay dilimga nafrat soldi. Yo‘q-yo‘q, guno-
himning sababchisidan emas, zero, u o‘la-o‘lgunimcha men uchun
dunyodagi eng aziz odam bo‘lib qolaveradi, gunohning o‘zidan
nafratlana boshladim men, qurbonlik keltirildi, do‘stginam. Ko‘rib
turibsizki, ko‘plab ko‘z yoshlari evaziga erishdim bunga. Siz ni-
hoyatda yaxshi ko‘rgan bolalarimning g‘amini yeyish ustun keldi.
Tangri taoloning qahri qattiq, lekin uning marhamati ham keng
– endi u onalarining gunohi uchun bolalarni jazolamaydi. Alvido,
Jyulen, odamlarga nisbatan adolatli bo‘ling». Xatning oxiridagi ana
shu vidolashuv so‘zlarini deyarli o‘qib bo‘lmasdi. Maktubga, garchi
Jyulenning javob qaytarmasligiga umid bildirilgan, mabodo javob
qaytarganda ham es-hushini yig‘a boshlagan bir ayol qizarmay o‘qiy
oladigan darajada odob bilan yozish iltimos qilingan bo‘lsa-da, Dijon
manzili ilova etilgandi.
Jyulenning ruhiy tushkunligi allaqaysi bir tujjor seminariyaga har
portsiyasini 83 santimdan sotadigan taxchil ovqat bilan birgalikda
201
uning sog‘ligiga ta’sir eta boshlagan paytlarda bir kuni ertalab uning
hujrasida daf’atan Fuke paydo bo‘lib qoldi.
– Nihoyat seni topdim-a. Minnat emas-ku, lekin atay seni ko‘rish
uchun Bezansonga beshinchi bor kelishim. Shu degin, har gal darvoza
oldida bir to‘nka nusxaga duch kelaman. Hatto seminariyaning eshigi
oldiga qorovul ham qo‘yib ko‘rdim. Jin urgur, nega hech ko‘chaga
chiqmaysan?
– O‘zimni-o‘zim sinab yuribman.
– Bu deyman, juda o‘zgarib ketibsan-ku. Aloha seni ko‘radigan
kun ham bor ekan-ku! Ikkita besh franklik mullajiring hozir aqlimni
kiritdi: men, ahmoq shu pulni birinchi kelganimdayoq bersam bo‘lmas
ekanmi.
Ikki do‘stning suhbati sira tamom bo‘lay demasdi. Birdan Jyulen-
ning rangi oqarib ketdi, Fuke unga:
– Aytmoqchi, bilasanmi, o‘quvchilaringning onasi juda taqvoga
berilib ketdi, – deb qoldi.
Shunday deya u odatda otashin qalb sohibi uchun eng aziz nar-
salar haqida gapirilganda, nogahon uni qattiq iztirobga soladigan bir
takallufsizlik bilan hikoya qila boshladi:
– Ha, og‘ayni, shu degin, juda xudojo‘y bo‘lib qolgan. Aytishlaricha,
ziyoratgohlarga borarmish. Biroq de Renal xonim boyaqish Shelan-
ning ortidan uzoq josuslik qilib yurgan anovi abbat Maslonni rosa
sharmanda qildi. U o‘sha pop bilan gaplashishni istamay, gunohiga
tavba qilish uchun Dijon yoki Bezansonga borar ekan.
– U Bezansonga ham kelib turadimi? – lov etib qizarganicha
so‘radi Jyulen.
– Ha, tez-tez kelib turadi, – dedi javoban ajablanib Fuke.
– Yoningda «Konstitutsionalist»ning biron nusxasi...
– Nima deding? – deya qayta so‘radi Fuke.
– Yoningda «Konstitutsionalist»ning biron nusxasi bormi, deb
so‘rayapman, – deya takrorladi Jyulen juda xotirjam ohangda. – Bu
yerda, Bezansonda uning har nusxasini o‘ttiz sudan sotishadi.
– Buni qara-ya! Hatto seminariyada ham liberallar bor ekan! –
deya xitob qildi Fuke abbat Maslonning chuchmal ovoziga taqlid qilib,
munofiqona ohangda.
Agar bir voqea sodir bo‘lmaganida do‘sti bilan bu uchrashuv qah-
ramonimizda juda kuchli taassurot qoldirgan bo‘lishi mumkin edi.
202
Ertasi kuni u tentak bola deb hisoblaydigan verrerlik yosh talaba gap
orasida aytgan bir so‘z Jyulenning miyasida muhim bir kashfiyotning
tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi: u seminariyaga kirgan kunidan buyon
barcha xatti-harakati tinimsiz xatodan iborat bo‘libdi. U endi alam
bilan o‘z ustidan kulmoqda edi.
Aslida u hayotidagi har bir muhim qadamni puxta o‘ylab bosar-
di-yu, biroq ikir-chikirlarga diqqat qilmasdi, seminariyadagi donish-
mandlar esa faqat ikir-chikirlargagina e’tibor berishardi. Shunday
qilib, u dahriy deb nom chiqargandi. Ko‘plab mayda-chuyda xatolar
uning aybini oshkor qilmoqda edi.
Ularning fikricha, u shu zaylda dahshatli gunohga botgan edi:
u nufuzli zotlarning fikriga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunib, ularga taassub
qilish o‘rniga o‘zi o‘ylar, o‘zi hukm yuritardi. Abbat Pirar unga hech
qanday yordam bermadi, kafforatxonadan bo‘lak boshqa biror joyda
u bilan bir og‘iz gaplashmadi, o‘sha yerda ham u gapirishdan ko‘ra
ko‘proq quloq solardi. Agar u abbat Kastanedni pir qilib tanlaganida
edi, hammasi mutlaqo boshqacha bo‘lardi.
Biroq Jyulen o‘zining o‘ta ehtiyotsizlik qilganini sezgan zahoti
zerikmay qo‘ydi. U qusurning qanchalik chuqur ildiz otganini aniq-
lamog‘i lozim edi. Shu maqsadda u o‘rtoqlarini o‘zidan hurkitib yurgan
takabburligini yig‘ishtirib, ma’lum darajada ochilib yurishga jazm
qildi. Xuddi ana shunda talabalar undan o‘ch ola boshladilar. Ular
Jyulenning gapirishga urinishlarini shunday bir nafrat bilan qarshi
oldilarki, bu ko‘proq tahqirlashga o‘xshab ketardi. U endi seminari-
yaga kirganidan buyon unga yomonlik qilmagan, dushmanlar sonini
ko‘paytirmagan yoki bironta munosib seminaristning, hech bo‘lma-
sa, boshqalar qatori johil bo‘lmagan biror talabaning unga nisbatan
ixlosini oshirgan biror soat, – ayniqsa darslar orasidagi tanaffus
payti, – bo‘lmaganini bilib oldi. U tuzatishi lozim bo‘lgan qusur juda
katta bo‘lib, bu vazifa g‘oyatda mushkul edi. Shu daqiqadan e’tiboran
Jyulen doim sergaklanib yurdi: u o‘zini butunlay boshqa odam qilib
ko‘rsatmog‘i lozim edi.
Masalan, u ko‘zidagi ifoda tufayli ancha tashvish chekdi. Bunday
joylarda odamlar bekorga doim yerga qarab yurishmaydi-ku axir.
«Verrerda yurganimda o‘zim to‘g‘rimda qanday xayollarga bormas-
dim, – deya o‘zicha mulohaza yuritardi Jyulen. – Men yashayapman,
deb o‘ylardim, aslida esa faqat yashashga hozirlik ko‘rayotgan ekan-
203
man, mana endi hayotning ichiga tushib qoldim va u men uchun
chekimga tushgan rolni oxiriga qadar ijro etgunimcha shunday davom
etaveradi. Atrofimni faqat ashaddiy dushmanlar o‘rab olgan. Daqiqa
sayin munofiqlik qilish – naqadar og‘ir zahmat, – derdi u o‘ziga-o‘zi.
– Axir buning oldida Geraklning qahramonliklari ham bir navi bo‘lib
qoladi!
Zamonamiz Gerakli, bu – yoshlik vaqtidan beri takabbur va jizzaki
sifatida tanilgan, o‘n uch yil davomida o‘zining benihoya muloyimligi
bilan qirq kardinalni aldab kelgan Sikst Beshinchi bo‘ladi».
«Demak, bu yerda bilimning sariq chaqalik ham qadri yo‘q ekan! –
derdi u o‘ziga-o‘zi alam bilan. – Dogmatika, qisasul anbiyo va hokazo
fanlarda erishilgan yutuqlar xo‘jako‘rsingagina rag‘batlantirilar ekan.
Shu xususda bu yerda aytiladigan gaplarning bari menga o‘xshagan
laqmalar ilinadigan tuzoqning o‘zginasi. Afsus! Mening yagona ustun-
ligim, bu – tezda muvaffaqiyatga erishuvimda, ana shu bo‘lmag‘ur
safsatalarni osongina o‘zlashtirib olish qobiliyatida edi. Demak,
ularning o‘zlari ham buning bahosini bilisharkan-da, bu gaplarga
o‘zim kabi munosabatda bo‘lishar ekan-da! Men ahmoq bo‘lsam faxr-
lanib yuribman! Xuddi ana shu doim birinchilikni olishim tufayli men
shuncha ashaddiy dushman orttirdim-ku axir. Mendan ancha ko‘proq
narsani biladigan Shazel ham o‘z insholarida ataylab goh u, goh bu
bema’ni gapni yozadi va shu tufayli elliginchi o‘rinda surgalib keladi,
mabodo ba’zan birinchi o‘ringa chiqib qolgan taqdirda ham bu faqat
diqqatsizlikning natijasi bo‘ladi. Evoh, abbat Pirar bir og‘izgina so‘zi
bilan meni qutqarib qolishi mumkin edi-ku».
Jyulen o‘z xatolarini anglaganidan beri qo‘liga tasbeh olib hafta-
siga besh vaqt ibodat qilish, Iso qalbi ibodatxonasida qiroat bilan
Zabur o‘qish va shunga o‘xshash zohidona taqvodorlik mashqlari
uning uchun eng qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib qoldi. Holbuki bu
ishlarning bari uning uchun ilgari o‘lgudek zerikarli bo‘lib tuyulardi.
O‘z xatti-harakatlarini diqqat bilan nazorat qilib borar ekan, Jyulen
asosan o‘z qobiliyatiga shaydo bo‘lmaslikka va darrov, daqiqa sayin
xristianlik bobida kamolotning yangi pog‘onasiga ko‘tarilganidan
dalolat beruvchi biror xayrli ish qiladigan namunali seminarist-
larga o‘xshab olishga harakat qilmadi. Axir seminariyada hatto
qaynatib pishirilgan tuxumni ham xudojo‘ylik yo‘lida yangi muvaf-
faqiyatlarga erishilganidan dalolat beradigan qilib yeyish mumkin
edi-da.
204
Bu satrlarni o‘qib, kinoyali jilmayadigan kitobxon, yaxshisi,
abbat Delilning Lyudovik XVI saroyidagi bir asilzoda xonimning
uyida nonushta payti, tuxum tanovul qila turib, qancha xatoga yo‘l
qo‘yganini bir eslab ko‘rsin. Jyulen avvalo non cu1pa
25
, ya’ni semina-
ristning butun tashqi qiyofasi, uning yurishi, qo‘llarini qimirlatishi,
ko‘z-qarashi va hokazolar butunlay tarkidunyo qilganidan, ammo,
shu bilan birga, hali dorulfanoning omonatligini tushunib, dorul-
baqoga yuz o‘girmaganligidan dalolat beruvchi bir ruhiy holatga
erishishga intildi.
Koridorning barcha devorlarida Jyulen doim pistako‘mir bilan
yozilgan: «Abadiy farog‘at yoki jahannamda mum qaynab turgan
qozondagi abadiy qiynoqqa nisbatan oltmish yillik sinov nima degan
gap?» – jumlasiga duch kelardi. Endi bu gaplarni o‘qiganida qahra-
monimiz nafratlanmaydigan bo‘lib qolgandi. Yigit bu shiorni doim ko‘z
o‘ngida saqlamoq kerakligini tushungan edi. «Xo‘sh, umr bo‘yi men
nima bilan shug‘ullanaman? – deya so‘rardi u o‘zidan-o‘zi. – Mo‘min-
larga jannat va’da qilaman. Ularga buning nima ekanligini amalda
qanday ko‘rsatish mumkin? O‘zim bilan qavmning tashqi ko‘rinishidagi
farq orqali, xolos».
Biroq ko‘p oylar davomida qunt bilan mashq qilishdan keyin ham
Jyulenning qiyofasidan uning nimalarni o‘ylayotganini bilib olish
mumkin edi. Yigitning ko‘z-qarashi, lablarini qimirlatishi hamma nar-
sani qabul qiladigan va azob chekishga qadar har qanday sinovlarga
dosh bera oladigan ko‘r-ko‘rona e’tiqoddan sira ham dalolat bermasdi.
Jyulen hatto eng qo‘pol qishloqi yigitlar ham bu jabhada undan ustun
ekanliklarini ko‘rib o‘ksinardi. Axir ular uchun miyalarida hech gap
yo‘qligini sezdirmaslikdan osoni yo‘q edi-da.
U ko‘r-ko‘rona e’tiqod bilan har narsaga tayyor, har narsani qabul
qilib, har qanday sinovga dosh bera oladigan kimsa qiyofasiga kirmoq
uchun ozmuncha urindimi. Bunday qiyofani italyan monastirlarida
ko‘plab uchratish mumkin bo‘lib, biz foniy dunyo kishilari uchun
uning ajoyib namunalarini Gverchino o‘zining diniy kartinalarida
qoldirgan
26
.
Katta bayram kunlari seminaristlarga tushki ovqat payti sosis-
ka bilan tuzlangan karam berishardi. Dasturxon ustida Jyulenning
25
Begunohlik (lot.).
26
Luvr muzeyida «Akvitaniya gersogi Fransisk o‘z sovutlarini yechib, rohiblar
kiyimini kiymoqda» kartinasini tomosha qiling. №1150.
205
yonida o‘tiradigan talabalar uning shunday lazzatli taomga mutlaqo
befarq qarashini sezib qoldilar, – ularning nazarida bu katta jinoyat
edi. O‘rtoqlari buni ahmoqona munofiqlikning jirkanch ko‘rinishi
deb hisoblardilar. U eng ko‘p dushmanni xuddi ana shu qilig‘i bilan
orttirdi. «Manovi boyvachchaga bir qarang, nimasiga kekkayadi u, –
deyishardi ular, – hey, dunyodagi eng shirin ovqatga tupurmoqchi qilib
ko‘rsatadi o‘zini, sosiska bilan tuzlangan karamga-ya! Ho‘, gazanda!
Takabburligingdan o‘rgildik seni!»
Aslida u ovqatini oxirigacha yemay likopchasida qoldirayotib,
o‘zini-o‘zi jazolamoq niyatida qanday fidoyilikka borayotganini
ko‘rsatib qo‘yish uchun o‘rtoqlaridan birontasiga qolayotgan karamga
ishora qilib: «Inson Xudoga bo‘lgan muhabbatini izhor qilmoq uchun
o‘z ixtiyori bilan azob chekishdan ortiq jazoga mahkum eta oladimi
o‘zini?» – deb qo‘ymog‘i lozim edi.
Biroq bunday narsalarni osongina tushunib olmoq uchun Jyulen-
ning tajribasi kamlik qilardi.
«Holimga voy! O‘rtoqlarim, manovi qishloqi yigitlarning jaho-
lati ular uchun katta afzallik keltiryapti! – deya xitob qilardi Jyulen
umidsizlikka tushgan kezlari. – Ular seminariya ostonasiga qadam
qo‘yishganida, ustozlariga bu to‘pori yigitlarning miyasidan men bu
yerga keltirgan va ularni yashirishga qancha urinmayin, hamkasa-
balarim basharamdan uqib olayotgan turli-tuman dunyoviy fikrlarni
quvib chiqarishga to‘g‘ri kelmaydi».
Jyulen hasadga o‘xshab ketadigan bir qiziqish bilan qishloqi
yigitlar orasidagi eng to‘porilarining xulq-atvorini o‘rganardi. Ular-
ning ustilaridagi movut kamzulchasini yechib olib, egnilariga qora
kiyim kiydirishayotganida, bu yigitlarning butun ma’lumoti tanga
pulga, fransh-konteliklar ta’biri bilan aytganda, naqdina mullaji-
ringga bo‘lgan cheksiz hurmatdan tashkil topardi. Odatda bu sirli,
balandparvoz so‘z bilan ular naqd pulni qanchalar e’zozlashlarini
izhor etardilar.
Seminaristlar uchun butun baxt, Volter qahramonlari kabi, asosan
yaxshilab qorin to‘ydirishdan iborat edi. Jyulen ularning deyarli ham-
masi yana nafis movutdan kiyim kiygan har qanday odam oldida sajda
qilishga tayyor ekanliklarini sezib qoldi. Bu tuyg‘u moddiy boyliklarni
taqsimlash bobida qonunlarimiz belgilab bergan o‘sha adolatning qan-
day baholanishi yoki, to‘g‘rirog‘i, qanchalik qadrlanmasligidan dalolat
berardi. «O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan!» deya
206
takrorlashardi ular o‘zaro suhbatlarida (Yura vodiylarida badavlat
odamni arbob deyishardi.) Shundan so‘ng ularning hammadan ba da -
v la troq bo‘lgan kimsalar, ya’ni hukumatni naqadar hurmat qilishlarini
tasavvur qilsa bo‘lardi!
Janob prefektning nomi tilga olinganining o‘zidayoq tavoze bilan
tabassum qilmaslik, – bu fransh-kontelik dehqonlarning nazarida
o‘ta ehtiyotsizlik sanalardi. Ehtiyotsizlik qilgan qashshoq odam esa
darrov ochlikka giriftor bo‘ladi.
Dastlabki paytlarda Jyulen qalbini chulg‘ab olgan nafrat tuyg‘usi-
dan juda diltang bo‘lib yurdi. Ammo keyinchalik dilida rahm-shafqat
uyg‘ongandek bo‘ldi: o‘rtoqlaridan ko‘pchiligining otalari qish kezlari
kechqurun kulbalariga qaytganlarida uylarida na bir burda non, na bir
dona kashtan, na bironta kartoshka bo‘lgan paytlar ko‘p bo‘lgandi-da
axir. «Agar ular, – derdi o‘ziga-o‘zi Jyulen, – baxtli odam deganda, bi-
rinchidan, yaxshilab qorin to‘ydirgan, keyin yaxshi kiyingan kimsani
tushunsalar, buning nimasi ajablanarli ekan! Barcha o‘rtoqlarimning
vazifasi bitta: boshqacha qilib aytganda, bu yigitlar ruhoniylik unvoni
ularga ana shu buyuk baxtdan muntazam lazzatlanishga, ya’ni doim to‘q
yurish va qishda issiq kiyinish imkoniyatini berishiga qattiq ishonadilar».
Bir kuni Jyulen bir yosh xayolparast seminaristning o‘rtog‘iga
shunday deganini eshitib qoldi:
– Nega endi men bir vaqtlar cho‘chqaboqar bo‘lgan Sikst Beshin-
chiga o‘xshab papa bo‘lishim mumkin emas ekan?
– Faqat italyanlargina papa bo‘lishadi, – deya javob qildi unga
o‘rtog‘i. – Bizning oramizda albatta bironta odam katta vikariy yoki
nozirlikka ko‘tarilish sharafiga muyassar bo‘lar. Keyin, qarabsanki,
yepiskop ham bo‘lib ketishi mumkin. Mana, Shalonda yepiskoplik
qilayotgan janob P...ni ol, axir u bochkasozning o‘g‘li bo‘ladi. Buyog‘ini
so‘rasang, mening otam ham bochkasoz.
Bir kuni dogmatika darsi paytida abbat Pirar Jyulenni chaqirtirib
qoldi. Bechora yigit o‘zi ruhan va jisman siqilib yurgan bu muhitni
birozga bo‘lsa-da, tark etish imkoniyati tug‘ilganidan boshi osmonga
yetdi.
Janob direktor Jyulenni seminariyaga kirayotgan kuni uni juda
qo‘rqitib yuborgan bir alpozda qabul qildi.
– Qani ayting-chi, manovi o‘yin qartasida nimalar deb yozilgan?
– deya so‘radi u Jyulenga tikilib qarar ekan, bu nigohdan yigit yer
yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi.
207
Jyulen qartada:
«Amanda Bine, «Jiraf» qahvaxonasi, soat sakkizgacha. O‘zingizni
janlislikman deysiz va mening onamga qarindosh qilib ko‘rsatasiz»,
degan yozuvni o‘qidi.
U naqadar dahshatli xavf ostida qolganini darhol tushundi: abbat
Kastanedning ayg‘oqchilari uning hujrasidan bu manzilni o‘g‘irlab
chiqishibdi.
– Men mazkur ostonani hatlab o‘tgan kunim, – deya javob qildi ab-
bat Pirarning peshonasiga tikilib, zero uning dahshatli nigohiga dosh
bera olmay qolgandi, – benihoya qo‘rqqan edim: janob Shelan bu yerda
chaqimchilik ham, turli-tuman yovuzliklar ham bo‘lishi, tuhmatchi va
chaqimchi talabalar rag‘batlantirilishi xususida meni ogohlantirgan
edilar. Yaratgan Tangrining ixtiyori shu bo‘lib, yosh ruhoniylar hayot
qanday bo‘lsa uni shu holda ko‘rmoqlari hamda dillarida foniy dunyo
ishlariga nisbatan nafrat tuymoqlari lozim ekan.
– Menga shu bo‘lmag‘ur gaplarni aytishga qanday jur’at etyapsiz!
– deb xitob qildi g‘azabi toshib abbat Pirar. – Voy, yaramas-ey!
– Verrerda, – xotirjamlik bilan davom etdi Jyulen, – akalarim agar
biror narsada hasad qilgudek bo‘lsalar, meni do‘pposlashardi.
– Maqsadga ko‘ching! Maqsadga! – deya qichqirib yubordi janob
Pirar toqati toq bo‘lib.
Jyulen sira qo‘rqmasdan vazminlik bilan davom etdi:
– Bezansonga kelgan kunim, soat o‘n ikkilarda qornim ochib,
qahvaxonaga kirdim. Dilim bu fosiqlik makoniga nisbatan nafratga
to‘la edi, biroq men bu yerda mehmonxonaga nisbatan arzonroqqa
nonushta qilish mumkin bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Qandaydir ayol,
chamasi o‘sha qahvaxonaning bekasi bo‘lsa kerak, bu shaharda
yangi odam ekanligimni ko‘rib, menga rahmi keldi... «Bezansonda
firibgarlar ko‘p, – dedi u menga, – shuning uchun ham sizdan xavotir-
daman. Agar biror kor-hol bo‘lsa, menga murojaat qiling, bu yerga
bironta odamni yuboring, lekin u faqat soat sakkizdan oldin kelsin.
Mabodo seminariyadagi darbon buyoqqa kelishdan bosh tortsa, siz
unga mening xolavachcham bo‘lib, o‘zingiz Janlisdan ekanligingizni
ayting...»
– Bu safsatalarning barini tekshirib ko‘ramiz! – deya xitob qildi
abbat Pirar. U bir joyda o‘tira olmay, xonada uyoqdan-buyoqqa yur-
moqda edi. – Hoziroq hujrangizga jo‘nang!
Abbat uning ortidan borib, ustidan qulflab qo‘ydi.
208
Jyulen shu zahoti tagiga o‘sha mash’um qarta yashirib qo‘yilgan
yaxdoni tomon otildi. Hamma narsa joyida edi, biroq u kalitini doim
o‘zi bilan olib yurgan bo‘lsa-da, ko‘pgina narsalarning taxi buzilgan-
di. «Har qalay baxtim bor ekan, – dedi o‘ziga-o‘zi Jyulen, – bu yerda
hech baloni tushunmay yurgan kezlarim shaharga chiqish ijozatidan
foydalanmay juda yaxshi qilibman. Bo‘lmasam, abbat Kastaned buni
menga necha bor juda mehribonlik bilan taklif qilgan edi-ya. Bu-
ning ma’nisini endi tushundim. Axir men ahmoqlik qilib kiyimimni
o‘zgartirishim va nozanin Amandaning oldiga ravona bo‘lishim
mumkin edi – ana o‘shanda tamom bo‘lardim-qo‘yardim. Ular meni
shu yo‘sinda halok etishdan umidlarini uzishgach, shunday dalil-is-
botning bekor ketishini istamay, borib chaqib qo‘ya qolishibdi».
Ikki soatdan so‘ng uni yana direktor huzuriga chaqirishdi.
– Siz menga rostini aytibsiz, – dedi u Jyulenga ancha jahlidan
tushib, – lekin bunday manzilni saqlab qo‘ymoqlik – shu qadar katta
ehtiyotsizlikki, siz buning oqibatini hatto tasavvur ham qilolmaysiz.
Badbaxt yigit, hatto o‘n yildan keyin ham u sizga juda pand berishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |