Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXIX

Birinchi g‘alaba

U o‘z zamonasini, o‘z o‘lkasini yaxshi o‘rganib 

oldi, endi uning yegani oldida, yemagani ortida 

bo‘ladi.


«Darakchi».

Bir kuni ertalab qattiqqo‘l abbat Pirar uni huzuriga chaqirib 

qolganida Jyulen soborda sodir bo‘lgan o‘sha voqeadan so‘ng hamon 

o‘ziga kelolmay, chuqur xayolga cho‘mib yurgan edi.

– Hozirgina janob abbat Sha Bernardan xat oldim, maktubida u 

sizni juda maqtabdi. Aytishim mumkinki, sizning xulq-atvoringizdan 

birmuncha xursandman. Garchi bu xislatlaringiz darhol ko‘zga tash-

lanmasa-da, siz juda ehtiyotsizlik bilan bemulohaza ish qilasiz. Lekin 




221

shu bilan birga yuragingiz toza va, hatto, olijanobdirsiz, aql-idrokingiz 

ham tiyrak. Xullas, sizda allaqanday iste’dod uchqunlarini ko‘rayotir-

mankim, uni qadrlamoq darkor bo‘ladi.

Men shu yerda o‘n besh yil zahmat chekdim, endi mazkur mah-

filni tark etmoqqa majburmen: mening jinoyatim shundan iboratki, 

seminaristlarni o‘z holiga qo‘yib berdim va siz menga kafforatxonada 

maxfiy jamiyatlarni na rag‘batlantirdim, na ta’qib etdim. Biroq bu 

yerdan jo‘nab ketmoqdan avval sizga biror yaxshilik qilsam deyman. 

Agar yaxdoningizdan topilgan o‘sha qarta – Amanda Binening manzili 

bo‘lmaganida men ikki oy burun sizning g‘amingizni yegan bo‘lardim. 

Men sizni Tavrot va Injil bo‘yicha repetitor etib tayinlayman.

Qalbi minnatdorchilik tuyg‘usiga to‘lib-toshgan Jyulen Xudoga 

shukrona keltirmoq uchun avval tiz cho‘kmoqchi bo‘ldi-yu, biroq 

yuragi samimiyroq bo‘lishga da’vat etdi. U abbat Pirarning yoniga 

keldi-da, uning qo‘lini o‘pdi.

– Bu nimasi bo‘ldi? – deya qichqirdi jahl bilan direktor, ammo 

Jyulenning ko‘zlaridagi ifoda hozirgi qilgan ishidan ancha ko‘proq 

narsa haqida hikoya qilmoqda edi.

Allaqachonlardan beri nozik ruhiy kechinmalarni uchratmay 

qo‘ygan abbat Pirar unga g‘oyat ajablanib qarab turardi. Uning bunday 

uzoq tikilishi direktorning dilidagini sezdirib qo‘ydi: uning tovushi 

qaltirab ketdi.

– Ha, ha, bo‘tam, men senga mehr qo‘yib qoldim. Xudo shohid, 

beixtiyor shunday bo‘ldi. Mening burchim adolatli bo‘lmoqlik, men hech 

kimdan nafratlanmasligim ham, hech kimni suymasligim ham darkor. 

Kelajakda hayoting og‘ir bo‘ladi. Senda pastkash kishilarga haqorat 

bo‘lib tuyuladigan xislatlarni sezadurman. Hasad va bo‘hton seni umr-

bod ta’qib etadi. Taqdir seni qayoqqa yo‘llamasin, tengdoshlaring sen-

dan doim nafratlanadilar, agar hatto senga o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatgan 

taqdirlarida ham faqat seni halok etmoq niyatida shunday qiladilar. 

Senga faqat bir narsa yordam qilishi mumkin: o‘zingga bino qo‘yganing 

uchun jazo tariqasida senga nisbatan muqarrar ravishda nafrat qo‘zg‘a-

tadigan xislatlar in’om etgan Xudodan bo‘lak hech kimga suyanma. 

Sening axloqing har qanday ta’nalardan yuqori bo‘lmog‘i lozim – sen 

uchun yagona najot yo‘li ana shunda. Agar haqiqatga og‘ishmay rioya 

qilsang, dushmanlaring bir kun emas-bir kun albatta zabun bo‘lgay.

Jyulen iliq so‘z eshitmaganiga shu qadar ko‘p vaqt bo‘lgan ediki, –  

mayli, bu ojizligini kechiramiz, – ko‘zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. 



222

Abbat Pirar uning yelkasidan quchib, bag‘riga bosdi, shu tobda ikkovi 

ham huzur qilayotgan edi.

Jyulen quvonchidan o‘zini qo‘yarga joy topa olmay qoldi, bu qah-

ramonimiz erishgan birinchi g‘alaba bo‘lib, undan kelib chiqadigan 

imtiyozlar esa benihoya ulkan edi. Faqat ko‘p oylar davomida bir 

daqiqa ham yolg‘iz qola olmay, yumshoqroq qilib aytganda yaramas

ko‘p o‘rinlarda esa toqat qilib bo‘lmaydigan darajada jirkanch sinf-

doshlari orasida yashashga mahkum etilgan odamgina buning qadriga 

yetardi. Ularning baqirib-chaqirishlarining o‘zi sezgir odamni jinni 

qilib qo‘yishi mumkin edi. O‘pkadan Xudo bergan, qorni to‘q, toza 

kiyingan bu mujiklar o‘z sevinchlarini qichqirib izhor qilganlaridagina 

ko‘ngillari joyiga tushardi.

Endi Jyulen yolg‘iz yoki deyarli yolgiz o‘zi, boshqalardan taxminan 

bir soat keyin ovqatlanardi. Unda bog‘ning kaliti bo‘lib, yigit u yerda 

hech kim bo‘lmagan paytlari sayr qilishi mumkin edi.

Jyulen endi o‘zidan kamroq nafratlana boshlaganlarini ko‘rib, juda 

hayron bo‘ldi, u bo‘lsa, aksincha, battarroq yomon ko‘rib qolishsa ke-

rak, deb o‘ylagan edi. Endi talabalar uning gapga aralashmay yurishini 

ahmoqona manmanlik deb hisoblamay qo‘ygandilar, bo‘lmasam u ana 

shu hammaga ayon bo‘lgan xislati tufayli o‘ziga ozmuncha dushman 

orttirdimi! Uning atrofida yashaydigan bu to‘pori yigitlarga Jyulenning 

odam yoqtirmasligi endi o‘z qadr-qimmatini bilish bo‘lib tuyulardi. 

Bora-bora undan deyarli nafratlanmay qo‘ydilar, ayniqsa endi uning 

shogirdlari bo‘lib qolgan va Jyulen juda nazokat bilan muomala qi-

ladigan pastki kurs seminaristlari unga ixlos qo‘ya boshlagan edilar. 

Asta-sekin uning tarafdorlari ham paydo bo‘la boshladi, uni Martin 

Lyuter deb atash esa endi noo‘rin hazil hisoblanardi.

Lekin uning do‘stlari, uning dushmanlarini sanab o‘tirishdan ne 

hojat? Bularning bari qabohatdan nariga o‘tmaydi, bizning tasviri-

miz esa haqqoniy bo‘lgani sayin qabihroq bo‘lib boraveradi. Ammo 

xalqning axloqini tarbiyalash bilan faqat shular shug‘ullanadi-ku, 

ularsiz xalqning ahvoli ne kechadi? Biron kun kelib gazeta popning 

o‘rnini bosa olarmikin?

Jyulen repetitor qilib tayinlanganidan buyon seminariya direk-

tori u bilan guvohlarsiz gaplashishdan o‘zini olib qochib yurdi. Bu 

uning ehtiyotkorligi edi. Bu ehtiyotkorlik o‘zi uchun ham, shogird 

uchun ham foydali bo‘lsa-da, avvalo, sinov edi. Qattiqqo‘l yansenist 

abbat Pirar, agar bironta odam sening nazaringda ba’zi fazilatlarga 




223

ega bo‘lsa uning orzu-maqsadlari yo‘liga to‘siq qo‘yish kerak, degan 

qoidaga qattiq amal qilardi. Uningcha, agar o‘sha odamning fazilatlari 

haqiqiy bo‘lsa, u barcha to‘siqlarni yengib o‘ta olardi.

Ov mavsumi boshlandi. Fuke Jyulenning oilasi nomidan semi-

nariyaga kiyik bilan to‘ngiz yuborishni lozim topdi. Ov qilingan bu 

hayvonlarni koridorga, oshxona bilan yemakxona o‘rtasiga qo‘yishdi. 

Seminaristlar tanovul qilgani keta turib, ularni o‘sha yerda ko‘rish-

di. Talabalar ularni qanday qiziqish bilan tomosha qilganlarini bir 

ko‘rsangiz edi! To‘ng‘iz, hatto o‘lik holda ham pastki sinf seminarist-

larining yuragini yorardi, ular qo‘rqa-pisa uning qoziq tishini ushlab 

ko‘rishardi. Butun hafta davomida barcha seminaristlar ana shu 

nimtalarni gapirib yurishdi.

Jyulenning oilasini jamiyatning hurmat qilinishi lozim bo‘lgan 

tabaqasiga qo‘shib qo‘ygan bu tuhfa unga nisbatan bo‘lgan hasad va 

nafratga qaqshatqich zarba berdi. Jyulen boylik bilan e’zozlanadigan 

ustunlik huquqiga erishdi. Yaxshi o‘qiydigan seminaristlardan Shazel 

va boshqalar unga xushomad qila boshladilar va, hatto, boshidan 

ota-onasining badavlat ekanligini ma’lum qilmay, ularni pulga nis-

batan beixtiyor hurmatsizlik qilishga majbur etgani uchun Jyulendan 

o‘pkalab ham yurdilar.

Bu paytda rekrut safarbarligi o‘tayotgan bo‘lib, Jyulen seminarist 

sifatida harbiy xizmatdan ozod qilingan edi. Yigit buni eshitgach, qat-

tiq iztirobga tushdi. «Mana, yigirma yil muqaddam meni qahramonlik 

maydoniga boshlashi mumkin bo‘lgan shu daqiqa ham men uchun 

butunlay o‘tdi-ketdi!»

Bir kuni u yolg‘iz o‘zi seminariya bog‘ida sayr qilib yurib, devorni 

tuzatayotgan g‘isht teruvchilarning suhbatini eshitib qoldi.

– Mana, bizning navbatimiz ham keldi. Yangi chaqiriq e’lon qi-

lishibdi.

– Ha, anavisi bo‘lganida jon deb boraverardik-a! Bugun g‘isht te-

ruvchi bo‘lsang, ertasiga ofitser bo‘lib ketarding, hatto general ham 

bo‘lish mumkin edi, shunaqasiyam bo‘lgan, deyishadi.

– Endi, og‘ayni, bunaqasi bo‘lmaydi! Askarlikka faqat yalangoyoq-

lar borishadi. Mullajiringi bo‘lganlar uyda qolishadi.

– Faqir bo‘lib tug‘ilgan umrbod faqirligicha qolaveradi, bor gap 

shu, oshna.

– Uni o‘ldi deyishadi, shu gap rostmikin? – deya gapga aralashdi 

uchinchi g‘isht teruvchi.



224

– Bu gapni, oshna, hamyoni kattalar to‘qib chiqarishgan! Bo‘lma-

sam-chi, rosa yuragini olib qo‘ygan edi-da ularning.

– Uning davrini olgin-u hozirgi davrni qara, osmon bilan yer 

deysan! Taajjub, marshallarining o‘zi unga xiyonat qilishdi-ya! Dun-

yoda shunaqa sotqinlar ham bo‘lar ekan-da!

Bu suhbat Jyulenga birmuncha tasalli berdi. U yo‘lida davom etar 

ekan, xo‘rsinib, o‘zicha:




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish