Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

xalos bo‘lamiz axir! – bu qalamkash muhtaram lord Golland haqida 

xuddi ana shunday payg‘ambarona bir jo‘shqinlik bilan gapirishni 

lozim ko‘rardi. Lekin tan olish kerakki, u zamonaviy arboblarning 

tarjimayi holini juda yaxshi bilardi va hozirgina Angliyaning yangi 

qiroli qo‘l ostida biroz nufuzga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha 

odamlarni birma-bir sanab chiqqan edi.




292

Abbat Pirar qo‘shni mehmonxonaga o‘tdi. Jyulen unga ergashdi.

– Sizni ogohlantirib qo‘yay: markiz iste’dodsiz qalamkashlarni 

yoqtirmaydi. U yomon ko‘radigan yagona narsa ana shu. Mayli, agar 

qo‘lingizdan kelsa, lotin, grek tillari, Misr va Eron tarixi va shunga 

o‘xshash bo‘lak fanlarni bilaverishingiz mumkin, u sizni olim sifatida 

hurmat qilib, sizdan marhamatini ayamaydi. Ammo fransuz tilida bir 

sahifa ham yozishdan sizni Xudo saqlasin, ayniqsa sizning jamiyatda 

tutgan o‘rningizga munosib bo‘lmagan jiddiy materiyalar to‘g‘risi-

da yoza ko‘rmang, u darhol sizni no‘noq qalamkash deb ataydi-yu, 

yomon ko‘radi-qo‘yadi. Nahot arkoni davlatning xonadonida ya-

shab turib, shu paytgacha gersog de Kastrining d’Alamber va Russo 

haqida: «Hamma narsa haqida mulohaza yuritishni istaydilar, ammo 

o‘zlarining ming ekyu ham rentalari yo‘q», deya aytgan mashhur 

gapini bilmasangiz?!

«Demak, bu yerda ham, – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen, – xuddi 

seminariyadagi kabi hamma narsa ma’lum bo‘lar ekan!» Bir kuni u 

yuksak uslubda besh-o‘n qog‘oz qoralab qo‘ygan edi. Bu, Jyulenning 

o‘zi e’tirof qilishicha, uni odam qilgan keksa tabib nomiga madhiyadek 

bir narsa edi. «Lekin o‘sha daftarcham doim tortmada qulflog‘liq turar 

edi-ku axir!» – deya o‘zicha xitob qildi Jyulen. Ammo u shu zahoti o‘z 

xonasiga kirib, qo‘lyozmani yoqib yubordi-da, mehmonxonaga qayt-

di. Basavlat muttahamlar g‘oyib bo‘lib, faqat orden taqqan nufuzli 

zotlargina qolishgandi.

Xizmatkorlar mehmonxonaga yasatib olib qirgan stol atrofida 

o‘ttiz yoshdan o‘ttiz beshgacha bo‘lgan yetti-sakkizta eng asilzoda, 

juda taqvodor va takabbur xonimlar o‘tirishgan edi. Mehmonxonaga 

shu qadar kechikib kelgani uchun uzr so‘raganicha marshal de Fer-

vakning go‘zal rafiqasi kirib keldi. Vaqt yarim kechadan oshib qolgan 

edi. U markizaning yoniga borib o‘tirdi. Jyulenning qalbini chuqur 

hayajon qamrab oldi: bu ayolning ko‘zlari va nigoh tashlashi de Renal 

xonimnikiga juda ham o‘xshab ketardi.

M-l de lya Molning to‘garagi hali ancha gavjum edi. Qiz va uning 

do‘stlari bechora graf de Talerni zavq bilan kalaka qilishmoqda edi. 

Bu behisob boyligi bilan mashhur bo‘lgan yahudiyning yolg‘iz o‘g‘li 

edi. U bu boylikni xalqlarga qarshi kurash olib borish uchun qirollarga 

pul qarz berib yurib orttirgandi. Yahudiy yaqinda qazo qilgan bo‘lib, 

o‘g‘ilchasiga oyiga yuz ming ekyu renta hamda afsuski yomon nom 

chiqargan ismi sharifini meros qoldirgan edi.



293

Bunday g‘alati ahvolga tushib qolgan odam yo juda soddadil yoki 

irodasi mustahkam bo‘lmog‘i lozim. Graf soddadil edi-yu, lekin baxtga 

qarshi laganbardorlarning ta’sirida o‘ziga ancha bino qo‘ygandi.

Janob de Kaylyusning ta’kidlashicha, graf de Taler laganbar-

dorlarning maslahati bilan bo‘lajak gersog va yuz ming livr rentaning 

egasi markiz de Kruaznua ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lib yurgan m-l de 

lya Molga sovchi qo‘ymoqchi ekan.

– Eh, unda shunday istak tug‘ilib qolgani uchun u kishini aybsit-

manglar, – dedi go‘yo rahmi kelgan kishi bo‘lib Norber.

Bechora graf de Talerga, chamasi, chindan ham xuddi ana shu 

istash qobiliyati yetishmasdi. O‘z xarakterining ana shu xususiya-

tiga ko‘ra u qirollik taxtiga munosib odam edi. U dunyodagi barcha 

odamlar bilan maslahatlashar, biroq olgan maslahatini nihoyasiga 

yetkazmoq uchun hech qachon matonati yetishmasdi.

– Uning basharasini ko‘rishim bilanoq qotib-qotib kulgim keladi, –  

dedi m-l de lya Mol. Bezovtalik va ko‘ngil qolishning g‘aroyib ifodasi 

aks etgan bu basharada ba’zi-ba’zida birdan Fransiyadagi eng badavlat 

kishiga va, ayniqsa, yoshi o‘ttiz oltidan oshmagan xushro‘ygina yi-

gitga munosib ravishda viqorli va shijoatli bo‘lib ko‘rinishga urinish 

alomatlari sezilib qolardi. «Tortinchoq surbet», derdi uni janob de 

Kruaznua. Graf de Kaylyus, Norber va yana ikki-uch mo‘ylovdor yigit 

graf de Talerni rosa kalaka qilishgach (buni u tushunmadi, albatta), 

soat birga zang chalganidan so‘ng uni mehmonxonadan chiqarib 

yuborishdi.

– Nahot o‘sha mashhur arabiy tulporlaringiz shunday ob-havoda 

sizni ko‘chada kutayotgan bo‘lsa? – dedi unga Norber.

– Yo‘q, bu boshqa otlar, ularni ancha arzonga olganman, – deya 

javob qildi janob de Taler. – So‘l tomondagi ot menga besh ming 

frankka tushgan, o‘ng tomondagisi uchun esa bor-yo‘g‘i yuz luidor 

to‘laganman, lekin uni karetaga faqat tunda qo‘shishadi. Gap shundaki, 

ikkovi ham bir xil yo‘rg‘alaydi.

Norberning gapidan so‘ng graf o‘zi kabi bir odam uchun otlarga 

ishqibozlik juda yarashajagi va shu boisdan ham ularni yomg‘ir tagida 

kuttirib qo‘yishi yaxshi emasligini o‘ylab qoldi. U chiqib ketdi, haligi 

yigitlar esa bir daqiqalardan so‘ng uning ustidan kula-kula mehmonx-

onani tark etishdi.

«Mana, – deya o‘ylardi Jyulen yigitlarning zinapoyada xaxolab 

kulishlariga quloq solar ekan, – bugun o‘zining jamiyatdagi mavqeiga 



294

ko‘ra mening butunlay aksim bo‘lgan odamni ko‘rdim. Mening bir 

yillik daromadim yigirma luidorga ham bormaydi, shundoq yongi-

namda esa bir soatlik daromadi yigirma luidorni tashkil etadigan 

odam turibdi. Lekin hamma uni kalaka qiladi. Bunday tomosha hasad 

qilish dardidan butunlay davolashi mumkin».




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish