Qizil va qora indd


VII Bod kasalining xuruji



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

VII

Bod kasalining xuruji

Men munosib bo‘lganim uchun emas, balki 

xo‘jayinning bod kasali xuruj qilib qolgani uchun-

gina yuqoriroq martabaga ko‘tarildim.



Bertolotti.

Ehtimol kitobxon markizning qahramonimiz bilan bunday erkin 

va do‘stona ohangda gaplashayotganini ko‘rib ajablanayotgandir: 

biz janob de lya Molning bir yarim oydan buyon ko‘chaga chiqmay, 

uyda o‘tirganini aytmoqni unutibmiz, zero uning bod kasali xuruj 

qilib qolgan edi.

De lya Mol xonim qizi bilan Giyerga, markizning onasinikiga 

jo‘nab ketgan edi. Graf Norber otasining oldiga ba’zi-ba’zida bir 

daqiqaga kirib chiqardi. Ularning o‘zaro munosabatlari juda yaxshi 

bo‘lsa ham, biroq o‘rtada gaplashadigan gaplari yo‘q edi. Yolg‘iz Jyu-

lenning ulfatchiligi bilan qanoatlanishga majbur bo‘lgan markiz de 

lya Mol yigitning qandaydir o‘z fikrlari borligini ko‘rib, juda ajablan-

di. U Jyulenni gazeta o‘qib berishga majbur qilardi. Tez orada yosh 

kotib gazetadan qiziq joylarini o‘zi topib o‘qiydigan bo‘ldi. Yaqinda 

chiqa boshlagan yangi bir gazetani markiz jinidan battar yomon 

ko‘rardi: u, bu gazetani hech qachon o‘qimayman, deb ont ichgan 

edi-yu, lekin har kuni u haqda o‘zi gap ochardi. Jyulen bundan kulib 

yurardi. Hozirgi zamonadan norozi bo‘lgan markiz Jyulendan Tit 

Liviyni o‘qib berishni iltimos qilardi; yigitning lotin tilidagi matnni 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib berishini eshitar ekan, uning ancha 

ko‘ngli ochilardi.

Bir kuni markiz Jyulenga alohida bir iltifot bilan murojaat qildiki; 

ba’zan bunday iltifotdan yigitning g‘ashi kelardi.

– Azizim Sorel, sizga havorang frak sovg‘a qilishimga ijozat etsa-

ngiz, – dedi u. – Siz ana shu frakni kiyib oldimga kirganingizda, men 

sizni graf de Retsning ukasi, ya’ni do‘stimning, keksa gersogning o‘g‘li 

deb hisoblayman.

Jyulen bu gapning tagida qanday ma’no borligini yaxshi tushun-

madi-yu, lekin o‘sha kuni kechqurunoq markizning oldiga, havorang 

frakni kiyib kirdi. Markiz uni o‘ziga teng ko‘rib suhbatlashdi. Jyulen 




305

haqiqiy nazokatning qadriga yeta olar, biroq u xushmuomalalikning 

nozik tomonlarini mutlaqo tasavvur qila olmas edi. Markizning shu 

g‘alati ishiga qadar u o‘ziga nisbatan janob de lya Mol ko‘rsatganidan 

ortiq iltifotning bo‘lmasligiga ont ichishi ham mumkin edi. Jyulen 

ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turganida markiz bod kasali tufayli uni ku-

zatib qo‘ya olmasligi uchun kechirim so‘radi, shunda Jyulen: «Qanday 

ajoyib qobiliyat!» – deya beixtiyor xayolidan o‘tkazdi.

Markizning bu g‘alati ishi Jyulenni ancha o‘ylatib qo‘ydi. «Meni 

kalaka qilmayaptimikan ishqilib?» – deya so‘rardi u o‘zidan o‘zi. 

U maslahatlashmoq uchun abbat Pirarning oldiga bordi, biroq 

mulozamat bobida markizdan ancha orqada bo‘lgan ustozi hech 

nima demadi. U faqat hushtak chalib qo‘ydi-da, allaqanday boshqa 

mavzudan gap ochdi. Ertasi kuni ertalab Jyulen qora kostyumini 

kiydi-da, papka va imzo chektirishi lozim bo‘lgan xatlarni olib, 

markizning huzuriga kirdi. Janob de lya Mol uni eskichasiga qabul 

qildi. Kechqurun, yigit havorang frakni kiyib kelganida esa, markiz 

u bilan butunlay boshqachasiga, xuddi kechagidek nazokat bilan 

gaplashdi.

– Mehribonligingiz tufayli bechora xasta qariyani ko‘rgani kira-

verib juda ham zerikmagan bo‘lsangiz, – dedi unga markiz, – hayo-

tingizda ro‘y bergan turli voqealardan hikoya qilib bering, shunda 

siz uni g‘oyat mamnun etgan bo‘lur edingiz. Faqat hech nimani 

yashirmang va hikoyangiz ravshan, qiziqarli bo‘lishidan o‘zga nar-

sani o‘ylamang. Zero inson ko‘ngil ochishni bilmog‘i kerak, – deya 

davom etdi markiz. – Zotan hayotda shundan bo‘lak nima ham bor 

deysiz! Odam har kuni urushda mening hayotimni qutqarib qolol-

maydi yoki har kuni menga bir milliondan sovg‘a qilolmaydi, biroq 

agar shu yerda, men o‘tirgan kreslo yonida Rivarol bo‘lganida edi, u 

har kuni meni bir soatga azob chekish va xunobgarchilikdan qutqar-

gan bo‘lur edi. Men muhojirlikda yurganimda u bilan Gamburgda 

tez-tez uchrashib turardim.

Shundan so‘ng markiz Jyulenga Rivarol va uning bironta qochiriq 

gapining tagiga yetmoq uchun to‘rt kishilashib bosh qotiradigan gam-

burgliklar haqida bir necha kulgili voqealarni aytib berdi.

Bu navqiron abbatchaning ulfatchiligi bilan qanoatlanishga maj-

bur bo‘lgan janob de lya Mol uni biror yo‘l bilan ruhlantirib yuborishni 

istardi. U Jyulenning izzat-nafsiga tegishga muvaffaq bo‘ldi. Jyulen, 

undan haqiqatni eshitishni istashar ekan, hamma gapni to‘kib solishga 



306

va faqat ikki narsa haqida og‘iz ochmaslikka qaror qildi. Avvalo, u 

markiz nomini eshitganida quturib ketadigan bir odamning xotirasi-

ga sajda qilishini aytmadi, so‘ngra Xudoga mutlaqo ishonmasligini 

ham sir tutdi, zero bu hol bo‘lajak kyurening sha’niga unchalik 

to‘g‘ri kelmas edi. Bu o‘rinda unga kavaler de Bovuazi bilan bo‘lgan 

kichkina to‘qnashuv juda qo‘l keldi. Markiz Sent-Onore ko‘chasidagi 

qahvaxonada Jyulenni avra-astarini ag‘darib so‘kkan ko‘chir voqasini 

eshitgach, qotib-qotib kuldi.

Janob de lya Mol bu o‘ziga xos xarakterga juda qiziqib qoldi. 

Avvaliga u Jyulenning tentakliklarini rag‘batlantirib yurdi, zero qah-

ramonimizning bu qiliqlari uning ko‘nglini xush etmoqda edi, biroq 

tez orada unga asta-sekin ba’zi narsalar haqida soxta tasavvurga 

ega bo‘lgan yigitning xatolarini tuzatib qo‘yishi qiziqarliroq tuyula 

boshladi. «Boshqa provinsiyaliklar Parijga kelishgach, hamma narsaga 

maftun bo‘lib yuradilar, – deya mulohaza yuritardi markiz. – U esa 

hamma narsadan nafratlanadi. Boshqalarning ko‘ngli zavq-shavqqa 

to‘lib yurad, bunga esa xuddi shu narsa yetishmaydi, shu bois ham 

tentaklar uni tentak deb o‘ylashadi».

Qattiq sovuq tushgani sababli bod xuruji ancha cho‘zilib, bir necha 

oy davom etdi. 

«Axir odamlar chiroyli baroq itga ham ko‘ngil qo‘yishadi-ku, – deya 

o‘zini o‘zi ishontirmoqchi bo‘lardi markiz. – Agar manovi abbatchaga 

mehrim tushib qolgan bo‘lsa, buning nimasidan uyalishim kerak ekan? 

U – alomat yigit. Men uni o‘g‘limdek ko‘rib, muomala qilyapman. Xo‘sh, 

nima qilibdi! Buning nimasi yomon? Bu mening havoyi havasim, agar 

u uzoq davom etsa, vasiyatnomamda besh yuz luidorlik brilliantga 

tushadi xolos».

Endi markiz o‘zi homiylik qilayotgan yigitning irodasi ancha 

kuchli ekanligini yaxshi bilib olgach, har kuni unga bironta yangi ish 

topshira boshladi.

Jyulen ba’zan bu arkoni davlat bironta masala yuzasidan bir-bi-

riga mutlaqo zid bo‘lgan farmoyishlar berishini ko‘rib dahshatga 

tushardi.

Bu narsa Jyulenni nihoyatda noqulay ahvolga solib qo‘yishi mum-

kin edi. Shundan so‘ng u ish yuzasidan markizning huzuriga kirganida 

o‘zi bilan daftar olib kirishni odat qildi. Yigit bu daftarga olgan far-

moyishlarini yozib qo‘yar, markiz esa uning ostiga imzo chekar edi. 

So‘ngra Jyulen kotib yolladi. Bu odam alohida daftarga har bir ish 



307

yuzasidan qabul qilingan qarorni yozib qo‘yar va o‘sha daftarning 

o‘ziga barcha xatlardan nusxa ko‘chirardi.

Avvaliga bu ish markizga juda bema’ni va zerikarli bo‘lib ko‘rindi. 

Biroq oradan ikki oy o‘tmasdanoq u bu ishning naqadar afzalligiga 

 ishonch hosil qildi. Jyulen unga yana o‘zi nazorat qilib yuradigan 

barcha yer-mulklar bo‘yicha kirim va chiqimning ikki taraflama hiso-

botini olib bormoq uchun bankdan hisobchi olishni ham taklif qildi.

Barcha bu tadbirlar markiz uchun o‘z ishlarining qay ahvolda 

ekanligini shu qadar oydinlashtirib berdiki, endi u insofsizlarcha 

o‘g‘irlik qiladigan soxta shaxslar yordamiga murojaat qilmay, o‘z 

mablag‘ini o‘zi muomalaga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

– O‘zingizga uch ming frank oling, – dedi u bir kuni o‘zining 

navqiron ministriga.

– Taqsir, bu ahvolda men tuhmatga uchrashim mumkin.

– Xo‘sh, nima qilishim kerak o‘zi? – so‘radi norozi bo‘lib markiz.

– Marhamat aylab, aniq bir qaror qabul qilsangiz-da, so‘ngra uni 

o‘z qo‘lingiz bilan daftarga yozib qo‘ysangiz. Ana shunda men uch ming 

frank olish huquqiga ega bo‘laman. Darvoqe, shunday hisob-kitob 

joriy etishni menga abbat Pirar maslahat berdi.

Markiz o‘z intendanti janob Puassonning hisobotini eshitayotgan 

markiz de Monkad kabi peshonasini tirishtirib, ushbu qarorni daf-

targa yozib qo‘ydi.

Kechqurun, Jyulen havorang frak kiyib kelgan paytlari hech qa-

chon ish haqida so‘z ochilmasdi. Markizning iltifotlari qahramoni-

mizning doim aziyat chekib yuradigan izzat-nafsiga shu qadar xush 

yoqardiki, tezda u qalbida bu mehribon cholga nisbatan mehrga 

o‘xshash allaqanday tuyg‘u his etdi. Bu Jyulen Parijda tushuniladigan 

ma’noda ta’sirchan ekan, degani emasdi, albatta. Lekin u hissiz to‘nka 

ham emasdi, keksa polk tabibining o‘limidan keyin esa hali hech kim 

unga shunday mehr-oqibat ko‘rsatmagan edi. Yigit markiz uning 

nafsoniyatini nihoyatda avaylab muomala qilayotganini ko‘rib hayrat-

ga tushardi, zero keksa jarroh hech qachon u bilan bunday muomala 

qilmagan edi. Nihoyat, u markiz havorang lentasi bilan g‘ururlangani-

dan ko‘ra jarroh o‘z ordeni bilan ko‘proq faxrlanardi, degan qarorga 

keldi. Markizning otasi katta davlat arbobi bo‘lgan ekan. 

Bir kuni ertalab, Jyulen qora kostyumini kiyib, kundalik ishlar 

yuzasidan markizning oldiga kirganida; u qandaydir gap bilan janob 

de lya Molning ko‘nglini chog‘ qila bildi: shundan so‘ng markiz uni 



308

ikki soatcha ushlab qoldi va hozirgina agenti birjadan olib kelgan 

bank biletlaridan bir nechtasini o‘zingizga oling, deya qistalang qila 

boshladi.

– Janob markiz, agar ikki og‘iz so‘z aytishga ijozat so‘rasam, sizga 

bo‘lgan cheksiz hurmatim chegarasidan chiqib ketmasman, deb umid 

qilaman.

– Gapiravering, do‘stginam.

– Iltimos, ushbu sovg‘angizni rad etmoqqa ijozat bersangiz. Bu 

sovg‘a sira ham qora kostyumli kishi uchun mo‘ljallangan emas, 

shu bilan birga, u havorang frak kiygan kishiga lutfan ruxsat etilgan 

samimiyatga raxna soladi. – Shunday deya Jyulen bag‘oyat ehtirom bi-

lan ta’zim qildi-da, markizning yuziga qaramay xonadan chiqib ketdi.

Uning bu ishi markizga juda g‘alati tuyuldi. Kechqurun u bu haqda 

abbat Pirarga hikoya qilib berdi.

– Men sizga, nihoyat, ba’zi narsalarni aytib qo‘ymog‘im ke-

rak, azizim abbat. Jyulenning nasl-nasabi menga ma’lum, shuning 

uchun ham sizga hozir men aytgan gaplarni sir saqlamaslikka ijozat  

etaman.

«Bugun ertalab u o‘zini chindan ham juda olijanob tutdi, – deya 

o‘ylardi markiz. – Shunday ekan, unga olijanob nasab hadya etsam 

nima bo‘libdi».

Oradan yana biroz vaqt o‘tgach, markiz nihoyat uydan tashqariga 

chiqa boshladi.

– Siz Londonga borib, u yerda bir-ikki oy yashang, – dedi u Jyulen-

ga, – choparlar va bo‘lak kurerlar men hoshiyasiga qaydnoma yozgan 

xatlarni sizga yetkazib turishadi. Siz bu xatlarga javob yozasiz-da, 

ularni o‘sha javobingizga qo‘shib menga qaytarasiz. Men chamalab 

ko‘rdim, javoblar nari borsa besh kunga kechikar ekan.

Kale tomon ketayotgan pochta karetasida o‘tirar ekan, Jyulen 

go‘yo bu xizmat safari uchun bahona bo‘lgan topshiriqlarning naqadar 

arzimas ekanligini o‘ylab, chin ko‘ngildan ajablanardi.

Uning ingliz tuprog‘iga qanday nafrat va deyarli dahshat tuyg‘usi 

bilan qadam qo‘ygani haqida gapirib o‘tirmaymiz. Uning Napoleonga 

telbalarcha sajda qilishi kitobxonga yaxshi ma’lum. Jyulen har bir 

ofitser siymosida ser Xedson Louni ko‘rar, har bir arkoni davlat esa 

unga Muqaddas Yelena orolida rosa murdorlik qilgan va buning eva-

ziga o‘n yil muddat bilan ministrlik portfeliga ega bo‘lgan o‘sha lord 

Betxerstni eslatardi.



309

Londolda u, nihoyat, haqiqiy oliftalik qanday bo‘lishini bilib oldi. 

U yosh rus amaldorlari bilan tanishgan edi, bu yigitlar uni barcha 

sir-asrordan xabardor qilib qo‘yishdi.

– Sizga, qadrli Sorel, taqdirning o‘zi kulib boqqan, – deyishardi 

ular Jyulenga. – Tabiatning o‘zi sizga shavqsiz chehra ato etibdi – 

bizda bu dilidagi his-tuyg‘udan ming chaqirim narida bo‘lish, deb 

ataladiki, barchamiz, yuzimizda xuddi ana shu ifodani aks ettirishga 

urinamiz.

– Siz o‘z asringiz ruhini tushunmas ekansiz, – derdi unga knyaz 

Korazov, – Doim odamlar sizdan kutayotgan narsaning teskarisini 


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish