XX
Imzosiz maktublar
Do not give dailiance Too much the rein; the
strongest oaths are straw to the fire i’the blood.
Tempest.
14
Ular yarim kechaga yaqin xona-xonalariga tarqalishar ekan, Jyulen
payt poylab turib, ma’shuqasining qulog‘iga shivirladi:
– Bugun uchrashishimiz mumkin emas, eringizda shubha tug‘il-
gan; imonim komilki, u boya o‘qib turib rosa «uh» tortgan o‘sha
uzundan-uzoq maktub biz haqimizda yozilgan yumaloq xat bo‘lsa
kerak.
Ularning baxtiga, Jyulen xonasining eshigini ichkaridan qulflab
oldi. De Renal xonimning miyasiga, Jyulenning xavfsirashi bugun
ko‘rishmaslik uchun shunchaki bir bahona bo‘lsa kerak, degan
bo‘lmag‘ur fikr kelib qoldi. U butunlay aql-hushini yo‘qotib, odatdagi
vaqtda Jyulenning xonasi tomon ravona bo‘ldi. Jyulen yo‘lakda qadam
14
O‘zingni tiyib ol – yo‘qsa, bu ontlar
Olovli qoningda borutdek yongay.
Shekspir. «Bo‘ron». IV parda. 1 ko‘rinish.
134
tovushini eshitgan zahoti chiroqni o‘chirib qo‘ydi. Kimdir uning eshigi-
ni ochmoqchi bo‘ldi, – lekin kim bo‘ldi bu odam? De Renal xonimning
o‘zimi yoki uning rashkchi erimi?
Ertalab azonda Jyulenni yaxshi ko‘radigan oshpaz ayol unga bir
kitob keltirib berdi; kitobning muqovasiga italyan tilida bir necha so‘z
yozilgan edi: guapdate alla pagina 130
15
.
Bunday ehtiyotsizlikdan Jyulenning naq yuragi orqasiga tortib
ketdi, u shosha-pisha ko‘rsatilgan sahifani ochgan edi, to‘gnagich bi-
lan kitobga qadalgan xatga ko‘zi tushdi. Xat imlo qoidalariga mutlaqo
rioya qilinmay, pala-partish yozilgan bo‘lib, uning hamma yog‘iga
ko‘z yoshlari tomgan edi. Odatda de Renal xonim imlo xususida juda
botartib bo‘lganidan uning hayajonidan dalolat beruvchi bu tafsilot
yigitni shu qadar to‘lqinlantirib yubordiki, u ma’shuqasining bunday
ehtiyotsizligini unutib ham qo‘ydi.
«Sen bugun tunda meni o‘z oldingga kiritishni istamading,
shundaymi? Ba’zan men aslida sening dilingdagi gaplarni oxiriga-
cha hech qachon anglab yetgan emasman, deya o‘ylab qolaman.
Sen menga tikilasan-u nigohing yuragimga vahima soladi. Men
sendan qo‘rqaman. Yo Parvardigor! Nahot meni hech qachon
sevmagan bo‘lsang? Agar shunday bo‘lsa, mayli, erim sevgimiz
to‘g‘risida bor gapni bila qolsin, mayli, u meni bolalarimdan judo
etib, biror chekka qishloq qa umrbod badarg‘a ham qilsin. Balkim,
Tangrining ixtiyori shudir. Nimayam derdim, u holda bu dunyodan
tezda ko‘z yumaman. Sen bo‘lsang! – sen berahm maxluq bo‘lib
qolasan.
Demak, meni sevmaysan-a? Mening telbaliklarim, vijdon azobi
haqida tinimsiz zorlanishim joningga tegdimi? Insofsiz! Meni halok
qilmoqchimisan? Mana, juda oson yo‘li. To‘g‘ri Verrerga borgin-da,
mana shu xatni butun shaharga, undan ham yaxshisi, – janob Val-
enoga ko‘rsat. Unga seni sevishimni, – yo‘q, bunday shakkoklikdan
Xudoning o‘zi saqlasin! – senga sajda qilishimni, men uchun hayot
faqat seni ko‘rganimdan keyingina boshlanganini, hatto kishi tur-
li-tuman orzular ummoniga g‘arq bo‘ladigan yoshlik paytimda ham
dunyoda sen menga in’om etganchalik baxt bo‘lishi xayolimga ham
kelmaganini, senga hayotimni bag‘ishlaganim, imonimni qurbon et-
ganimni – hamma-hammasini aytib ber. Buyam gapmi, kerak bo‘lsa,
15
130-sahifaga qarang (ital).
135
sen uchun bundan ham ko‘prog‘ini qurbon qilishga tayyorman. Buni
o‘zing yaxshi bilasan.
Biroq o‘sha odam qurbon degan narsaning nimaligini tushunar-
mikin? Yo‘q, sen jig‘iga tegish uchun unga aytib qo‘y, men hech qanday
g‘iybatdan qo‘rqmayman va meni dunyoda yolg‘iz bir narsa – men
uchun hayot rishtasi bo‘lmish tanho odamning sovishi cho‘chitadi
xolos. O, qani endi hozir hayot bilan vidolashsam, jonimni qurbon
qilsam va bolalarim uchun ortiq qayg‘urmay qo‘ysam, naqadar bax-
tiyor bo‘lardim!
Jonginam, sira shubha qilmasligingiz mumkin: agar o‘sha maktub
chindan ham yumaloq xat bo‘lsa, uni, turgan gap, xuddi o‘sha max-
luq yozgan. U ablah, mana, olti yildirki, o‘zining do‘rillagan ovozi, ot
minish san’ati haqidagi hikoyalari, o‘ziga bino qo‘yishi va beqiyos
fazilatlari to‘g‘risidagi gaplarni takrorlashi bilan meni tinimsiz ta’qib
etib keladi.
O‘sha yumaloq xat bor gapmi o‘zi aslida? Noinsof! Sei bilan shu
haqda bir gaplashib olishni istardim. Yo‘q – bir hisobda yaxshi qil-
gansan. Axir seni, ehtimol, so‘nggi marta quchib turib, hozirgidek,
sovuqqonlik bilan mulohaza qila olarmidim. Endi biz baxtga ilga-
rigidek osongina erisha olmaymiz. Bundan siz xafa bo‘larmikinsiz?
Har qalay do‘stingiz Fuke biror qiziqroq kitob yubormagan kunlarda
xiyol dilingiz siyoh bo‘lsa kerak. Lekin baribir qurbonlik qilindi, o‘sha
yumaloq xat bo‘lganmi yoki yo‘qmi, – baribir ertaga men erimga
imzosiz maktub olganimni aytaman va seni nima qilib bo‘lsa-da, bi-
ror narsani bahona qilib, qurumsoqlik qilmay, durustroq haq to‘lab
otangnikiga jo‘natib yuborishini talab qilaman.
Afsuski, do‘stginam, biror ikki haftaga, ehtimol bir oyga ajra-
lishimizga to‘g‘ri keladi! Ah, men bilaman, ishonaman, sen ham men
kabi azob chekasan. Lekin o‘sha yumaloq xat keltirishi mumkin
bo‘lgan falokatning oldini olmoq uchun shundan o‘zga chora yo‘q.
Bu men to‘g‘rimda erimga yozilgan birinchi xat emas. Ilgari bunday
xatlar ustidan qanday kulganimni bilsang edi!
Endi mening bitta maqsadim bor: u ham bo‘lsa erimni bu xatni
janob Valeno yuborganiga ishontirish, imonim komil, aslida ham o‘zi
shunday bo‘lsa kerak. Agar biznikidan ketishingga to‘g‘ri kelsa, albatta
Verrerda joylashib olishga harakat qil, men esa shunday yo‘l tutaman-
ki, erimning o‘zi bu ahmoqlarga biz mutlaqo arazlashmaganligimizni
136
ko‘rsatib qo‘ymoq uchun biror ikki haftaga shaharga ko‘chib tushishni
istab qoladi. Sen esa Verrerda bo‘lganingda o‘sha odamlarning bar-
chasi bilan, hatto liberallar bilan ham do‘stlashib olishga harakat qil.
O‘sha xonimlarimizning bari seni boshlariga ko‘tarib yurishga tayyor
ekanliklarini juda yaxshi bilaman.
Janob Valeno bilan janjallasha ko‘rma, bir vaqtlar po‘pisa qil-
ganingdek, uning qulog‘ini kesib olma tag‘in, – aksincha, u bi-
lan iloji boricha xushmuomala bo‘l. Hozir biz uchun eng muhimi
sening janob Valenoningmi yoki biror boshqa odamning
bolalariga tarbiyachi bo‘lib ishga kirayotganing to‘g‘risida gap
tarqatish.
Xuddi ana shu ishga mening erginam hech qachon yo‘l qo‘ymaydi.
Mabodo yo‘l qo‘ygudek bo‘lsa – nimayam qilardik! Har qalay, sen
Verrerda yashaysan, shunda ba’zi-ba’zida uchrashib turishimiz
mumkin bo‘ladi, – bolalar seni shu qadar yaxshi ko‘rishadiki, turgan
gap, sening oldingga olib borishlarini iltimos qilishadi. Yo Parvar-
digor, bolalarim seni yaxshi ko‘rishgani uchun ham ularga mehrim
yanada ko‘proq ortayotganini sezib turibman. Qanday gunoh axir bu!
Yo Tangrim, nima bilan tugarkin bu ishlarning bari?.. Es-hushimni
butunlay yo‘qotib qo‘ydim... Xo‘sh, xullas, o‘zingni qanday tutishni
tushunsang kerak: beozor va muloyim bo‘l, iltimos, o‘sha qo‘rs
to‘nkalarga dilingdagi nafratingni sezdirib qo‘yma, – tiz cho‘kib iltijo
qilaman sendan, axir sen bilan bizning taqdirimiz o‘sha odamlarga
bog‘liq. Erimning esa sen bilan jamoat fikri qanday taqozo etsa,
xuddi shunday muomala qilishiga mutlaqo shubhalanmasang ham
bo‘ladi.
Sening o‘zing menga yumaloq xat tayyorlab berasan: biroz
sabr-toqatli bo‘lgin-da, qo‘lingga qaychi olib, kitobdan men quyida
yozgan so‘zlarni qirq va ularni manovi ko‘kimtir qog‘ozga tekisroq
qilib yopishtirib chiq, – bu qog‘ozni menga janob Valeno sovg‘a qil-
gan. Xonangda tintuv bo‘lishi mumkin, shu boisdan ham so‘zlarni
qirqib olgan kitobni yoqib yubor. Agar kitobdan kerakli so‘zlarni
butunligicha topa olmasang, u holda erinmay ularni o‘zini harf-
ma-harf tuzib chiq. Seni qiynab qo‘ymaslik uchun men yumaloq
xatni juda qisqa qilib yozdim. Evoh, agar sen meni ortiq sevmasang,
u holda mening o‘zim yo‘llayotgan maktub senga benihoya uzun
bo‘lib tuyulsa kerak.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |