Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XIX

O‘ylamoq 

– azob chekmoqdir

Oddiy bo‘lmagan tuyg‘ular kundalik vo-

qealarning mutaassibligida ehtiroslar ning 

chinakam baxtsizligini to‘sib qo‘yadi.



Barnav.

Janob de lya Molga ajratilgan xonadagi jihozlarni joy-joyiga qo‘ya 

turib Jyulen to‘rt buklangan bir varaq qalin qog‘ozni topib oldi. 

Qog‘ozning birinchi sahifasida u «Qirol ordenlari va hokazo, va hokazo 

mukofotlarning kavaleri, Fransiya peri, shavkatli markiz janob de lya 

Molga» degan yozuvni o‘qidi.

Bu idish-tovoq yuvuvchi xotinniki kabi qing‘ir-qiyshiq xat bilan 

yozilgan iltimosnoma edi:

«Janob markiz!

Men, umrim bino bo‘libdiki, tavfiq bilan yashab kelayotgan mo‘min 

bir odamman. Kasofatli 93-yildagi Lion qamalida bomba tagida 

qolganman. Ilohiy sirlardan voqif bo‘lib turaman va har yakshan-

ba peshin payti qavmimiz cherkoviga borib ibodat qilaman. Hech 

qachon muqaddas pasxani buzgan emasman, hatto la’nati 93-yilda 

ham. Uyimdagi oshpaz xotin, – revolyutsiyaga qadar mening xizmat-

korlarim ko‘p edi, – uyimdagi oshpaz xotin har juma kuni go‘shtsiz 

ovqat tayyorlaydi. Verrerda ham barcha meni hurmat qiladi va, jur’at 

etib aytamanki, haqli ravishda. Sanam yurishi paytida esa shundoq 




125

taxtiravonning oldida, janob kyure bilan janob merning yonida bo-

raman. Alohida biror voqea bo‘lganida esa cherkovimizga sham olib 

boraman. Odatda o‘z hisobimdan eng yo‘g‘onini sotib olaman. Shu 

gaplarning bari haqida yozma guvohnomalarim bor, ular Parijda 

moliya ministrligida saqlanadi. Sizdan shuni iltimos qilgaymankim, 

Verrerdagi lotereya mahkamasi nozirligini menga topshirsangiz, 

chunki yaqinda u baribir nozirsiz qoladi, hozirgisining ahvoli chatoq, 

o‘lim to‘shagida yotipti, innaykeyin, so‘nggi saylovlarda noto‘g‘ri ovoz 

bergan va hokazo.



de Sholen».

Ushbu iltimosnomaning hoshiyasiga de Muaroning imzosi qo‘yil-

gan tavsiya xati yozilgan bo‘lib, u shunday so‘zlar bilan boshlanardi:

«Kecha mana shu iltnmosgo‘yning ishonchli odam ekanligini xabar 

qilish sharafiga muyassar bo‘lgan edim...» va hokazo.

«Gap bu yoqda deng, – xayolidan o‘tkazdi Jyulen, – hatto ana shu 

zehni po‘stak Sholen ham menga qanday yo‘ldan borishni ko‘rsat-

yapti».


Qirolning Verrerga tashrif buyurganidan buyon oradan bir hafta 

o‘tdi. Navbatmanavbat – qirolning o‘zi, Agda yepiskopi, markiz de 

lya Mol, o‘n ming shisha vino va o‘shanda otdan yiqilgach, faqat bir 

oydan keyingina orden olish umidida uyidan surgalib chiqqan bechora 

Muaro mavzu bo‘lgan hisobsiz yolg‘on gaplar, bema’ni oldi-qochdilar 

va ahmoqona g‘iybatlar birin-sirin unutildi-yu, biroq duradgorning 

o‘g‘li, anavi Jyulen Sorelni qanday surbetlik bilan faxriy qorovul safiga 

tiqishtirib kiritilgani to‘g‘risidagi mishmishlar to‘xtamadi. Qahvaxo-

nada o‘tirib olib, ertalabdan kechgacha tenglik haqida og‘iz ko‘pirti-

radigan badavlat manufakturachilarning bu xususdagi gaplarini bir 

eshitsangiz edi. Bu bema’ni ish anavi dimog‘dor de Renal xonimdan 

chiqqan! Bunga uni nima majbur qildi, deysizmi? Nima bo‘lardi – o‘sha 

mullavachcha Sorelning chiroyli ko‘zlari-yu, xushro‘y chehrasida.

Janob de Renalning xonadoni yana Verjiga qaytganidan so‘ng 

oradan ko‘p o‘tmay bolalarning kenjasi Stanislav-Ksavye kasal bo‘lib 

qoldi. Shundan so‘ng birdan de Renal xonimning vijdoni qattiq azobla-

na boshladi. U dilidagi ehtirom uchun birinchi marta o‘zini izchil va 

beshafqat ravishda yozg‘irishga tutindi; go‘yo mo‘jiza sodir bo‘lib, 

xonim muhabbat uni qanday dahshatli gunohga botirganini yaqqol 

ko‘rgandek edi. O‘zining g‘oyatda xudojo‘y bo‘lishiga qaramay, Tangri 




126

oldida qilgan gunohining qanchalik katta ekanligi haqida u shu paytga 

qadar o‘ylab ko‘rmagan edi.

Bir vaqtlar Iso qalbi monastirida uning qalbi Xudoga bo‘lgan cheksiz 

sevgi bilan yonardi. Endi esa u Tangridan xuddi ana shunday cheksiz 

qo‘rqa boshlagandi. Uning qalbini pora-pora qilayotgan bir-biriga zid 

tuyg‘ular shunisi bilan dahshatli ediki, xonimning dilidagi qo‘rquv 

aql-idrokiga tamomila bo‘ysunmay qo‘ygan edi. Jyulen har qanday aqlli 

pand-pasihat xonimni tinchitish o‘rniga, aksincha, uning zardasini qay-

natayotganini anglab qoldi, chunki bu gaplar unga iblisning vasvasasi 

bo‘lib tuyulardi. Biroq Jyulenning o‘zi ham kichkina Stanislavni juda 

yaxshi ko‘rar, xonim esa bolasining dardi haqida faqat u bilan gaplasha 

olar edi: Stanislavning ahvoli kundan-kun og‘irlashib borardi. De Renal 

xonim tinimsiz tavba-tazarrudan qiynalib, tunlari mijja qoqmay chiqar-

di; u kun bo‘yi qovog‘ini solganicha churq etib og‘iz ochmay o‘tirar, 

mabodo og‘iz ochgudek bo‘lsa, shu zahoti Tangri oldida ham, odamlar 

oldida ham o‘z gunohiga iqror bo‘lishi turgan gap edi.

– O‘tinaman sizdan, – derdi unga Jyulen ular yolg‘iz qolgan kezlari, 

– hech kim bilan gaplashmang. Siz chekayotgan azoblarni yolg‘iz men 

bilay. Agar meni haliyam sal sevsangiz, churq etib og‘iz ochmang, 

sizning iqroringiz bilan o‘g‘lingiz Stanislav tuzalib qolmaydi. 

Biroq uning pand-nasihatlari xonimga ta’sir qilmasdi, u de Renal 

xonim, Xudoning g‘azabini qo‘zg‘atdim, endi uning rahm-shafqatiga 

sazovor bo‘lmoq uchun yo Jyulendan nafratlanmog‘im, yoxud o‘g‘lim-

dan judo bo‘lmog‘im lozim, degan fikrni miyasiga quyib olganidan 

bexabar edi. Xuddi ana shu o‘ynashidan nafratlanishga ojiz bo‘lgani 

uchun ham ayol o‘zini shu qadar baxtsiz his etardi.

– Meni o‘z holimga qo‘ying, – dedi u bir kuni Jyulenga. – Xudo 

haqqi, o‘tinaman sizdan, bizning uydan keting: siz shu yerda men 

bilan birga bo‘lganingiz uchun ham o‘g‘lim halok bo‘lyapti.

– Tangri meni jazolayapti, – deya qo‘shimcha qildi u ovozini pasay-

tirib. – Uning qahriga uchradim, Xudoning irodasi vojib bo‘lg‘ay. Men 

dahshatli gunoh qildim, tavba qilish hatto xayolimga ham kelmadi. 

Axir bu – Xudo mendan yuz o‘girganining birinchi nishoni-ku, endi 

men ikki qatla jazolanmog‘im lozim.

Jyulenning qalbi larzaga keldi. Yigit bularning bari munofiqlik, 

shunchaki balandparvoz gaplar emasligini yaxshi tushunardi. «U 

menga bo‘lgan muhabbati tufayli o‘g‘lini halok etayotganiga chindan 

ham ishonadi va, shu bilan birga, bechora, meni o‘g‘liga qaraganda 



127

ko‘proq sevadi. Shu boisdan ham, – endi bunga hech qanday shubha 

yo‘q, – vijdon azobidan yuragi tilka-pora bo‘lyapti, haqiqiy yuksak 

tuyg‘u deb shuni aytsalar kerak-da. Faqat bir narsaga hayronman, u 

mendek kambag‘al, yaxshi tarbiya ko‘rmagan, ilmsiz va ko‘p o‘rinlarda 

to‘pori bir odamning nimasini shu qadar sevib qoldiykin?»

Bir kuni kechasi bolaning ahvoli juda og‘irlashib qoldi. Soat ik-

kilarga yaqin janob de Renal uni ko‘rgani kirdi, Isitmaning zo‘ridan 

alangada alahsirab yotgan bola otasini tanimadi. De Renal xonim 

birdan erining oyog‘iga yiqildi. Jyulen hozir u bor gapni eriga aytib, 

o‘zini juvonmarg qilajagini tushundi.

Ularning baxtiga xonimning bunday bema’ni harakatidan janob 

de Renalning jahli chiqib ketdi.

– Bo‘pti, salomat bo‘l! – dedi u eshik tomon yo‘nalar ekan.

– Yo‘q! Sen mening gapimni eshit! – deya qichqirdi xonim tiz 

cho‘kkanicha, uni to‘xtatib qolishga urinib. – Sen haqiqatni bilmog‘ing 

kerak. Bilib qo‘y, o‘g‘limni o‘zim o‘ldiryapman. Unga hayot baxsh et-

gandim, endi o‘zim uni qaytarib olyapman. Falak meni jazolayapti! 

Tangri oldida gunoh qildim, men qotilman! Men o‘zimni o‘zim bad-

nom etmog‘im, sazoyi qilmog‘im lozim, – ehtimol shunday qilsam 

yaratganning rahmi kelar.

Agar janob de Renalning xiyol fahm-farosati bo‘lganida edi, u 

hamma gapni tushungan bo‘lardi.

– Ko‘knorixayol gaplaringni qo‘y! – deya xitob qildi u tizzasidan 

ushlamoqchi bo‘lgan xotinini chetlatar ekan. – Ko‘knorixayol bular-

ning bari! Siz, Jyulen, ertaga ertalab doktor chaqiring, – shunday 

deya u uxlagani jo‘nadi. De Renal xonim deyarli hushidan ketib polga 

quladi-yu, biroq uni tutib qolmoqchi bo‘lgan Jyulenning qo‘lini talvasa 

ichida itarib tashladi.

«Mana eriga xiyonat qilgan xotinning gunohi, – deya o‘yladi Jyu-

len. – Anavi muttaham poplar haq degan gap aqlga to‘g‘ri keladimi 

axir? Nahotki boshdan-oyoq gunohga botgan bu kishilar gunohning 

aslida nima ekanligini bilishsa?.. Yo‘q, aql bovar qilmaydi bu gapga!»

Janob de Renal xonadan chiqib ketganidan buyon oradan yigirma 

daqiqacha vaqt o‘tdi. Ana shu payt ichida Jyulen o‘zi sevadigan ayol-

ning tiz cho‘kib, boshini o‘g‘lining to‘shagiga yuztuban qo‘yganicha 

xuddi hushidan ketgan odamdek qimir etmay turganini ko‘rdi. «Mana 

buni haqiqiy ayol desa arziydi, – deya o‘ylardi u. – Hozir u butunlay 

umidsizlikka tushgan. U faqat meni sevgani uchun shu ahvolga tushdi.



128

Vaqt asta-sekin o‘tib boryapti. Unga qanday foydam tegishi mum-

kin? Bir qarorga kelish kerak. Endi gap menda ham emas. Odamlar 

bilan, ularning fisq-fasodi bilan nima ishim bor? Lekin unga qanday 

yordam bersam ekan?.. Uni tashlab ketaymi?.. U holda boyaqish boshi-

ga tushgan kulfati bilan yolg‘iz o‘zi qoladi-ku. Anavi to‘nka erining 

ziyoni tegsa tegadiki, foydasi tegmaydi. U o‘zining razil tabiatiga ko‘ra 

xotiniga biror dag‘al gap aytishdan ham toymaydi. Boyaqish aqldan 

ozishi, o‘zini derazadan tashlashi mumkin axir!

Agar uni yolg‘iz qoldirsam, qo‘riqlamay qo‘ysam, eriga bor gap-

ni aytib, iqror bo‘ladi. Kim biladi, u to‘nka o‘zini qanday tutarkin? 

Birdan, bo‘lajak merosga ham qaramay, janjal ko‘tarishi mumkin. 

Xonim yana qilgan gunohi haqida, – yo Parvardigor, – anavi razil 

abbat Maslonga ham iqror bo‘lishi mumkin; u shundoq ham olti 

yashar bolaning kasalligini bahona qilib, bu yerga tanda qo‘yib qoldi. 

Turgan gap, bejiz qatnayotgani yo‘q. Xonim shu qadar umidsizlikka 

tushgan, Xudoning qahridan shu qadar qo‘rqib qolganki, abbatning 

qanaqa odam ekanligini unutib ham qo‘ygan, – hozir bu odam uning 

uchun ruhoniy xolos».

– Chiqib ket bu yerdan, – dedy kutilmaganda de Renal xonim 

ko‘zlarini ochib.

– Eh, senga qanday yordam bermoqni bilish uchun ming marta 

jonimni fido qilgan bo‘lardim! – deya javob berdi Jyulen. – Seni hech 

qachon shunday sevmagan edim, farishtam, yoki to‘g‘rirog‘i, seni 

hozirgina chinakamiga seva boshladim. Sendan yiroqda ahvolim ne 

kechadi axir, boz ustiga meni deb baxtsiz bo‘lganingni o‘ylayverib 

aqldan ozmaymanmi! Mening iztiroblarimni gapirmay ham qo‘ya 

qolaylik. Xo‘p, men ketaman, ketaman, ketaman, sevgilim! Lekin ering 

bilan sening o‘rtangda turib, seni qo‘riqlamay qo‘ysam, men chiqib 

ketishim bilanoq hamma gapni unga aytib berasan – u holda halok 

bo‘ldim, deyaver. O‘zing o‘ylab ko‘r, axir u seni uydan sharmanda qilib 

quvadi, bu mashmasha butun Verrer, butun Bezansonning og‘zidan 

tushmay qoladi. Bor mag‘zavani boshingga to‘kishadi, bunday shar-

mandalikdam so‘ng hech qachon qaddingni tiklay olmaysan.

– O‘zim ham xuddi shuni istayapman! – deya xitob qildi ayol shart-

ta o‘rnidan turar ekan. – Mayli, azob chekaman, menga bu ham kam!

– Lekin bunday sharmandalik o‘g‘lingni ham baxtsiz qiladi axir.

– Yo‘q, yolg‘iz o‘zim sharmisor bo‘laman, hammasini bo‘ynimga 

olaman, mayli, meni haqorat qilishsin, qaro yerga qorishsin, ehtimol 



129

shundan so‘ng o‘g‘lim omon qolar. Sharmanda bo‘lsam, odamlarning 

ko‘z o‘ngida o‘zimni juvonmarg qilsam, sazoyi bo‘lganim shu emasmi?! 

Noqis aqlim bilan tushunishimcha, Tangri yo‘liga qilishim mumkin 

bo‘lgan eng katta qurbonlik shu emasmi axir?.. Shundan keyin u rahm 

qilib, mening bu xo‘rligimni qurbonlik o‘rnida qabul etar va o‘g‘limga 

shifo berar. Agar bundan ham kattaroq qurbonlik bo‘lsa, ayt – uni 

ham bajo keltiraman.

– Undan ko‘ra men o‘zimni jazolab qo‘ya qolay. Axir men ham 

aybdorman-ku, men ham! Istaysanmi, tarkidunyo qilaman. Bu zo-

hidlarcha hayot, ehtimol, Xudoning rahmini keltirar. Yo Parvardigor! 

Stanislavning dardini menga bersang bo‘lmasmidi...

– Ah! Sen uni yaxshi ko‘rasanmi hali! – deya qichqirib yubordi de 

Renal xonim uning quchog‘iga otilar ekan.

Biroq u shu zahoti dahshatga tushib, yigitni o‘zidan nariga itardi. 

– Ishonaman, senga ishonaman! – dedi u ingrab yana tizzasiga 

yiqilar ekan. – Sen mening yagona do‘stimsan! Nega endi Stanislavning 

otasi sen emassan-a! Shunda seni o‘g‘limdan ham ko‘proq sevganim 

bu qadar dahshatli gunoh bo‘lmasdi.

– Yoningda bo‘lishga ijozat ber va men shu daqiqadan boshlab 

seni faqat ukang sifatida sevadigan bo‘lay. Shu tariqa biroz bo‘lsa-da, 

gunohimizni yuvamiz, – ehtimol, shunday so‘ng Xudoning rahmi kelar.

– Men-chi? – deya qichqirib yubordi xonim o‘rnidan sakrab 

turib, ikki qo‘li bilan Jyulenning boshini ushlaganicha uni o‘zidan 

xiyol chetlatib, ko‘zlariga tikilar ekan. – Men nima qilay? Men seni 

birodarim sifatida seva olamanmi? Seni ukam sifatida sevish qo‘lim-

dan kelarmikin?

Jyulenning ko‘zlaridan duv-duv yosh oqmoqda edi.

– Mayli, sen nima desang – shu! – dedi u ayolning oyog‘iga yiqilar 

ekan. – faqat nima qilishim kerakligini ayt! Hammasini bajo kelti-

raman, boshqa choram yo‘q endi. Es-hushimni yo‘qotganimdan ne 

qilarimni bilmay qoldim. Agar ketsam – sen bor gapni eringga aytib 

berasan-u o‘zingni abgor qilasan, sen bilan birga ering ham tamom 

bo‘ladi. Bunday sharmandalikdan keyin u hech qachon deputat bo‘la 

olmaydi. Agar yoningda qolsam – shu odam tufayli o‘g‘lim halok bo‘ldi, 

deb o‘ylaysan va farzand dog‘iga chidayolmay o‘zing ham nobud 

bo‘lasan. Mayli, xo‘p desang, bir urinib ko‘raylik, – men ketaman. 

Gunohimiz uchun men o‘zimni jazolashimni va seni bir haftaga tark 

etishimni istaysanmi? Sen qayerga desang, o‘sha yerga boraman. 



130

Xohlasang, Brey-le-O monastiriga ketishim mumkin. Lekin men 

yo‘g‘imda eringga hech qanday gap aytmaslikka ont ich. O‘zing o‘ylab 

ko‘r: agar unga bor gapni aytsang, mening bu yerga qaytib kelishim 

mumkin bo‘lmay qoladi.

Ayol va’da berdi. Shundan so‘ng Jyulen uyni tark etdi, biroq oradan 

ikki kun ham o‘tmay xonim uni chaqirtirib oldi.

– Sen bo‘lmasang ichgan qasamim ustidan chiqolmaymanmi, 

deb qo‘rqaman. Agar sen yonimda bo‘lmasang, agar nigohing bilan, 

sukut saqla, deya mudom buyurib turmasang, bor gapni erimga aytib 

qo‘yaman. Bu gurbatning har bir soati menga bir kundek tuyulyapti.

Nihoyat, boyaqish onaga falakning rahmi keldi. Stanislav as-

ta-sekin sog‘aya boshladi. Biroq endi xonimning oromi yo‘qolgandi, 

u qilgan gunohining naqadar dahshatli ekanini va ilgarigi ruhiy oso-

yishtalik uni butunlay tark etganini yaxshi tushunardi. Vijdon azobi 

uning diliga o‘rnashib oldi va u faqat endi yuragi toza odam uchun 

muqarrar bo‘lgan mohiyatini kasb etdi. Hayot de Renal xonim uchun 

endi goh jannat, goh do‘zax bo‘lib tuyulardi. U Jyulenni ko‘rmagan 

paytlari jahannamga tushib qolgandek bo‘lar, yigitning oyog‘iga 

bosh urganida esa, o‘zini jannatda ko‘rar edi. «Men endi hech borada 

o‘zimni aldayotganim yo‘q, – derdi u Jyulenga hatto butun yuragi bi-

lan ishq-muhabbatga berilgan paytlarda ham. – Bilaman, men halok 

bo‘lgan odamman, menga shafqat yo‘q endi. Sen yosh bolasan, sen 

vasvasaga uchding xolos, seni yo‘ldan urdim. Seni Xudo kechirishi 

mumkin, men esa endi bir umr la’natga qoldim. Buni aniq bilaman: 

chunki men qo‘rqyapman – o‘z oldida do‘zaxni ko‘rsa kim ham qo‘rq-

maydi deysan? Lekin aslida hatto afsuslanayotganim ham yo‘q. Agar 

hammasi qaytadan takrorlanganida ham men yana shu gunohni 

qilgan bo‘lardim. Ishqilib, yaratgan Parvardigor bu dunyoda meni 

bolalarim orqali jazolamasa bo‘ldi – shungayam shukr qilaman. Lekin 

hech bo‘lmasa sen, mening Jyulenim, – deya xitob qilardi u boshqa 

bir daqiqada, – ayt-chi menga, baxtlimisan ishqilib? Seni qanday 

sevishimni sezyapsanmi?»

Xuddi  shunday  fidoyi  sevgiga  muhtoj  bo‘lgan  Jyulenning 

 kibr-havosi va hadiksirashga moyil bo‘lgan tabiati deyarli har daqiqa 

ochiq-oydin namoyon bo‘layotgan bunday buyuk xokisorlik oldida 

dosh bera olmadi. U endi de Renal xonim oldida sajda qilishga 

ham tayyor edi. «U asilzoda xonim, men esa oddiy bir kosibning 

o‘g‘liman, lekin u meni sevadi... Yo‘q, u meni shunchaki ko‘ngilxushi 



131

uchun o‘ynash qilib olingan malay deb hisoblamaydi». Dilidagi ana 

shu hadikdan qutulib olgach, Jyulen muhabbatning butun telba-

liklari, uning barcha shubha-yu gumonlarini yaxshi his etadigan  

bo‘lib qoldi.

– Azizim! – derdi unga xonim yigitning ba’zan uning sevgisiga 

shubhalana boshlaganini fahmlagach. – Ayrilishimizga juda oz 

qoldi. Men hech bo‘lmasa birga o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan ana 

shu ozgina vaqt ichida seni baxtiyor qilishni istayman. Shoshilay-

lik, jonginam, ehtimol ertaga birga bo‘lish nasib qilmas. Agar falak 

meni bolalarim orqali jazolaydigan bo‘lsa, u holda mening gunohim 

uchun ular nobud bo‘layotganini o‘ylamay, faqat seni sevish uchun 

yashashga qancha urinmayin, baribir bu ish qo‘limdan kelmaydi 

– men aqldan ozaman. Ah, qani endi, o‘shanda sen boyaqish Sta-

nislavning dardini o‘zingga olishni istaganingdek, men ham sening 

gunohingni o‘z zimmamga ola bilsam!

Ruhiy holatidagi bu keskin burilish Jyulenning o‘z ma’shuqasiga 

bo‘lgan tuyg‘usining o‘zini ham butunlay o‘zgartirib yubordi. Endi 

 uning muhabbati go‘zallikdan zavqlanish-u shunday ajoyib ma’shuqa-

ga ega bo‘lishdan faxrlanish tuyg‘usidangina iborat emasdi.

Shu kundan e’tiboran tole ularga yanada kulib boqdi, dillaridagi 

alanga esa yanada kuchliroq yona boshladi. Go‘yo ularni qandaydir 

bir telbalik chulg‘ab olganday edi. Chetdan qaraganda ehtimol ular 

juda baxtlidek tuyulardi, biroq endi ular sevgilarining birinchi pal-

lasidagi orom, quvonch va huzur-halovatlarini yo‘qotib qo‘yishgandi. 

O‘shanda de Renal xonimni faqat bir narsa – Jyulen meni chinakamiga 

sevarmikin, degan fikr tashvishga solardi. Endi bo‘lsa ularning baxti 

ko‘pincha jinoyatga o‘xshab ketardi.

Ba’zan eng baxtli, eng halovatli daqiqalarda de Renal xonim bir-

dan:


– Yo Parvardigor! Mana u jahannam, men uni ko‘ryapman! – deya 

qichqirib yuborar va talvasa ichida Jyulenning qo‘llarini mahkam 

qisardi. – Yo Tangrim, axir bu do‘zax azobi-ku! Lekin men shunga 

munosibman! – Shunday deya ayol Jyulenni qattiq bag‘riga bosar va 

devorga chirmashib o‘sgan pechakguldek unga yopishganicha jimib 

qolardi.


Jyulen, bu bezovta qalbni yupataman, deb behuda ovora bo‘lardi. 

Xonim uning qo‘llarini ushlab, ketma-ket o‘pardi-yu, biroq oradan bir 

daqiqa o‘tmay yana sumrayganicha qotib qolardi.



132

– Jahannam, – derdi u, – jahannam men uchun Xudoning mar-

hamati degan gap: demak, yana bir necha kunni yorug‘ dunyoda u 

bilan birga o‘tkazgan bo‘laman... Ammo tirikligimdagi jahannam, 

bu – bolalarimning o‘limi... Lekin, ehtimol, shunday qurbon evaziga 

gunohlarimdan forig‘ bo‘larman. Ey Xudo, bunday dahshatdan o‘zing 

saqlagaysan! Bechora norasidalarda ne gunoh, Parvardigor! Yolg‘iz 

men aybdorman oldingda! Hamma ayb o‘zimda – men erim bo‘lmagan 

odamni sevib qoldim.

Ba’zan, Jyulenning nazarida, de Renal xonim biroz tinchib qol-

gandek tuyulardi. Ayol o‘zi benihoya sevadigan odamning hayotini 

zaharlamaslik uchun o‘zini bosishga harakat qilardi.

Vaqt ana shunday bir-biriga zid bo‘lgan sevgi tuyg‘ulari, quvonch 

va iztiroblar bilan yashin tezligida o‘tib bormoqda edi. Jyulen endi 

uzoq xayol surish odatini mutlaqo tark etgandi.

Kunlardan birida suddagi tortishuvli ishi bo‘yicha Verrerga borgan 

oqsoch qiz Eliza u yerda janob Valenoga duch kelib qoldi. U bilan suh-

batlasha turib, qiz uning Jyulendan juda darg‘azab ekanligini fahmladi. 

Uning o‘zi ham endi tarbiyachini juda yomon ko‘rar va tez-tez janob 

Valeno bilan uning g‘iybatini qilib turardi.

– Agar sizga bor gapni aytsam, afandim, o‘zimga yomon bo‘la-

di... – dedi u janob Valenoga. – Boy boyga boqar, deganlaridek, ish 

jiddiy tus olganida xo‘jayinlar doim bir-birlarining yonini olishadi... 

Bechora xizmatkor biror gapni og‘zidan gullab qo‘ysa bormi, uni sira 

kechirishmaydi...

Ana shu oddiygina muqaddimadan so‘ng, sinchkovlikdan betoqat 

bo‘lgan janob Valeno, tezroq gapning po‘skallasini ayt, deya qistalang 

qilavergach, oqsoch qiz uning izzat-nafsiga og‘ir botadigan ba’zi nar-

salarni aytib berdi.

Janob Valeno olti yil davomida, ming afsuski, barchaning ko‘z 

o‘ngida parvona bo‘lib kelgan bu xonim shahardagi eng go‘zal ayol, 

o‘zining istehzoli muomalasi bilan uni sholg‘omdek qizarishga majbur 

etadigan bu kalondimog‘ farishta, buni qarangki, kelib-kelib tarbi-

yachilikka ko‘tarilgan anavi kosibbachchani o‘ziga o‘ynash qilib olibdi! 

Yetimxona direktori janoblariga bu haqorat ham yetishmagandek, 

de Renal xonim, ma’lum bo‘lishicha, o‘z o‘ynashini qattiq sevar ekan.

– Rostini aytsam, – dedi og‘ir xo‘rsinib oqsoch qiz, – janob Jyulen 

bunga erishmoq uchun mutlaqo harakat qilgani ham yo‘q: u beka-

mizga ham el qatori sovuqqina muomala qilardi.



133

Eliza bunga faqat Verjida tamoman ishonch hosil qilibdi, lekin 

uning fikricha, bu sevgi mojarosi anchadan buyon davom etib ke-

layotganmish.– O‘shanda janob Jyulenning menga uylanishdan bosh 

tortishiga xuddi ana shu sabab bo‘lgan, albatta, – deya qo‘shimcha 

qildi u alam bilan. – Men ahmoq bo‘lsam, de Renal xonimdan maslahat 

so‘rab, u kishidan tarbiyachi bilan gaplashib ko‘rishni iltimos qilib 

yuribman.

O‘sha kuniyoq kechqurun janob de Renal shahardan o‘zi yozilgan 

gazetasi bilan birga uyida sodir bo‘layotgan voqealar batafsil bayon 

etilgan imzosiz maktub ham oldi. Jyulen janob de Renalning ko‘kimtir 

qog‘ozga yozilgan bu maktubni o‘qib turib, birdan oqarib ketganini va 

o‘ziga bir necha bor qahr bilan qarab qo‘yganini sezib qoldi... Butun 

kecha davomida janob merning nimadandir ta’bi tirriq bo‘lib yurdi; 

Jyulenning unga Burgundiyadagi eng asilzoda oilalarning shajarasi 

haqida so‘rab qilgan xushomadlari ham foyda bermadi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish