Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XVI

Ertasi kuni

He turns his lip to hers, and with his hand

Call’ d back the tangles of her wandering hair.

Don Juan, c. 1, st. 170

9

Yaxshiyamki, Jyulenning baxtiga, de Renal xonim hayratga tushib, 



esankirab qolgan edi, bir zumda o‘zi uchun dunyoda eng aziz insonga 

aylangan bu yigitning xatti-harakati qanchalik bema’ni ekanligini 

sezmadi.

Kun yorisha boshlagach, ayol Jyulendan tezroq chiqib ketishni 

iltimos qilishga tutindi.

– Yo Parvardigor, – derdi u, – agar erim ivir-shivirimizni eshitib 

qolsa bormi, meni o‘ldi, deyavering.

Shu paytgacha xayolida turli-tuman gaplarni o‘ylab qo‘ygan Jyulen 

ulardan birini esladi:

– Hayot bilan vidolashsangiz afsuslanarmidingiz?

– Ha, hozir judayam afsuslanardim! Lekin baribir sizni sevganim-

dan pushaymon bo‘lmasdim.

Jyulen o‘z qadrini yerga urmaslik uchun xonimning oldidan kun 

butunlay yorishib bo‘lganidan keyin hech qanday ehtiyotkorlik qilmay 

chiqishni lozim topdi.

O‘zini tajribali erkak qilib ko‘rsatish haqidagi ahmoqona fikr 

miyasini chulg‘ab olganidan uning har bir qadamini tinimsiz nazorat 

qilib borishi, har qalay, yigitga bir jihatdan foyda keltirdi: ular de 

Renal xonim bilan nonushta mahali uchrashib qolishganida u o‘zini 

g‘oyatda ehtiyotkor tutdi.

Xonim esa, yigitga har qaraganda loladek qizarib ketar va, shu 

bilan birga, bir zum ham Jyulenga qaramay turolmasdi, u xijolat 

chekayotganini his etar va jon-jahdi bilan buni yashirishga harakat 

qilgandan battar uyalardi. Jyulen faqat bir marta boshini ko‘tarib, 

unga qaradi. De Renal xonim avvaliga uning bardoshiga qoyil qolib 

9

 Lablariga lab bosdi ul, bеozorgina 



Tola sochni olib qo‘yib qiz manglayidan.

 

 

 

Bayron. «Don Juan», 1 bob, 170-band.


100

o‘tirdi. Biroq yigit unga boshqa qaramaganidan so‘ng qo‘rqib ketdi: 

«Nahot u endi meni sevmay qo‘ygan bo‘lsa! Evoh! Uning uchun qarib 

qolganman, axir undan o‘n yosh kattaman-a!»

Ular yemakxonadan boqqa chiqishayotganida xonim birdan 

Jyulenning qo‘lini ushlab, uni mahkam qisdi. Muhabbatning bunday 

namoyon bo‘lishini sira kutmagan va qattiq hayratga tushgan yigit 

xonimga ko‘zlari yonib qarab qo‘ydi. Nonushta payti ayol unga juda 

go‘zal ko‘ringan edi. To‘g‘ri, u yerga qarab o‘tirgandi, biroq uning 

butun xayoli xonimning beqiyos latofatini tasavvur qilish bilan band 

edi. Jyulenning otashin nigohi de Renal xonimning yuragiga taskin 

berdi, u ayolning qalbidagi hadiksirashni butunlay tarqatib yuborgani 

yo‘q, albatta, biroq xuddi ana shu hadiksirash uning eri oldidagi vijdon 

azobini deyarli bo‘g‘ib qo‘ygandi.

Nonushta mahali ushbu janob hech nimani sezmadi, biroq Dervil 

xonim to‘g‘risida bunday deb bo‘lmasdi: bu ayol, de Renal xonim jar 

yoqasida turibdi, deya xulosa chiqargandi. Butun kun bo‘yi u, mar-

dona do‘stlik tuyg‘usiga bo‘ysunib, dugonasi o‘zini qanday dahshatli 

xavf-xatarga qo‘yayotganini mash’um bo‘yoqlarda tasvirlab bermoq 

uchun uni turli uchiriqlar bilan bezor qildi.

De Renal xonim Jyulen bilan yolg‘iz qolishni sabrsizlik bilan kut-

moqda edi: yigit hali ham uni sevadmi yoki yo‘qmi – u tezroq shuni 

so‘rashni istardi. Tabiatan benihoya beozor bo‘lishiga qaramay, u 

dugonasiga bir necha marta, meni o‘z holimga qo‘y, deb aytmoqchi 

ham bo‘ldi.

Kechqurun Dervil xonim hiyla ishlatib, de Renal xonim bilan Jyu-

lenning o‘rtasiga o‘tirib oldi. Hozir Jyulenning qo‘lini mahkam qisib, 

uni labimga bosaman, deb orzu qilib yurgan de Renal xonim yigit 

bilan bir og‘iz ham gaplasha olmadi.

Bu to‘siq uning qalbidagi iztirobni kuchaytirdi, xolos. Shu tobda 

u afsus-nadomat bilan o‘zini-o‘zi yozg‘irmoqda edi. O‘tgan kecha 

xonasiga kirib kelganida u Jyulenni telbaligi uchun shu qadar qattiq 

koyigan ediki, endi birdan bugun kelmasa-ya, deb xavotirlanmoqda 

edi. U bog‘ni vaqtli tark etib, xonasiga kirdi-da, ichkaridan qulflab 

oldi. Biroq betoqat bo‘lib bir joyda o‘tira olmadi. U yo‘lakka chiq-

di-da, Jyulenning eshigi oldiga borib quloq soldi. Ammo hadiksirash 

va ehtirosdan qanchalik azob chekmasin, ichkariga kirishga jur’at 

etmadi. Shunday qilsa unga juda ham past ketadigandek tuyuldi, 




101

chunki provinsiyada bunday qiliqlar maynabozlik qilish uchun bit-

mas-tuganmas mavzu hisoblanardi.

Ba’zi xnzmatkorlar hali uyg‘oq edi. Oxiri ehtiyotkorlik yuzasidan 

de Renal xonim o‘z xonasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Ikki soat kutish 

unga tinimsiz azobda o‘tgan ikki asrdek tuyuldi.

Biroq o‘zi «burch» deya ataydigan narsaga g‘oyat sodiq bo‘lgan 

Jyulen tuzib qo‘ygan rejasidan xiyol bo‘lsa-da, chetga chiqmaslik shart 

deb hisoblardi.

Soat kechasi birga zang chalgani zahoti u xonasidan asta chiqdi-da, 

janob de Renalning qattiq uxlab yotganiga ishonch hosil qilgach, 

bekaning oldiga kirdi. Bu gal u o‘z rolini ijro etish haqida kamroq 

o‘ylagani uchun ma’shuqasi og‘ushida o‘zini baxtliroq his etdi. Endi 

uning ko‘zi ochilib, qulog‘i eshita boshlagan edi. De Renal xonimning 

o‘z yoshi to‘g‘risida aytgan gapi esa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini 

birmuncha oshirdi.

– Yo Xudoyim! Men sizdan o‘n yosh kattaman axir! Nahot meni 

sevishingiz mumkin bo‘lsa? – deya takrorladi xonim. Chunki bu fikr 

uning qalbini o‘rtamoqda edi.

Jyulen uning nima sababdan bunday xafa bo‘layotganini tushun-

masdi. Biroq u ayolning sidqidildan xafa bo‘layotganini ko‘rib, o‘zining 

kulgili ko‘rinishidan cho‘chiganini deyarli unutib qo‘ydi.

Nasl-nasabi past bo‘lgani tufayli unga xizmatkor-o‘ynash kabi 

munosabatda bo‘lishlari haqidagi ahmoqona xavfsirash g‘oyib bo‘ldi. 

Jyulenning jo‘shqinligi uning tortinchoq ma’shuqasi qalbiga orom 

bag‘ishlagani sayin xonim asta-sekin ko‘ngli joyiga tushib, seviklisiga 

razm sola boshladi. Ularning baxtiga bugun Jyulenning qiyofasida 

kechagi tashvish alomatlari deyarli sezilmasdi. Kechagi uchrashuv 

esa shu tashvish tufayli uning uchun lazzatlanish emas, balki shun-

chaki bir g‘alaba bo‘lib qolgandi. Agar de Renal xonim Jyulenning rol 

ijro etayotganini sezib qolganida bormi, bu qayg‘uli kashfiyot uning 

butun baxtini abadulabad zaharlagan bo‘lardi. Buni u yoshlaridagi 

katta farqning ayanchli oqibati, deb hisoblardi, albatta.

Garchi de Renal xonim muhabbat masalalari xususida hech qa-

chon o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsa-da, provinsiyada sevgi bobida so‘z ket-

ganida, yoshlardagi farq davlatmandlikdagi tafovutdan so‘ng mazax 

qilish uchun eng sevimli mavzu ekanligidan xabardor edi.

Oradan bir necha kun o‘tdi, Jyulen bekasini yoshlikka xos jo‘shqin-

lik bilan benihoya sevib qoldi.



102

«Yo‘q, chindan ham u juda mehribon ayol, naq farishtaning o‘zgina-

si, – deya mulohaza yuritardi yigit o‘zicha, – go‘zalligini aytmaysizmi, 

unga teng keladigani bo‘lmasa kerak o‘zi».

U rol bajarish haqidagi fikrni deyarli miyasidan chiqarib tashladi. 

Bir kuni samimiyligi tutib ketgan paytda xonimga u hatto o‘zining 

barcha hadiklari haqida gapirib ham berdi. Uning bu iqrori qanday 

jo‘shqin muhabbat bilan qarshi olinganini bilsangiz edi! «Demak, u 

mendan boshqa hech kimni sevmagan ekan-da!» – deya shavq ila 

takrorlardi ichida de Renal xonim. Xonim hatto siz e’zozlab yurgan 

anavi portret kimniki edi, deb so‘rashga ham jur’at etdi. Jyulen bu 

erkak kishining portreti edi, deb qasam ichdi.

Ahyon-ahyonda, nisbatan sovuqqon bo‘lgan va mulohaza yurita 

olgan paytlari xonimning butun vujudini cheksiz hayrat tuyg‘usi 

qoplab olardi, dunyoda shunday baxt mavjud ekan-u, u esa buni hatto 

xayoliga ham keltirmabdi.

«Eh! Jyulen bilan o‘n yil ilgari uchrasha qolsam nima bo‘lar-

di-ya, – deya xayolan xitob qilardi u, – o‘shanda har qalay ancha 

ko‘hlikkina edim».

Turgan gap, Jyulenning miyasiga bunday fikrlar kelmasdi. Uning 

sevgisi hali ma’lum darajada shuhratparastlikdan ozuqa olardi: u 

hech kim pisand qilmaydigan qashshoq, yo‘qsil bir yigit bo‘la turib, 

shunday go‘zal ma’shuqaga ega bo‘lganidan boshi osmonda edi. 

Uning zavq-shavqi, o‘z mahbubasining go‘zalligi oldida sajda qilishi 

oxiri xonimning yoshlaridagi farqdan hadiksirashini birmuncha 

tarqatib yubordi. Agar xonimning xiyol hayotiy tajribasi bo‘lganida 

edi (ma’rifatliroq jamiyatda o‘ttiz yoshli ayol bunday tajribani allaqa-

chon orttirgan bo‘lardi), u bunday muhabbat uzoqqa borarmikin, 

deya qo‘rqib, tinimsiz azob chekardi, chunki bu sevgi hamma narsa 

yangilik bo‘lgani, barcha tuyg‘ular kishini hayratga solib, nafsoniyatni 

qitiqlayotgani uchungina yashayotgandek tuyulardi.

Jyulen o‘zining izzattalab orzularini unutgan kezlarida de Renal 

xonimning hatto shlyapalaridan tortib ko‘ylaklarigacha mahliyo 

bo‘lib tomosha qilishi mumkin edi. Yigit ularning muattar isini 

tuyib, mast bo‘lguvchi edi. U bekaning oynali javonini ochib, u yerda 

hukm surgan go‘zallik va tartibdan bahra olardi. Bunday paytlarda 

ma’shuqasi Jyulenning pinjiga kirib, unga tikilib turardi, uning o‘zi 

esa kelinlar odatda nikoh arafasida to‘y savatiga terib qo‘yadigan 




103

barcha sarpo bilan qimmatbaho taqinchoqlarni zavq bilan tomosha 

qilardi.

«Shunday odamga erga tegishim mumkin edi-ku axir! – deya 

o‘ylardi de Renal xonim. – Bunday otashqalb inson kamdan-kam 

topiladi. U bilan yashash qanday lazzatli bo‘lar edi-ya!»

Jyulen masalasiga kelsak, u umri bino bo‘lib hech qachon ayollar 

artilleriyasining bu qudratli zambaraklariga bunday yaqin kelgan 

emasdi. «Bundan go‘zalroq liboslar Parijda ham topilmasa kerak!» 

– deya xitob qilardi u o‘zicha. Bunday daqiqalarda u endi o‘z bax-

tiga raxna solishi mumkin bo‘lgan har qanday to‘siqni ham pisand 

qilmay qolardi. Ma’shuqasining chin ko‘ngildan zavq-shavqqa be-

rilishi, uning sururi aloqalarining birinchi kunlari Jyulenni tadbirkor 

va bema’ni qilib ko‘rsatgan o‘sha ayanchli mulohazalarni butunlay 

unutishga majbur etardi. Shunday damlar bo‘lardiki, o‘zining do-

imiy riyokorlik qilish odatiga qaramay, uni sevadigan bu asilzoda 

xonim oldida hayot qoidalaridan mutlaqo bexabar ekanligiga iqror 

bo‘lish Jyulenga qandaydir izhor qilib bo‘lmaydigan bir quvonch 

bag‘ishlardi. Ma’shuqasining oliy nasabi beixtiyor Jyulenning ham 

nufuzini oshirmoqda edi. De Renal xonim ham, o‘z navbatida, barcha 

kelajagi porloq, deya bashorat qilayotgan bu iste’dodli yigitga har xil 

mayda-chuyda ishlarga rahnamolik qilishdan ruhan lazzatlanardi. 

Hatto prefekt yordamchisi va janob Valenoning o‘zi ham Jyulenga 

qoyil qolishgandi, shu boisdan xonim endi, bu odamlarning bari men 

o‘ylaganchalik ahmoq emas ekan shekilli, deya o‘ylab qolgandi. Yolg‘iz 

Dervil xonimgina Jyulenga nisbatan bunday his-tuyg‘ularni namoyish 

etishdan o‘zini olib qochardi. O‘z gumonidan qattiq iztirobga tushgan 

va ezgu nasihatlari butunlay es-hushini yo‘qotib qo‘ygan dugonasining 

zardasini qaynatayotganini ko‘rgan Dervil xonim hech qanday izoh 

bermay Verjidan jo‘nab ketdi: darvoqe, undan izoh so‘rashga jur’at 

ham etishmadi. De Renal xonim avvaliga biroz yig‘lab oldi-yu, biroq 

tezda o‘zini ilgarigiga qaraganda ancha baxtliroq his eta boshladi. 

Dugonasi jo‘nab ketganidan so‘ng u deyarli hamma vaqtini o‘ynashi 

bilan o‘tkazadigan bo‘lib qoldi. Jyulen hamma vaqtni ma’shuqasi bilan 

o‘tkazgan paytlarda juda huzur qilardi, boz ustiga, uzoqroq yolg‘iz 

qolgan kezlari Fukening taklifi hamon uning ko‘nglini bezovta qil-

moqda edi. Bu yangi hayotning birinchi kunlarida shunday daqiqalar 

ham bo‘lgan ediki, shu paytga qadar qalbida sevgi his etmagan va 




104

hech kim tomonidan sevilmagan Jyulen mug‘ambirlik qilmay, o‘zini 

samimiy tutishdan g‘oyat lazzatlanib, de Renal xonimga bir necha 

bor shu kungacha o‘zining hayoti mazmunini tashkil etgan shuhrat-

parastligi haqida gapirib berishga jazm etdi. U Fukening negadir 

hanuzgacha xayolidan nari ketmayotgan taklifi to‘g‘risida xonim bilan 

maslahatlashmoqchi bo‘ldi-yu, ammo arzimas bir voqea uning butun 

samimiyatiga chek qo‘ydi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish