XIV
Ingliz qaychisi
Yonoqlari anordek o‘n olti
yoshli qizalog‘-u yuziga qizil surt-
ganiga dog‘man.
Polidori.
Jyulenga kelsak, u Fukening o‘sha taklifidan so‘ng o‘zini butunlay
baxtsiz his etmoqda edi, u hech bir qarorga kelolmay qiynalardi.
«Eh, chamasi irodam zaifga o‘xshaydi. Napoleon payti bo‘lganida,
unga yomon askar bo‘lar ekanman. Hay mayli, hech bo‘lmaganda, –
deya qaror qildi u, xonadon bekasi bilan manovi sarguzashtim biroz
vaqtga bo‘lsa-da, ko‘nglimni xush etadi-ku».
Uning baxtiga bunday beadablik hatto mana shu arzimas vo-
qeada ham uning asl ruhiy holatiga mutlaqo mos tushmas edi.
De Renal xonimning yangi bashang ko‘ylagi uning diliga g‘ulg‘ula
solib qo‘ygandi. Yigit uchun bu ko‘ylak Parijning timsoli edi. Uning
g‘ururi tasodifga yoki zarur paytda joniga ora kiradigan topqirli-
giga tayanib ish ko‘rishiga yo‘l qo‘ymasdi. Fukening hikoyalari va
sevgi haqida Injildan o‘qib olgan ozgina ma’lumotlari asosida u
o‘zi uchun bo‘lajak kampaniyaning puxta va batafsil rejasini ish-
lab chiqdi. Jyulen, garchi o‘zi tan olmasa-da, juda esankirab qolgan
edi. Shu boisdan ham u o‘sha rejani o‘zi uchun yozib qo‘yishga ahd
qildi.
92
Ertalab de Renal xonim mehmonxonada bir daqiqa u bilan yolg‘iz
qoldi.
– Sizning ismingiz Jyulen, lekin yana boshqa ismingiz bormi? –
deya so‘radi xonim.
Ardoqlab berilgan bu savolga qahramonimiz biron nima deb javob
bera olmadi. Bunday imkoniyat uning rejasida nazarda tutilmagandi.
Agar kallasi ana shu ahmoqona reja bilan band bo‘lmaganda edi,
uning topqir aqli shu zahoti joniga ora kirgan, savolning kutilmaganda
berilgani esa hozirjavoblikka undagan bo‘lardi.
O‘zining epsizligidan Jyulen battar xijolat chekdi. De Renal xonim
uning bunday dovdirab qolganini darhol kechirdi. Yigitning bunday
esankirab qolishi xonimga yurakni iyitadigan soddadillik bo‘lib tu-
yuldi. Uning fikricha, barcha juda aqlli deb hisoblaydigan bu yigitga
xuddi ana shunday soddadillik yetishmasdi.
– Bu tarbiyaching tushmagur menda qattiq shubha tug‘diryapti,
– degan edi unga bir necha bor Dervil xonim. – U xuddi hamma ishni
oldindan o‘ylab qiladigandek ko‘rinadi. Juda pismiqqa o‘xshaydi u.
Ahmoqona dovdirab qolgani va de Renal xonimning savoliga javob
bera olmagani Jyulenga qattiq alam qildi.
«Mendek odam o‘z oldimda gunohimni yuvishim shart», – deya
ahd qildi u va o‘z burchiga binoan payt poylab turib, bir xonadan
ikkinchi xonaga o‘tayotganlarida de Renal xonimni o‘pib oldi.
Bundan ham nojo‘ya, o‘zi uchun ham, xonim uchun ham yoqimsiz,
boz ustiga, telbalarcha qiliqni o‘ylab topishning o‘zi amrimahol edi.
Ularni ko‘rib qolishlari hech gap emasdi. De Renal xonim, u aqldan
ozmadimi, deya o‘ylab qoldi. Xonim qo‘rqib ketdi va, shu bilan birga,
qattiq jahli chiqdi. Bu bema’ni qiliq unga janob Valenoni eslatdi.
«Bu yerda u bilan yolg‘iz o‘zim bo‘lganimda holim nima kechardi?»
– deya o‘yladi u. Uning qalbida sevgi orqaga chekinib, boadab ayolga
xos fazilatlar tug‘yon ko‘tardi.
Shundan so‘ng xonim shunday ish tutdiki, bolalaridan birontasi
doim yonida bo‘ldi.
Kun Jyulen uchun g‘oyat zerikarli o‘tmoqda edi; u o‘taketgan
epsizlik bilan o‘zining shaydo qilish rejasini amalga oshirishga uri-
nardi, u de Renal xonimga biron marta ham to‘g‘ri ko‘z bilan qaramay,
nuqul ma’nodor nigoh tashlardi. Biroq u shaydo qilish u yoqda tursin,
hatto nazokatli bo‘lishni ham eplay olmayotganini tushunmaydigan
darajada tentak emasdi.
93
De Renal xonim uning bunday uquvsizligi va o‘taketgan gustox-
ligidan hayratga tushib, butunlay esankirab qolgandi. «Ehtimol, birin-
chi muhabbati bo‘lgani uchun ham shunday aqlli yigit goh jur’atsizlik
qilayotgan, goh esini yo‘qotib qo‘yayotgandir, – deya nihoyat o‘ylab
qoldi xonim va bu fikrdan qalbini cheksiz quvonch qopladi. – Lekin
shunday bo‘lishi mumkinmikin? Demak, mening raqibam uni sevma-
gan ekan-da?»
Nonushtadan so‘ng de Renal xonim mehmonxonaga chiqdi,
uni ko‘rgani Bredagi prefekt yordamchisi janob Sharko de Mojiron
kelgan edi. Xonim baland chambarak oldiga o‘tirdi-da, kashta tika
boshladi. Uning yonida Dervil xonim o‘tirgan edi. Xuddi ana shu
payt, kuppa-kunduzi qahramonimizning ko‘ngli de Renal xonim-
ning chiroyligina oyog‘ini asta bosib qo‘yishni tusab qoldi, holbuki
shu daqiqada bekaning nafis to‘r paypog‘i va Parijdan keltirilgan
bejirim tuflisi prefektning sernazokat yordamchisi e’tiborini o‘ziga
tortgan edi.
De Renal xonim juda qo‘rqib ketdi, u qaychisi, bir o‘ram jun ip
va barcha ninalarini yerga tushirib yubordi – bu bilan u Jyulen-
ning bema’ni qilig‘ini stoldan tushib ketgan qaychini ilib olishga
bo‘lgan beo‘xshov harakat tarzida ko‘rsatmoqchi edi. Ularning bax-
tiga ingliz po‘latidan yasalgan qaychi sinib qoldi. Shundan so‘ng de
Renal xonim uni vaqtida ilib olmagani uchun Jyulendan o‘pkalay
boshladi:
– Axir qo‘limdan chiqib ketganini ko‘ruvdingiz-ku, – bemalol ilib
olishingiz mumkin edi, buning o‘rniga esa qosh qo‘yaman deb ko‘z
chiqardingiz va oyog‘imni qattiq turtib yubordingiz.
Bunday quvlik prefekt yordamchisini chalg‘itdi-yu, biroq Dervil
xonimni aldab bo‘lmadi: «Bu chiroyli yigytchaning juda qilig‘i sovuq
ekan-ku! – deya xayolidan o‘tkazdi ayol; provinsiyadagi knborlar
jamiyatida bunday xatolar sira kechirilmaydi. De Renal xonim payt
poylab turib Jyulenning qulog‘iga:
– Ehtiyot bo‘ling, men sizga buyuraman, – deya shivirladi.
Jyulen qo‘polligini o‘zi ham tushunardi va bundan qattiq pu-
shaymon edi. U xonimning «men sizga buyuraman», so‘zlari uchun
achchiqlansammikin yoki yo‘qmi, deya anchagina boshi qotib
o‘tirdi. Nihoyat, u o‘ylab-o‘ylab, shunday mulohaza yurita boshladi:
«U menga bolalar va ularning tarbiyasiga oid aloqador biror gap
xususida «buyuraman», deyishi mumkin edi, ammo sevgimga sevgi
94
bilan javob berar ekan, ikkovimizni butunlay teng deya hisoblamog‘i
kerak. Orada tenglik bo‘lmasa, bu qanday muhabbat ham bo‘ldi...»
Shundan so‘ng uning butun fikr-xayoli tenglik haqidagi turli chay-
nalgan gaplarni eslash bilan band bo‘lib qoldi. U nuqul dilida jahl
bilan Kornelning bir necha kun ilgari Dervil xonim o‘qib bergan bir
she’rini takrorladi.
.
..muhabbat tenglik demak
Tenglik qayda, deb yurmas hech zamonda muhabbat.
Jyulen o‘lib-tirilib don Juanga o‘xshab ko‘rinishga harakat
qilardi, biroq shu paytga qadar bironta ma’shuqasi bo‘lmagani
tufayli kun bo‘yi o‘zini g‘irt ahmoq odamdek tutdi. U faqat bir
o‘rinda to‘g‘ri mulohaza yuritdi. O‘zidan ham, de Renal xonimdan
ham achchiqlanib oqshom yaqinlashayotgani va yana beka bilan
qorong‘ida yonma-yon o‘tirishi lozimligini dahshatga tushib o‘ylar
ekan, u janob de Renalga kyurening oldiga, Verrerga borishi kerak-
ligini aytdi-da, peshindan keyin darhol uydan chiqib ketib, kechasi
allamahalda qaytib keldi.
Jyulen janob Shelanning uyiga borganida, u o‘z qavmidan ko‘chib
ketayotgan ekan, oxiri boyaqish cholni ishdan bo‘shatishibdi, uning
o‘rnini esa vikariy Maslon egallabdi, Jyulen keksa kyurega ko‘mak-
lasha boshladi. Shu payt miyasida do‘sti Fukega, cherkovga xizmat
qilish iste’dodiga chin ko‘ngildan ishongani uchun ham uning do‘stona
taklifini rad etgani, biroq hozir shunday o‘taketgan adolatsizlikning
shohidi bo‘lganidan so‘ng oxiratini kuydirmaslik uchun ruhoniylik
unvonidan voz kechsammikin, deya o‘ylab qolgani haqida xat yozish
fikri tug‘ilib qoldi.
Jyulen, agar qalbida ma’yus tadbirkorlik qahramonlik istagidan
ustun kelgudek bo‘lsa, tijorat bilan shug‘ullanmoq uchun kyurening
ishdan olinishini bahona qilishi haqidagi bu ajoyib fikrdan boshi
osmonga yetdi.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |